Dars turi: nazariy Asosiy savollar



Download 24,3 Kb.
bet1/2
Sana30.12.2021
Hajmi24,3 Kb.
#197649
  1   2
Bog'liq
Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari 1-dars


16-MAVZU: TIBBIYOTDA GRAFIK MA’LUMOTLAR YARATISHDAGI DASTURIY VOSITALAR

Ajratilgan soat: 2 soat

Dars turi: nazariy

Asosiy savollar:

  1. «Kompyuter grafikasi» tushunchasi.

  2. Kompyuter grafikasi turlari

1- asosiy savolning bayoni::

Kompyuter - mavjud axborotni grafik shaklga o’tkazishi mumkin, ular yordamida keyinchalik axborot taxlil qilinadi yoki bu axborotni boshqacha ko’rinishda takdim etish mumkin. Bularning barchasiga kompyuter grafikasi (inglizcha «sotruter grarhiss») tufayli erishish mumkin.



«Kompyuter grafikasi» tushunchasi informatikada juda keng talkin qilinadi. Xorijiy adabiyotlarda bu bilan bir qatorda yana «mashina grafikasi» (inglizcha «tashipe grarhics») va «mikrokompyuter grafikasi» (inglizcha «ticrosotruter grarhics») atamalari ham ko’llaniladi.

V. Giloyning fikricha, «mashina grafikasi» atamasi xisoblash mashinasi tomonidan grafik ob’ektlarni generatsiyalash, takdim etish, ishlab chiqish yoki baxolash, u bilan manipulyatsiya qilish hamda grafik ob’ektlar va fayllarda bo’lgan nografik ob’ektlar o’rtasida aloqalar o’rnatilishini bildiradi.

Mashina grafikasining dastlabki tizimlari birinchi raqamli kompyuterlar bilan birga paydo bo’lgan. Masalan, 50-yillarning boshida Massachusets texnologik institutining «Virlvind» kompyuteri elektron-nurli trubkalar (ENT)da joylashgan, unga birlashtirilgan displeyga ega edi. Ammo 1963 yilni kompyuter grafikasi asrining boshlanish yili deb xisoblash kabul qilingan, chunki o’shanda jaxonga interaktiv mashina grafikasining asosiy tamoyillarini o’z ichiga kamrab olgan «Skatglad» tizimi takdim etilgan.

Grafika faqat shu xolda interaktiv deb nomlanadiki, agar tasvirga uni bevosita tiklash paytida o’zgartirishlarni tezkor kiritish imkoni bo’lsa.

Amerikalik olimlar U. Nyumen va R. Sprullarning fikricha «interaktiv mashina grafikasi» xisoblash texnikasini ko’llashning barcha soxalarini o’z ichiga oladi, ulardan interaktiv grafik tizimlar, ya’ni tasvirlar yordamida ishlab turuvchi EXM bilan o’zaro hamkorlik qilish imkoniyatini ta’minlovchi tizimlarni ishlab chiqishda bevosita foydalaniladi.

70-yillarning boshlarida minikompyuterlarning kashf etilishi bilan kompyuter grafikasidan amalda foydalanish sur’atlari keskin oshib ketdi. Kasbiy birlashmalar faol shakllana boshlandi. 1974 yilda Xisoblash texnikasi bo’yicha assotsiatsiyaning mashina grafikasi bo’yicha maxsus guruxi, 1979 yili mashina grafikasi bo’yicha miliy assotsiatsiya, 1980 yilda Evrografika Assotsiatsiyasi va Mashina grafikasi bo’yicha jaxon assotsiatsiyasi, 1981 yilda AKShning Elektronika va radiotexnika bo’yicha muxandislar institutining kompyuter jamiyati «Mashina grafikasi va uni ko’llash» jurnali ta’sis etildi. 1982 yilda MDX xududida birinchi marta akademik A. Samarskiy raxbarligida «Kompyuter grafikasi» xalkaro jurnali nashr etila boshladi.

Hozir kompyuter grafikasining jaxon bozori g’oyatda jo’shkin rivojlanmoqda, quyida keltiriladigan ma’lumotlar shundan darak beradi:

1. 1995 yilda Kompyuter grafikasini dasturiy ta’minlashni (Software) sotishdan tushgan daromadlar 77 mln. AQSh dollarini tashkil qilgan, bundan IVM RS platformasi — 50%ga yakin, AMIGA — 15%, Masintosh — 35% ni tashkil qilgan.

2. 1995 yilda kompyuter grafikasining texnik ta’minlanishi (hardware)ni sotishdan tushgan daromad 44 mln. AQSh dollaridan ko’prokni tashkil qilgan, bundan ShK platformasi — 45%dan ko’prokni, ishchi stantsiyalar — 35% ni va xost EXM — 25%ni o’z ichiga oladi.

Iqtisodiy muammolarni xal qilishda kompyuter grafikasi vositalaridan keng foydalanishga, eng avvalo quyidagi xollar to’skinlik qiladi:

• xisoblashlarning yuqori qiymati: mashina grafikasining interaktivga qayta o’zgartirish xisoblashga va xotira xajmiga nisbatan so’rovlar jixatidan oddiy bo’lmagan talablarni ko’yadi;

• tasvirlarni generatsiyalash uchun dasturiy ta’minlanish avval ko’zda tutilganiga qaraganda chalkash bo’ladi;

• tizimli va amaliy ta’minlanishning murakkabligi yakkol to’gri baxolanmagan;

• foydalanuvchi ushbu tizimni interaktiv deb xisoblashi uchun etarlicha qisqa vaqtichida suratlar izchilligini generatsiyalashi mumkin emasligi.

Bu kiyinchiliklarni bartaraf etishdagi katta tarakkiyot faqat mashina grafikasi sanoati o’sishi bilan kuzatila boshlandi. Shu vakgdan boshlab dasturiy-texnik vositalar shunday ildamlik bilan rivojlana boshladiki, xatto shu soxadagi yuqori malakali mutaxassislar ham endi axborotlarning butun to’likligiga ega emas.

Grafik interfeysni amalga oshiruvchi ADPning g’oyatda ommaviyligi eng avvalo shu bilan asoslanadi-ki, tasvir kommunikatsiya vositasi sifatida inson uchun tabiiylirok, buning ustiga u ShKda ishlashda etarlicha aniklikni ta’minlaydi.

Xar qanday asbob o’z o’zlashtirilishi jarayonida, koidaga ko’ra, kam harakatni talab qiladi. Kompyuter grafikasi dasturiy ta’minlanishini ishlab chiquvchilarning ko’pi buni xis qiladi. Mana shu bois hozirda bozorda foydalanuvchiga aloxida muammolarsiz kompyuter grafikasi vositalari bilan ishlashni bilishda ko’ldan kelgancha yordam ko’rsatishga mo’ljallangan ko’pgina dasturlar mavjud.

Hozirda kompyuter grafikasi iqtisodiy taxlil soxasiga, reklama faoliyati va konstruktsiyalarni modellashtirishga kirib bo’lgan, u dam olishni qizikarli qiladi va ishlab chiqarishda juda keraklidir. Bu vositalar rivojlanishiga, eng avvalo, ShKlarning paydo bo’lishi va inson faoliyatining turli soxalariga keng tatbik etilishi yordam bergan. Qo’llanish soxalarining kengayishi ShKlardan foydalanuvchilar sonining keskin ko’payishi ham «qiymat-unumdorlik» nisbatining keskin o’zgarishi, ham kompyuterlarning foydalanish imkoniyatlari rivojlanishi okibatida ro’y berdi.



Download 24,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish