1.3.2-rasm. Innovatsion faoliyat infratuzilmasini rivojlanishga
ta‟sir etuvchi omillari
Innovatsion asosga ega bo‗lgan iqtisodiy rivojlanish masalasini
echish jarayonida, korxonada innovatsion faoliyatning asosiy maqsadlar
tizimini ifodalashi lozim. Bu ayniqsa, o‗z rivojlanishining faol
strategiyasini amalga oshirayotgan korxonalar uchun muhimdir.
Bunday strategiyani amalga oshirish umumiy ko‗rinishda bir nechta
omillarga bog‗liq bo‗lib, ularning mazmuni va yo‗nalishi quyidagilar bilan
belgilanadi:
- ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlanish darajasi;
- boshqaruv mexanizmi va tizimining holati;
- korxonaning moddiy-texnik salohiyati darajasi;
- tashkiliy tuzilmalarning turlari va yo‗nalishlari;
- o‗zgarishlarga ehtiyoj sezish va xodimlarning ularga tayyorgarlik
darajasi.
Innovatsiyaviy jarayonni boshqarish zaruriyati va imkoniyatlarini
aniqlash, uni amalga oshirish sharoitlarini ifodalash imkonini beradi.
Bularga birinchi navbatda turli xil ehtiyojlar kiradi. Ularni ichki va tashqi
muhit ehtiyojlari hamda shaxsiy ehtiyojlarga ajratish mumkin bo‗ladi.
iqtisodiy
texnik-
texnologik
tashkiliy
ijtimoiy-
huquqiy
ekologik
27
Birinchi guruhni biror yangi tovar ishlab chiqarish uchun zarur
bo‗lgan makrodarajadagi ehtiyojlarni shakllantiradi. Ular mazkur mahsulot
bozorining shakllanishi va faoliyati xususiyatlari, raqobatbardoshlik
darajasi, etkazib beruvchilar va iste‘molchilar hatti-harakati, ushbu soha
yoki tarmoqdagi davlat siyosati, umumjahon bozor tendensiyalari va
hokazolar bilan aniqlanadi.
Ikkinchi guruh korxona moliyaviy-xo‗jalik faoliyatining turli
jihatlarini, umumxo‗jalik siyosatining istiqboli va tendensiyalarini, ilmiy-
texnik va resurs salohiyatini aks ettiruvchi korxona ehtiyojlaridan iborat.
Uchinchi guruh murakkab tizim sifatidagi innovatsion jarayonni
rivojlanishini ta‘minlovchi, ichki ehtiyojlar yig‗indisidan iborat bo‗lib,
innovatsion jarayonlarni ayrim elementlarini (tashkiliy, texnik, texnologik,
kadrlar va hokazo) holati va o‗zaro aloqalarini ko‗rib chiqish lozim.
Ko‗rsatilgan omillarni hisobga olgan holda, innovatsion jarayonlarni
boshqarishning samarali tizimini yaratish, zaruriy nazariy ishlanmalar
mavjudligini talab qiladi. Bu erda, tegishli tushunchalarni ta‘riflash
zaruriyati muammosi alohida turadi. Uning tarkibiga umumiy boshqaruv
usul, uslub va vositalari bilan bir qatorda, faqatgina innovatsion boshqaruv
tizimida samarali bo‗lgan o‗ziga xos elementlar ham kirishi lozim.
Innovatsion faoliyat ta‘minotining uslubiy muammolarini hal etish, undan
samarali foydalanish shartlaridan biri hisoblanadi.
Yangi mahsulotlarning o‗ziga xosligini tadqiq etgan holda,
innovatsion faoliyatni boshqarishni tashkil etish bo‗yicha bir qator
muammolarni mavjudligini ko‗rishimiz mumkin:
ilmiy-texnik taraqqiyot rivojlanishini tashkil etishning universal
shaklini shakllantirishning murakkabliligi;
innovatsion va kundalik ishlab chiqarish jarayonini amalga
oshirishda boshqaruv sifatini turli-tumanligi;
innovatsion jarayonlarni amalga oshirish bosqichlarida turli xil
boshqaruv tizimlariga bo‗lgan talabi;
bozor ehtiyojlarida kelib chiqqan holda innovatsion faoliyatni
boshqarishning moslashuvchan tizimini barpo etish mexanizmini
murakkabligi.
28
Iqtisodiyotni
rivojlantirishda
innovatsion
siyosatni
amalga
oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmiga quyidagilarni kiritish
mumkin:
- innovatsion faoliyatni shakllantirish va rivojlantirish bo‗yicha
huquqiy-me‘yoriy bazani yaratish;
- innovatsion tizimda sof raqobatli muhitni shakllantirish;
- xususiy korxonalar tomonidan amalga oshirilgan innovatsion-
texnologik ishlanmalarni rag‗batlantirish;
- raqobatbardosh mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda
sotishni ta‘minlashga xizmat qiluvchi innovatsion loyihalarni ishlab
chiqish va ularni amaliyotga joriy etish;
- innovatsion
sohadagi
kadrlarni
tayyorlash
tizimini
takomillashtirish va ularni malakasini nazoratini ta‘minlash;
- innovatsion faoliyatni qo‗llab-quvvatlashga qaratilgan moliyaviy-
iqtisodiy mexanizmlarini shakllantirish;
- ilmiy va ilmiy-texnik mahsulot uchun davlat buyurtmalar tizimini
takomillashtirish;
- soliq, bojxona va boshqa imtiyozlarni joriy etish hisobiga mablag‗
kiritilayotgan investorlarni va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni
davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash;
- innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni
yaratish maqsadida innovatsion loyihalarga investitsiyalar kiritish manbasi
sifatida ammortizatsion jamg‗armalarga ajratmalar miqdorlarini bozor
talabidan kelib chiqqan holda o‗zgartirish;
- chet ellik hamkorlar bilan birga ilm talab mahsulotlarni ishlab
chiqarish bo‗yicha qo‗shma korxonalarni tashkil etish maqsadida qulay
sharoitlarni yaratishni ko‗zda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- rivojlangan turli mamlakatlar bilan hamkorlikda ko‗rgazma va
yarmarkalar faoliyatini muntazamligini ta‘minlash;
- milliy innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‗yicha turli
mamlakatlar bilan axborot almashishi uchun xalqaro innovatsion axborot
tizimiga kirish;
29
Oliy ta‘lim
muassasalari, Fanlar
akademiyasi, ilmiy
muassasalar
- ilmga oid texnika va tajriba-sinov parklarini shaklantirishda
innovatsion uskunalar lizingini rivojlantirish zarur.
Mamlakatimiz innovatsion tizimini shakllantirishda hududiy ilmiy-
innovatsion tizimi (HIIT) asosiy elementlardan hisoblanadi (1.3.3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |