I. Fanning mazmuni
Mazkur fan talabalarga matnlar, ularning turlari, har bir matnda aks etishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, axborotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy hayotimizga oid hamda o‘rganayotgan mutaxassisliklariga doir terminlar, ularni tanlashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan.
Bu fanni o‘qitishdan maqsad bakalavrda mutaxassislik tili, mutaxassislik terminologiyasi, mutaxassislik matni, mutaxassislik nutqi asoslarini shakllantirishdan iboratdir.
Shunga ko‘ra universitet talabalari uchun “Akademik yozuv” kursining kiritilishi maqsadga muvofiq ish bo‘ldi.
“Akademik yozuv” fani nutq madaniyati va o‘zbek tili ning boshqa sohalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Bakalavr o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda mutaxassislik tili va uslubi, mutaxassislik terminologiyasi va atamashunoslik, ish yuritish va hujjatchilik to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, o‘z fikrini mutaxassislik sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida aniq va ravshan ifoda eta olmaydi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassislar fan va texnika tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i lozim.
Shu bois, mazkur o‘quv kursining o‘qitilishi muayyan amaliy yo‘nalishga ega bo‘lib, bakalavr mutaxassislik tili bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, o‘z sohasiga oid so‘zlarni va hujjatlarni to‘g‘ri yozish malakasini hosil qilishni ko‘zda tutadi.
Bo‘lajak mutaxassisning kasbiy layoqati va mahorati hozirgi davrda o‘z kasbining madaniyati asoslari hamda notiqlik me’yorlarini ham bilishni taqozo etmoqda.
Fanni o‘qitish tamoyillari, mazmuni va uslubini o‘zgartirib, talabalarning yozma nutqiy ko‘nikmalarni takomillashtirish, o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha foydalanish, fikrini to‘g‘ri, aniq, mantiqli ifoda etishga o‘rganishni ko‘zda tutadi.
II. Asosiy nazariy qism (ma'ruza mashg’ulotlari)
Ushbu fan bo'yicha nazariy mashg’ulotlar ko'zda tutilmagan.
III. Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.
1-mavzu. Akademik nutq.Yozma va og’zaki uslub va uning xususiyatlari. Me’yor tushunchasi.
Akademik nutq tushunchasi bilan tanishtirish. Akademik nutqning yozma va og’zaki turlari haqida tushuncha beriladi. Adabiy til me’yorlari bo’yicha ma’lumot beriladi.
2-mavzu. Yozma nutq shakllari.
Yozma muloqot va uning xususiyatlari. Muvofiqlashtirish va sо‘zlarni tanlash. Yozma kommunikatsiya.Gaplarning xususiyatlari. Abzasning xususiyatlari. Yozuv texnikasi. Gaplarni tо‘g’ri yozish.
3-mavzu. Nutq uslublari.
Nutq uslublari turlari. Ularning bir-biridan farqli va o‘xshash tomonlari.
Ularning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari. Ilmiy, publitsistik, ilmiy-ommabop va rasmiy-idoraviy uslublar.
4-mavzu. Matn turlari va tarkibi. Matn tahlili va tahriri.
Matn turlari va tarkibi bilan tanishtirish, ularning farqli jihatlari, matnning tarkibi o’rganilib tahlil qilinadi. Matnni tahlil va tahrir qilishni o‘rganish.
5-mavzu. Taqdimot nutqi. Internet tili. OAV. Reklama yozish.
Bu bo'limda ommaviy axborot vositalari tili haqida ma’lumot beriladi. Reklama matnini tayyorlash,uning til xususiyatlari o'rganiladi.Talabalarga taqdimot matnlarini yaratishni o’rgatish.
6-mavzu. Ilmiy uslub janrlari (esse, loyiha, doklad, tezis, kurs ishi).
Ilmiy uslub va uning xususiyatlari. Maxsus atamalar. Ilmiy uslub janrlari haqida ma’lumot beriladi. Esse, loyiha, doklad, tezis va kurs ishining yozilish qoidalari bilan tanishtirib o‘tiladi.
7-mavzu. Maqola va uning turlari.
Maqola va uning turlari, ularning o’ziga xos xususiyatlari bilan tanishtiriladi. Talabalarga publitsistik uslubning yozma va og’zaki turlari hamda maqola yozish qoidalari haqida to’liq ma’lumot beriladi. Ilmiy maqola va uning til xususiyatlari. Ilmiy maqolaning tarkibiy qismlari.
8-mavzu. Referat. Taqriz matni. Annotatsiya yozish.
Referat tuzilishi. Referat qismlarining tuzilishi va uning ustida ishlash bosqichlari. Annotatsiya matni, tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari. Taqriz matni, uning tuzilishi .
9-mavzu. Dastlabki ilmiy tadqiqotni yozish.
Dastlabki ilmiy tadqiqot qismlari. Kirish. Asosiy qism. Xulosa. Dastlabki ilmiy tadqiqotning unsurari: perefraza, havola, iqtibos, sitata, abzas. Paragraflarni shakllantirish.
10-mavzu. Muloqot va kommunikatsiya jarayoni.
Muloqot jarayoni. Muloqot va uning turlari. Rasmiy va norasmiy. Kommunikatsiya. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
11-mavzu. Muloqot texnologiyasi va texnikasi. Muloqot shakllari. Texnologik taraqqiyotning о‘rni. Telekonferensiya va videokonferensiya. Muloqot texnikasi va uning tarkibiy qismlari. Muloqot texnikasini shakllantirishda zamonaviy pedtexnologiyalarning о‘rni. Muloqot shakllari bilan tanishtirish.
12-mavzu. Mutaxassislikka oid sо‘z va terminlarning imlosi, yasalishi va qо‘llanilishi.
Til va terminologiya. AKT terminlarining morfologik, semantik, sintaktik usulda yasalishi. AKT so‘z va terminlarini tartibga solish. Lug’atlarga yondoshuv. Abbreviaturalar.
IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ish fanning mavzulari asosida tashkil etiladi. Mustaqil ishni quyidagi topshiriqlar ko‘rinishida bajarish tavsiya etiladi:
• mavzu bo‘yicha rasmiy axborot tayyorlash;
• reklama matnlari yaratish;
• publitsistik maqola tayyorlash;
• annotatsiya yozish;
• taqriz yozish;
• referat yozish;
• esse, loyiha, doklad, tezis yozish;
• ilmiy maqola yozish.
|