4. Birikma
M – n ta elementdan tashkil topgan, chegaralangan (tartiblangan bo‘lishi shart emas) to‘plam bo‘lsin.
Esda tuting! n elementning k tadan birikmasi to‘plamning k elementdan iborat ixtiyoriy qism to‘plamiga aytiladi. n elementning k tadan ikkita birikmasini agar ularning birida boshqasida bo‘lmagan aqalli bitta elementi mavjud bo‘lsa, ularni har xil deb hisoblaymiz.
Boshqa so‘z bilan aytganda, brikmalarda elementlarning joylashish o‘rni ahamiyatga ega emas, ularning faqat tarkibi ahamiyatlidir. Masalan, M = {1, 2, 3, 4} to‘plamdan 4 tasidan 3 tadan qilib to‘rtta har xil birikma hosil qilishimiz mumkin: {1, 2, 3}, {1,2,4}, {2, 3, 4}, {1, 3, 4}.
Do'stlaringiz bilan baham: |