Olimpiya xartiyasi


OLIMPIYA O‘YINLARIDAGI ISHTIROKIMIZ YOXUD LITSENZIYA OLGAN SPORTCHILAR BILAN TANISHING



Download 1,25 Mb.
bet3/14
Sana31.12.2021
Hajmi1,25 Mb.
#202641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Olimpiya xartiyasi

OLIMPIYA O‘YINLARIDAGI ISHTIROKIMIZ YOXUD LITSENZIYA OLGAN SPORTCHILAR BILAN TANISHING


Bo'lim: Sport yangiliklari, Slider main. Sanasi: 25-02-2016, 19:04

  • 60

  • 1

  • 2

  • 3

  • 4

  • 5

 

Qaysiki sohada xizmat qilayotgan insonni ko‘rmaylik, hammasining ko‘ngil tubida oppoq orzular yotadi. Eng ulug‘ istaklar esa Yurtni madh etish. Jamolidan ilhom olib ijod qilish, ishlash, yangiliklar yaratish va ijod mahsulini dunyoga olib chiqish bo‘lishi bor gap. Darhaqiqat, jismoniy tarbiya va sport sohasida xizmat qilayotgan ustoz-murabbiylarning, sportchilarning ham bosh maqsadlari bitta - marra chizig‘ini birinchi bo‘lib zabt etish, qisqa qilib aytganda, chempion bo‘lish. Mazkur yo‘nalishlarda ishlayotgan soha vakillarining diliga tukkan orzusi - Olimpiada bo‘lishi sir emas. Olimpiada bo‘lganda ham, har to‘rt yillikning eng nufuzli bellashuvi - Yozgi va qishki Olimpiada o‘yinlarida kuchli uchlikdan joy ola bilish. Shu ularning eng buyuk orzusi, shu ularning umr mazmuni. Shu orqali Yurtni Jahonga ko‘z-ko‘z qilish qanday yaxshi.   


Bugun mamlakatimizda, barcha jabhalarda bo‘lgani kabi jismoniy tarbiya va sportga qaratilayotgan yuksak e’tibor tufayli eng olis va chekka hududlarimizda ham muhtasham, zamon talablariga to‘la javob beradigan sport inshootlari barpo etilib, farzandlarimiz ixtiyoriga berilmoqdaki, bu ham bo‘lsa ularning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi, o‘zlari tanlagan sport turlarini puxta o‘rganib, mamlakat terma jamoalari safida Osiyo va Jahon chempionatlarida, olimpiya o‘yinlarida kindik qoni tomgan qishlog‘ini, undan oshib ona Vatanini Jahon sport sahnalarida ulug‘lashdek ezgu niyatlarda bo‘lishi shubhasiz.
AFINADA ushalgan ORZULAR

Ha, sportchilarning eng buyuk orzulari ro‘yobi aynan Gretsiyaning Afinasida amalga oshdi. Bundan uch asr muqaddam, aniqrog‘i, 1896 yilning 6-15 aprel sanalarida Olimpida o‘yinlari ilk marotaba Gretsiyada tashkillashtirilgan. Mazkur Olimpiada o‘yinlarida 136 mamlakatdan 311 nafar sportchi qatnashgan (Avstraliya, Avstriya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, AQSh, Fransiya, Chili, Shveytsariya, Shvetsiya va hokazo) va qizig‘i, bunda ayollar ishtiroki taqiqlab qo‘yilgan. O‘tkazilgan o‘yinlarda birinchi rasmiy Olimpiada chempioni amerikalik poygachi Konnoli bo‘lgan. Suzish musobaqalarida esa vengriyalik Alfred Xayosh 2 ta oltin medal bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Birinchi Olimpiada o‘yinlaridanoq, g‘olib sportchining vatani sharafiga madhiyalar yangrashi an’ana qilib qo‘yildi. Gretsiyadagi dastlabki Olimpiada o‘yinlarida umumjamoa hisobida mezbonlar birinchi pog‘onani band etishgan bo‘lsa, AQSh vakillari ikkinchi, germaniyalik sportchilar uchinchi o‘rin sohibi sifatida tarixdan joy olishgan.


 
1996 YIL. ATLANTA

Oradan roppa-rosa 100 yil o‘tib, Olimpiya o‘yinlari bellashuvida birinchi bor rasman O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil davlat sifatida o‘z ishtirokini boshladi. To‘rt yillikning navbatdagi sport anjumaniga 1996 yil 19 iyul - 4 avgust kunlari Atlanta shahri mezbonlik (AQSh, XXVI Olimpiada) qilgan. Mazkur Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi Mustaqil davlat sifatida sportning 13 yo‘nalishida 76 nafar vakillarimiz bilan qatnashdi. Aslida musobaqada Jahonning 197 mamlakatidan o‘n mingga yaqin sportchi ishtirok etib, o‘z Yurti sha’ni uchun bor kuch va mahoratlarini namoyish etishdi. Olimpiada o‘yinlarida hamyurtlarimiz bittadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 58-o‘rinni egallashgan. Mezbonlar birinchi pog‘onani band etishgan bo‘lsa, germaniyalik sportchilar ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. 

Bayroqdorimiz: Temur Ibragimov.

Sovrindorlar:

Armen Bogdasarov (dzyudo) - kumush

Karim To‘laganov (boks)  - bronza

 

2000 YIL, AVSTRALIYa



Oradan to‘rt yil o‘tib, yashil qit’a - Avstraliya (2000 yil, 16 sentyabr - 1 oktyabr Sidney shahrida, XXVII yozgi Olimpiada o‘yinlari) mezbonlik qilgan Olimpiya o‘yinlarida Yurtimiz sharafini 76 nafar sportchilarimiz sportning 13 ta turida himoya qilishib, yakunda bittadan oltin va kumush, ikkita bronza medallarini jamlagan holda 199 davlat orasida 42- o‘rindan joy olishgan. Umumjamoa hisobida amerikalik sportchilar Atlantadagi natijalarini takrorlab, yana bir bor birinchi pog‘onani band etishdi, rossiyalik sportchilar ikkinchi o‘rindan joy egallashdi. Kuchli uchlikni xitoylik atletlar yakunlashdi. 

Bayroqdor - Muhammadqodir Abdullaev.

Sovrindorlar: 

Muhammadqodir Abdullaev (boks) - oltin

Artur Taymazov (erkin kurash) - kumush

Sergey Mixaylov (boks) - bronza

Rustam Saidov (boks) - bronza.

 2004 YIL, AFINA

2004 yil - Afina shahrida (Gretsiya, XXVIII) o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini 69 nafar yurtdoshlarimiz sportning 15 turida himoya qilishgan. Ushbu sport o‘yinlarida 202 davlat rasman ishtirok etgan va bunda vakillarimiz ikkita oltin, bitta kumush hamda ikkita bronza medallarini qo‘lga kiritgan holda 34- pog‘onadan munosib o‘rin olishdi. Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, sportchilarimizning mazkur Olimpiyada o‘yinlarida  erishgan yutuqlari (5 ta medal) hozircha eng yaxshi natija bo‘lib turibdi. 

Bayroqdor - Abdulla Tangriev.

Sovrindorlar: 

Artur Taymazov (erkin kurash) - oltin

Aleksandr Doktorishvili (yunon-rum kurashi) - oltin

Magamed Ibragimov (erkin kurash) - kumush

Bahodir Sultonov (boks) - bronza

O‘tkirbek Haydarov (boks) - bronza


 2008 YIL, PEKIN

2008 yil 8-24 avgust kunlari Pekin shahrida (Xitoy) o‘tgan XXIX yozgi Olimpiada o‘yinlarida dunyoning 202 ta davlati sportchilari ishtirok etgan. Yurtimiz sharafini 58 nafar hamyurtlarimiz sportning 15 ta turida himoya qilishgan. Bu galgi musobaqalarda olimpiyachilarimiz 1ta oltin, 2ta kumush va 3ta bronza medalini jamlagan holda 40-o‘rinni band etishgan. Garchi, qo‘lga kiritilgan medallarimiz soni oldingi yillardagi ishtirokimizdan ko‘p bo‘lsada, mazkur o‘yinlarda oltin medalimizning yagona ekanligi bois qirqinchi pog‘onadan joy oldik. 

Bayroqdor - Dilshod Mahmudov.

Sovrindorlar: 

Artur Taymazov (erkin kurash) - oltin

Abdullo Tangriev (dzyudo) - kumush

Soslan Tigiev (erkin kurash) - kumush

Rishod Sobirov (dzyudo) - bronza

Anton Fokin (sport gimnastikasi) - bronza

Yekaterina Xilko (trampolin) - bronza.

 

2012 YIL, LONDON



2012 yil Londonda (Buyuk Britaniya) o‘tgan XXX yozgi Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini 15 ta sport turida 53 nafar sportchilarimiz himoya qilishdi. Sportchilarimiz bu gal 204ta davlat orasida bitta oltin va ikkita bronza medallarini qo‘lga kiritishdi, yakunda esa 47-o‘rinni egallashdi. 

Bayroqdor - Elshod Rasulov. 

Sovrindorlar: 

Artur Taymazov (erkin kurash) - oltin

Rishod Sobirov (dzyudo) - bronza

Abbos Atoev (boks) - bronza. 


O‘tgan beshta Olimpiya o‘yinlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, mamlakatimiz sportchilari dzyudoda 2ta kumush, 2ta bronza, boksda 1ta oltin, 6ta bronza, erkin kurashda 3ta oltin, 3ta kumush, yunon-rum kurashida 1ta oltin, sport gimnastikasida 1ta bronza, trampolin sportida 1 ta bronza - jami 5ta oltin, 5ta kumush va 10ta bronza medallarini jamlashgan.

Davlatimiz rahbarining 2013 yil 25 fevralda "O‘zbekiston sportchilarini 2016 yil Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada va XV Paralimpiya o‘yinlariga munosib tayyorlash to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida Olimpiya sport turlari tarkibidagi barcha federatsiyalarda keskin va samarali ishlar olib borildi. Natijada, joriy yilgi Olimpiya o‘yinlarida medallar soni va umumiy natijani yaxshilash uchun imkoniyatlar yaratildi, belgilangan dastur va rejalarga muvofiq tayyorgarliklar olib borildi. Natijada taekvondo (WTF), yengil atletika, og‘ir atletika singari o‘nga yaqin sport turlaridan Rio-2016 olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar qo‘lga kiritildi. Jumladan, yengil atletika sport turida Surxondaryo viloyati vakilasi Sitora Hamidova, boksdan farg‘onalik Bektemir Meliqo‘ziev, taekvondo (WTF) dan Dmitriy Shokin kabi yangi yosh va iste’dodli sportchilar kashf etilganiga guvoh bo‘lish mumkin.


LITSENZIYa OLGAN SPORTCHILAR BILAN TANISHING 

Yengil otletiko (8 ta)

1. Sitora Hamidova (Surxondaryo.v), 2015 yil 26 aprel kuni Polshada o‘tkazilgan "Varshava xalqaro marafoni” da 42,195 km ga 2 soat 41,4 min. natijani qayd qilib, Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun belgilangan me’yorni bajardi.

2. Svetlana Radzivil (Toshkent.sh), 2015 yil 12 iyul Madrid shahri (Ispaniya)da o‘tkazilgan "IAAF World Challenge” xalqaro turnirida 1.94 sm. balandlikni zabt etdi va Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun belgilangan me’yorni bajardi.

3. Suxrob Xo‘jaev (Toshkent.sh), 2015 yil 25-26 iyul kunlari Olma-ota shahrida (Qozog‘iston) bo‘lib o‘tgan  Xalqaro turnirda bosqon uloqtirishda 78.22 metr natija bilan litsenziya me’yorini bajardi.

4. Marina Xmelevskaya (Jizzax.v), 2015 yil 27 sentyabr kuni Berlin (Germaniya) o‘tkazilgan "Oltin marafon” Xalqaro turnirida 42,195 km ga 2 soat 38,36 min. natijani qayd qilib, Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun belgilangan me’yorni bajardi

5. Bobur Shokirjonov (Toshkent.sh), 2015 yil 17 oktyabr kunlari Dushanbe shahrida (Tojikiston) bo‘lib o‘tgan  Xalqaro turnirda nayza uloqtirishda 84.24 metr natija bilan litsenziya me’yorini bajardi.

6. Sitora Hamidova (Surxondaryo.v), 2015 yil 17-18 sentyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida 10 000 metrga 3:13.42 natijani qayd qilib, Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun belgilangan me’yorni bajardi.

7. Yekaterina Voronina (Toshkent.sh),  2015 yil 17-18 sentyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida 7 kurash bo‘yicha 6212 ochkoni yig‘ib, Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun belgilangan me’yorni bajardi.

8. Andrey Petrov (Toshkent.v), 2016 yil 2 yanvar kuni Xitoyda o‘tkazilgan xalqaro marafonda 42,195 km ga 2 soat 17,47 min. natijani qayd qilib, Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun belgilangan me’yorni bajardi.


Boks (5 ta)

1. Xurshid Tojiboev (Jizzax.v), 2015 yil 18 iyul kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan ARV bo‘yicha jahon chempionatida (60 kg) qo‘lga kiritdi.

2. Bektemir Meliqo‘ziev (Farg‘ona.v), 2015 yil 5-15 oktyabr kuni Doha(Katar) shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

3. Fazliddin G‘oipnazarov (Toshkent.v), 2015 yil 5-15 oktyabr kuni Doha(Katar) shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

4. Murodjon Axmadaliev (Namangan.v), 2015 yil 5-15 oktyabr kuni Doha(Katar) shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

*-5. Elnur Abduraimov (Toshkent.v), 2015 yil 5-15 oktyabr kuni Doha(Katar) shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi.


Yunon–rum kurashi (1 ta)

1. Rustam Assakalov (Toshkent.sh), 2015 yil 7-12 sentyabr kunlari Las-Vegas (AQSh) shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida kumush medal sovrindori bo‘ldi.


Erkin kurash (1 ta )

1. Ixtiyor Navro‘zov (Navoiy.v), 2015 yil 7-12 sentyabr kunlari Las-Vegas (AQSh) shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida kumush medal sovrindori bo‘ldi.

 

Suzish (2 ta)



1. Ra’noxon Amanova (Andijon.v), 2015 yil 2-3 noyabr kunlari Doha (Katar) shahrida o‘tkazilgan jahon Gran-Prisida 200 metr kompleks usulda 2:13,08 soniya natija bilan litsenziya me’yorini bajardi.

2. Ra’noxon Omonova (Andijon.v) 2016 yil Belgiyaning Antverpen shahrida suzish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda 400 metr masofaga kompleks usulda suzish musobaqasida marra chizig‘iga 4.40.71 soniyada yetib kelib, kumush medalni qo‘lga kiritish bilan birga, XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmasi uchun belgilangan me’yorni ham bajardi. 

 

Baydarka va kanoeda eshkak eshish (5 ta)



1. Aleksey Mochalov (Toshkent.sh), 2015 yil 4-7 noyabr kunlari Jakarta (Indoneziya) shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida baydarkada 1000 metr masofaga yakkalik qayiqda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

2. Gerasim Kochnev (Toshkent.v), 2015 yil 4-7 noyabr kunlari Jakarta (Indoneziya) shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida kanoeda 1000 metr masofaga yakkalik qayiqda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

3. Vadim Menkov (Toshkent.v), 2015 yil 4-7 noyabr kunlari Jakarta (Indoneziya) shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ikki kishilik kanoe qayig‘ida 1000 metr masofaga oltin medalni qo‘lga kiritdi.

4. Serik Mirbekov (Toshkent.v), 2015 yil 4-7 noyabr kunlari Jakarta (Indoneziya) shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ikki kishilik kanoe qayig‘ida 1000 metr masofaga oltin medalni qo‘lga kiritdi.

5. Olga Umaralieva (Toshkent.sh), 2015 yil 4-7 noyabr kunlari Jakarta (Indoneziya) shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida baydarkada 200 metr masofaga yakkalik qayiqda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

 

Og‘ir otletiko (5 ta)



5 ta litsenziya - 2015 yil 21-28 noyabr kunlari Xyuston (AQSh) shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida erkaklar jamoasi umumjamoa hisobida 9 o‘rinni egallab jami 5 ta litsenziyani qo‘lga kiritdi. Ishtirok etadigan sportchilar nomi 2016 yil iyun oyida O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi tomonidan e’lon qilinadi.

 

Taekvondo WTF (1 ta)



1 ta litsenziya - 2015 yil yakunlariga binoan taekvondo WTF bo‘yicha +80 kg. vaznda jahon reytingida 1-o‘rinda Dmitriy Shokin, 2-o‘rinda  Jasur Boyqo‘ziev egaladi. Ishtirok etadigan sportchi nomi 2016 yil iyun oyida O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi tomonidan e’lon qilinadi.

* O‘zbekiston terma jamoasining  60 kg. vaznida 2 nafar bokschi (X.Tojiboev va E.Abduraimov) litsenziyani qo‘lga kiritgan. Xalqaro boks federatsiyasining qoidasiga ko‘ra  bir davlatdan bir vazn toifasida faqat 1 nafar bokschiga ishtirok etishiga  ruxsat beriladi. Olimpiya o‘yinlarida qaysi bokschi ishtirok etish masalasini O‘zbekiston boks federatsiyasi xal etadi.

Mamlakatimiz sportchilari bugungi kunga kelib 2016 yilning 5-21 avgust kunlari Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlariga yengil atletika sport turida  8 ta, boks, baydarka va kanoeda eshkak eshish hamda og‘ir atletika sport turlarida  5 tadan, suzish sport turida  2 ta, taekvondo (WTF), erkin va yunon-rum kurashi sport turlarida  bittadan jami 28 ta yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishdi.

 

VILOYATLAR KESIMIDA 



Boks federatsiyasi

1. Toshkent viloyati - 2

2. Farg‘ona viloyati – 1 

3. Namangan viloyati – 1

4. Jizzax viloyati – 1

 

Sport kurashlari assotsiatsiyasi



1. Toshkent shahri – 1

2. Navoiy viloyati – 1

 

Baydarka va kanoeda eshkak eshish



1. Toshkent viloyati – 3

2. Toshkent shahri – 2

 

Yengil otletiko federatsiyasi



1. Toshkent shahri – 4

2. Surxondaryo viloyati – 2

3. Jizzax viloyati – 1

4. Toshkent viloyati – 1

 

Suzish federatsiyasi



1. Andijon viloyati - 2

 

Umumiy hisobga olganda



Toshkent shahri – 7 nafar  

Toshkent viloyati  – 6 nafar

Surxondaryo viloyati – 2 nafar 

Jizzax viloyati  – 2 nafar 

Andijon viloyati – 2 nafar

Navoiy viloyati – 1 nafar

Namangan viloyati – 1 nafar

Farg‘ona viloyati– 1 nafar


Og‘ir atletika – 5 nafar

Taekvondo WTF – 1 nafar 

Ushbu sport turlarida Rio-2016 o‘yinlariga boradigan sportchilar nomi musobaqa arafasida har ikki federatsiya tomonidan e’lon qilinadi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya 

Qo‘mitasi materiallari asosida 

Jahongir BOYQOBILOV tayyorladi




Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish