GLOSARIY
1. Maydalagichlar - qurilish materiallarining kattaligi 3 mm gacha bo‘lgan o‘lchamgacha maydalaydi.
2. Kukunlagichlar - qurilish materiallarining kattaligi 3 mm - 0,001 mm o‘lchamgacha kukunlaydi.
3. Jag‘li maydalagichlar - ishchi qismi jag‘ ko‘rinishida bo‘lgan maydalagichlar.
4. Korpusli maydalagichlar - ishchi qismi ikkita korpusdan iborat bo‘lgan maydalagichlar.
5. Barabanli kukunlagichlar - baraban ko‘rinishdagi korpusli ichki qismida maydalovchi qismlar bo‘lgan aylanma harakat qiluvchi mexanizm.
6. Miqdorlagichlar - xom-ashyoni massasi (og‘irligi) yoki hajmi bo‘yicha miqdorlovchi mexanizmlardir.
7. Aralashtiruvchi mashinalar - qurilish materiallarini aralashtirib, aralashma yoki beton qorishma ko‘rinishiga keltiradi.
8. Tebratuvchi yuza va silkituvchi stollar - temir-beton qorishmalarini zichlashtirish va yuzasi tekis (silliq) beton mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
- -
Do'stlaringiz bilan baham: |