Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази тадбиркорлик ва бизнес асослари


Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tartibi



Download 392,17 Kb.
bet91/134
Sana16.07.2022
Hajmi392,17 Kb.
#809916
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   134
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari 9d1f9-converted

Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tartibi


Soliq munosabatlari mavjud bo‘lishining asosiy shartlaridan biri — davlatning mavjudligi bo‘lsa, ikkinchi sharti — soliqlarni to‘lashga qobil bo‘lgan soliq to‘lovchilarning mavjudligi. O‘zbekiston soliqlar tizimi manbayiga qarab, soliqlar yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga ajratiladi.


Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo‘jalik yuritishi yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek, mustaqil balansga va hisob-kitob varag‘iga ega bo‘lgan alohida bo‘linmalar ham tushuniladi.
Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarga hamma egri soliqlar, korxona foydasiga soliq, yerosti boyliklaridan foydalanganlik uchun, suv resurslaridan foydalanganlik uchun, savdo tashkilotlarining yagona solig‘i, yer solig‘i, mol- mulk solig‘i, kichik biznes uchun yagona soliq va boshqalar kiradi. Ba’zi soliqlarni (QQS, aksiz) yuridik shaxslar ham, jismoniy shaxslar ham to‘laydilar. Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlarga — daromad solig‘i, yer, mol-mulk soliqlari kiradi. Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar davlat budjeti daromadlarining hal qiluvchi qismini tashkil etadi. Bu soliqlarning muhim xususiyati naqd pulsiz shaklda korxonalar hisob (joriy) schotlaridan budjet schotlariga ko‘chirib qo‘yiladi. Uni undirish oson va arzonga tushadi. Jismoniy shaxslardan olinadigan ba’zi soliqlar naqd pulga undirilganligi uchun uni to‘lash qiyin kechadi. Bunday soliqlarga yer, mol-mulk soliqlari va qator yig‘imlar kiradi. Soliq yig‘ish xarajati ko‘payib ketadi. Chunki bu ish bilan maxsus tajribaga ega
bo‘lgan inspektorlar shug‘ullanadi, hujjatlar (deklaratsiya, xabarnomalar, chaqiriqlar va boshq.) ko‘p yoziladi.
Jismoniy shaxslar soliqlari ichida eng yirigi fuqarolar jami daromadiga soliqdir. Bu soliq orqali fuqarolarning guruhlari daromadlarini boshqarib borish imkoniyati yaratiladi.
Yuqorida aytganimizdek, yuridik shaxslarning budjetlarga to‘laydigan soliqlari to‘g‘ri va egri soliqlarga bo‘linadi. Тo‘g‘ri soliqlar foyda soliqlari va resurslar soliqlaridan tashkil topadi. Egri soliqlar esa qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, bojxona bojidan iboratdir.
Yuridik shaxslar soliqlari ichida egri soliqlar salmog‘i ortib borishi an’anasiga ega, to‘g‘ri soliqlar salmog‘i esa pasayib borish yo‘nalishidadir. Bunday holat mahsulot ishlab chiqaruvchilarning hissasiga tushadigan soliq yukini kamaytirib, ularning ishlab chiqarish faoliyatini kuchaytiradi. Shu bilan birga, to‘g‘ri va egri soliqlar budjetning mustahkam manbayiga aylanib, uning o‘ta ijtimoiy zarur bo‘lgan xarajatlarini o‘z vaqtida va uzluksiz moliyalashtirish imkonini yaratadi. Bularning ahamiyati beqiyos kattadir. Bu soliqlarsiz budjetlarni rejali moliyalashtirishning iloji yo‘q.
Yuridik shaxslar soliqlari pul muomalasini mustahkamlashda ham katta ahamiyatga ega. Тo‘g‘ri soliqlar yuridik shaxslarning xarajatlarga mo‘ljallangan mablag‘larini qisqartirib, muomalaga oz pullarni chiqarishga olib keladi. Egri soliqlar esa, tovar (ish, xizmat)lar tarkibida bo‘lib, baho hisobiga muomaladagi ortiqcha pullarni muomaladan oladi. Shunday qilib, soliqlar pul muomalasini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Soliqlarning oshishi tovar (xizmat, ish) taklifini oshiradi, talabni kamaytiradi. Bu esa, pul emissiyasini kamaytiradi. Ammo taklifda real qiymati past bo‘lganligidan inflatsiyani paydo qilishi mumkin.
Yuridik shaxslar o‘zlariga yuklatilgan soliqlarni hisoblash va budjetga o‘z vaqtida, to‘liq to‘lash javobgarligini olganlar. Ularning to‘laydigan soliqlari, asosan, naqd pulsiz, ya’ni korxona, tashkilot, birlashmaning bankdagi hisobraqamlaridan mablag‘ni ko‘chirib, respublika yoki mahalliy budjetiga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiradi. Qoida bo‘yicha har qanday yuridik shaxs o‘z soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni belgilangan vaqtda budjetga to‘liq o‘tkazishga majburdirlar. Buning uchun ular soliq va boshqa to‘lovlarning mud- dati kelgan kungacha, pullarni o‘tkazish hujjatlari bo‘lmish to‘lov topshirig‘i, cheklarni yozib banklarga topshirgan bo‘lishlari kerak.
Agar to‘lov topshiriqlari o‘z muddatida yozilib banklarga topshirilmagan bo‘lsa, soliq idoralari o‘zlarining inkasso-to‘lov talabnomalari orqali undirib oladilar. O‘z vaqtida budjetga o‘tkazilmagan har bir kun uchun o‘tkazilishi kerak bo‘lgan soliq summasi hisobidan 0,05 % pena hisoblanib, soliqqa qo‘shimcha ravishda budjetga majburiy undiriladi. Albatta, pena summasi ko‘payishi korxonaning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Pena korxona uchun qo‘shimcha soliqdir.
Shuning uchun har qanday xo‘jalik subyektlari hisobchilari soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ularda belgilangan to‘lov muddatigacha o‘z vaqtida to‘lab
borishlari shart. Bunda, ayniqsa, bo‘nak (avans) to‘lovlarga ko‘proq e’tibor qaratilishi lozim, chunki QQS, daromad (foyda)ga soliq va boshqalarda bo‘nak to‘lovlar soni ko‘p bo‘lganligidan boqimandaning ko‘payishiga olib keladi. Hozirgi kunda bu boqimanda bilan kurash iqtisodiyotni barqarorlashtirishda muhim davlat tadbirlariga aylanmoqda.
Yuridik shaxslarning hamma soliqlari naqd pulsiz to‘lanadi. Biroq ayrim yig‘imlar (davlat va bojxona bojlari) naqd pulli bo‘lishi mumkin. Yuridik shaxslar soliqlarini naqd pulsiz to‘lanishi juda katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Pul o‘tkazishlar tezlashadi, ijtimoiy xarajatlar tejaladi.
Jismoniy shaxslar deganda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi. Moliya yilida soliq solinadigan daromad, mol-mulk, yer maydoni, transport vositalari va shu kabi boshqa predmetlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar ularga belgilangan soliqlarni to‘laydilar.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida boshlanadigan, yoxud tugaydigan o‘n ikki oygacha bo‘lgan istalgan davr mobaynida 183 kun yoki undan ko‘proq muddatda O‘zbekistonda turgan jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasining rezidenti deb qaraladi. O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarga ularning O‘zbekiston Respublikasidagi, shuningdek, undan tashqaridagi faoliyati manbalaridan olingan daromadlari bo‘yicha soliq solinsa, O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lmagan jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududidagi faoliyatdan olingan daromadlar bo‘yicha soliq solinadi.
Umuman olganda, mamlakatimiz soliq qonunchiligidan kelib chiqib, soliqqa tortish nuqtayi nazaridan yuridik shaxslarni shartli ravishda quyidagicha guruhlashimiz mumkin:

  1. Umumiy tartibda soliq to‘lovchi yuridik shaxslar.

  2. Mikrofirmalar, kichik korxonalar va oilaviy korxonalar.

  3. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari.

  4. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari.

  5. Lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar o‘tkazishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar.




  1. Тadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar.

Umumiy tartibda soliq to‘lovchi yuridik shaxslar quyidagi umumbelgilangan soliqlarni to‘laydi:




Download 392,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish