Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази тадбиркорлик ва бизнес асослари



Download 392,17 Kb.
bet8/134
Sana16.07.2022
Hajmi392,17 Kb.
#809916
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   134
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari 9d1f9-converted

Imkoniyatlar tengligi — yana bir maqsad. Bu tanlash erkinligi bilan uzviy bog‘liq, chunki barcha odamlar taxminan teng darajadagi erkinlikka — iste’molchi, xodim va tadbirkor sifatida o‘z huquqlarini amalga oshirish erkinligiga ega bo‘lishlari lozimligini ta’kidlaydi.
Iqtisodiy xavfsizlik maqsadi — bizning iqtisodiy jamiyatimiz a’zolari munosib oziq-ovqat, kiyim, turar joy va boshqa zarur narsalar olishga yetarli miqdorda pulga ega bo‘lishlariga intilishimizni bildiradi. Kambag‘allikning keng tarqalishi nafaqat bizning odamlar uchun iqtisodiy xavfsizlik maqsadiga erishishga urinishimiz bekorga ketganidan dalolat beradi, balki jamiyatda iqtisodiy adolat maqsadiga erishish imkoniyati to‘g‘risida ham jiddiy savolni ko‘taradi. Iqtisodiy hayotda
betaraflik va adolat tushunchalarining talqiniga har kim ham qo‘shilavermaydi, lekin deyarli barcha bu maqsad qo‘yilishi va unga erishishga qaratilgan ishlar bajarilishi muhimligini tushunishadi.
Yana bir muhim iqtisodiy maqsad borki, u bir mamlakatning davlat chegaralari bilan cheklanib qolmay, boshqa mamlakatlarga ham tarqaladi. Bu — xalqaro muvozanat (balans) maqsadi. Biz tashqi savdo va xalqaro to‘lovlar sohalarida mustahkam va muvozanatga keltirilgan aloqalarni saqlab turishni xohlaymiz. Bu maq-sadga erisha olmaslik, nafaqat mamlakat ichkarisi va xorijda jiddiy iqtisodiy muammolar tug‘dirishi mumkin, balki tinchlikka xavf tug‘diradigan xalqaro keskinlikning oshish ehtimoli ko‘payishiga olib kelishi mumkin.
Hozirgi vaqtda iqtisodiyotning xususiy sektorida tadbirkorlik, asosiy iqtisodiy vazifalarni amalga oshirganda, davlat sektoriga nisbatan yuqoriroq samaradorlik va mehnat unumdorligini ta’minlaydi, degan tushuncha butun dunyoda qabul qilingan. Milliy farovonlikning asosiy qismi korxonalar faoliyatining natijasi sifatida shakllanadi:



  1. Тovarlar va xizmatlar. Korxonaning asosiy iqtisodiy vazifasi odamlar manfaatdor bo‘lgan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va tarqatishdir. Тadbirkorlar ham iste’molchilar talabini aniqlab beruvchi, ham shu talabni qondirish uchun barcha zarur narsalarni bajaruvchi rolni ijro etishadi.

  2. Bandlik. Korxonalar «haqiqiy» ish o‘rinlarining asosiy ijodkorlaridir, ya’ni ishlashga muhtoj va ishlashni xohlaydigan odamlarning bandligini ta’minlaydilar. Haq to‘lanadigan bandlik darajasi

  • milliy farovonlikning o‘ta muhim ko‘rsatkichi.

  1. Daromad. Korxona tomonidan ish o‘rinlarini barpo etish orqali, ishchilarning ish haqi va xizmatchilarning maoshlari, foydalar va soliqlar shaklida, uning daromad bazasi mavjudligi ta’minlanadi.

  2. Ishchilar va xizmatchilarning ish haqi, foydalar. Ish haqi va foydalar olish imkoniyatini taqdim etish masalasi, soliqlar to‘lash va daromad (soliqlar to‘langandan keyingi daromad)ni iste’mol qilish fondiga va moliyaviy mablag‘larni iste’molchilari jamg‘arma fondiga (investitsiya sarmoyasi) ko‘chirish nuqtayi nazaridan, biznes tomonidan yechiladigan o‘ta muhim masaladir.

  3. Soliqlar. Alohida (jismoniy) shaxslar va korxonalardan soliq undirmasdan, davlat muassasalari va xizmatlarining faoliyat yuritishini iloji bo‘lmas edi.

  4. Soliqlar to‘langandan keyingi daromad. Boshqacha aytganda, korxona ixtiyorida qoladigan daromad, deb nomlanadigan bu daromad, soliqlar to‘langandan keyin hosil bo‘ladi va iste’mol tovarlari xarid qilishga hamda jamg‘armalar to‘plashga sarflanishi mumkin.

    1. Iste’mol maqsadlariga xarajat qilish. Pul mablag‘larini iste’mol maqsadlariga sarflash, nafaqat asosiy ehtiyojlarni qondirish uchun, balki tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishini rag‘batlantirishga qaratilgan talabni shakllantirish uchun ham zarurdir.

    2. Shaxsiy jamg‘armalar. Shaxsiy jamg‘armalar — bu bevosita iste’mol qilish bilan bog‘liq xarajatlarga sarflanmaydigan daromad.

  5. Ishlab chiqarish jamg‘armalariga sarmoyalar. Korxona sarmoyalarni zaxiralar, taqsimlanmagan foyda, qarz orqali yoki korxona aktivlarini sotish yo‘li bilan moliyalashtiradi. Foyda ko‘rmay ishlaydigan korxonalar uchun esa, bu manbalardan foydalanish cheklangan bo‘ladi. Korxona ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘paytirish: yangi texnologiyalar, modernizatsiyalash va ishlab chiqarish aktivlarini kengaytirish uchun investitsiya sarmoyasiga muhtoj bo‘ladi.

  6. Milliy farovonlik. Bizning ehtiyojimizni qondirish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari, savdo va jamoat xizmatlari hamda texnologik «nou-xau»larning salmoqli qismi korxonalar faoliyatidan kelib chiqadi, ya’ni xususiy egalikda bo‘lgan resurslarning iqtisodiy rivojlanishi natijasida paydo bo‘ladi.

Odatda, tadbirkor oldida quyidagi savollar ko‘ndalang turadi:

    • Nima ishlab chiqarilishi kerak?

Jami ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlarning 2/3 qismi iste’mol tovarlari sektoriga jamlanganligi sababli, bunday tovarlar va xizmatlarning iste’molchilari nima ishlab chiqarish kerakligini belgilaydigan guruhni tashkil etadi.

Iqtisodiyotda «Kimlar uchun?» degan savol, odatda, ishlab chiqarish omillari (resurslari)dan tayyorlangan mahsulotni sotib olish uchun eng ko‘p pulga ega bo‘lgan birovni belgilaydi. Umuman aytganda, eng ko‘p puldorlar bu — gullab-yashnayotgan korxonalar egalari (iste’molchilar ularning tovarlari va xizmatlarini olishni xohlaydilar) va (yoki) kasbiy faoliyatiga katta talab bor (korxonalar ularning ko‘nikmalari, malakalariga ehtiyoj sezadi) bo‘ladiganlardir.

    • Bu qanday ishlab chiqariladi?

Bu savolga javob, iste’molchining ehtiyojlarini inobatga olgan holda beriladi va korxonalar bilan iste’molchilarning o‘zaro harakat qilishi orqali erishiladi. Masalan, «Rolls-Roys» — juda katta qunt bilan tayyorlanadigan va shu sababdan, ancha uzoq vaqt xizmat qiladigan, dabdabali mashina. Lekin ko‘pchilik iste’molchilar «Rolls-Roys»ga ega bo‘lishni o‘zlariga ep ko‘ra olishmaydi. Тadbirkorlar buni anglashadi va o‘zlariga «Rolls-Roys» sotib olishga qurbi yetmaydigan odamlar istagini qondirish uchun, ishonchliligi pastroq mashinalarni arzonroq narxlarda sotishadi.
Bu uch savolga qanday javob berilishi to‘g‘risida gapirganda, holatlarning har birida bozor qanday faoliyat yuritishini ta’kidlash muhimdir. Masalan, ayrim ishlab chiqarilayotgan tovarlarni iste’molchi xarid qilmasa, bu ularni ishlab chiqarishni to‘xtatish haqida biznesga signaldir. (Nima ishlab chiqarilishi kerak?) Agar iste’molchilar tovarning yuqori sifatga ega bo‘lishiga qaramasdan u uchun belgilangan narxni to‘lashmasa, ishlab chiqaruvchi, tovar sifati biroz pasayishi evaziga bo‘lsa ham, uning narxini kamaytirish yo‘lini topishga majburdir. (Qanday ishlab chiqarish?) Natijalari katta talabga sazovor bo‘lgan kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanishga yoki shuningdek, katta talabga ega bo‘lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish bo‘yicha biznesni barpo etishga qaror qilgan odamlar, yalpi tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmining kattaroq qismini olishga muvaffaq bo‘lishadi. (Kimlar uchun?)



Download 392,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish