ASBOB-USKUNALARNI MONTAJI, EKSPLUATATSIYASI VA TA’MIRI
Montaj ishlari bajaruvchi tashkilotlardagi texnologik asbob uskunalarning montaji.
Asbob - uskunalarni o‘rnatish va montaj qilish. Montajdan so‘ng, asbob uskunalarni mahkamlash va sinash.
Asbob - uskunadan foydalanilgandagi samaradorligi va uning ekspluatatsiyasini alohida e’tiborga loyiqligi.
YAngi quriladigan zavodlar va faoliyatdagilarni modernizatsiya hamda rekonstruksiya qilishda texnologik jihozlarni montaj qilish va uning samarali ishlatilishi katta miqdorda aniqlanadi.
Yig‘ma temir-beton zavodlarida jihozlarni o‘rnatish qurilish me’yorlari talablari hamda sanitariya me’yor va qoidalari SnIP III-G-66 asosida (Texnologik jihozlar. Umumiy ishlab chiqarish qoidalari va montaj ishlarini qabul qilish) va SnIP III-I. 6-67 (Elektrotexnik uskunalar. Ishlab chiqarish ishlarini tashkil etish qoidalari. Ishlatish uchun qabul qilish.).
Montaj ishlarini boshlash oldidan tashkiliy tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Bular:
Montaj ishlarini tashkil etish loyihasini tayyorlash;
Ishlab chiqarish montaj ishlarini loyihalash;
Montaj ishlarini tashkil etishni loyihalash;
Ishlarni tashkil etish bo‘yicha asosiy qarorlarni mazmuni, ya’ni jihozlarni berish usullari va yo‘llari;
Maydonlarni tayyorlash va jihozlarni yig‘ish bo‘yicha vaqtinchalik joylashtiriladigan binolarni va inshootlarni reviziya (taftish)dan o‘tkazish;
Montaj ishlarini boshlash va tugatish muddatlari va h.k.
Ishlab chiqarish montaj ishlarini loyihalashda jihozlarni tashish (transportirovkasi), saqlanishi, texnologik metalkonstruksiyalarni tayyorlanishi va texnologik montaj mashinalari aniq ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish montaj ishlarini loyihalashda, montaj ishlarining hajmi, mehnat xarajatlari va montaj brigadalarining soni, montaj qilinadigan jihozlarning ro‘yxati, ya’ni mexanizmlar, asbob-uskunalar va qo‘shimcha materiallar aniqlanadi.
Ishlab chiqarish montaj ishlarini loyihalashda aloqasi bo‘lmagan holatda ham ularning aniqlangan detal va uzellari bo‘yicha takilaj (yukni ko‘taradigan yoki bir joydan ikkinchi joyga ko‘chiradigan mexanizmlar moslamasi) ishlari uchun tavsiyalar beriladi.
Loyiqlik uslubi – ta’mirlashning yuqori sifatiga kafolat, ta’mirlash ishlaridan so‘ng mashinalarni ishonchli ishlashi, ular oldindan ishlab chiqilgan texnologiyalari mavjud bo‘lgan. Bu ta’mirlash uslubida juda ko‘p miqdorda ehtiyot qismlarini talab qiladi va ularning tannarxi juda yuqori. Bunday uslub umuman korxonaning ishlashiga bog‘liqligi faqat mas’uliyatli to‘xtovsiz ishlatiladigan jihozlarda ishlatiladi.
Davriy (vaqti-vaqti bilan) ta’mirlash uslubi – ta’mirlash ishlarini olib borishda qat’iy aniqlangan, ishlab chiqarish montaj ishlarini loyihalash jadvali oldindan muddatlari rejalashtirilgan, standart ta’mirlash uslubidan farqli o‘laroq ta’mirlash ishlarining hajmini o‘zgartirishga ruxsat berish, agar detallar talofatsiz mashinani ishlashiga va keyingi navbatdagi ta’mirlashni ko‘zda tutadi.
Hajmi va xarakteriga ko‘ra bajariladigan ish ishlab chiqarish montaj ishlarini loyihalash tizimi quyidagi mashinani rejali ta’mirlash ishlab chiqarish montaj ishlarini loyihalashning yillik jadvali bo‘yicha aniqlanishi ko‘zda tutilgan.
Joriy ta’mirlash – rejali ta’mirlashning minimal hajmi, jumladan uncha ko‘p bo‘lmagan ishdan chiqqan detallarni qayta tiklash yoki almashtirish (xizmat ko‘rsatish muddati asosan bir ikki ta’mirlash oralig‘idan o‘tgan) va mexanizmlarni to‘g‘rilash mashinaning ishlatilishi normal holda ta’minlanadi.
O‘rtacha ta’mirlash ushbu mashinalarning joriy ta’mirlash hajmini 3-5 marta oshiradi. Ushbu ta’mirlash uslubida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
Ko‘zda tutilgan joriy ta’mirlash;
Ishdan chiqqan detallarni qayta tiklash va almashtirishni amalga oshirish;
To‘g‘riligini tiklash;
Jihozlarning ishlab chiqarish unumdorligi va quvvatini navbatdagi rejali o‘rtacha yoki kapital ta’mirlash muddatigacha.
O‘rtacha ta’mirlashni mexanik – ta’mirlash brigadasi yoki ixtisoslashtirilgan ta’mirlash korxonasi, unga ko‘p bo‘lmagan ish hajmini kompleks sex brigadasi amalga oshirishi mumkin. Sifatli ta’mirlash ishlarining borishiga zavodning bosh mexanigi javobgardir. Ta’mirlangan jihozlar sinaladi va sexni ishlab chiqarishi uchun dalolatnoma (akt) topshiriladi.
Kapital ta’mirlash – bu juda katta hajmdagi rejali ta’mirlash hisoblanadi. Unda quyidagi ishlar bajariladi:
Ko‘zda tutilgan ta’mirlash;
Xizmat ko‘rsatish muddati tugagan detallarni ta’mirlash va almashtirish;
YAqin va teng o‘lchamdagi ta’mirlash sikli, jumladan rama, stanina va h.k.
Mashinani oldingi sifatiga qaytarish uchun uni to‘liq uzellari va detallari ajratilib, ishdan chiqqan yoki yaroqsiz holga kelib qolganlari tiklanadi va yangilari bilan almashtiriladi, butun mashina bo‘yicha detallarni yig‘ish amalga oshiriladi va mexanizmlar yig‘ilgandan so‘ng to‘g‘rilanadi.
Jihozlarga texnik xizmat ko‘rsatish.
Jihozlarning ishlashi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichi – ularning ishonchli va uzoq muddatga katta darajada texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etilishidadir.
Yig‘ma temir-beton korxonasida jihozlarga quyidagi texnik xizmat ko‘rsatish qabul qilingan:
Har oyda texnik xizmat ko‘rsatish mashinalarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar tomonidan bajariladi;
Davriy (vaqti-vaqti bilan) texnik xizmat ko‘rsatish rejali ogohlantiruvchi ta’mirlash kuchlari kompleks brigadalari korxonaning mexanik ta’mirlash sexi ishlab chiqarish ishchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Jihozlarni aniqligini tekshirish ta’mirlash ishlaridan so‘ng yoki davriy jadval bo‘yicha rejali ogohlantiruvchi ta’mirlash faqatgina yuqori klass aniqlikdagi mashinalar uchun bajariladi. Bu jarayon mexanik rahbarligida korxonaning bosh mexanik bo‘limi vakili ishtirokida sexning ishchilari tomonidan o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |