Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази тадбиркорлик ва бизнес асослари


O‘z-o‘zini band qilishning tabiati



Download 392,17 Kb.
bet11/134
Sana16.07.2022
Hajmi392,17 Kb.
#809916
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   134
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari 9d1f9-converted

O‘z-o‘zini band qilishning tabiati




Daromad. Biznesingiz barqaror rejimga kirishgandan keyin siz oyiga qancha ko‘p daromad olmoqchisiz? Siz bir oyda 130 ming so‘m, 375 ming so‘m, 550 ming so‘m yoki ko‘proq ishlamoqchimisiz? Bu masala bo‘yicha oldindan qaror qabul qilish muhim, chunki biznesning har xil turi har xil daromad ta’minlash imkoniyatiga ega. Daromad nuqtayi nazaridan, tez xizmat ko‘rsatish restorani bir imkoniyatga ega, kichik ishlab chiqarish biznesi esa mutlaqo boshqa daromad bera oladi.
O‘zingiz uchun daromad ko‘rsatkichini juda baland darajada, aytaylik, oyiga olti yuz ming so‘m, deb belgilash juda ham havas qilgudek bo‘lsa kerak. Ko‘p bizneslar uzoq muddatli kelajakda juda muvaffaqiyatli bo‘lish imkoniyatiga ega, boshqalari esa hech qachon juda katta foyda beradigan bo‘la olmaydi. Shaxsiy daromad olish borasida maqsadni belgilashning yo‘llaridan biri quyidagi savolga javob topishdan iboratdir:
«Aytaylik, hozirgi paytdan olti yil o‘tgandan so‘ng men qanday oylik (yillik) daromad olishni xohlayman?»
Mavqe. Odamlar o‘z mavqelarini u yoki bu tarzda oshirishga intilishadi. Ammo bizneslarga ham ma’lum mavqe mansub. Obro‘li faoliyat sohalari va unchalik obro‘ga ega bo‘lmagan sohalar mavjud. Masalan, axlat yig‘ish obro‘li ish emas. Ayrim odamlar o‘z biznes- larining mavqeyi baland bo‘lishidan juda manfaatdor, boshqalari esa bunga umuman e’tibor berishmaydi. Biznesning u yoki bu turini tanlashingizda, bu mulohaza juda muhim bo‘lishi mumkin. Siz uchun mavqeyi umuman qoniqarli bo‘ladigan biznesni tanlash kerak.
Odamlar orasidagi aloqalar. Siz odamlar bilan qanchalik yaxshi ishlay olishingiz to‘g‘risida qanday fikrdasiz? Muloqotdan xursand bo‘lasizmi yoki aksincha, doim yakka ishlay olarmidingiz yoki qandaydir o‘rtaroqdamisiz? Biznesda amalda uch turdagi asosiy shaxslar orasidagi aloqalar mavjud: iste’molchilar bilan aloqalar, xodimlar bilan aloqalar va ta’minotchilar bilan aloqalar. Kichik korxonalar egalarining ko‘pchiligi xodimlar va ta’minotchilar bilan aloqalarga e’tibor berishmaydi, chunki ular bu munosabatlarda psixologik eng qulay tomonni egallaydilar.
Biznes egalari va iste’molchilar orasidagi munosabatlar esa, biznesingizning turiga qarab, keng doirada o‘zgaradi. Masalan, ko‘chmas mulkni sotish, ma’lum darajada shaxsiy jur’atni talab etadi. Agar shaxsiy sotuvlar varianti sizga rohat keltirmasa, usiz bo‘lmaydigan biznes turini tanlamang. Ko‘p korxonalar shaxs ahamiyati kamroq sotuvlar variantini qo‘llashadi.
Chakana savdoda ko‘pgina korxonalar uchun, masalan, sotuvlardagi muvaffaqiyat, iste’molchilar bilan yaxshi shaxsiy aloqalar o‘rnatilishidan ko‘ra, yaxshi tovarlar borligi, loyiq narx va reklama borligiga ko‘proq darajada bog‘liq. Shaxs ahamiyati yo‘q sotuvlarning eng yorqin misoli — bu pochta orqali savdo, bu yerda siz umuman xaridoringizni ko‘rmaysiz (xaridor buyurtma yuboradi, korxona egasi esa unga tovarni yuboradi).
Biznesga vaqtni bag‘ishlash. Kichik korxonani barpo etish katta hajmdagi og‘ir ish bajarilishini talab etadi. Haqiqatan ham, dastlabki bir necha yil bu sizdan butun uyg‘oq vaqtingizni sarflashni talab etadi. Ammo, uzoq kelajakda, kichik korxonani egasi tomonidan boshqaruv jarayonlarga kuch bag‘ishlash va shaxsan jalb etilish darajasi keng doirada o‘zgarishi mumkin. Ko‘pgina barqaror bo‘lgan kichik korxonalarda har kunlik boshqaruv faoliyati taklif etilgan menejer zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Shaxsan jalb etilishning qaysi darajasini siz ma’qul ko‘rishingiz va o‘z korxonangizga kelgusida (masalan, hozirgi paytdan olti yil o‘tgandan keyin) qanday kuchni bag‘ishlashni xohlashingizni, hal qiling. Siz bundan keyin ham korxonangiz ishlariga to‘liq qatnashadigan bo‘lib qolishingiz, umuman ma’qul bo‘ladi, ammo balkim, siz qisman qatnashishni ma’qul ko‘rarsiz yoki korxonani shaxsan boshqarishdan mutlaqo voz kecharsiz.
Ish vaqti. Ko‘pgina kichik korxonalar dushanbadan jumagacha, ertalab soat 900 dan kunduzi 1700 gacha ish grafigini o‘zlari uchun qabul qila olishmaydi. Agarda oddiy ish haftasi sizga ko‘proq mos keladi, deb hisoblasangiz, biznes turini tanlashda ehtiyotkor bo‘lishingiz kerak. Agar siz ishlab chiqarish, ulgurji savdo yoki oddiy ish rejimli biznesning qandaydir boshqa turi bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz
ham, doimo oddiy ish kuni chegarasidan tashqarida bajarilishi kerak bo‘lgan ko‘pgina ishlar qoladi.



  1. O‘Z-O‘ZINI BAND QILGAN ODAMLAR:

Ish haqi evaziga ishlamasdan, daromadini mustaqil shakllantirish uchun korxona tashkil etishni afzal ko‘rganlar.





  1. IMKONIYAТLAR:

O‘z-o‘zini band qilish tamoyili odamlarga kichik oilaviy do‘kondan boshlab, yirik ishlab chiqarish kompaniyasigacha egalik qilishga imkoniyat beradi.





  1. EGILUVCHANLIK:

O‘z-o‘zini band qilish tamoyili egiluvchanlikni namoyon etish va mamlakatning barcha sanoat tarmoqlarida, shu jumladan, foydali qazilmalarni qazib olish, ishlab chiqarish, ulgurji va chakana savdo, xizmat ko‘rsatish sohalarida korxona barpo etish uchun sharoitlar yaratadi.





  1. O‘Z KUCHIGA ТAYANISH:

O‘z-o‘zini band qilish o‘z kuchiga ishonchni va shu kuchlarga tayangan holda o‘zini saqlashga intilish hissiyotini tarbiyalashni rag‘batlantiradi.





  1. ISH BERUVCHI:

O‘z-o‘zini band qilish odamlarga, ular yollanma xodim va bo‘ysunuvchi emas, balki ish beruvchi va yetakchi ekanliklaridan qoniqish hissiyotini beradi.




Biznes bilan shug‘ullanish foydasiga dalillar

Biznes bilan shug‘ullanish quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi:





  1. VUJUDGA KELGAN VAZIYAТ

    • Meros bo‘lib qolgan oilaviy boylik.

    • Birdaniga nimadandir ruhlanish.

    • Boshqa ishga o‘tish yoki ko‘chish.

    • Atrofdagi odamlarning ta’siri.

    • O‘z boshlig‘i yoki hamkasblaridan norozilik.

    • O‘qishni tugatish vaqtida bo‘sh o‘rinlarning yo‘qligi.




  1. AMALIY MULOHAZALAR




    • Shaxsiy hayotni yaxshilash va (yoki) badavlat bo‘lish.

    • Nafaqaga chiqishga tayyorlanish. Bu degani, nafaqa paytida

«nimadir qilish» yoki nafaqaga qo‘shimchani ta’minlash yoki unisi ham, bunisi ham.

    • Qo‘shimcha daromad olish va sarmoya yig‘ish, misol uchun ko‘chmas mulk shaklida.

    • Biznesdan soliq yukini pasaytirish vositasi sifatida foydalanish yoki biznesni olib borish xarajatlari sifatida mablag‘larni yopish.

    • Bo‘sh vaqtni ish bilan band qilish (zerikishdan qochish).

    • Butun oila uchun umumiy g‘amxo‘rlik mazmunini tashkil etish va shu orqali uning jipsligiga erishish.




  1. SHAXSIY MAVHUM MULOHAZALAR

Shaxsiy mavhum sabablar tarkibiga quyidagilar kiradi:





    • hissiy rag‘bat olish, shaxsiy mavqe to‘g‘risidagi tasavvurni hamda tasavvurdagi obrazni amalga oshirish, shaxsiy ijodiy niyatlar rivojlanishi va kengayishidan qoniqish;

    • yana boshqa birovga ishlash zaruratidan ketish istagi;

    • o‘zgaruvchan ish vaqtiga ega bo‘lmoq istagi — o‘zingizga yoqadigan ishni, o‘zingiz xohlagan paytda bajarish erkinligi;

    • begonalar farmoyishlarini bajarishdan ketish istagi.




Download 392,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish