Oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy pedagogika


Ma ’ naviy-axloqiy tarbiyani amalga oshirish usullari



Download 0,62 Mb.
bet112/234
Sana01.05.2022
Hajmi0,62 Mb.
#601589
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   234
Bog'liq
китоб

5. Ma ’ naviy-axloqiy tarbiyani amalga oshirish usullari
Axloq-kishming atrofidagi kishilarga munasobatiga ko‘ra
uning burchini belgilaydigan normalar sistemasi, qisqa qilib aytganda, inson xulqining qoidalaridir. Qizig‘i shundaki, bu qoidalar
hech qaysi Kodeksda ko‘rsatilmagan. Axloq me’yorini ham, axloqlilik yoki axloqsizlik haqidagi bahoni ham xalq beradi. Xalq
nazaridan qolishning o‘zi axloqsizlik uchun berilgan engoliy
jazodir.
Shuni alohida ta’kidiash lozirnki, axloq, avvalo, tarixiy va
milliy xarakterga ega. Chunki birinchi xalq, uchim axloqiy fazilat
bo‘lgan xislat ikkinchi bir xalq uchun axloqsizlik sanaladi.
Axloqiy tarbiya mazmuni asosan quyidagilarda o ‘z ifodasini
topadi:
1. Jamiyatga, Vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash. Bu
xildagi munosabatlar shaxsning vatanparvarligi, fuqaro yetukligi,
baynalminallik kabi fazilatlarda aks etadi, uning maqsadlarida
vatan boyliklarini ko'paytirish, mustahkamlash va himoya qilishga
qaratilgan amaliy ishlarida namoyon boiadi.
2. Mehmtga axloqiy munosabatni tarbiyalash. Bu axloqiy
munosabat shaxsning melmat jarayonida namoyon bo‘ladigan
yuksak ongida, mehnatning hayotdagi rolini anglashida, xususiy va
jamoa mehnatiga tayyorlik, mehnatsevarlikda ifodalandi,
3. Atrofdagi kishilarga axloqiy munosabat. Shaxsning jamoatchilik, ko‘pchilik manfaatini o‘z shaxsiv manfaatidan ustun qo‘-
yishidir.
4. Shaxsning o‘ziga, o!z hulqiga axloqiy munosabatni tarbiyalashi - bu o‘quvchini ongli intizom ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Axloqiy tarbiyani amalga oshirish yo ‘Uari.
Maktabda o‘quvchilarga axloqiy tarbiya berishda xilma-xil
usullar qoilaniladi:
- dars, ta’lim jarayonida axloqiy tarbiyani qo'shib olib borish;
275
- ahil, inoq uyushtirilgan intizomli jamoa orqali axloqiy tarbiya
berish;
- to‘g‘ri rejalashtirilgan tarbiyaviy tadbirlami tashkil etish
orqali;
- maktabda ijobiy emotsional sharoit yaratish orqali. Masalan,
Mustaqillik kuni, Navro‘z bayrami;
- barcha o‘quvchilaming maktabdagi umumiy va yagona
tartib qoidaga rioya qildirish orqali;
- turli tushuntirish, uqtirish, suhbat, munozara, rag‘batlantirish,
jazolash usuilaridan foydalanish orqali;
- tarbiyaviy soatlar, “Odobnoma”, “Ma'naviyat asoslari”
darslari saviyasini oshirish orqali;
- mehnat ilg‘orlari, ilm-fan xodimlari, mehnat faxriylari,
hojilar bilan uchrashuvlar uyushtirish orqali;
- maktabda turli kechalar, olimpiada, festival, musobaqalar
o‘tkazish, turli axloqiy-ma'rifiy teleradio eshittirishlaridan foydalanish;
- dars va tarbiyaviy tadbirlar jarayonida milliy qadriyat va
an'analarimiz aks etgan asarlami o‘qib-o‘rganish orqali.
Insonning ma'naviyati uning odobi, xulqi, madaniyatidan
tashkil topadi. Ma'naviyat esa aqliy, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va
siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi va tarkib topadi. Axloq, odob
haqidagi tushuncha, tasawurlami, odatlarni tarkib topshirishda
xalq, og‘zaki ijodining, oilaning, atrof-muhitning tarbiyaviy ta’siri
beqiyosdir. Bayramlarimiz, urf-odatlarimiz, marosimlarimiz,
udumlarimiz ham bolalarda axloqiy fazilatlami shakllantirishda
nihoyatda katta ahamiyatga egadir.
Axloqiy tarbiya usullariga tushuntirish, na’muna ko‘rsatish,
odatlantirish o‘rgatish, mashq qildirish) iltimos qilish, tilak-istak
bildirish, rahmat aytish, duo qilish, olqish (oq yo‘i tilash) kabilar
kiradi. Ta’kidlash, ta’na (gina, o‘pka) qilish, masxara qilish, majbur
qilish, tanbeh berish, koyish, qarg‘ash, qo‘rqitish, uzr so‘rash, la’-
natlash, urish, kaltaklash singari tarbiya usullari ham keng
tarqalgan.
Axloqiy tarbiya vositalaridan biri maqollardir. Maqollar
odamlaming hayoti va turmush jarayonida to‘plangan tajribalari
276
dunyoqarashi, o‘zi yashab turgan ijtimoiy hayotga bo‘lgan
munosabati, o‘tmish hayoti va uning ibratli saboqlari, shaxsning
ruhiy holati, umid va orzularini ifodalaydi. Shuning uchun ham ular
bola tarbiyasida, xususan axloq va odobiga ijobiy ta’sir etadi.
0 ‘zbek maqollari tinglovchiga o‘git-nasihat tarzida band
o'xshatishlar orqaii aytiladi:
Oltin olma, duo ol,
Duo oltin emasmi.
Onangga boshingni ham qil,
Otangga gapingni kam qil.
Ertak va dostonlatda bola tarbiyasmmg deyarli hamma tarkibiy
jismiari tarkib topishgan oid materiallar ko‘p.
Masalan: “qorasoch pari” ertagida Nodira yosh chogHda otadan
yetim o‘sgandi. Onasi Nodirani safarga jo‘natishdan oldin unga 3
nasihat aytadi:
1) Birovga hiyonat qilma.
2) Birovning dilini og‘ritma.
3) Qaysi shaharga borsang, o‘sha shahaming qariyalari bilan
suhbatlash. U onasining nasihatiga kirib, murod-maqsadiga yetadi.
Yoki o‘z farzandini salomlashishga odatlantirolgan otaona ulug‘lanadi;
Qizil-qizil olma terdim,tepa shoxdan egilib,
Qizlaijon o‘tib boradir, soch bosh yerga tegib,
Salom bersam alik oldi, tol xivichdek egilib,
0 ‘stirgan onangga rahmat, oimagaysan ko‘z tegib.
Yoki ota-ona qoralanadi, ta’na va isnodga qoladi:
Ikki yuzing pishgan olma, .
Noz etib hargiz buralma.
Ishdan hech bo‘yin tovlama,
Chiroylisan ko‘rdik, kelin.
Onang seni o'stirgan xom,
So‘zlariirmi uqding tamom.
Kattalarga bergil salom,
Shimda qadring ortar kelin.
277
Qo‘shiqlarda ham salomlashish yoshlaming odobli yoki
odobsizliklarini belgilaydigan omil ekanligi ko‘rsatiladi.
Aka, yoringni ko‘rdik,
Dalada yurgan ekan,
Qaytarilib saiom bersam,
Tili yo‘q, hayvon ekan.
Yoki allani ko‘raylik:
Har daraxtning mevasi ko‘p bo‘lsa, boshi ham kelur,
Har kishining dardi bo‘Isa, diydasidan nam kelur,
Shodmonlik istasang oxir boshingga g‘am kelur,
Nola qilsam, qo‘rqaman-majlisga nomahram kelur,
Marhabojon, bibing aylansin bolam, dod allayo.
Yoki «Usta Nishon» ertagini o‘qigan bolada yaxshi xulqli
bo‘lish, duo olish, ota-onaga rahmat keltirish ishtiyoqi uyg‘onadi.
Yoki kuyida qoralash usulining qarg‘ish shakli ishlatilgan:
Sen, juvonmarg, eshit mening tilimni,
Nega sen yig‘latding mening ulimni
Nega urding echki boqar kalimni
Senda odam, bilib yurgin yo‘iingni!
Otang hurmati siylab turayin
E juvonmarg, bilganimday qilayin,
Qarab turgin, sen ham meni bilasan,
Echki boqar-kalga tegsang, oiasan.
Shu satrlami o‘qigan bolada yomon yo‘ldan yurish, odobsiz
bo‘lishdan chekinish tuyg‘usi paydo bo‘ladi.
Yoki «Zumrad va qimmat» ertagini olaylik. Zumrad aqlli,
odobli, xushmuomala bo‘lgani uchun ham, u ertalab suvga
borganda yo‘lda gullar ochilib, egilib salom berishadi, qushlar
sayrab Zumradni maqtashadi, Qimmat suvga chiqsa, gullar
qovog‘ini uyib, yumilib oladi, qushlar jim bo‘lib qolishadi.
Chunki Qimmat gullami oyog‘i bilan ezib, yulib tashlar,
gullarga toshlar otar edi.
Buni eshitgan bolalar Zumradga o‘xshab odobli bo‘lishni,
Qimmatga o‘xsharnaslikka harakat qilishadi.
Ertaklaming tarbiyaviy ahamiyati shundaki, unda ezgulik va
yovuzlik o‘rtasida kurash ketadi va oxirida yaxshi bo‘lsang, albatta
278
murodingga yetasan degan xulosaga kelishadi va yaxshilikka intilishadi. Axloqiy tarbiyaning eng ta’sirchan vositalaridan biri hadisdir.
Umuman Sharq xalqlarida odob-axloq, izzat-hurmat, hayoandisha uning insoniylik qiyofasini belgilovchi asosiy omildir.
Darhaqiqat, Sharq xalqlarining ibrat bo‘larli axloqiy fazilatlari
benihoya ko‘pdir.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish