1.3.1-jadval
Infratuzilma elementlarining qiyosiy jadvali
Innovatsion tadbirkorlik uchun
Bevosita innovatsiyalash uchun
Joriy qiluvchi firmalar
Muhandislik markazlari
Injeniring firmalari
Axborot xizmati ko‗rsatuvchi firmalar
Konsalting firmalari
Reklama faoliyati bo‗yicha firmalar
Banklar va boshqa kredit korxonalari
Innovatika ixtisoslashgan auditorlik
firmalari
Ilmiy-texnik shirkatlar
Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash
markazlari
Sertifikatsiya markazlari
Lizing kompaniyalari
Patent-litsenziyali korxonalar
Biznes-inkubatorlar
Texnologiyalar transferi markazlari
Sug‗urta kompaniyalari
Sanoat universitetlari va xalq
xo‗jaligining boshqa sektorlari
Tadqiqotchilik majmualari
Fanlar akademiyasi
Kutubxonalar va ma‘lumotlar
to‗plamlari
Sinov tariqasidagi ishlab
chiqarishlar
Tajriba laboratoriyalari va
markazlari
Axborot xizmati ko‗rsatuvchi
firmalar
Patent-litsenziyali korxonalar
Ilmiy parklar
Innovatsion markazlar
Innovatsion-ishlab chiqarish
komplekslari
Korxonalarni innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga
oshirish quyidagilarga imkon beradi:
yangi yoki takomillashtirilgan texnologiyalar, mahsulotlar, asbob-
uskunlarni joriy qilish hisobiga mahsulot (tovar, xizmat) ishlab
chiqarishning o‗sishini ta‘minlash;
innovatsion mahsulot hajmi ulushini innovatsion faol korxonalar
mahsulotlari umumiy hajmining 20% foizga etkazish;
fan-texnika va ishlab chiqarish sohalaridagi qo‗shimcha ish
o‗rinlarini yaratish;
ITTKI innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning yangi usullarini
joriy qilish hisobiga innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun
qo‗shimcha resurslar jalb qilish;
zaruriy innovatsion infratuzilma (texnologiyalar, innovatsion
texnologik markazlar, kichik innovatsion-texnologiya, korxonalar va
24
boshqalar) innovatsion faoliyat sub‘ektlariga iqtisodiy qo‗llab-quvvatlash
mexanizmlari yaratish va rivojlantirish;
innovatsion faoliyat qatnashchilarining munosabatlarini tartibga
soladigan qonunchilik va normativ-huquqiy asoslar shakllantirish;
innovatsion sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash va qayta
tayyorlash tizimlari yaratish;
korxonalar innovatsion faolligini oshirishni ta‘minlaydigan, samarali
faoliyat ko‗rsatadigan, bozorga yo‗naltirilgan innovatsion tizim yaratish;
yangiliklar kiritish asosida ishlab chiqarishda jadal tarkibiy
o‗zgarishlarni amalga oshirish;
mahsulot (tovar, xizmat) raqobatbardoshligi va ishlab chiqarishning
texnik darajasini oshirish;
ichki va tashqi bozorlarda sanoat va fan-texnika yangi birlamchi
mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun sharoitlar yaratish;
innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlik va tarmoqlararo
kooperatsiya ilg‗or tajribalari va ustunliklaridan maksimal darajada
foydalanish.
Bizga ma‘lumki, yangi tovar ishlab chiqarishda muvaffaqiyat
keltirishning uchta omili mavjud. Ya‘ni o‗z raqobatchilariga nisbatan
tovarlarining ustunligi, iste‘molchilar tomonidan qabul qilish uchun ajralib
turuvchi xususiyatlarining mavjudligi, firmaning innovatsion marketing,
yuqori ITTKI va ishlab chiqarish, ya‘ni texnologik nou-xauning
mavjudligidir. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan muvaffaqiyat keltiruvchi
omillar innovatsion marketingda muhim o‗rin tutadi.
Ma‘lumki, ishlab chiqaruvchi korxonalarida savdo vasof foyda
hajmini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga harakat
qiladi.Bunda ular marketing faoliyatini yanada rivojlantirishga, unda yangi
tovarlar ishlab chiqarish, yangi xizmat turlarini joriy etish asosiy
masalalardan hisoblanadi. Shuning uchun ham bu o‗rinda korxonalar
faoliyatiga yangiliklarni kiritish, yangi tovar ishlab chiqarish, innovatsion
marketing usullarini ishlab chiqish va uni hayotga tadbiq etish muhim
ahamiyat kasb etadi.
25
Hozirgi
kunda
innovatsion
faoliyatni
amalga
oshirishni
rag‗batlantiruvchi asosiy kuch sifatida, tovar bozorlaridagi keskin raqobat
sharoitidagi potensial daromad miqdori xizmat qilishi mumkin.
Innovatsion faoliyat o‗zgarishi omillari o‗rtasida uskunalar xarid qilish,
loyiha-konstruktorlik va texnologik ishlar keng tarqalgan. Ichki va tashqi
bozorlarda
keskin
raqobat
mavjudligi
innovatsiyalarning
asosiy
maqsadlarini belgilab beradi.
Innovatsion jarayonlarning iqtisodiy rivojlanishdagi roli texnologik
bazani yangilash, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi bozorlarni
egallash va bu bilan iqtisodiy o‗sishning yanada yuqori sur‘atlariga
erishishda o‗z aksini topadi. Innovatsion rivojlanish omillari iqtisodiy
o‗sishning asosini tashkil etgan holda ishlab chiqarish sohasining ko‗pgina
xususiyatlarini ham belgilaydi (1.3.2-rasm).
Paydo bo‗lishiga qarab ular ichki va tashqi omillar bo‗lishi mumkin.
Ichki omillar:
-
ishlab chiqarish rivojlanishining moddiy-texnik bazasi;
-
korxona ixtisosligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning
maqsadi;
- boshqaruv turi va tashkiliy tuzilmasi;
- boshqaruv uslubi va uslubiyoti;
- ishlab chiqarishning yangilik darajasi;
- turli xil xodimlarning talab qilingan va mavjud malakaviy darajasi;
- xodimlarni rag‗batlantirish tizimi;
- xodimlarning innovatsiyaviy faolligi darajasi;
- tashkiliy madaniyat va boshqalar.
Tashqi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- bozor tuzilmalari;
- soliq tizimi;
- qonuniy-huquqiy tizim;
- moliya-kredit tizimi;
- umumiqtisodiy, ijtimoiy va tashqi siyosiy xarakterga ega omillar;
- tarixiy va milliy omillar.
26
Do'stlaringiz bilan baham: |