Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlari. a) kirish; b) asosiy qism; s) xulosa, adabiyotlar. Perefraza (havola, sitata, abzats) 10-mavzu. Dastlabki ilmiy tadqiqot yozish ILMIY TADQIQOT JARAYONI Ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniqlik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija beri-shi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shart-sharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan tahlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni tahlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi: 1. Kirish — bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi. 2. Asosiy qism — muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi. 3. Xulosa — mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi. Kerak bo‘lsa kalit so‘zlar ta’rifining berilishi. (b) Kerak bo‘ladigan axborot. (c) Bu mavzu haqidagi boshqa mualliflarning ishlaridan namuna. (d) Ishning maqsad va vazifalari. (e) Sizning tadqiqot uslubingiz. (f) Siz tomoningizdan belgilanadigan biror-bir chegaralar. (g) Ishingizning rejasi. Xulosalar Xulosalash va perefrazalash (ma’noni boshqa so‘zlar yordamida ifodalash) Odatda esseda xulosalash va perefrazalash birgalikda ishlatiladi. Xulosalashning maqsadi ma’lumotlar hajmini yetarli darajagacha qisqartirish va uzundan uzoq ma’lumotlarni qisqa hajmga keltirishdan iborat bo‘lsa, perefrazalashning maqsadi esa umumiy ma’noni saqlagan holda ma’lumotni asl manbadagidan farqli qilib, o‘zgartirib yozishdan iboratdir. Bularning ikkalasi ham ko‘chirmachilikning oldini olish uchun qo‘llaniladi Perefrazalash 18-asrda Fransiya va Germaniyadan oldin, Britaniyada sodir bo‘lgan industrial inqilob to‘g‘risida ko‘plab munozaralar davom etib kelmoqda. Ushbu gapni quyidagicha perefrazalash mumkin:Industrial inqilobning nima sababdan boshqa joyda emas, balki aynan Britaniyada sodir bo‘lgani hozirgi kunga qadar tortishuvli savollardan biri bo‘lib kelmoqda Perefraza asl manbadan o‘z shakliga ko‘ra farqlanadi asl manbadagi so‘zlarning sinonimlaridan iborat bo‘ladi asosiy ma’noni saqlagan bo‘ladi asl manbadagi ba’zi bir qismlarni o‘zida mujassamlashtiradi (misol uchun “Industrial inqilob”, “18-asr”) Perefrazalash va uning yo‘llari (usullari) a) so‘zlarning sinonimlarini qo‘llash orqali: Aytadi > keltirib o‘tadi; 18-asr > 1700-yillar; tejamoq > kam xarajat qilmoq b) so‘z turkumlarini o‘zgartirish orqali: Izoh (ot) > izohlamoq (fe’l); foyda keltiradigan, foydali (sifat) > foyda (ot) c) so‘zlar ketma-ketligini o‘zgartirish orqali: Britaniya industrial inqilobining asosiy sabablari talabni tahlil qilish orqali o‘z yechimini topishi mumkin. Sitatalar Sitatalarni keltirish Muallifning ismi, nashr qilingan vaqti, bet (Smit, 2009: 37). Murakkab sitata Muallifning ismi, nashr qilingan vaqti Smit (2009).
Do'stlaringiz bilan baham: |