Olimlar haqida



Download 0,99 Mb.
bet8/16
Sana31.12.2021
Hajmi0,99 Mb.
#252536
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Fizik olimlar haqida

J eyms Preskott Joul

Jeyms Preskott Joul (inglizcha James Prescott Joule) – ingliz fizigi. Termodinamika taraqqiyotiga yuksak hissa qo‘shgan olimlardan biri. 1818 yilning 24 dekabr kuni, Angliyaning Lankashir grafligi, Solford yerida tug‘ilgan. Boshlang‘ich va o‘rta ta’limni, mashhur olim Jon Daltondan olgan. 15 yoshidan boshlab, bir vaqtning o‘zida, oilasiga tegishli, ichimlik ishlab chiqaruvchi zavodda ishlab, ham ta’lim ola boshlagan. Zavoddagi ishlayotgan bug‘ mashinalarining o‘rniga, o‘sha davr uchun yangilik bo‘lgan elektrodvigatellardan foydalanish g‘oyasi asnosida, o‘zining ilk ilmiy ishini elektromagnit dvigatelning tuzilishi va ishlash tamoyili tadqiq qilishdan boshlaydi. U 1841 yilda, elektr tokining issiqlik ajratish qonuniyatlarini tadqiq qilib, o‘zbek tilidagi adabiyotlarda, Joul-Lents (chunki, ushbu qonunni 1842 yilda rus olim Lents ham ochgan edi) qonuni nomi bilan ataladigan, o‘tkazgichdagi tok kuchi va ushbu tok tufayli ajralib chiqqan issiqlik miqdorining kvadratik bog‘liqligi qonunini kashf qildi. Biroq, uning ishlarini London Qirollik Jamiyati a’zolari tomonidan munosib baholanmadi. Shu tufayli ham, Joulning mazkur ishi, Manchester shahrining davriy jurnallaridan birida e’lon qilishg]a muvaffaq bo‘ldi xolos. Shuningdek, u, bug‘ mashinalari hamda, elektrodvigatellarning iqtisodiy samaradorliklarini taqqoslash yuzasidan ilmiy tahlillar olib boradi. Joul, tajribalarini davom ettirib, issiqlik miqdori va mexanik kuchning o‘zaro ekvivalentlik (issiqlikning mexanik ekvivalenti) qonuniyatlarini, amaliy tajribalarda aniqlaydi. Bu orqali, olim, fanda mavjud bo‘lgan eski va noto‘g‘ri tushuncha – issiqlikning modda (teplorod) ekanligi haqidagi fikrlarni inkor etib, issiqlik, va ish bu fizik kattaliklar ekanligini isbotlab beradi. Qolaversa Joul, mazkur tajribalari orqali, tabiatdagi eng fundamental qonunlardan biri – energiyaning saqlanish qonunini amalda ochib qo‘ygan edi. Aynan shu vaqtlarda, Joul magnitostriksiya, hodisasini ham kashf qiladi va bu haqida ilmiy jamoatchilikka ma’lumot beradi. Biroq, Jeyms Joulning ishlarini ko‘pchilik olimlar ishonqiramay, aksariyat hollarda esa, qarshilik bilan kutib olishardi.

Joullar oilasi 1844 yilda Manchesterdan ketib, Uolley-Renjga ko‘chib o‘tadi va u yerda Joul o‘z mablag‘i evaziga zamonaviy laboratoriya bunyod etadi. 1847 yilga kelib Jeyms Joul, Ameliya Greyms ismli ayolga uylandi. To‘ydan keyin, Joul yangi oilasi bilan  asal oyini o‘tkazish uchun Shveysariya  jo‘nab ketdi. U yerda aynan shu vaqtda ta’tilni o‘tkazayotgan Uilyam Tomson (Lord Kelvin) bilan tanishish, Jeyms Joulning ham lord Kelvinning keyingi ilmiy ishlari uchun g‘oyat ahamiyatli hodisa bo‘ldi. Kelvin, Joulning tajribalari, tajriba texnikasi va qayd qilgan natijalariga munosib baho bera oldi. Ularning dastlabki o‘zaro hamkorlikdagi ishlaridayoq, keyinchalik, butun llm-fan uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan natijalarga erishildi, xususan, termodinamik harorat shkalasi tuzilgan edi.

1848 yilda, u gaz bosimining ortishi natijasida paydo bo‘ladigan, issiqlik effektlari haqida tushuntirish berar ekan, u gaz molekulalarini, mikroskopik o‘lchamlardagi son sanoqsiz elastik sharchalardan iborat ekanligi, ushbu sharchalarning idish devoriga kelib urilishi natijasida bosim hosil bo‘lishi tarzida modellashtirib tushuntirdi. U vodorod uchun elastik sharchalarning tezligini 1850 m/s deb baholagan. Keyinchalik, Joulning ushbu ilmiy ishi XIX asrning 70-yillarida Van-der-Vaalsning real gazni modellashtirish borasidagi g‘oyalariga poydevor bo‘lgan.

40-yillarning oxiri va 50 yillarning boshiga kelib, Joulning ilmiy ishlari va salohiyati, nufuzli ilmiy hamjamiyatlarda e’tirof etila boshladi. Xususan 1850 yilda u, London Qirollik Jamiyatining haqiqiy a’zoligiga saylandi. 1851 yildagi ilmiy tajribalarida, Joul, ko‘plab gazlar uchun issiqlik sig‘imi qiymatlarini aniqlaydi. 1852 yilda Joul, issiqlikning mexanik ekvivalentini aniqlaganligi uchun, birinchi darajali Qirollik medali bilan taqdirlangan. Aynan shu yildagi, lord Kelvin bilan hamkorlikda olib borgan, hozirda Joul-Tomson effekti deb ataladigan, adiabatik drossellash jarayonidagi gaz haroratining o‘zgarishi effektlari borasida olib tadqiqotlari orqali, o‘ta past haroratlarga erishish uslubini ishlab chiqdi. Keyinchalik mazkur uslub asosida, o‘ta past haroratlar fizikasi fani shakllanib chiqdi. 50-yillarning o‘rtalariga kelib, Joul, galvanometr, voltmetr va ampermetr kabi, elektr o‘lchov texnikalarini loyihalash, tayyorlash va amalda qo‘llash borasida qator ilmiy-amaliy risolalarni nashr ettirdi. Umuman olganda, Joulning butun ilmiy faoliyati davomida, aniq natijalar olish imkonini beruvchi, o‘lchov-tajriba texnikasiga jiddiy e’tibor qaratgan. 1859 yildagi izlanishlarida Joul, endi e’tiborini qattiq jismlarning termodinamika xossalariga qaratadi. U deformatsiya jarayonidagi issiqlik effektini, kauchuk xossalari bilan taqqoslaydi. 1960 yildagi ishlarida esa, asosan tabiat hodisalari – chaqmoq, meteoritlar va sarob haqida o‘z ilmiy tahlillarini bayon etadi. 1860 yillardan boshlab Joulning sog‘ligi jiddiy yomonlasha boshlaydi. Shu tufayli ham, 1870 yillarga kelib u amalda ilmiy faoliyatni to‘xtatdi aksariyat vaqtda tashkiliy ishlar bilan mashg‘ul bo‘ldi. 1866 yilda Joulga Kopli medali topshirildi. 1872 va 1877 yillarda ikki bora u Britaniya Ilmiy hamjamiyatining prezidentligiga saylandi.

Bu vaqtga kelib u allaqachon o‘ziga tegishli zavodni sotib yuborgan va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish uchun, turli muassasalarning ko‘magiga tayanib qolgan edi. 1878 yilda unga Qirollik hukumati umrbod nafaqa tayinladi.

Jeyms Preskott Joul, 1889 yilning Cheshir grafligidagi Seyl yerida vafot etdi.

Aynan shu yili o‘tkazilgan, Elektriklarning ikkinchi Xalqaro Kongressida, olim sharafiga, energiya, ish va issiqlik miqdori fizik kattaliklari uchun, unifikatsiyalangan yagona o‘lchov birligi sifatida uning nomi biriktirildi. Keyinchalik, Joul, Xalqaro Birliklar Tizimi – SI da ham, o‘z nomiga ega bo‘lgan hosilaviy birliklar ichida, energiya, ish, issiqlik miqdori kattaliklarining o‘lchov birligi sifatida tasdiqlandi.

Jeyms Joul o‘zidan 97 nomdagi ilmiy meros qoldirgan bo‘lib, ulardan 20 ga yaqini, lord Kelvin va Layon Pleferlar bilan hamkorlikda yozilgan. Ishlarining asosiy qismi, issiqlikning mexanik ekvivalenti va o‘lchov texnikasining loyihalash va takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Uning barcha ilmiy ishlarining ikki jildlik nashri, 1884-1887 yillarda Londonda chop etilgan.




Yulius Robert fon Mayer


Y ulius Robert fon Mayer (nemischa Julius Robert von Mayer) – olmon vrachi va fizigi. U 1814 yilning 25-noyabrida, Germaniyaning Haylbronn shahrida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgach, Tyubingen universitetining tibbiyot fakultetiga o‘qishga kirgan. U avvaliga fizika va matematika kurslariga qatnashmagan, biroq, kimyoni ancha mukammal o‘zlashtirgan. Mayer Tyubingen universitetida ta’limni to‘liq yakunlay olmagan. Uni ta’qiqlangan yig‘inlarda ishtirok etganlikda ayblanib hibsga olingan va 6 kunlik hibsda saqlanganidan so‘ng ozod qilingan. Shundan so‘ng, Mayer Tybingenda qolmaslikka qaror qilib, avval Myunxen, keyin Vena va Parijga ketadi va o‘qishini ushbu shaharlarda davom ettiradi. 1838 yilda u Tyubingenga qaytib, imtihonlarni topshiradi va o‘z dissertatsiyasini himoya qiladi. 1840 yilda Mayer, Indoneziyaning Yava oroliga yo‘lga chiqayotgan Golland kemasiga, bort vrachi bo‘lib ishga kiradi. Safar davomida, qon ketishi bilan kechuvchi kasalliklarni davolash chog‘ida, Mayer, Yevropalik matroslarning qonining rangi hamda, tropik mamlakatlarda yashovchi mahalliy aholining qonining rangi farq qilishini sezib qoladi. Tropiklarda uzoq muddat bo‘lgan yevropaliklarning ham qoni, aynan yerliklarning qoniga o‘xshab rang o‘zgarishlariga uchrar edi. U, bu hodisaning sababi, odam organizmning ishlab chiqaradigan ichki issiqligi hamda, atrof muhitning issiqliklarining farqi evaziga ekanligini aniqladi. Ya’ni, tropiklarda, tanadagi issiqlik kam sarflangani tufayli, uning manbai bo‘lgan ovqat kamroq oksidlanadi  va natijada qonning rangi ham shunga mos ravishda yorqin qizil bo‘ladi.

 

1842 yilda, Germaniyaga qaytgan Mayer, safar taassurotlarini umumlashtirdi va o‘zida paydo bo‘lgan – issiqlik va ishning o‘zaro aylanishi haqidagi g‘oyalarni gazlarning kengayishi hodisalariga tadbiq etdi. Chunonchi u, gaz doimiysining tenglamasini kashf qilib, sarflanayotgan issiqlik va bajarilayotgan ishning miqdoriy qiymatlari o‘zaro ekvivalent bo‘lishini asoslab berdi. Aytish mumkinki, bu orqali Mayer, birinchilardan bo‘lib, termodinamikaning birinchi qonuni – energiyaning saqlanish tamoyilini ifodalab bergan edi.



Mayerning ilmiy ishlari, ancha vaqt davomida nazardan chetda qolib ketdi. Faqat 1862 yilga kelibgina, Mayerning ishlari Klauziusning e’tiborini tortib, termodinamikaning keyingi taraqqiyoti uchun muhim manbalardan biri sifatida o‘rganila boshladi.

Yulius Mayerning ilmiy ishlari, ikki jildlik to‘plam tarzida, «Issiqlik mexanikasi» (Shtutgart 1867) va «Tabiiy fanlarga kirish» (Shtutgart 1871) nomlari bilan nashr etilgan.

Yulius fon Mayer 1878 yilning 20 martida, Haylbronnda vafot etgan.



Nikolya Leonard Sadi Karno


  Sadi Nikolya Karno (fransuzcha - Nicolas Léonard Sadi Carnot) – mashhur fransuz harbiy muhandisi, fizik va matematik. U 1796 yilning 1-iyunida, Parijda, mashhur siyosatchi va matematik Lazarra Karno oilasida dunyoga kelgan.

Karno malakali boshlang‘ich ta’limni o‘z uyida olgan. 1812 yilda Buyuk Karl nomidagi maxsus litseyni tamomlab, o‘sha vaqtlardagi Yevropaning eng nufuzli bilim yurtlaridan bo‘lgan Parij Politexnika maktabiga o‘qishga kirgan. 1814 yilda, Politexnika maktabi reytingida, a’lochilar safida 6-o‘rin bilan, Mets shahriga, oliy harbiy Muhandislik maktabiga yo‘llanma bilan yuboriladi. 1816 yilda, maxsus harbiy muhandislik polkiga jo‘natilgan. U bir necha yil harbiy xizmat o‘tab, 1819 yilda, Bosh shtabning Parij korpusi leytenanti unvonini egallaydi (maxsus tanlovda g‘olib chiqib)  va Parijga qaytadi. Karno Parijda o‘qishni qaytadan boshlaydi va ilmiy izlanishlarga kirishadi. Sorbonna, Kolej de Frans, San’at va Hunar konservatoriyasi kabi nufuzli bilim yurtlarida ma’ruzalar tinglaydi.

Ushbu jarayonda u kimyogar, gazlar bo‘yicha yirik tadqiqotchi Nikolya Kleman bilan ilmiy fikr almashinishlardan so‘ng,  Sadi Karno bug‘ mashinalarining ishlash jarayoni va unda ro‘y beradigan fizik hodisalarni chuqur o‘rganishga kirishadi. 1824 yilda, Karnoning izlanishlari samarasi bo‘lgan ilmiy ishi - «Alanganing harakatlantiruvchi kuchi va bu kuchni rivojlantira oladigan mashinalar haqida mulohaza» (fransuzcha: «Réflexions sur la puissance motrice du feu et sur les machines propres à développer cette puissance») asari nashrdan chiqadi.  Aynan shu joydan zamonaviy termodinamika fani o‘z ibtidosini boshlagan deb hisoblanadi va Sadi Karnoning mazkur ilmiy ishi, termodinamika fanining birinchi tamal toshi sifatida qaraladi. Mazkur ilmiy ishda, Karno, o‘sha vaqtda mavjud bug‘ mashinalarining ish jarayonlarini tahlili keltirgan bo‘lib, bunday mashinalarning FIK eng yuqori qiymatga (o‘sha vaqtdagi bug‘ mashinalarining FIK qiymati 2% dan oshmagan) erishishi shartlarini bayon qilib bergan. Bundan tashqari, ideal issiqlik mashinasi, ideal sikl (Karno sikli),  termodinamik jarayonlarning qaytariluvchi va qaytmasligi kabi, termodinamikaning asosiy tushunchalaridan  fanga kiritilgan edi.

1828 yilda Sadi Karno harbiy xizmatdan iste’foga chiqadi, lekin ilmiy faoliyatini yanada chuqurroq yurita boshlaydi. Karnoning keyingi ilmiy va shaxsiy faoliyati haqida ma’lumotlar kam. Sababi u birvarakayiga o‘lat va qizilcha kasalliklariga duchor bo‘lib, juda erta – 1832 yilning 24 avgustida, ya’ni, 36 yoshida vafot etgan. O‘sha zamonlarda farang jamiyatida amal qilgan maishiy irimlarga ko‘ra, Karnoga tegishli buyumlar, xususan, uning qo‘lyozmalari ham yoqib yuborilgan. Baxtli tasodifga ko‘ra, omon qolgan yagona yon daftarchada, Sadi Karnoning, bug‘ mashinasi, ideal sikl, FIK kabi bebaho g‘oyalari qayd etilgan edi.


Mendeleyev haqida 11 fakt.


Mendeleyev – jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk olimlardan biri. Ko‘pchiligimiz uni odatda, maktab kimyo xonasidagi sersoqol portreti hamda, uning nomi bilan ataluvchi, kimyoviy elementlar davriy jadvali orqali bilamiz. Ushbu maqolamizda esa, mashhur kimyogarning hayotiga oid biz bilmagan yana boshqa qirralari haqida fikr almashamiz...

Oilada 17-chi farzand.

Dmitriy Mendeleyev, Tobol shahri gimnaziyasining direktori lavozimida ishlagan Ivan Pavlovich Mendeleyev oilasidagi 17-farzand bo‘lgan. O‘sha vaqtlarda, bunchalik ko‘p bolali oilaga ega bo‘lish, rus ziyolilari orasida nihoyatda kam urf bo‘lgan hodisa sifatida qaralgan. 17 ta farzand deganda, ajablanib yoki, hayratlanib qarashdan oldi, Ivan Pavlovichning Dmitriydan oldingi nechta farzandi yashab ketganiga ham e’tibor qaratish zarur: 17-chi farzanddan avvalgilaridan faqat ikki o‘g‘il va 5 qiz hayotda yashab ketgan. Dmitriydan avvalgi 8 ta aka-opalari chaqaloqligidayoq o‘lib ketgan, ulardan uchtasi esa, o‘lik tug‘ilgan ekan...



Aslida u Mendeleyev emas!

Hayron bo'lmang, haqiqatan ham Dmitriy Ivanovichning asl familiyasi Mendeleyev emas. Bu hatto taxallus ham emas. Aksincha, Mendeleyev - Ivan Pavlovichlarning qo'shnisining familiyasi! Gap shundaki, ularing oilasining asl familiyasi Sokolov bo'lgan. Biroq, Dmitriy Ivanovichning bobosi, ya'ni Pavel Maksimovich, o'zining hudojo'yligi tufayli, cherkov xizmatiga kirib, u yerda ma'lum martabaga erishgach, o'sha zamon an'analariga ko'ra, o'z o'g'illariga boshqa familiyalar bergan. Xususan, katta o'g'li Aleksandrga familiyani, cherkov joylashgan qishloq nomini - Tixomandritskiy deb o'zgartirgan bo'lsa, Ivanga, ya'ni, mashhur olimning otasiga, qishloqdagi qo'shnilari - Mendeleyevlarning fmiliyasini bergan ekan. Ana shunaqa, hozir biz Mendeleyev emsa, balki, Sokolov davriy jadvali haqida gaplashayotgan bo'lishimiz mumkin edi...



Qoloq ikkichi va oltin medalchi!

Dmitriy Mendeleyev gimnaziyada unchalik yaxshi o‘qimagan. U ayniqsa lotin tili va ilohiyot darslarini umuman xushlamagan. Peterburgdagi pedagogika institutidagi o‘qish chog‘ida u yaxshi o‘zlashtirmaganligi uchun, bir marta kursdan kursga ham qoldirilgan. U birinchi kursda, matematikadan tashqari boshqa barcha fanlardan qoniqarsiz baho olgan ekan. Matematikadan ham u zo‘rg‘a 3 ga topshirgan... Biroq, yuqori kurslarga o‘tib, bo‘lajak olimning ishlari yurishib ketdi: u barcha fanlarni a’loga o‘zlashtirib, o‘rtacha 4.5 ball bilan institutni yakunladi, faqat ilohiyot darslaridan Mendeleyev 3 baho olgan. 1855 yilda, Dmitriy Mendeleyev institutni oltin medal bilan yakunlaydi va Simferopol gimnaziyasiga katta o‘qituvchi qilib ishga tayinlanadi. Biroq, bu orada boshlanib qolgan Qrim urushi tufayli, Mendeleyev ish faoliyatini Odessadagi Rishyel litseyida davom ettirishga majbur bo‘ladi.



Chamadon yasash bo‘yicha tan olingan mohir usta.

Mendeleyevning asosiy ishidan tashqari, qo‘shimcha hunari, yoki xobbisi – kitoblarni muqovalash, portretlar uchun ramkalar tayyorlash va chamadonlar yasash borasida yetuk usta bo‘lganligini ko‘pchilik yaxshi bilmasa kerak. U yasagan chamadonlar, Moskva, Qozon, Peterburg va butun sharqiy Yevropa bozorlarida xaridordir bo‘lib, o‘ziga xos og‘zaki brend – «aynan Mendeleyevniki» nomi ostida, savdogarlar orasida ma’lum va mashhur bo‘lgan. Bundan tashqari, olim, o‘z davri uchun g‘oyat mukammal va mustahkam sanalgan kley mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha ham dong taratgan. U o‘z kley tayyorlash retseptini qattiq sir saqlagan.



Olim – ayg‘oqchi.

Dmitriy Ivanovich sanoat ayg‘oqchiligi bo‘yicha ham uncha-muncha ishlar qilganini ko‘pchilik bilmasa kerak. U 1890 yilda, Chor Rossiyasi dengiz vazirligi buyurtmasiga ko‘ra, tutunsiz poroxni tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha, g‘arb davlatlari tomonidan sir tutiladigan ma’lumotlarni qo‘lga kiritish borasida ish olib borgan. Bunday poroxni chet eldan oltin evaziga sotib olish ruslarga juda qimmatga tushar edi. Hukumat buyurtmasini qabul qilgach, Mendeleyev Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya davlat kutubxonalari va statistika idoralaridan, so‘nggi 10 yillik tegishli ko‘mir va hokazo porox tayyorlashda qo‘llanuvchi tarkibiy ingridientlarning iste’mol va sarf miqdori haqidagi  hisobotlarni tekshirib chiqib, ular asosida, tegishli proportsiyalarni keltirib chiqaradi va 1 haftalik izlanishlardan so‘ng, Chor hukumati dengiz floti uchun tutunsiz porox tayyorlash usulini ochib beradi.



Mendeleyev poroxini ruslar AQSHdan sotib olishgan.

1893 yilda, xorijiy manbalar asosida Mendeleyev o‘zi qayta ochgan tutunsiz porox tayyorlash usuli bo‘yicha ishlab chiqarishni sanoat miqyosida yo‘lga qo‘ydi. Lekin, ruslarning o‘zi ham bu bu borada o‘zlaridan ha ustasi farang nayrangchilar – AQSHliklar haqida unutib qo‘yishgan ko‘rinadi. Chunki, Mendeleyev usulidagi poroxni, Chor hukumatidan avvalroq, okean orti korchalonlari patentlashtirishga erishishdi va Mendeleyev poroxi ishlab chiqarish huquqini o‘zlariniki qilib olishdi. Vaziyatga ko‘ra, Rossiya, o‘z olimi nomi bilan ataluvchi poroxni Amerikdan sotib olishga majbur bo‘lgan. Bu haqda, AQSHda hatto hajviyalar ham tarqalgan ekan.



Dvigatelli aerostat loyihasi.

Dmitriy Mendeleyev, Yer atmosferasining yuqori qatlamlari, xususan stratosferani tadqiq qilish maqsadida, aeronavtik ekspeditsiyalar uyushtirish borasida jiddiy takliflar bilan chiqqan edi. Jumladan u aerostat uchun maxsus dvigatel o‘rnatib, boshqariladigan aerostat yasash loyihasini ishlab chiqqan. Biroq kimyogar olimga, konstruktsiyni yig‘ish uchun mablag‘ ajratilmagan va loyiha qog‘ozda qolib ketgan. Natijada, stratosferaga aerostatda parvoz qilish bo‘yicha uloqni nemislar olib ketishdi. Stratosfera tomon birinchi boshqariladigan aerostatni, Germaniyaning Augusburg shahridan 1931 yilda uchirildi. Stratosfera tomon qilingan ilk parvoz balandligi 11 km ni tashkil qilgan.



Neftni quvurlar orqali uzatish g‘oyasi.

Biz davriy jadval muallifi sifatida taniydigan Dmitriy Mendeleyev, shuningdek, neftni tarmoqlangan quvurlar sistemasi orqali, qazib olish joylaridan qayta ishlash korxonalariga uzatish g‘oyasining muallifi hamdir. Aynan Mendeleyev, neftning kelib chiqishi organik kimyoga borib taqalishini, va uni tarkibiy qismlarga parchalash orqali, benzindan boshqa yana ko‘plab foydali mahsulotlar olish mumkin bo‘lishini ta’kidlagan. U neftning ikkilamchi qoldiqlarini shunchaki yoqib yuborishni jinoyat sifatida baholagan edi. U o‘z zamonasi neft magnatlariga, neftni aravalarda va meshlarda tashishdan ko‘ra, sisterna va quvurlarda uzatish iqtisodiy va xavfsizlik nuqtai nazarlaridan foydali ekanligini aniq amaliy misollar va matematik hisob-kitoblar bilan isbotlab bergan.



Nobel mukofotining uch karra laureati.

Dmitriy Mendeleyevning nomzodi, jahondagi eng nufuzli ilmiy mukofot bo‘lmish – Nobel mukofoti uchun uch marta 1905, 1906, hamda, 1907 yillarda ilgari surilgan. Biroq har safar, mukofot uning raqobatchilariga topshirilgan.



O‘zinikilar ichida begona, begonalar ichida o‘zlariniki.

Kimyo dahosi Mendeleyev, o‘zining yuksak ilmiy salohiyati va beqiyos amaliy ishlari bilan tirikligidayoq butun dunyoda katta shuhrat qozongan. Chunonchi u, Yevropa va okean ortining yirik nufuzli ilmiy uyushmalari va akademiyalarining haqiqiy va faxriy a’zoligiga saylangan. Biroq shunday ajoyib olimni, o‘z vatani fanlar akademiyasining a’zoligiga qabul qilishmagani qiziq va taajjubli holat. Yana shunisi g‘alatiki, Dmitriy Mendeleyevning nomzodi Neobel mukofotiga tavsiya etilgan yillarda, yashirin ovoz berish jarayonlarida, aynan rus Fanlar Akademiyasining o‘zi, uning nomzodiga qarshi(!) ovoz bergan ekan...



Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalini tuzgan birinchi olim emas!

Haqiqatan ham, Dmitriy Mendeleyev, kimyoviy elementlar davriy jadvalini tuzgan eng birinchi olim emas. U kimyoviy elementlarning xossalarining davriyligi haqidagi g‘oyani ham birinchi bo‘lib ilgari surgan emas. Mendeleyevning yutug‘i va fan oldidagi eng katta xizmati, kimyoviy elementlarning xossalarining davriyligi qonuniyatlarini aniqlaganligi va uning asosida, o‘zigacha fanga ma’lum bo‘lgan elementlarni jadvalga joylashtirib chiqqanligidir. Olim, xossalarning davriyligi asosida, hali fanga noma’lum bo‘lgan kimyoviy elementlar uchun bosh katakchalar qoldirib ketgan. Jadvalning davriyligi va oraliq bo‘sh kataklarga to‘g‘ri kelishi lozim bo‘lgan fizik va kimyoviy xossalarga ko‘ra, hali ochilmagan kimyoviy elementlar haqida nazariy ma’lumotlarga ega bo‘lish va ularni qanday qilib kashf qilish yoki sintez qilish mumkinligi haqida xulosalar chiqarish imkoni paydo bo‘lgan.



Mendeleyev sharafiga, uning nomi bilan atalgan kimyoviy element.

M
endeleyev sharafiga, muallifi uningo‘zi bo‘lgan, kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi 101-element, «Mendeleyeviy»deb atalgan. G‘alati joyi shundaki, ilk bora 1955 yilda sun’iy ravishda olingan mazkur 101-element uchun rus kimyogari nomini, ruslarning o‘zi yoki ularga qardosh millat olimlari emas, balki, ularning okean ortidagi ashaddiy raqobatchilari – AQSHning Kaliforniya shtati, Berkli universitetining G.Siborg boshchiligidagi kimyogar olimlari guruhi taklif etgan!Sovuq urush ayni avjiga chiqqan zamonlarda ham, ilm-fan fidoyilarining bunday tolerant va beg‘araz pozitsiya tutishlari tahsinga sazorov holatdir...







Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish