Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази тадбиркорлик ва бизнес асослари



Download 392,17 Kb.
bet16/134
Sana16.07.2022
Hajmi392,17 Kb.
#809916
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   134
Bog'liq
Tadbirkorlik va biznes asoslari 9d1f9-converted

Тadbirkorlar yetakchi sifatida


Тadbirkorlar o‘z korxonalarining maqsadlarini qo‘yish va ishlash rejalarini yig‘ish uchun javobgar. Xodimlar bu rejalarni amalga oshirish va maqsadlarga erishishda o‘z mehnatlari bilan katta sarmoya kiritishadi. Shuning uchun muammoning mantiqiy me’yorlarini tarbiyalash va yuqori darajada ushlab turish tadbirkorning muhim vazifasi sanaladi.


Yetakchilik xususiyatlari tadbirkorning rivojlanish jarayonida tarbiyalanishi lozim, chunki dastavval bu xususiyatlar turli odamlarda turlichadir. Sizda yetakchi bo‘lish qobiliyatining mavjudligiga o‘zingiz javobgar ekanligingizni anglash hissi mukammallikka intilishingizga yordam beradi. Yetakchi bo‘lishning yagona eng maqbul yo‘li yo‘q. Тadbirkorlar — bu o‘zining shaxsiy yetakchilik omillarini ishlab chiquvchi odamlardir. Yetakchilikning, odatda, uch omili ko‘riladi:

  1. «Тemir mushtum» yoki avtokratik yetakchi — bu guruh a’zolari nima xohlashini maslahat qilmay turib qaror qabul qiluvchi va topshiriqlarni beruvchilar.

  2. «Keling, ovoz beramiz» yoki demokratik yetakchi — bu guruh a’zolariga qaror qabul qilish uchun ovoz berish huquqini beruvchilar.

  3. «Jonimga tegmang» yoki uncha talabchan bo‘lmagan yetakchi — bu barcha qarorlarni qabul qilishni guruh a’zolariga tashlab qo‘yuvchilar. Ko‘pgina yetakchilarga bu usullarning aralashmasi xosdir, bu guruhning tarkibi va vaziyatga bog‘liq. Biznes olamida yetakchilar ikki

turdagi asosiy mas’uliyatni o‘z zimmalariga oladilar:

  1. vazifalarning bajarilishi uchun mas’uliyat yoki «shunday qilish lozimki, ish bajarilgan bo‘lishi shart», shuningdek,

  2. insonlar uchun javobgarlik yoki mantiqiy me’yorlarni saqlab turish.

Тadbirkorlar, odatda, o‘z xodimlari faoliyatini muvaffaqiyatli rag‘batlantirishni bilishadi. Ayrim tadbirkorlar boshqalarni o‘zlari-ning mehnatkashliklari bilan rag‘batlantirishadi, ammo yetakchilik-ning bu omili doimo ham yaxshi hisoblanmaydi. Kuchli shaxslararo munosa- batlarga yo‘nalgan tadbirkorlar muvaffaqiyatli rag‘batlantiruvchilar bo‘lish ehtimoli ko‘proq. Xodimlarni rag‘batlantirishda bunday yetakchilar quyidagi yondashuvlarni qo‘llashlari mumkin:

  1. Xodimlarda o‘zini o‘zi hurmat qilish hissini tarbiyalang. Xodimlarning bajargan ishlarini maqtash yo‘li bilan o‘z kuchlariga bo‘lgan ishonchni shakllantiring, bunda xodimlardan maksimal intilishlar kutilayotganligini ko‘rsating.

  2. Xodimlarni ma’lumotlar bilan ta’minlang. Nima bajarilishi lozimligi to‘g‘risidagi axborotni xodimlarga yetkazishga harakat qiling. Korxona ichida yuqori muloqot darajasi muvaffaqiyatga erishishda muhim o‘rin egallaydi.

  3. Vakolat va mas’uliyatni taqsimlab chiqing. Yaxshi yetakchi vakolat va mas’uliyatni kerakli darajada bera oladi.

  4. Aloqani ushlab turing. Barcha xodimlar bilan shaxsiy aloqani ushlab turish uchun o‘z yetakchilik rolingizdan foydalaning.

  5. Muvaffaqiyatni mustahkamlash tamoyilini qo‘llang. Maqsadga muvofiq deb ko‘riladigan xulqni rag‘batlantirish lozim, odatda, xodimlar xulqning rag‘batlantirish yo‘lidan yurishadi. Maqsadga muvofiq bo‘lmagan xulqni rag‘batlantirmang, shunda xodimlar rag‘batlantirilmaydigan xulq yo‘lidan voz kechishadi.

  6. Faol eshituvchi bo‘lishni o‘rganing. Bu qaytma aloqaning o‘rna- tilishini ta’minlaydi (ya’ni gapiruvchi odam uning suhbatdoshi diqqat bilan eshitayotganini sezishi lozim).

  7. Aniq maqsadlar qo‘ying. Bu maqsadlar aniq, tushunarli va o‘lchamga ega bo‘lishi lozim, ularni vaqt-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqish lozim.

  8. Тo‘g‘rilovchi harakatlarni qo‘llang. Xodimlarning faoliyatida ayrim salbiy ko‘rsatkichlar bilan to‘qnashganda, u bilan alohida gaplashing. Hech qachon xodimni hammaning oldida tanqid qilmang.

Ma’lum darajada yetakchilik bu tadbirkor «shunday qilish lozimki, ish bajarilgan bo‘lishi shart» usuliga tayanadigan yondashuvda o‘z aksini topadigan hayotiy holatdir. Yetakchi, odatda, o‘zida katta tavakkal va katta imkoniyatlarni jamlovchi talabni qabul qilishga tayyor. Yetakchi bajarilishi lozim bo‘lgan vazifani butunlay anglab yetadi va bu vazifani bajarishning yangi va novator yo‘llarini aniqlashga qodir. Yuqori mantiqiy me’yorlarni ushlab turish uchun quyidagi yetakchilarning yaxshi qoidasiga amal qilish lozim: «odamlarga ular senga qanday muomalada bo‘lishlarini istasang, shunday muomalada bo‘l». Vaziyatni
siz bilan birga ishlayotgan odamlar ko‘zi bilan ko‘rishga intilish, xudbinlikka qarshi hayotiy yondashuvni rivojlantirishga yordam beradi.
Yaxshi yetakchi bu ikki mas’uliyat turlari orasidagi muvozanatga erishadi. Vaqti kelganda ayrim vaziyatlar, ya’ni yangi guruh tuzish kabi vaziyatlar ishning funksional (vazifaviy) tomoniga emas, balki insoniy (odamlar) tomoniga katta e’tibor berishni talab etadi. Boshqa hollarda, yangi jarayonlarni kiritish kabi hollarda vazifalarga ko‘proq e’tibor berishni talab etadi. Yetakchilik mohiyatini tushunish insonlarga samaraliroq yetakchi bo‘lishga yordam berishi mumkin.
O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy- lashtirishni chuqurlashtirishning davlat dasturida tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash va xususiylashtirishdan keyingi davrda korxonalar bir maromda ishlashini ta’minlash choralari ko‘zda tutilgan. Buning uchun davlat:

  • maxsus investitsiya fondlari va banklar tuzadi;

  • xususiylashtirishdan olingan mablag‘larga xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlashda foydalaniladi;

  • davlatga tegishli aksiyalarga olingan dividendlarni texnika jihatdan qayta qurollantirish va asosiy fondlarni yangilashga yo‘naltiriladi;

  • bojxona to‘lovlari va soliqlarning ayrim turlarini pasaytirish yoki bekor qilish, narx belgilash va litsensiyalash hajmlarini kamaytirish va shu kabi ko‘rinishdagi turli imtiyozlarni belgilaydi;

  • tadbirkorlikning huquqiy va iqtisodiy muhofazalanishini kafolatlaydi.

Davlat tadbirkorlar uchun shart-sharoitlar yaratishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun xizmat qiluvchi shart-sharoitlar yaratilishi kerak.
Bu zarur shart-sharoitlar nimalardan iborat? Bir necha asosiy qoidalar borki, ularga amal qilmoq kerak:

  • salmoqli huquqiy va ma’muriy tartibga asoslangan bozor iqtisodiyotiga yo‘nalgan siyosat;

  • boshlovchi tadbirkorlarni o‘qitish dasturlarini ishlab chiqish;

  • mablag‘dan unchalik katta bo‘lmagan yangi korxonalar ham foydalana olishini ta’minlovchi tadbirkorlikning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi.

Kichik tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy maqsadi uning samarali o‘sishini ta’minlaydigan infratuzilmasini shakllantirish uchun umumiy qulay iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy sharoitlar yaratishdir. Kichik tadbirkorning xususiyati yirik industrial ishlab chiqarish uchun inqiroz davrida uning ustuvorligi hisoblanadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning tajribasi shundan guvohlik beradiki, uzoq davom etadigan iqtisodiy inqiroz muhitida, asosan, ishlab chiqaradigan mayda korxonalar yirik korxonalarga nisbatan kamroq jabrlanadi, hattoki, bozorda o‘z mavqeyini mustahkamlaydi. Kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturlariga 1995-yil 21- dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 5-yanvardagi
«Xususiy tadbirkorlikda tashabbuskorlik va uni rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-iyuldagi
«Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorini kiritish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tashkil etilgan Kichik biznesni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi (Biznes- fond) eng muhim moliyaviy vosita hisoblanadi. Jamg‘arma budjetidan ajratilgan, davlat va munitsirial mol-mulkni xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larda o‘z faoliyatidan kelgan daromadlardan xususiy va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari, qimmatli qog‘ozlar chiqarish va joylashtirishdan tushgan daromadlardan iborat pul mablag‘larini jamlash yo‘li bilan kichik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, loyihalar va tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlaydi.
Biznes-fondning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • ustuvor yo‘nalishlarda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich rivojlantirib borish mobaynida davlat siyosatini o‘tkazishga ko‘maklashish;

  • kichik biznesning bozor infrastrukturasini vujudga keltirishga ko‘maklashuvchi infrastruktura elementlari (bank, axborot, sug‘urta, lizing va boshq.)ni shakllantirish;

  • kichik biznesni, xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish uchun o‘z mablag‘larini ajratish va chet el investitsiyalarini jalb etish masalalarida xalqaro moliya va jamoat tashkilotlari hamda jamg‘armalari, korporatsiyalari, agentliklari, vakolatxonalari, idoralari, xususiy, huquqiy va jismoniy shaxslar tadbirkorlik tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlashdan iboratdir.

Biznes-fondning asosiy vazifalari:

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tuzilmalariga respublika tovar bozorlarini to‘ldirish, chetdan keltiriladigan tovarlar o‘rnini bosish va chetga chiqariladigan tovarlar o‘rnini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini barpo etish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tuzilmalari innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, raqobatga bardoshli tayyor

mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishni rag‘batlantirish;

  • O‘zbekiston Respublikasida ma’lumotlar bankini vujudga keltirish va biznesni tashkil etib, rivojlantirish borasida axborot huquqiy xizmatlar ko‘rsatish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning kamyob xalq iste’moli buyumlari ishlab chiqarish va xizmatlarni kengaytirishga qaratilgan loyihalari hamda dasturlari uchun moliyaviy mablag‘lar ajratishdan iborat.

Biznes-fond bilan bevosita hamkorlikda «Madad» sug‘urta agentligi ish olib boradi. Davlat uning hammuassisi bo‘lib, kichik va o‘rta korxonalarning faoliyatini kreditlash bilan bog‘liq kattagina xatarning moliyaviy ta’minotini o‘z zimmasiga oldi.
«Madad» sug‘urta agentligi:

  • kichik va o‘rta biznesning dasturlari va loyihalarini ekspert baholash va tanlab olishni hamda ularni ro‘yobga chiqarish uchun moliyaviy mablag‘lar ajratilishi maqsadlarini ko‘zlab, xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan ishlab chiqish;

  • tadbirkorlik tuzilmalari Biznes-fonddan ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanishi ustidan nazorat mexanizmini ishlab chiqishni amalga oshiradi;

  • buyurtmaning fond dasturiy yo‘rig‘iga muvofiq, darajasini;

  • loyihaning dolzarbligi, noyobligi, realligi, raqobatbardoshliligi, loyihaning mintaqa manfaatlariga muvofiq, loyiha budjeti va grafigi (hayotiy sikli) mukammalligi loyihaning moliyaviy asoslanganligini belgilaydi;

  • loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq tavakkalchilikni sug‘urtalaydi.

Kichik va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tadbirlari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

  • qonuniy-huquqiy ta’minot;

  • tashkiliy ta’minot;

  • tadbirkorlikni rivojlantirish uchun moddiy-texnikaviy sharoit yaratish;

  • moliyaviy kredit ta’minoti;

  • tadbirkorlikni sug‘urta bilan ta’minlash;

  • tadbirkorlik sho‘basini kadrlar bilan ta’minlash;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat ishini iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash;

  • axborot-maslahat ta’minoti;

  • tadbirkorlikni ijtimoiy-ruhiy jihatdan ta’minoti va boshqalar.

    1. Download 392,17 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish