Analiz uchun tortmalarni ajratish-Analiz uchun tortmalarni о‘rtacha
namunadan ajratiladi. Laboratoriya va о‘quv-tadqiqot ishlarini bajarganda talaba
tadqiqoti uchun berilgan namuna о‘rtacha namuna hisoblanadi.
Tajriba uchun urug‘ namunasi diagonal bо‘lish usuli yoki D-2 uskunasi
yordamida ajratiladi. Bо‘lish uskunasida 50g va undan kо‘p tortma ajratib olinadi.
Kichik namunalarni olish uchun ajratilgan namunani diagonal bо‘lish usulidan
foydalaniladi.
Agar ajratilgan tortmada talab etilganga nisbatan 10% kо‘p urug‘ bо‘lsa, u
holda ortiqcha urug‘ni quyidagicha olib tashlanadi. Tortmani tekis yuzaga tо‘kiladi,
yupqa qatlam qilib tekislanadi, ortiqcha urugni kurakcha bilan turli joydan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |