Olish va ularni taxlil qilish usullari


Saqlanayotgan xom ashyodan namuna olish-



Download 295,55 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/24
Sana30.12.2021
Hajmi295,55 Kb.
#196495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
3-маъруза мавзуси

Saqlanayotgan xom ashyodan namuna olish-Saqlash uchun moyli urug‘lar 

qabul qilinganda alohida urug‘lar bilan emas balki moyli urug‘larning katta massasi 

bilan ish kо‘riladi. Urug‘li massa о‘simliklarning botanik turkumidan tashkil topgan 

bо‘lib uning nomiga binoan nazorat qilinayotgan partiya nomi belgilanadi. Urug‘lar 

partiyasi  bu  bir  xujjat  bilan  qayd  qilingan  va  qabul  qilishga,  topshirishga  yoki  bir 

omborxonada  saqlashga  yoki  omborxonaning  bir  qismida  saqlashga  mо‘ljallangan 

hamda birlamchi urug‘larning miqdoridir. Urug‘lar partiyasi uchun ikki narsa xosdir: 

birlamchilik  va  miqdoriy  aniqlik.  Xaqiqiy  massa  aniq  bо‘lmasligi  mumkin,  lekin 

urug‘  massasi  egallagan  hajm  chegaralari  aniqlangan  bо‘lishi  kerak  (misol  uchun 

urug‘lar etaloni yoki guruxi va b.). 

Qishloq 

xо‘jaligi  о‘simliklarining  moyli  urug‘lari  xalqaro  sotuvida 

qо‘llaniladigan  xalqaro  analiz  qoidalariga  muvofiq  partiyadagi  urug‘lar  soni 

cheklangandir  (о‘lchami  bо‘yicha  bug‘doy  urug‘iga  о‘xshash  yoki  undan  katta 

urug‘lar  20  t  dan  oshmasligi  kerak,  undan  kichkina  bо‘lgan  urug‘lar  uchun  –10  t). 

Belgilangan meyorlardan kо‘p bо‘lgan urug‘lar zaxirasini aloxida partiyalarga bо‘lish 

ruxsat  etiladi.  Bu  narsa  urug‘lar  partiyasi  sifatini  yanada  aniqroq  aniqlash  uchun 

taklif  qilingan.  Urug‘lar  partiyasi  belgilari  bо‘yicha  (urug‘larning  botanik  turkumga 

tegishliligi, boshqa aralashmalarning mavjudligi) aralashma deb kо‘rilishi zarur. 

 Masalan: agar urug‘ning botanik turkumga tegishliligini oladigan bо‘lsak unda 

asosiy  toza  о‘simlik  urug‘laridan  tashqari  boshqa  о‘simliklar  va  ularning  urug‘lari, 

iflosliklar mavjud bо‘ladi. 

Partiyani  umumiy  qilib  olganda  kо‘rsatilgan  tо‘rt  komponent  aralashmasi  desa 

ham  bо‘ladi.  Ideal  birlamchi  partiyada  aralashmalar  partiya  bо‘ylab  bir  tekisda 

tarqalgan bо‘lar edi va buning natijasida partiyaning xoxlagan yeridan olingan nuqtali 

na’muna  partiyaning  boshqa  joyidan  olingan  va  nazorat  qilinayotgan  (taxlil 

qilinayotgan) namuna bilan bir xil bо‘lar edi. Xaqiqiy sharoitlarda urug‘larning sifati 

xar  xil  bо‘lganligi  tufayli  urug‘lar  partiyasining  bunday  kо‘rinishlari  uchramaydi. 

Xattoki  asosiy  о‘simlikning  urug‘lari  о‘lchami,  tashqi  kо‘rinishi,  namligi,  moyliligi 



 

va  boshqa  kо‘rsatkichlar  bо‘yicha  bir  xil  emas.  Urug‘lar  massasi  komponentlari 



tasodifiy bо‘linish qoidasiga binoan tarqalgan deb xisoblash qabul qilingan. Shuning 

uchun ishlab chiqarishda nuqtali na’muna olishning seriyasi qо‘llaniladi. 

Urug‘li  massadan  nuqtali  na’munalar  qо‘lda  konusli,  pnevmatik  va  silindrli 

namuna  oldagi  qurilmalar  yordamida  yoki  mexanizatsiyalashgan  usulda  avtomatik, 

pnevmatik va mexanik qurilmalar yordamida olinadi. 

Urug‘li  massaga  shchuplar  yopiq  holda  kiritiladi.  Kerakli  chuqurlikda 

shchuplarning  ushlaydigan  joyidagi  uzugi  tortilib  ochiladi  va  u  moyli  urug‘lar  bilan 

tо‘ldiriladi. Keyin shchup yopilib urug‘li massa ichidan olinadi. 

Shchuplar yordamida nuqtali namunalar olish juda murakkab va ishlash quvvati 

kam  bо‘lgan  mexnatdir,  shuning  uchun  belgilangan  na’muna  olish  qoidalaridan 

cheklanishlar  yuz  beradi.  Urug‘lar  avtomashinalarda  kelganda  nuqtali  namuna  olish 

shchuplar  yordamida  namuna  olishdan  tashqari  pnevmatik  namuna  oluvchi 

qurilmalar (PSHD, PPD, UirNIIMP va b.) yordamida bajarilishi mumkin. 

Paxta  chigiti  yopiq  omborlarda  va  ochiq  maydonchalarda  piramida  holida 

saqlanayotganda ulardan elementar namunalar maxsus shchuplar yordamida olinadi. 

Elementar  namunalar  piramidaning  barcha  tekisliklaridan  har  4m




Download 295,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish