Potok-agregat usulda qolip va mahsulot postdan postga ixtiyoriy intervalda harakatlanadi, bu berilgan operatsiya uchun xarakterlidir.
Potok-agregat va konveyr qatorlarda mahsulotni quyish jarayoni bir xil ketma-ketlikda ruy beradi.
Tayyorlangan qolip quyish joyiga uzatiladi va beton qorishma qoliplarga beton quyuvchi yoki beton taqsimlovchilar yordamida quyiladi. Keyin shu yoki keyingi postda beton qorishma maydonda zichlantiriladi. Silliqlash va betonning ustki qismini bezash maxsus postda yoki quyish postida olib boriladi. So‘ng bezalgan mahsulot ma’lum vaqtdan keyin bug‘lash yoki elektrolizatsiyalash kamerasiga joylashtiriladi.
Potok-agregat usulning yaxshi tomoni texnologik qurollardan foydalanishda moslanuvchi va konveyr texnologiyadan foydalaniladi. Oz kapital sarfi bilan keng nomenklaturadagi mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati konveyr texnologiyasiga nisbatan ustundir.
Bundan tashqari potok-agregat texnologiya ko‘chirma agregatni qo‘llashga asoslangan, mahsulotni bir qancha moslamadan o‘tib quyish imkoniyatiga ega, murakkab konstruksiyali va ko‘p qatlamli mahsulotni yuqori sifat bilan ta’minlaydi, qatorda eskirgan qurolni sezilarsiz o‘zgarish kiritish bilan almashtirish imkonini beradi.
Agregat-potok texnologiyasi turli geometrik konfiguratsiyali (shaklli) elementlarni tayyorlashda ayniqsa samaralidir. Konveyr texnologiyaning yutug‘i: potokning uzluksizligi, ritmning aniqligi bilan bir vaqtning o‘zida hamma operatsiyalarning turib qolinishining oldini olishi, maxsus standart postlarga operatsiyalar bo‘yicha bo‘lib tashlanishi va tor sohada bo‘lishi samarali ishlab chiqarishni ta’minlaydi, majmuaviy (kompleks) mexanizatsiya, avtomatlashtirish, operatsiyalararo jarayonni nazorat qiladi, shuningdek uzluksiz ish jarayonining olib borilishi texnologik qurollardan foydalanish koeffitsientini oshiradi, quyish uskunalari bilan ta’minlaydi.
Konveyr texnologiyaning kamchiliklari: mexanizm bilan ta’minlash hisobiga kapital sarfning oshishi, mexanizmlarga va qurollarga xizmat ko‘rsatish, texnologiya pasayishi, yangi nomenklaturaga o‘tish qatorni anchagina rekonstruksiya qilishga olib keladi.
Konveyr qatorlarning ko‘proq qo‘llanishining bir necha turlari bor:
kamerali issiqlik ishlov berish;
tikka kamerali issiqlik ishlov berish;
termoform paketi bilan, ikki yarusli stanlar.
Kasset qolipda temir-beton mahsulotini quyish yirik panelli uy joy qurilishlarida keng nomenklaturali mahsulotni ishlab chiqarish asosiy usullardan biri hisoblanadi. Ikki kassetli qurilmalarda yassi mahsulotni tayyorlash ancha samarali: devor panellari, to‘siqlar, qoplama, shuningdek, ventilyasiya bloklari, zinapoyalar, trubalar va boshqalar.
Bu usulning farqlovchi tomoni shundaki, qoliplarning tikka joylashishi va mahsulotni quyish. Kassetlar qolipi bo‘limlar qatorlardan tashkil topgan. Bo‘lish devorlari konstruksiyasi bo‘yicha kasset qurilmalari metall va temir-betondan bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda kasset devorlari ichi bo‘sh tik holdagi shitlardan tayyorlanadi. Mahsulotga issiqlik bilan ishlov beruvchi bug‘ yoki boshqa issiqlik tashuvchi orqali uzatiladi. Kassetlarning bo‘luvchi devorlari yaxlit metall listlardan tayyorlangan bo‘lishi mumkin.
Kasset qurilmalarni yig‘ish mexanik yoki gidravlik usulda bajariladi. Betonni zichlash kassetning yon tomonidagi bo‘luvchi devorlariga o‘rnatilgan titratgich yordamida olib boriladi. Vertikal kassetli qurilmalarni yaxshi oddiy gorizontal qoliplardagi qurilmalardan ko‘ra, zavod maydoniga talab keskin pasayadi, umumiy ishlab chiqarish sikli pasayadi, ko‘pchilik ishlab chiqarish operatsiyalari (quyish, issiqlik bilan ishlov berish) bir qurilmada olib boriladi, bu bilan zavoddagi tayyor ishlab chiqariladigan mahsulot samarasi oshadi. Kasset usulda bug‘lash kameralari kerak emas, mahsulotni vibratsiya va betonga joylash, qotirish vazifalari yopiq sharoitda bajariladi, ya’ni yaxshi sharoitda olib boriladi.
Kamchiliklari: kasset qurilmalar vaqti-vaqti bilan ishlaydi, shuning uchun qolipni qaytadan ishlatish zarurati tug‘iladi. Agar kassetlarni konveyr ish tartibiga o‘tkazilsa, uning noqulay sifatlari bartaraf etilishi mumkin. Bunday kassetlar tik o‘rnatilgan to‘siqlar to‘plamidan iborat bo‘lishi kerak.
Qolipga qorishmani quyish kassetning bir tomonida olib borilsa, boshqa bir tomonida esa qolipdan ko‘chirish olib boriladi. Issiqlik bilan ishlov berishni qurilmaning o‘rta qismidagi holatida boshlash kerak. Issiqlik bilan ishlov berish kassetlarning to‘sish devorlari sonini aniqlab beradi. Bunday qurilma uzluksiz konveyr ta’sirida ishlab chiqarishni ikki marta oshiradi va quyish, ortish, yig‘ish va devorlarni tozalash jarayonlarini mexanizatsiyalashtiradi.
YUqori darajada texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalashtirishga intilish zavodda yig‘ma temir-beton mahsulotini tayyorlash, turarjoy, sanoat qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishda beton yangi quyish usullarini maxsus qo‘llanmada bajarishga olib keladi.
Bu qurilmada betonni zichlash, titratish plitasi va shtamplar yordamida mahsulotning yuqori qismida bajariladi.
Bunday usulga titratib o‘tkazish, titratib siqish, titratib bo‘shliq yaratish yordamida quyish va boshqalar kiradi.
Truba va trubasimon temir-beton konstruksiyalarni quyish quyidagi usullarda olib boriladi. Sentrifuga (markazdan qochma) usulida titratib quyish gorizontal va vertikal holatda olib boriladi.
Quyishning yana aralash usuli ham qo‘llaniladi. Bosimli va yuqori bosimli trubalarni tayyorlash uchun o‘zini zo‘riqtiruvchi sement yordamida quyish usuli mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |