7-topshiriq;O'zbekiston iqlim xaritasidan Quyi Amudaryo tabiiy-geografik okrugida yillik o'rtacha yog'in miqdorini aniqlang. Nima sababdan ushbu okrug hududida yog'in kam tushishini, aksincha, mumkin bo'lgan (potensial) bug'lanish yog'inga nisbatan 20 marta ko'pligini tushuntirib bering. Ma'lumotlar asosida To'rtko'l, Urganch, Nukus va Chimboyda yillik yog'in miqdorining fasllar bo'yicha taqsimlanish aylanma diagrammasini tuzing.
8-topshiriq; «Orol dengizi muammosi» degan mavzuda ma'ruza tayyorlang. Unda Orol dengizi suv sathining pasayish sabablariga, uning salbiy oqibatlariga, suv sathini optimal yuzada saqlashga qaratilgan chora-tadbirlarga alohida e'tibor berish zarur.
9-topshiriq; O'zbekiston tuproq va o'simlik xaritalarini taqqoslab, tahlil qilib, Quyi Amudaryo tabiiy-geografik okrugida qanday tuproq va o'simlik turlari mavjudligini, ularning qanday yo'llar bilan vujudga kelganligini aniqlang. Okrug tuproq-o'simlik turlarining o'ziga xos tomonlari nimalardan iborat, ular O'zbekistonning boshqa hududlaridagi tuproq-o'simlik qoplamidan qanday farq qiladi?
Foydalanilgan adabiyotlar.
Baratov P. «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» (Oliy o’quv yurti talabalari uchun o’quv qo’llanma) T. «O’qituvchi» 1996.
Baratov P. O’zbekiston tabiiy geografiyasidan amaliy mashg’ulotlar. T. «Cho’lpon» 2005.
Baratov P. «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» T. «O’zbekiston» 1983
Baratov P. O’rta Osiyo daryolari. Toshkent, 1991
AMALIY MASHG’ULOT -4
Mavzu: QIZILQUM OKRUGI
Turоn tеkisligidаgi eng kаttа cho`llаrdаn biri bo`lgаn qizilqum аsоsаn Аmudаryo bilаn Sirdаryo оrаsidа jоylаshgаn. Lеkin Qizilqum оkrugigа Qizilqum cho`lining O`zbеkistоn hududidа jоylаshgаn qismi kirаdi.
Qizilqum оkrugi shimоli-g`аrbdа Quyi Аmudаryo оkrugi bilаn, jаnubi-shаrqdа Quyi Zаrаfshоn оkrugi bilаn, shаrqdа esа Tоshkеnt-Mirzаcho’l оkrugi bilаn chеgаrаlаnаdi. Оkrugning jаnubi-g`аrbi Turkmаnistоn, shimоli-shаrqi Qоzоg`istоn bilаn bo`lgаn dаvlаt chеgаrаsigа to`g`ri kеlаdi.
Qizilqum jаnubi-shаrqdаn shimоli-g`аrbgа qаrаb pаsаyib bоrаdi. Uning o`rtаchа mutlоq bаlаndligi 200—300 m bo`lsа, jаnubi-shаrqdа 350—400 m, shimоli-g`аrbdа esа 90—100 m gа tushib qоlаdi.
Maqsad: Qizilqum okrugini tabiiy geografik o`rnini, rel`efini, geologik tuzilishini, iqlimini, suvlarini, flora va faunasini, tabiatini muhofaza qilish masalalarini o`rganish.
Dars jixozi:O’zbekistonning tabiiy geografik rayonlashtirish xaritasi O`zbekistonning tabiiy xaritasi, O`zbekiston respublikasi atlasi. Qizilqum okrugini tabiiy geografik xaritasi.
1 -topshiriq: Yozuvsiz kartada Qizilqum okrugini kartasini ishlang.
Qizilqum okrugini tabiiy geografik o`rnini, relyefini, geologik tuzilishini, iqlimini, suvlarini, flora va faunasini, tabiatini muhofaza qilish masalalarini amaliyot daftariga yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |