IV.BOB. TA’LIM MAZMUNI
O‘zbekiston maktablaridagi ta’limning mazmuni
l.Ta’limning maqsad va vazifaiari
Har bir ijtimoiy tuzum ta’lim oldiga o‘ziga xos maqsad va
vazifalarni qo‘yadi. Bunday vazifalar turli davrlarda turlicha
bo‘lgan. Jamiyat, fan, texnologiya va ijtimoiy munosabatlar
o‘zgarishi ana shu maqsadlaming yangilanishiga sababchi bo‘ladi.
Qadimgi Afina, Sparta va Rim ta’lim tizimining oldiga qo‘yilgan
maqsadlar yoshlarda asosan harbiy, jismoniy va estetik tarbiyani
shakllantirish bo‘lgan bo‘lsa, o‘rta asrlarga kelib matematika,
astronomiya, falsafa, geografiya fanlarining gurkirab rivojlanishi
sababli ularni o‘rganish asosiy maqsad qilib belgilangan.
Uyg‘onish davri va ayniqsa o‘rta asrlardan keyingi davrlarda
ta’limning nafaqat bilim berish, balki ta’lim oluvchini shaxs
sifatida rivojlantiruvchi fimksiyalariga alohida e’tibor qaratila
boshlandi.
XX asr boshlarida progressiv pedagogika vakillari ta’limning
maqsad va vazifalarini belgilashda turli yondashuvlarga asoslanishgan bo‘lsa ham ulaming umumiy jihati shundan iborat ediki,
ta’limning maqsadlari, uning mazmuni va tuzilishi (strukturasi)
pragmatik nuqtayi nazardan (g‘arb pragmatizmi g‘oyasiga asoslangan), ya’ni jamiyatning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda
belgilandi. Jamiyat, uning ijtimoiy tuzilishi va undagi munosabatlaming o‘zgarishi, ilm, fan va texnologiyalaming taraqqiy etishi
ta’lim oldiga yangi maqsadlami qo‘yaveradi.
YUNESKO 1988 yili o‘zining mashhur qarori bilan XX asr
pedagogik konsepsiyalarining shakllanishiga jiddiy hissa qo‘shgan
to‘rt pedagogni alohida e’tirof etgan. Bular Djon Dg‘yui, Georg
Kershenshteyner, Maria Montessori va Anton Makarenkolar. Ular
tomonidan ilgari surilgan ta’limning maqsad va vazifaiari o‘z davri
98
uchun hamda aksariyat g‘oyalar bugungi kun ta’limi uchun ham
g‘oyat dolzarbdir. Hususan, A.Makarenkoning fikricha, taiimning
bosh maqsadi ta’lim oluvchiiaming sifatlarini shakllantirishda aks
etmogi kerak. Birinchi boiib “taiim ” tushunchasini kiritgan
shveysariyalik pedagog I.G.Pestallotsi (1746-1826) tabiat qonunlaxi asosida taiim berish g‘oyasini ilgari suradi. Bu g‘oyaning
asosiy tezisi shundan iboratki, ta’lim va tarbiya inson tabiatining
rivojlanishiga mos ravishda olib borilishi kerak. Uning fikricha,
tabiat taiim va tarbiyaning eng optimal usullarini insoniyatga
taqdim etgan va bu usullar tabiyatning abadiy qonunlariga tayanadi.
I.G.Pestallotsi g‘oyalarining qattiq ta’sirida boigan
G.Kershenshteyner taiimning maqsadlari haqida bunday yozgan
edi: "... Iqtisodiyot va tarbiyaning asosiy muammolari o'zaro
chambarchas bog‘liqdir: iqtisodiyotning ko'pldb muammolarini
sifatli xalq ta ’limisiz yechib bo ‘Imaganidek, sifatli ta ’lint va
tarbiyaga iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vaziyatlarni yaxshilamasdan
erishib bo ImaydF. Ya’ni, yosh avlodning tarbiyasi asosan davlat
manfaatlaridan kelib chiqib qurilishi kerak, degan g‘oyani ilgari
suradi.
Taiim nazariyasi va amaliyoti rivojlanishining barcha
bosqichlarida turli pedagogik qarashlar, g‘oyalar, yondashuvlar
shakllangan boiib, ba’zilari bir-biriga tubdan qarama-qarshi
boigan. Masalan, XVIII asr oxirlari - XIX asr boshlarida formal
va material taiim nazariyalari (Pestallotsi ushbu nazariyalarga
butkul qarshipozitsiyada bo ‘Igan) hukmron boigan. Formal taiim
bolaning xotirasi, diqqati, qabul qilish kabi psixologik
fimksiyalami rivojlantirishni, material taiim esa aksincha -
bolaning bilim olishini asosiy maqsad qilib oladi. Bugungi kunga
kelib maiumki, ushbu g‘oyaIar bir-birini toidiruvchi, uzilmas
g‘oyalardir.
XIX asr oxirlari - XX asr boshlari ham taiim nazariyasi va
•maliyotiga yangi g‘oyalar kiritilganlik bilan alohida ehtiborga
foyiqdir. Bunday g‘oyalardan biri pedagogikada pragmatizm
(iamaliy ahamiyatga ega bo‘Igan g ‘oya) g‘oyasidir. Uning
•loschilari Djon Dg‘yui, U.Kilpatrik, E.Parkxerst, E.Kollings va
boshqalaming fikricha tarbiyaning maqsadi “turli vaziyatlarga
99
Do'stlaringiz bilan baham: |