Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази тадбиркорлик ва бизнес асослари


Soliqqa oid qonunbuzarliklar va ularga nisbatan qo‘llaniladigan jazo choralari



Download 392,17 Kb.
bet93/134
Sana16.07.2022
Hajmi392,17 Kb.
#809916
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   134
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari 9d1f9-converted

Soliqqa oid qonunbuzarliklar va ularga nisbatan qo‘llaniladigan jazo choralari


Soliqqa oid huquqbuzarliklar va ular uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining IV bo‘limida belgilangan. Soliq to‘lovchining kodeksda javobgarlik belgilangan g‘ayriqonuniy aybli qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) soliqqa oid huquqbuzarlik, deb e’tirof etiladi. Jismoniy shaxslarning soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun javobgarligi o‘n olti yoshdan boshlab vujudga keladi.


Hech kim soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun ushbu kodeksda nazarda tutilganidan boshqa asoslar bo‘yicha va tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Hech kim soliqqa oid sodir etilgan aynan bitta huquqbuzarlik uchun takroran javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Agar jismoniy shaxs sodir etgan soliqqa oid huquqbuzarlikda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bo‘lmasa, bu huquqbuzarlik uchun Soliq kodeksida nazarda tutilgan javobgarlik kelib chiqadi.
Yuridik shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilishi tegishli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, uning mansabdor shaxslarini ma’muriy, jinoiy va boshqa javobgarlikdan ozod etmaydi. Soliq to‘lovchining soliqqa oid
huquqbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilishi uni soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyatidan ozod etmaydi.
Shaxsning aybi qonunda belgilangan tartibda isbotlanmaguniga qadar, u soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor hisoblanmaydi. Javobgarlikka tortilayotgan shaxs o‘zining soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikda aybsiz ekanligini isbotlashi shart emas. Soliq to‘lovchi soliqqa oid bir necha huquqbuzarliklar sodir etgan taqdirda, moliyaviy sanksiyalar har bir huquqbuzarlikka nisbatan alohida-alohida qo‘llaniladi.
Shaxs soliqqa oid huquqbuzarlik uchun quyidagi holatlardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda javobgarlikka tortilishi mumkin emas:

  • soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi faktining yo‘qligi;

  • soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilishida shaxsning aybi yo‘qligi.

Soliq to‘lovchi soliq tekshiruvi o‘tkazilguniga qadar xatoni o‘zi tuzatgan taqdirda javobgarlikdan ozod etiladi, pena to‘lash bundan mustasno. Moliyaviy sanksiyalar soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik chorasi bo‘lib, pul undirish (jarimalar va pena) tarzida qo‘llaniladi.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga — soliq to‘lovchilarga moliyaviy sanksiyalar sud tartibida qo‘llaniladi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddati o‘tkazib yuborilganligi uchun pena hisoblash, shuningdek, soliq to‘lovchi sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan hollar bundan mustasno. Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar faqat sud tartibida qo‘llaniladi, pena hisoblash hollari bundan mustasno.
Soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va pena materiallar sudga berilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida, ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda tadbirkorlik subyekti — soliq to‘lovchi o‘ziga nisbatan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lamaganligi uchun jarimalar qo‘llanilishidan ozod qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida soliq sohasida qonunbuzarliklar va ularga nisbatan qo‘llaniladigan jazo choralarida moliyaviy jazo choralari ham ko‘zda tutilgan (113-modda va 17-bob). Moliyaviy jazo chorasi soliq sohasidagi huquqbuzarlik uchun javobgarlik chorasi bo‘lib, pul undirish (jarimalar va pena) tarzida qo‘llaniladi.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga moliyaviy jazo choralari sud tartibida qo‘llaniladi, soliqlar va majburiy to‘lovlarni to‘lash muddati o‘tkazib yuborilganligi uchun pena hisoblab chiqarish, shuningdek, soliq to‘lovchi sodir etilgan huquqbuzarlikda aybni tan olganda va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan holatlar bundan mustasno.
Soliq to‘lovchiga — jismoniy shaxsga nisbatan moliyaviy jazo choralari faqat sud tartibida amalga oshiriladi, penani hisoblab chiqarish hollari bundan mustasno. Тadbirkorlik subyekti tomonidan sudga materiallar berilgan kundan e’tiboran, bir oy davomida ixtiyoriy ravishda soliqlar, majburiy to‘lovlar va pena to‘langanda, unga nisbatan soliq va majburiy to‘lovlar to‘lanmaganlik uchun jarima qo‘llanilmaydi.
Soliq to‘lovchilarni, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, bir vaqtning o‘zida davlat soliq xizmati organlarida hisobdan o‘tkazish birga amalga oshiriladigan soliq to‘lovchilarni istisno etganda, davlat soliq xizmati organida hisobdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi quyidagi miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi:

  • agar faoliyat o‘ttiz kungacha amalga oshirilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravari miqdorida, biroq ushbu faoliyat natijasida olingan sof tushumning o‘n foizidan kam bo‘lmagan miqdorida;

  • agar faoliyat o‘ttiz kundan ortiq muddatda amalga oshirilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining yuz baravari miqdorida, biroq ushbu faoliyat natijasida olingan sof tushumning o‘n foizidan kam bo‘lmagan miqdorida.

Qonuniy kelib chiqishi tasdiqlangan hollarni istisno etganda, kirim qilinmagan tovarlarni saqlash yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlarni yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) — tegishincha kirim qilinmagan tovar qiymati yoki yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) tushum summasi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bunda yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) tushum summasi soliqlar va majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish maqsadida hisobga olinmaydi hamda mazkur huquqbuzarlik munosabati bilan soliqlar bo‘yicha qayta hisob-kitob qilinmaydi.
Тovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan tushgan summani yashirish (kamaytirib ko‘rsatish), deb mazkur modda maqsadida quyidagilar e’tirof etiladi:

  • tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan tushgan tushum summasi hisobga olish registrlarida aks ettirilmaganligi, basharti tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganligi hollari hujjat bilan tasdiqlansa;

  • tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganligidan dalolat beruvchi hujjatlar almashtirilganligi, soxtalashtirilganligi yoki yo‘q qilinganligi;

  • hisobda realizatsiya qilinmagan, deb sanaluvchi tovarlarning omborlarda yoki realizatsiya qilish joylarida yo‘qligi.

Soliq hisobotini taqdim etmaganlik, o‘z vaqtida taqdim etmaganlik, shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin takroran sodir etilgan bo‘lsa, jismoniy shaxsga va soliq to‘lovchining mansabdor shaxsiga nisbatan:

  • muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun bir foiz miqdorida, biroq belgilangan to‘lov muddatida to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov miqdoridan ushbu hisobot davri uchun hisoblab chiqarilgan to‘lovlarni chegirib tashlangan summaning o‘n foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;

  • buxgalteriya hisobining yo‘qligi yoki hisoblanishi lozim bo‘lgan soliqlar va majburiy to‘lovlar summasini aniqlab bo‘lmasligiga olib kelgan buxgalteriya hisobining belgilangan tartibini buzgan holda yuritilganligi — soliq to‘lovchi — yuridik shaxsga nisbatan soliqlar va majburiy to‘lovlarning miqdorini aniqlash imkoniyati bo‘lmagan davr uchun, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushum miqdorining bir foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining ellik baravar miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Biroq soliq to‘lovchi buxgalteriya hisobini tiklash majburiyatidan ozod etilmaydi.
Faoliyat turlari bilan litsenziyasiz yoki ruxsat beruvchi guvohnomasiz shug‘ullanish:

  • faoliyatning ana shu turlarini litsenziyasiz amalga oshirish davrida olingan sof foyda miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lmagan mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganda qo‘shilgan qiymat solig‘ini schot-fakturada aks ettirganlik:

  • mahsulot yetkazib beruvchilarga schot-fakturada ko‘rsatilgan soliq summasi miqdorida hamda shu summaning yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bunda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotib oluvchilar qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha davlat budjeti bilan qayta hisob-kitoblar qilishmaydi.
Nazorat-kassa mashinalarini ishlatish majburiy bo‘lgani holda ularni ishlatmasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, shuningdek, xaridorga kvitansiya yozib berish, talonlar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berish majburiy bo‘lgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik:

  • eng kam ish haqining o‘ttiz baravari miqdoridan ellik baravari miqdorigacha jarima solishga sabab bo‘ladi;

  • o‘sha qilmishlar moliyaviy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etilgan taqdirda esa — eng kam ish haqining ellik baravari miqdoridan yuz baravari miqdorigacha.

Тexnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik, fiskal xotirasining xizmat ko‘rsatish dasturi buzilgan nazorat- kassa mashinalaridan foydalanish:

  • yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi;

  • o‘sha qilmishlar takroran sodir etilganda esa — eng kam ish haqining ikki yuz baravari miqdorida.

Soliqlar va majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatlarini buzish:

  • to‘lovning belgilangan muddatidan keyingi kundan e’tiboran, muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun, to‘lov kuni ham shunga kiradi, 0,05 % miqdorida pena hisoblab chiqarishga sabab bo‘ladi.

Boshqa soliqlar va majburiy to‘lovlarning ortiqcha to‘langan summasiga teng keladigan qarz summasiga pena hisoblab chiqarilmaydi. Pena miqdori tegishli soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz summasidan oshib ketishi mumkin emas. Penani undirish soliq to‘lovchini soliq majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi.

Download 392,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish