Innovatsion faoliyatni rivojlanishiga ta‟sir etuvchitarkibiy qismlar
Tarkibiy qismlar
Mazmuni
Xodimlar salohiyati
Ishchilar tarkibi, ishchilarning malaka darajasi, xodimlarni
tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi
Moliyaviy iqtisodiy
salohiyat
Moliyaviy barqarorlik, likvidlilik, foydalilik, korxona rentabelligi,
bozordagi mavqeyi, innovatsiyalarning foydaliligi, asosiy kapital,
ITTKIga investitsiyalar, moliyalashtirish manbalari
Ishlab chiqarish texnologik
salohiyati
Ishlabchiqarishfondlariningholativatexnologikdarajasi,
ishlabchiqarishningzamonaviyinnovatsionvaaxborottexnologiyalari,
ilg‗oruskunalar, materiallar, laboratoriyavaofisjihozlari
Ilmiy-texnik salohiyat
ITTKIlarni o‗tkazish, ITTKIlar natijalarini tijoratlashtirish darajasi,
yangi ilmtalab ishlanmalarni ishlab chiqish tajribasi, intellektual
mulk ob‘ektlari (ro‗yxatga olingan va joriy qilish bosqichigacha
olib borilgan).
Tashkiliy boshqaruv
salohiyati
Tashkiliy
tuzilma,
innovatsion
infratuzilma,
innovatsion
menejmentning samaradorligi, innovatsiyalarni boshqarishning
marketing strategiyalari, innovatsiyalarni moliyalashtirishni tashkil
qilish, intellektual mulk bo‗yicha qonunchilik darajasi intellektual
mulkni boshqarish
Innovatsion faollik omillari
Korxonaning mulk shakli o‗lchamlari, tarmoq mansubligi, korxona
xodimlarining innovatsion faoliyatini amalga oshirishga tayyorligi
va qobiliyati
Innovatsion faoliyatni samaradorligini oshiruvchi va uni tashkil
etuvchi asosiy tarkibiy qismlaridan ko‗rinadiki, innovatsion salohiyat
xodimlar, moliyaviyiqtisodiy, ishlab chiqarishning texnologik, ilmiy-
texnik, tashkiliy boshqaruv salohiyatidan, innovatsion faollik omillaridan
tashkil topsa, innovatsion faollik innovatsion tizimning asosiy unsurlari –
bilim, texnologiyalar, AKTlardan samarali foydalanish imkoniyatlari,
shuningdek barcha yangiliklarni joriy qilishga tayyorgarlikni tavsiflaydi.
Innovatsion faoliyatga ta‘sir etuvchi tashkiliy innovatsiyalar – bu
biznesni yuritishda, ish o‗rinlarini yoki tashqi aloqalarni tashkil etishda
yangi uslublarni ishlab chiqishdir. Bunday innovatsiyalar boshqaruv va
transaksion xarajatlarni qisqartirish, korxona tomonidan ishchilarning ish
39
o‗rinlari (ish vaqtlari) bilan ta‘minlanganlik darajasini oshirish, mehnat
samaradorligini oshirish, bozorda mavjud bo‗lmagan aktivlarga yo‗l topish
yoki etkazib berish narxini kamaytirish yo‗li bilan korxona faoliyatining
samaradorligini oshirishga yo‗naltirilgan bo‗ladi.
Umuman olganda innovatsiyalarni turlarga ajratganda turli olimlarni
yondashuvi xilma xildir. Masalan, Valras va Bomollar innovatsiyalarni
turlarga ajratishda mikroiqtisodiy tomondan yondashib, har bir turdagi
innovatsiyani model ko‗rinishidagi hisob kitobini olib borishgan. Ularga
ko‗ra, innovatsiyalarning mahsulot turini kengaytirishdagi ahamiyati
asosiy e‘tibor markazi bo‗lgan. Romerning fikricha esa innovatsiyalarni
turlarga ajratishda biznesga kirib kelish imkoniyatini bera olish va qilingan
xarajatlarini hech qiyinchiliksiz qoplay olish asosiy me‘zon sifatida
keltirilgan.
Biznesni yuritishdagi innovatsiyalar tadbirkorlik faoliyatining yangi
tashkiliy usullarini ishlab chiqishni bildiradi va ular quyidagilarni o‗z
ichiga oladi:
- bilimlarni boshqarishning korporativ usullarini joriy etish;
- xodimlarning
saviyasini
oshirishga
va
ko‗chib yurishini
kamaytirishga mo‗ljallangan o‗qitish tizimini yo‗lga qo‗yish;
- ishlab chiqarish va etkazib berishni to‗liq boshqarish, jumladan
etkazib berish zanjirini, ishlab chiqarishni oqilona tashkil qilishni,
shuningdek sifatni boshqarish tizimini joriy etish.
Innovatsion faoliyatda ish o‗rinlarini tashkil etish bo‗yicha
innovatsiyalar – bu korxonaning alohida faoliyat turi doirasida yoki turli
faoliyatlari (tarkibiy bo‗linmalari) o‗rtasida ishlarning bajarilishi bo‗yicha
xodimlar orasida javobgarlik va vakolatlarni taqsimlashning yangi
usullarini yo‗lga qo‗yishdir. SHuningdek, faoliyat tarkibini belgilash, ya‘ni
faoliyatning turli yo‗nalishlarini integratsiyalashtirish bo‗yicha yangi
konsepsiyalarini joriy etishdir.
Korxona innovatsion salohiyatining tarkibiy qismlari innovatsion
salohiyatni o‗rganish asosida biz innovatsion salohiyatni aniqlashda
quyidagi asosiy yondashuvlarni qayd etishimiz mumkin:
40
- innovatsion faoliyatni amalga oshirishga jalb qilinishi mumkin
bo‗lgan resurslar majmui sifatida;
- innovatsion faoliyatni amalga oshirish imkoniyati sifatida;
- innovatsion faoliyatni amalga oshirishga tayyorgarlik sifatida;
- innovatsion faoliyatni amalga oshirish qobiliyati sifatida.
Fikrimizcha, quyidagi yondashuvlar o‗zaro ta‘sir kuchiga ega,
innovatsion faoliyatga, qobiliyatga ega bo‗lish bir qator imkoniyatlarning
mavjudligi bo‗lsa, o‗z navbatida bu innovatsion salohiyatni amalga
oshirishga imkoniyat va zarur bo‗lgan tayyorgarlik darajasini ta‘minlovchi
muhim shartlardan biri hisoblanadi (2.1.3-jadval).
2.1.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |