УМУМ БEЛГИЛАНГАН СОЛИҚЛАР
учун солиқлар ва махсус тўловлар
Мол-мулк солиғи
Ер қаъридан фойдаланувчилар
Ободонлаштириш ва ижтимоий инфратузилмани ривожлантириш солиғи
Сув рeсурсларидан
фойдаланганлик учун солиқ
Ер солиғи
Бeнзин, дизeл ёқилғиси ва газ ишлатганлик учун солиқ
Umumbelgilangan tartibda soliq to‘lashda yuqorida keltirilgan soliqlardan tashqari Pensiya, Yo‘l hamda Тa’lim va tibbiyot muassasalarini jihozlash jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar amalga oshiriladi. Umumbelgilangan tartibga soliq to‘lovchi tadbirkorlik subyektlari yuqorida keltirilgan 10 ta soliqni to‘lashlari shart ekan, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Ko‘rsatadigan faoliyat turlaridan kelib chiqib, ushbu soliqlardan tegishlilarini to‘laydilar, xolos. Masalan, agar korxona yerosti boyliklarini qazib oluvchi, ulardan foydalanuvchi bo‘lsa, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq to‘laydilar, shuningdek, yer maydoniga ega bo‘lsa, yer solig‘i, suv tarmog‘i mavjud bo‘lsa suv solig‘i, aksizosti tovarlar ishlab chiqarsa, aksiz solig‘i, yonilg‘i quyish shoxobchalari esa qo‘shimcha ravishda benzin, dizel-yonilg‘i va gaz ishlatilganlik uchun soliqlarni to‘lashlari mumkin. Lekin aksariyat umumbelgilangan tartibda soliq to‘lovchi tadbirkorlik subyektlari foyda, qo‘shilgan qiymat solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliqlarini to‘laydilar, qolgan soliqlarni soliq solinadigan obyektning mavjud yoki yo‘qligiga bog‘liq ravishda to‘lashlari mumkin.
Тadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish tartibi
Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlari, ya’ni kichik korxonalar, mikrofirmalar va oilaviy korxonalar yagona soliq to‘lovini to‘lashni nazarda tutadigan soliq solishning soddalashtirilgan tartibini yoki umumbelgilangan soliqlar to‘lashni tanlashga haqli. Yagona soliq to‘lovini muhim afzalligi bir qancha soliq va majburiy to‘lovlar o‘rniga bitta yagona soliq to‘lovi amalga oshiriladi, lekin ushbu soliq to‘lovi faoliyat natijasida foyda olinish yoki zarar bilan yakunlanishdan qat’i nazar, realizatsiya hajmiga nisbatan hisoblanadi.
Пeнсия жамғармасига мажбурий тўлов
Йўл жамғармасига мажбурий тўлов
Yagona soliq to‘loviga o‘tgan kichik korxonalar va mikrofirmalar quyidagi soliqlarni to‘laydi:
yagona soliq to‘lovi;
aksizosti tovarlarini ishlab chiqargan holda aksiz solig‘i;
yerosti boyliklaridan foydalanganda yerosti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq.
Ayrim faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kichik tadbirkorlik subyektlari yagona soliq to‘lovi to‘lashga o‘tishga haqli emas. Masalan, aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarishni va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi va yagona yer solig‘i to‘lovchi fermerlar, qat’iy belgilangan soliq to‘lovchi tadbirkorlik subyekt- lari yagona soliq to‘lovi to‘lashga o‘ta olmaydilar. Shu bilan birga, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, lotoreyalar tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar yagona soliq to‘lovi to‘lovchi hisoblanib, umumbelgilangan tartibda soliq to‘lashga o‘tishga haqli emaslar.
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari quyidagi soliqni to‘laydi:
Тadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari (sartaroshxona, billiardxonalar, o‘yin avtomatlari) bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar quyidagi soliqni to‘laydi:
Shuningdek, yuqoridagi barcha yuridik shaxslar quyidagi yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ham to‘laydilar:
bojxona to‘lovlari (bojxona bojlari va yig‘imlari, aksiz solig‘i va tovarlarni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i);
davlat bojlari;
tovarlarning ayrim turlari bilan savdo qilish huquqi uchun yig‘imlar;
davlat maqsadli fondlariga ajratmalar (budjetdan tashqari pensiya fondi, respublika yo‘l fondi, bandlik fondi);
ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im.
Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlar va yig‘imlar tarkibi quyidagilardan iborat:
jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq;
mol-mulk solig‘i;
yer solig‘i;
jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
yagona bojxona to‘lovi (import boji, qo‘shilgan qiymat solig‘i va yig‘im o‘rniga joriy etilgan);
import uchun aksiz solig‘i;
davlat boji;
tovarlarning ayrim turlari bilan savdo qilish huquqi uchun yig‘imlar;
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im.
Yangi tashkil etilgan mikrofirmalar va kichik korxonalar, oilaviy korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran, o‘n besh kundan kechiktirmasdan o‘zlari joylashgan tumandagi davlat soliq xizmati organini yagona soliq to‘lovini
to‘lashga o‘tishi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor etishlari zarur, aks holda umumbelgilangan tartibda soliq to‘laydilar.
Yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar qat’iy belgilangan soliq to‘lovini va pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badalini amalga oshiradilar. Qat’iy belgilangan soliq stavkalari yakka tadbirkorlar shug‘ullanadigan faoliyat turlariga va joylashgan joyiga (viloyat, tuman) qarab tabaqalashtirilgan. 2013-yilga qadar yil davomida eng kam oylik ish haqining o‘zgarishi natijasida yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan qat’iy belgilangan soliq miqdori o‘zgarib borardi, 2013-yildan boshlab yilning boshida belgilangan eng kam oylik ish haqiga nisbatan hisoblangan qat’iy belgilangan soliq miqdori yil davomida saqlanib qoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yi 10-maydagi Qaroriga ko‘ra, qishloq joylardagi mahallalar hududida maishiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar (sartaroshlar, tikuvchilar, poyabzal, maishiy texnikani ta’mirlash bo‘yicha usta va boshq.) qat’iy belgilangan soliq to‘lashdan 3 yil muddatga ozod etiladi.
Yuqorida qayd etilganlardan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, mamlakatimiz soliq qonunchiligiga muvofiq, soliq to‘lovchilar ikki katta guruhga, ya’ni yuridik va jismoniy shaxslar guruhiga bo‘linadi va ularning faoliyat ko‘rsatish xususiyatidan kelib chiqib, yana tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. Respub- likamiz davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda yuridik shaxslar to‘laydigan soliqlar katta ahamiyatga egaligini yuqoridagi ma’lumotlardan bevosita ko‘rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |