BO`G`IN KO`CHIRISH QOIDALARI
Imlo qoidasi bo`lib, tilshunoslikning orfografiya bo`limida o`rganiladi. Test sinovlarida bo`g`in ko`chirish va bo`g`inga ajratish hodisalarini farqlash lozimligini nazarda tutgan holda biz bu ikki hodisani qiyosan berishni maqsadga muvofiq deb hisobladik. Quyidagi holatlarda so`z satrdan satrga ko`chiriladi:
so`z bo`g`inlar asosida ko`chiriladi: tez-da, sah-ro;
yolg`iz xarfdan iborat bo`g`in keyingi bo`g`in tarkibida ko`chiriladi: ota, mat-baa, ona, aka-uka
ng xarf birikmasi bir tovushni ifodalaganda bo`lmasdan ko`chiriladi: ko`-ngil, ing-ra, si-ngil. Lekin -n va -g alohida tovushlarni ifodalaganda hamda ruscha baynalminal so`zlarda bo`lib ko`chiriladi: kon-gress, so`n-gan, ton-gach, in-gliz, tan-gens.
Shch xarf birikmasi: me-shchan, pome-shchik.
qisqartma so`zlarda bo`g`in ko`chirilmaydi: O`zMU, ToshMI, O`zJTU.
URG`U
So`z tarkibidagi biror bo`g`inning yoki gapdagi so`zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq, cho`ziqroq aytilishiga urg`u deyiladi: Bola` , bolala`r.
Urg`u ikki xil bo`ladi: gap urg`usi va so`z urg`usi.
Gap urg`usi- ma’no urg`usi yoki mantiqiy urg`u ham deyiladi. Gapda so`zlovchining e’tibori qaratilgan bo`lak kesim oldida joylashadi va mantiqiy urg`u oladi:
Kecha Samarqanddan Toshkentga samalyotda men keldim ega- mantiqiy urg`u olgan.
Men Samarqanddan Maskvaga samalyotda kecha keldim – payt holi mantiqiy urg`u olgan.
Men Samarqanddan samolyotda keldim – to`ldiruvchi mantiqiy urg`u olgan.
So`z urg`usi- so`zdagi bo`g`inlardan biriga tushadi. O`zbek tilida asosan so`z urg`usi oxirgi bo`g`inda bo`ladi: qala`m – qalamdo`n – qalamdonda`.
Quyidagi xollarda urg`u so`z oxiriga tushmaydi:
–ma - fe’lning bo`lishsiz shakli qo`shimchasi: bo`rma, qara`ma. Lekin - ma so`z yasovchi qo`shimchasi urg`u oladi: o`lma (fe’l), olma` (ot): yi`g`ma (fe’l), yig`ma`(sifat).
–man, -san, -miz, -siz - fe’lning shaxs-son qo`shimchalari urg`u olmaydi: bora`man, bo`rmayman. Lekin –siz so`z yasovchi qo`shimchasi urg`u oladi (asosdan anglashilgan narsaga ega bo`lmaganlik ma’nosida): mevasi`z, odobsi`z, gulsi`z.
–cha, -day, -dek - ravish yasovchi qo`shimchalari urg`u olmaydi: ru`scha, qishlo`qcha, mu`zday, bi`rdek. Lekin –cha - otlarda kichraytirish, erkalatish qo`shimchasi urg`u oladi: qishloqcha` (ot), qishlo`qcha (ravish).
Qo`shimcha – yuklamalar urg`u olmaydi: bugu`noq, se`nmi, se`nchi. Jumladan, –ku, -da, -gina, -oq, --yoq, -mi, -chi yuklamalari urg`u olmaydi. Lekin –gina otlardagi erkalatish qo`shimchasi urg`u oladi: qi`zgina (yuklama), qizgina` (ot).
Sonlardagi ma’no turlarini yasovchi qo`shimchalar urg`u olmaydi: be`shta, i`kkov, i`kkovlon, o``ninchi, be`shtacha, to``rttadan, olti`ta.
Ayrim olmoshlarda urg`u oxiriga tushmaydi: ha`mma, ja`mi, ya`lpi, ba`ri, allak`im, ba`’zi.
Ayrim ravishlarda urg`u oxiriga tushmaydi: hamisha, a`slo, te`zda, qahramonla`rcha, aso`san, taxmi`nan, vijdo`nan.
Ayrim bog`lovchilarda: a`mmo, chu`nki, to`ki, ze`ro, le`kin, ga`rchi.
II-III-shaxs buyruq - istak mayli fe’llarida ham urg`u oxiriga tushmaydi: o``qi, qa`ra, ke`lsin, o`qi`sin.
so`z urg`usining ikki xil vazifasi bor:
1.So`zdagi bo`g`inlardan biriga tushadi, urg`uli bo`g`in boshqalariga nisbatan kuchliroq, cho`ziqroq talaffuz qilinadi.
2.Shakldosh so`zlarda ma’no farqlash vazifasini bajaradi bunda shakldosh (omonim) so`zlarda urg`u yordamida ma’no farqlanadi: Ho`zir keldi (payt ma’nosida qachon keldi?) Hozi`r bo`ldi (tayyor, shay ma’nosida), bog`la`r (ot) bo`g`lar (fe’l), ku`nda kelmoq (ravish), kunda` toblanmoq (ot).
Do'stlaringiz bilan baham: |