Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат университети филология факультети Инглиз филологияси кафедраси



Download 444,5 Kb.
bet3/31
Sana13.07.2022
Hajmi444,5 Kb.
#790336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат университети

Ishning nazariy asosi. Tadqiqotimizning nazariy asosini I.G`ofurov, O.Mo`minov, N. Qambarovning “Tarjima nazariyasi”, Zoya Proshinaning “Theory of translation”, Qudrat Musayevning “Tarjima nazariyasi asoslari” darslik to`plamlari, Redyard Kiplingning qalamiga mansub ertaklar, Miraziz A’zamning “Jahon bolalar adabiyoti” tarjima asarlar to`plami taskil etadi.


Tadqiqot natijalarining amaliy va nazariy ahamaiyati. Tadqiqotning amaliy va nazariy ahamiyati hozirgi aloqalar har tomonlama kengayib borayotgan davrda, diqqatga havola etilayotgan ushbu malakaviy bitiruv ishi katta amaliy va nazariy ahamiyat kasb etishi tabiiy. Undagi tahlil va tadqiqotlar natijasi bo`lgan fikr mulohazalardan oliy o`quv yurtlarining adabiyotshunoslik,

4
tarjimashunoslik darslarida ya’ni adabiyotshunoslik yo`nalishi bo`yicha ma’ruzalar va maxsus kurslarda foydalanish mumkin.




Bitiruv malakaviy ishining tarkibi. Mazkur bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki asosiy bob, besh paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.

Birinchi bob “XIX asr oxiri – XX asr bohlarida angliya bolalar adabiyoti va miraziz a’zam tarjimalari ” deb nomlanib, unda Redyard Kiplingning XIX asr bolalar adabiyotiga qo`shgan hissasi, Miraziz A’zamning adabiy va tarjimashunoslik faoliyati va tarjimashunoslikda qo`llaniladigan transformatsiyalar to`g`risida fikr yuritildi.


Ikkinchi bob nomi “Ingliz bolalar adabiyoti vakillari asarlarining o`zbek tiliga qayta yaratish muammolari” deb belgilandi. Bu bobda ingliz hikoyalarining o`zbek tilidagi tarjimalarida qo`llanilgan transformatsiyalar tahlil qilindi.


Tadqiq etilgan ma’lumotlar umumlashtirilib, ingliz adabiyotida yaratilgan hikoyalar va ularning o`zbek tilidagi tarjimalari qiyosi asosida qo`llanilgan transformatsiyalar ko`rsatib berildi va har bir o`rganilgan ma’lumot manbai adabiyotlar ro`yxatida aks ettirildi.

5
I BOB. XIX ASR OXIRI – XX ASR BOHLARIDA ANGLIYA BOLALAR ADABIYOTI VA MIRAZIZ A’ZAM TARJIMALARI




1.1. Ingliz bolalar adabiyotining o`ziga xos xususiyatlari va namoyandalari

Bolalar adabiyoti tarixchilari ikki ustuvor yo`nalishni ko`rishgan: biri


realizm va didaktisizm bo`lsa, ikkinchisi fantaziya va o`yin-kulgi bir-biriga qarama-qarshi tarzda namoyon bo`lgan. Didaktik adabiyot 18- asrlarda bosh yo`nalish bo`lgan bo`lsa, 19- asr boshlaridan boshlab fantaziya didaktik adabiyot o`rnini egallay boshladi. Aka-uka Grim ertaklari ilk bor Germaniyada chop etilib, 1823-yilda Angliyada tarjima qilindi. Levis Kerlning “Alisaning Vonderlenddagi sarguzashtlari” nomli asarining chop etilishi fantastik adabiyoti rivojiga asos slogan kitob va bolalar uchun yozilgan shoh asarlarning birinchisi hisoblanadi. Bu kitoblarning barchasi turli fantaziya asarlari bilan boyish “oltin asr”i boshlanish belgilari sifatida ko`rish mumkin.


Ko`p hollarda, 18-asrda paydo bo`lishni boshlagan bolalar adabiyotining aksariyati fantastika jihatlaridan xoli bo`lgan. O`rta va yuqori tabaqa vakillarining sevimli asarlaridan hisoblanmish Charlz Perrolt qalamiga mansub ertaklar axloqiy qonun qoidalar bilan bir qatorda ilohiy jihatlarni ham aks ettirgan, ammo, didaktisizmdan fantastik yondashuvga o`tish vaqti noma’lumdir. Hattoki, 18-asr o`rtalarida “yangi” bolalar adabiyoti ilk namoyondalari mantiqiy va tarbiyaviy bo`lishi faraz qilingan asarlarida ham fantastika belgilari ko`zga tashlanadi. Aynan shu davrda zamnaviy bolalar kitoblari chop etila boshlandi. Fantastik adabiyot XIX asrga kelib shu qadar mashhur bo`lganligining aniq sababi mavjud emas, ammo uning muvaffaqiyati tezkor ijtimoiy, iqtisodiy va intelektual o`zgarishlarga bog`lanishi shubhasizdir. Masalan Kingslining “Suv chaqaloqlari” asari Charlz Darvinning asariga javoban asar edi desak yanglishmagan bo`lamiz. Fantastik adabiyotning o`sishiga qanday omillar sabab bo`lgandir, ammo ikki narsa ravshandir. Birinchidan, XIX asr oxirigacha ulkan miqdorda afsona-yu ertaklar va fantastik adabiyotning ajoyib namunalari


6
bolalarga tuhfa qilindi. Ikkinchidan, bu adabiyot yo`nalishi didaktik va realistik matnlardan unchalik ham farq qilmasdi. Yevropa va Britaniyada bolalar adabiyotining “Birinchi oltin asr”i XX asr boshlariga qadar davom etdi.Birinchi jahon urushi va Ikkinchi jahon urushi oralig`ida bolalar adabiyoti namunalari chop etilishi ancha susaygan bo`lsada bu davrda milionlab yosh kitobxonlar qalbini zabt etgan eng mashhur asarlardan biri Alan Miln qalamiga mansub “Vinni pux” (“Winnie-the-pooh”) kitobi chop etilgan.


XIX asr oxiri XX asr boshlari bolalar adabiyotining rivojiga hissa qo`shgan yozuvchilar Redyard Kipling, Uolter De La Mer, Alan Miln, Donald Bisset, Robert Greyvz, Vilyam Bleyk, Edvard Lir, Robert Stivenson asarlari bolalarning qalbidan chuqur joy egallagan. Donald Bisset – mashhur bolalar yozuvchisi, rassom, kinoaktyor va rejissiyor bo`lib, Donald Bisset ilk ijodini London televideniyasining topshirig`i bilan ertaklar yozishdan boshlagan.U ertaklarni ko`rsatuv uchun tayyorlar va o`zio`qibberardi. U juda usta aktyor ed. O`z ertaklariga ifodali va qiziq rasmlar chizar edi. Eshittirish bor-yo`g`i 8 minut davo etardi, qog`ozga tushirilgan matn ham 2-3 betdan oshmasdi.1954-yilda “O`zing o`qi” degan kitoblar turkuminingbirinchisi bosilib chiqdi.Keyin shu yilning o`zida “Siz nimani xolasangiz o`shani aytib beraman” degan yangi to`plami chop etildi. “Qolganini keyin aytaman”, “Axir bir kun aytib beraman” degan to`plamlarini chiqardi.Keyin uning navbatdagi ertaklari – Yak degan birgina qahramonli “Yo`lbars bilan suhbatlar”, “Miranda degan o`rdakning sarguzashtlari”, “Tutun laqabli ot”, “Yik-tak amakining sayohatlari”, “Changalzorda kezish” kabi kitoblari bosilib chiqdi.Barcha kitoblarining rasmini o`zi ishlar edi. Donald Bisset Angliyada 57 ta film va teleserialda aktyorlik qilgan. Birinchi roli “Atrofda aylanib yurish” filmi bo`lib, 1949-yilda katta ekranga chiqqan edi. 1978-yilda “Atlantida dohiylari” filmida kichik bir rolni ijroetdi. Ammo butun jahon san’at ahllarining yodida qoldi.


Angliya bolalar adabiyoti taniqli namoyondalaridan biri Redyard Kipling 1865-yil Bombeyda dunyoga keldi. Lekin ota-onasi Londonlik edi. Yosh Redyardning Bombeydagi bolalik yillari nihoyatda unitilmas baxtli onlarga boy
7
bo`lib, u ajib ohang va manzaralardan bahramand bo`lardi. Redyard 6 yoshga to`lganda ota-onasi uni qattiqroq usullarda tarbiyalash maqsadida Angliyaga yuborishgan va u Londonda kapitan Proys Ejyer xonadonida yashagan. 1 Redyard 12 yoshga to`lganda Baydford yaqinidagi Birlashgan Harbiy kuchlar kollejiga kiradi va u yerda otasining do`sti Kormel Prays uning adabiy qobiliyatini kuchaytiradi. Redyard 16 yoshga kirganda ota-onasi yashayotgan joy Lahorga qaytadi. O`zining qisqa bo`sh vaqtlarida ko`pgina ajoyib she’rlar va hikoyalar yozadi. Ushbu hikoyalar va she’rlarning to`planib kitob tarzida chop etilishi Redyardning shuhrat qozonishiga asos bo`ldi.

Kipling 1889-yilda Angliyaga qaytdi va “Kazarma balladasi” asari va bir necha mukammal hikoyalari unga keskin mashhurlikni olib keldi. Amerkalik do`sti va adabiy hamrohi Volkot Beylsterning vafotidan so`ng uning singlisi Kerriga 1892- yilda uylanadi. Dunyo bo`ylab sayohatdan so`ng, xotini Kerrining AQShga Botlborodagi oilaviy uyiga qaytadi va u yerda “Captain Courageous” va “The Jungle Book ” asarlarini yozadi. Qayn-akasi bilan kelishmovchiliklar sababli Redyard Kipling 1896-yilda Angliyaga qaytadi. 1899-yilda qizi Jozefinaning halokatli o`limiga qadar yozuvchining hayoti xursandchilikka boy va qoniqarli edi. Jozefinaning o`limidan so`ng Redyard Kipling uchun hayot hech qachon avvalgidek bo`lmadi.2


Redyard Kiplingning “Parishonxotir tilanchi” (“The absent-minded Beggar”) she’ri “Bur” jangida Britaniya askarlari foydasiga katta miqdorda mablag` olib keldi. R. Kipling Birinchi jahon urushi bo`lishini oldindan ko`ra oldi va xalqni tayyorgarlik ko`rishga ehtiyoj borligi haqida ogoh etishga harakat qildi. 1915-yilda ikkinchi bor 18 yashar o`g`lini “Lu” jangida yo`qotishdan aziyat chekdi. Shunga qaramay Kipling yozishda davom etdi. Uning urushdan keyin yozilgan hikoyalari uning eng yaxshi asarlari hisoblanadi. Shuningdek , yozuvchi Janubiy Afrikadagi Armiya Gazetasi uchun yozgan. Kipling Imperial





  1. Miraziz A’zam. Jahon bolalar adabiyoti.-Toshkent: G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa-ijodiyot uyi, 2016.-B.31.

  2. www.kiplingsociety.co.uk.

8
Vo Greyvz Kommissiyasida ishlagan va qirol Jorj V bilan yaqin do`st tutingan.


U dunyo bo`ylab sayohatlar qilgan.


Redyard Kipling faqat shoir emas, katta nosir ham edi, ko`pdan-ko`p chiroyli qissa, hikoya va ertaklar yozib qoldirgan. Uning “Maugli”, “Rikki-Tikki-Tavi” ertak qissalari XX asrning 70 yillaridanoq o`zbek tilga tarjima qilingan va nashr etilgan. Keyingi yillarda yana uning “Yer tepingan parvona”, “Kitga bunaqa xartum qayoqdan kelgan?”, “Karkidonga bunaqa teri qayoqdan kelgan”, “Tuyaga o`rkach qayoqdan kelgan?” kabi ertaklar o`zbek tliga tarjima qilindi.


R.Kipling bolalarga bag`ishlangan she`rlarida, xoh she’r kichik yoshdagilar uchun, xoh kattaroq yoshdagilar uchun bo’lsin, ularning aniq holatini mahorat bilan, goh kinoyali, goh yoqimli kulgi tabassum bilan ifodalaydi. Poklik, ozodalik, mehnatsevarlik g`oyalarini ham xuddi shu yo`l bilan ilgari suradi. Redyard Kipling 1936-yil 18-yanvarda vafot etdi.U1907-yilda adabiyot bo`yicha Nobel mukofotiga sazovor bo`ldi.1


Angliya bolalar adabiyoti mashhur vakillaridan yana biri Alan Miln juda ko`p pyesalar, she’rlar va nasriy asarlar yozgan. XX asr boshida bolalar uchun “Biz juda kichikligimizda” va “Biz oltiga kirganimizda” degan ikki kitob chiqarganda, faqat bolalar o`rtasida emas , kattalar orasida ham dongdor bo`lib ketdi.


Alan Miln Britaniya kino olamidagi bir necha film ssenariylarining muallifi hamdir. Ayrim filmlari Britaniya film institutining arxivida saqlanib qolgan. Dastlab dramaturg sifatida nom qozongan Alan Miln o`zining Vinni Pux asarini chop etishi bilan katta muvaffaqiyatga erishdi va mashhurlik cho`qqisiga yetdi. Keyinchalik bu asar ko`p tillarga tarjima qilinib butun dunyoga tanildi. Alan Milnning bu asari, ichida she’rlari ko`p bo`lgan 18 ta sarguzasht ertakchadan iborat. Miln bolalar dunyoni qanday tushunishini, qanday idrok etishini juda yaxshi biladi.Kichkintoylarning topqirlikka oid




1Miraziz A’zam. Jahon bolalar adabiyoti.-Toshkent: G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa-ijodiyot uyi,
2016.-B.31.

9
o`yinlari, so`z ixtiro qilishlari, xalq og`zaki ijodining turli andoza va yo`riqlaridan foydalanish- mana shular alan Miln ijodiyotining o`ziga xos tomonlaridir.1


A.Miln “Vinni Pux” asari yaratilishiga qadar dramaturg sifatida Atlantika okeanining ikki tomonida ham yuqori obro`ga erishgan, detektiv yo`nalishdagi ajoyib ijod mahsulini yaratgan. O`zi istagan yo`nalishda asar yozishni xush ko`radigan va har gal yozish usulini o`zgartiganda kitobxonlarni jalb qila olgan A.Miln uchun bolalar kitobini yaratishdagi keskin muvaffaqiyati alam va jahl manbai bo`lgan. Bir kuni Miln o`ziga xoslikdan xoli bo`luvchi asarlar yaratishga xohishi yo`qligini aytadi, chunki uning ilhom manbailaridan biri – uning o`g`li ulg`ayayotgan edi.


Ingliz bolalarining sevimli yozuvchisi va shoiri Robert Lyuis Stivenson 1850-yil Shotlandiyada tug`ilgan. Hayotlik davomida ham taniqli bo`lgan R. Stivenson hozirda dunyo bo`ylab asarlari eng ko`p tarjima qilinadigan yozuvchi shoirlar orasida 26- o`rinni egallaydi. 2 U o`z nasriy asarlarida romantik yo`nalishda Angliyaning turmush tarzini va insonlarning xarakterlarini ochib berishga intilgan. “Xazinalar oroli” (“ Treasure Island”), “O`g`irlangan odam” (“Kidnapped ”), “Qora o`q” (“The Black Arrow”) va boshqa bir qator romanlari bilan sarguzasht syujet ustasi sifatida tanildi. R. Stivensonning asl qo`lyozmalarining yarmi yo`qolgan.

Yozuvchi va shoir Stivensonning “Bolalarning she’riy gulzori” nomli she’r to`plamida ham, romanlaridagi kabi, romantic shon-sharaflarga o`raglan insonlar timsollari yaratilgan. To`plamdagi kichik qahramonlar olami nurli va quvonchlidir. Stivensonning she’rlari benihoya musiqiy, tiniq bo`lib, borliq dunyoni ko`zga ko`rinadigan shirin xayollar va tovushlar olamida jonlantiradi. Daryolarning shovullashlari, yomg`irlarning shitir-shitiri, dengiz to`lqinlarining




1Miraziz A’zam. Jahon bolalar adabiyoti.-Toshkent: G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa-ijodiyot uyi,
2016.-B.78.

  1. www.scottishpoetrylibrary.org.uk

10
sirli sadolari tabiiy ravishda yoh kitobxon xayoliga o`rnahib qoladi. 1Stivenson she’riyati xalq og`zaki ijodi an’analariga uyg`unligi bilan ajralib turadi.




1.2. Miraziz A’zamning o`zbek tarjimashunosligiga qo`shgan hissasi Insoniyatning eng qadimiy faoliyatlaridan hisoblanmish tarjimashunoslik

dunyo xalqlari uchun o`zaro madaniy, iqtisodiy, ilmiy va adabiy aloqaning almashinuviga va shu orqali yuksalishga eltuvchi kuchli qurolga aylandi. Tarjima murakkab sohalardam biri hisoblanadi va bir tilda yaratilgan matnning shakl va mazmunini saqlagan holda boshqa til unsurlari yordamida qayta qurish tarjimondan yuksak ilmiy va adabiy bilim, mahorat talab qiladi. Tarjimachilik faoliyati so’nggi yillarda O`zbekistonda ham jadal sur’atlarda rivojlanmoqda.


Tarjima tarixi turli xalqlar adabiyotlarining bir-biridan ajralib qolganini emas, balki aksincha hamma vaqt – juda qadim zamonlardan tortib hozirgi kungacha, bir-biriga intilib, yaqinlab borgani, bir-biridan ta’sirlanib taraqqiy etganligini isbotlamoqda. Ilk tarjima namunalari odamodning yodida qolmagan. Lekin ular odam, non, ota, ona, osmon, yer, yo`l, ot kabi so`zlardan va ularning boshqa tildagi tarjimalaridan iborat bo`lganligini tasavvur qilganligini tasavvur qilish qiyin emas. Bu so`zlardan tarjimalar folklor asarlariga o`tganligini ham andak fantaziya ishlatib ko`z o`ngimizda keltirishimiz mumkin.


Bu shunday yirik madaniy hodisaki, tarjima adabiyotlari tarixdan ijtimoiy tuzumlar, tabaqalarning o`zgarishlarinigina emas, insonning ongida kechgan o`zgarishlarning evolyutsion jarayonlarni ham aniq kuzatish mumkin. Ayrim xalqlar o`z taraqqiyotlarida oldinroq ilgarilab ketgandirlar, ayrimlari orqaroqda qolgandirlar, bundan qat’iy nazar, tarjima onglaridagi, fikrlardagi, ma’naviy-ruhiy qarashlaridagi, ilm-fanlardagi o`zgarish jarayonlariga juda chuqur va har tomonlama ta’sir ko`rsatgan deb ayta olamiz.

Tarjima tarixi Eng Qadimi Dunyo, O`rta Asrlar, Yangi va Eng Yangi deb ataladigan, juda uzoq davom etadigan tarixiy davrlarni o`z ichiga oladi. Qadimgi zamonlardan bugungi kungacha tarjima Yer yuzining O`rta Yer dengizi havzasi,




1Miraziz A’zam. Jahon bolalar adabiyoti.-Toshkent: G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa-ijodiyot uyi,
2016.-B. 25.

11
Sharqda Ikki Daryo Oralig`ida yashovchi xalqlar (shumerlar, suryoniylar, bobulonliklar, ossuriyaliklar, xettlar), Misr, Eron, Hindiston, Xitoy, Turon mamlakatlari mintaqalarida ayni bir vaqtning o`zida ham ijtimoiy madaniy aloqalar vositasi ham yozma adabiyotning bir turi, tarmog`i sifatida rivojlandi.1


Tarjimonlik ijtimoiy hayot taraqqiyoti bilan uzviy bog`liq, ya’ni madaniyat, san’at va adabiyot tarixi bilan uzviydir. Arab yurishlari siljib borgan mamlakatlarda, shu qatorda hozirgi O`zbekiston hududida Islom dini o`rta asrlarda yagona dinga aylandi, arab tili esa ilm-fan maqomiga aylandi. O`rta asrlarda Markaziy Osiyo madaniy hayotida tarixiy-adabiy janrlarga daxldor asarlar tarjimalari sezilarli o`rin tutdi.

VII asrlarda fan, san’at, adabiyot, madaniyat yuqori darajada rivojlanib, Farobiy, Ibn Sino va Beruniy kabi mashhur olimlar yetishib chiqdi. Biz ularni qadimiy tarjimachilik madaniyatimizni boyitgan ilk tarjimonlar sifatida qadrlaymiz va Sharq Renessans davrining vakillari deb qaraymiz. Abu Rayhon Beruniy qomusiy olim bo`lib, tarjimachilik haqidagi fikr-mulohazalarini yozib qoldirgan. Beruniy o`zining “Hindiston” asarida Gomerning “Iliada” va “Odisseya” asarlaridan parchalar keltirgan. Biz uning kitoblarida yunon, rum va hind yozuvchilarning asarlaridan tarjima qilingan parchalarni ko`rishimiz mumkin. Uning tarjimalari orasida “Qissai Vomiqu Uzro”, “Qosimus-surur va aynul-hayot”, “Hurmizdiyor va Mehriyor”, “Bomiyonning ikki sanami”, “Dah, Moh va Kiromiduht”, “Nilufar” eposlarining tarjima kitoblari bor. U bu asarlarni fors tilidan tarjima qilgan bo`lib ular “qiziqarli va hayajonli hikoyalar deb “Fehrastda” ta’kidlangan. Beruniy 60dan ortiq asarlarni tarjima qilgan va hind tilidan arab tiliga o`girilganlari “Pantajala”2 nomi biln mashhurdir.


Tarjimonchilik faoliyatida katta iz qoldirgan Mahmud Koshg`ariy ham o`zining “Devonu lug`atit-turk” asarida turk qabilalarining shevalariga xos so`zlarining arab tilidagi ekvivalentlarini keltirgan. Abulqsim Mahmud bin Umar Zamaxshariy Markaziy Osiyoda ilk bor arabcha-forscha “Muqaddimat-ul




1G`ofurov I., Mo`minov O.,Qambarov N.Tarjima nazariyasi.-Toshkent:Tafakkur Bo`stoni,2012.-B.51.
2Buyuk siymolar, allomalar. Toshkent: 1995, 1 kitob 48b.
12
adab” (“Arab ilmiga kirish”) lug`atini yaratgan. Olim so`zlarning etimologiyasiga alohida e’tibor qaratdi.

Xorazmda tarjimonlik maktabining asoschilaridan biri Muhammad Rizo Ogahiydir.Ogahiy o`zbek tiliga Sharqning mashhur “Xaftpaykar”, “Guliston”, “Shoh va Gado”, “Yusuf va Zulayho”, “Bahoriston” kabi Ganjaviy, Sheroziy, Dehlaviy, Jomiy, Hiloliy asarlarini va “Zafarnoma”, “Nodirnoma”, “Ravzat us-safo” kabi tarixiy asarlarni tarjima qilib, XIX asrning buyuk tarjimoniga aylangan. Ogahiy mahoratli tarjimon sifatida 19 ta asarni fors tilidan o`zbek tiliga o`girgan va madaniy merosimizni boyitgan.1


Ogahiy Munis Xorazmiy oxiriga yetkazmagan asari “Ravzas us-safo”ni 2-3 jildlarini tarjima qilgan. Ogahiy quyidagi tarixiy asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan: “Nodirnoma” (Muhammad Mahdixon), “Zafarnoma” (Sharafiddin Ali Yazdiy), “Tazkirai Muqimxoniy” (Muhammad Yusuf Munshiy), adabiy asarlardan: “Haft paykar”(N Ganjaviy), “Guliston”(S.Sheroziy), “Hasht-bihisht” (Xusrav Dehlaviy) “Yusuf va Zulayho”, “Solomomon va Ibsol”, “Bahoriston” (A.Jomiy), “Badoye ul-vaqoye”, “Qobusnoma” (Kaykovus) va boshqalar.2





  1. asrning 30-yillardan ingliz adabiyoti namunalari tarjima qilina boshlandi. Hozirgi kunga qadar bir qancha Amerika va Lotin Amerika yozuvchilarning, jumladan, 20 dan ortiq ingliz yozuvchilari va shoirlarning kitoblari o`zbek tiliga o`girilgan. “Robinzon Kruzoning sayohatlari” asari o`zbek tiliga ingliz adabiyotidan qilingan ilk tarjimadir. Bu kitobni 1911-yilda o`zbek tiliga Muhammad Fozil Otabek ozarbayjoncha bayon tarjimadan ag`dargan.

O`zbek adabiyotida badiiy tarjimachilikdagi ilk yorqin misollar Xamza Xakimzoda Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Hamid Olimjon, G`afur G`ulom, Abdulla Qahhor, Oybek, Mirtemir, Zulfiya boshqa ko`plab ijod ahllarining qalamiga mansubdir.


1G`ofurov I., Mo`minov O., Qambarov N.Tarjima nazariyasi.-Toshkent: Tafakkur Bo`stoni,2012.-B.89.
2G`ofurov I., Mo`minov O., Qambarov N.Tarjima nazariyasi.-Toshkent: Tafakkur Bo`stoni,2012.-B.90.
13
1950- yillarning oxiriga kelib O`zbekistonda tarjima tarixi tadqiq etila boshlandi, taniqli yozuvchi olim va tarjimon Jumaniyoz Sharipov “O`zbekistonda tarjima tarixidan”, “Badiiy tarjimalar va mohir tarjimonlar” kabi monografiyalar chiqardi. Taniqli olim va fan tashkilotchisi G`.Salomov “Tarjimaga nazariyasiga kirish”, “Tarjima nazariyasi asoslari” kabi darslik va qo`llanmalar yozdi, “Tarjima san’ati” kabi turkum to`plarini chiqarishga bosh-qosh bo`ldi.

O’tgan asrning o`rtalarida trajima nazariyasini keng qamrovli tadqiq etish davom etdi, ularda nazariyaga oid ko`p ma’lumotlarga oydinlik va aniqlik kiritildi, tarjimonlar faoliyati o’rganildi. XX asrlarda O`zbekistpnda faol tarjimonlik maktabiga asos solindi.


N. Kamolov, X.Karomatov, N.Vladimirovalar tarjima tarixini tadqiq etish ishini boshladilar. Hamidulla Kristofer Marloning “Amir Temur” asarini o`rgandi, o`zbek tiliga o’girilgan matnning o`ziga xos xususiyatlarini ko’rsatib berdi. N.V.Vladimirova esa ayniqsa G`arb bilan Sharq adabiyotini tarjima qilish sohasidagi ba’zi muammolarga yechim topishga intildi. G`aybulla Salomov O`zbekistondagi tarjima nazariyasi asoslari asosida ilmiy faoliyat olib bordi. U tarjimada milliy xususiyatlarning aks etirishga katta e’tibor bergan va frazeologizmlarni tarjimada ifodalash yo`llari, she’riy tarjimalarning o`ziga xosliklari ustida ishlagan. Shuningdek, G`aybulla Salomov chet el tarjimonlari tomonidan qilingan “Boburnoma” tarjimalarini mukammal tahlil qilib chiqdi. 1922-yilda “Boburnoma” hozirgi fors tiliga Murod Qarluqi tomonidan tarjima qilingan. Qarluqning tarjimasini G`aybulla Salomov asl nusxaga yaqinroq deb topdi. “Yaqinroq so`zining ma’nosi shundaki, u aniq, ya’ni to`g`ridan- to`g`ri tarjima qilingan deb xulosa chiqargan.1

Jumaniyoz Sharipov “Badiiy tarjima va mohir tarjimonlar” kitobida Ogahiy, Mirtemir va Zulfiyaning ijodiy mahoratini ochishga harakat qildi.





  1. G`ofurov I., Mo`minov O., Qambarov N.Tarjima nazariyasi.-Toshkent: Tafakkur Bo`stoni, 2012.-B.90.

14
Badiiy tarjimaning nazariy asosini, she’riy tarjimaning milliy uslubini, tarixiy – nazariy tarjima metodologiyasini, tarjmonlar mahorati qirralarini tahlil qildi.1

1970-1975- yillarga Gyotening “Faust” (E. Vohidov), Dantening “Ilohiy komediya”, “Do`zax”(A.Oripov), Nozim Hikmatning “Inson manzaralari”(R. Parfi) kabi asarlarning o`zbek tilida chiqishi she’riy tarjimaga yangicha yondashuvlar paydo bo`lgani, Navoiy an’analari o`z ijodiy davomini topganini ko`rsatdi.


Hozirgi zamon o'zbek bolalar she’riyatida shoir Miraziz A’zamning o'z o'mi bor. Bu albatta, uning izlanishi, mehnatkashligi, bolalarni va ularning adabiyotini qattiq sevishidan dalolatdir. Ijodkor bolalar o'rtasidagi do'stlik, hamjihatlik, ona-Vatanga cheksiz muhabbat, odobli bo'lish, yaxshi o'qish uchun harakat qilish, kurashish kabi masalalami ko'proq ochib berishga harakat qiladi. Miraziz A’zam 1936 yilda Toshkent shahrida tug'ildi. Maktabda o'qib yurgan kezlaridayoq she’riyatga qiziqdi. She’riy mashqlarini Quddus Muhammadiy va keyinchalik Qudrat Hikmat boshchilik qilgan adabiy to'garakda sinovdan o'tkazar, ijodiy izlanish, o'qish va o'rganishni qizg'in davom ettirar edi. Adabiyot va she’riyatga bo'lgan chanqoqlik uni ToshMUga yetakladi. Uning ijodi talabalik yillaridayoq boshlangan. Uning birinchi she’ri 1960 yilda “G’alati tush” nomi bilan chop bo‘lgan. Adabiy mashqlari bolalar va o'quvchilar gazetalarida, “Gulxan”, “G‘uncha” jumallarida bosila boshladi. Universitetni muvaffaqiyatli tamomlagan M. A’zam bir qator gazeta va jumallarda ishladi. Shoirning “Metallurg”, “Aqlli bolalar”, “Senga nima bo'ldi?”, “G'alati tush”, “Er aylanadi”, “Erga dovruq solamiz”, “Haqiqatning ko'zlari”, “Sabot”, “Tuyg'ular”, “Bir cho'ntak yong'oq” kabi to'plamlari bolalar kitob javonlaridan mustahkam o'rin olgan. Miraziz A’zamning juda ko'p she’r va qo'shiq, ertak, dostonlari kattakichik bolalaiga bag'ishlangan. U har bir asarida bolajonlar uchun, albatta, bir yangilik, bir yaxshi gap aytish ishtiyoqi bilan qaynab toshadi va buning uddasidan chiqadi. Masalan, «Yer aylanadi» she’rini olib ko'raylik. Bunday olib





  1. G`ofurov I., Mo`minov O., Qambarov N.Tarjima nazariyasi.-Toshkent: Tafakkur Bo`stoni, 2012.-B.91.

15
qarasangiz, bu bir oddiy gap. Axir necha ming asrdan beri u aylanadi, yana aylanaveradi, bu haqda jozibali she’r bo'lishi mumkin emas, degan tushuncha xayolingizdan o'tadi. Lekin she’mi o'qiydigan bo'lsangiz sizning tasavvuringiz butunlay o'zgaradi. Murg'ak qalb u yoqda tursin biz kattalar ham yerning aylanishi, onlarning o'tishi, shamolning esib turishi bilan o'sib ulg'ayishimiz, kamol topishimiz, bunyodkorlik ishlarimiz ko'z o'ngimizdan o'tadi. Qilgan yaxshi-yomon ishlarimizni o'ylaymiz. “Yer aylanadi” — xuddi shu haqda bahs yuritadi:


Asta-asta shamol esadi,

Asta-asta yer aylanadi.


Asta-asta odam o'sadi,


Asta-asta yer aylanadi.1


Kichkintoylar ko'pincha hayot murakkabligidan bexabar bo'ladilar. Ular kattalarning ko'magida, o'zlari tinglagan badiiy asarlari yordamida olam mo`jizalari, turmush bilan tanishib boradilar. Miraziz A’zamning “Bedananing buvisi” she’ri kichik yoshdagi bolalaiga juda qo'l keladi. Bu she’r xalq og'zaki ijodi an’analari ta’sirida yaratilgan. Yosh kitobxonlar she’rda bedanalarning turmush tarzlari bilan yaqindan tanishib oladilar. Xuddi insonlar kabi ularning ham qavm-qarindoshlari, keksa-yoshlari bo`lishini, kasal-sog' yurishlarini buvi bedana kechmishlari orqali tushunib yetadilar. Buvi dardga chalinib, og'ir kasal bo'lib qoladi, tomog'idan ovqat o'tmaydi. Hammaning tinchligi, oromi buziladi, har kim qo`ldan kelgancha unga madadkor bo'lishga intiladi. Bu epizod chiroyli va ta’sirli chizilgan: Bedananing otasi bor ekan, nor ekan, Onasiga oriyat yor ekan, yor ekan. Dori-darmon, o`t-o‘lan keltirib, keltirib, Qari qushga tutishib, ichirib, yedirib, Aylanishib boshida turdilar. Sog‘ayishning chorasini ko'rdilar, ko'rdilar... Va-vaq, va-vaq, Bit-bil-diq. Biz har doim bolalar adabiyotida o'y-o'ylash, xayol surish, o'zining uchqur xayollari bilan yashash haqida yozilgan asarlarni qizg'in qo'llab quvvatlaymiz. Miraziz A’zamning ham “Xayol surish” she’rining qahramoni har bir narsani tezroq bilib olgisi, uning poyoniga yetgisi




1www.Ziyonet.uz.
16
keladi. Lekin u qanchalik o'ylanmasin, xayol surmasin, aqliy tafakkuri hali to'la rivojlanmaganligi sababli ko'p narsalami tushunmaydi, ojizlik qiladi. Ota o'g'ilini unchalik o'ylamaslikka chaqiradi. Otaning nasihati bilan bola o'zini tinchita olmaydi: Kun qisqa qanday qilib kun chiqadi, deb о`ylayman, Tun cho`zilsa, nega tun cho‘zildi, deb o`ylayman.1 Uni xayol qilaman, Buni xayol qilaman o`ylayman, bari bir, o`ylayman. Miraziz A’zamning «Biz yengamiz bo'ronlami» she’ri bugungi mustaqillikka juda qiyinchilik bilan, kurashlar bilan yetib kelganligimizni jarangdor misralar bilan chiroyli ifodalab beradi: Bizni bosdi dovullar, sellar - Omon chiqdik bo'ronlardan, Omon yashar botir ellar – Qo`rqmas vahshiy hayvonlardan, Qorli, muzli cho‘qqilar ham Qolib ketar poyimizda. Jasur qo'shiq bizga hamdam Har bir qo'ngan joyimizda.2 Shoir bu bilan chegaralanib qolmaydi. Hali oldinda qiladigan ishlarimiz, ulug‘ maqsadlarimiz borligini ta’kidlaydi, bolalarni yuksak axloq-odobli bo'lishga, kattalaming ishlarini davom ettirishga chorlaydi: Maqsadimiz tog'day ulug' — Chambarchasdir tutash qo'llar. Ozodlikning yo'li qutlug' — Olg'a, do'stlar, og'aynilar! 3 Miraziz A’zamning “Qirq bolaga qirq savol”, “G'alati tush”, “Nurxon bilan Burxon”, “Ota bilan bola”, “Bir cho'ntak yong'oq” (turkum), “Alla”, “Bola va ona”, “Yo'tal bobo” kabi she’r va qo'shiqlari bolalar adabiyotida katta o'rin egallaydi. “Asror”, “Erk qushi”, “Ona yurt osmonida”, “Antiqa” kabi doston, ertak-dostonlari ham bolalarda katta qiziqish uyg'otib kelmoqda.

Miraziz A’zam haroratli, shijoatli publitsist hamdir. Uning madaniy-adabiy merosni ko‘z qorachig‘idek asrashga da’vat etuvchi bir qator tarixiy-adabiy maqolalari shular jumlasidandir. Adib mohir tarjimon, adabiyot va madaniyatning hormas targibotchisi ham. Uning turk, rus, nemis adiblaridan qilgan tarjimalari, ayniqsa, islom madaniyatiga oid tarjimalari ko‘pchilik mutaxassis va oddiy o‘quvchi ixlosini orttirdi. Miraziz A’zam ijodi gullagan, sermahsul, serfayz bo‘lishiga ishonsa bo‘ladi.





  1. www.Ziyonet.uz

  2. www.Ziyonet.uz




  1. www.Ziyonet.uz

17
Miraziz A’zam 50 yildan buyon o`zbek o`quvchilarini jahon bolalar adabiyoti bilan tanishtirib kelmoqda. So`nggi yillarda bir qancha o`qituvchilar, o`quvchi va talabalar, adabiyot mutaxassislari bolalar adabiyotiga oid barcha tarjimalarni jamlab berishni yozuvchidan so`rardilar. Keyingi ikki yil ichida ko`pchilikning mana shu ehtiyojlarini hisobga olib, yozuvchi va tarjimon M. A’zam tarjimalaridan to`plam tuza boshladi. Va nihoyat mazkur to`plam “Jahon bolalar adabiyoti” nomi ostida vujudga keldi, va u o`n tomdan iboratdir. To`plamdan Angiya Barto, Korney Chukovskiy, Redyard Kipling, Robert Stivinson, Alan Milln, Nozim Hikmat, Janni Rodari va boshqa ko`pgina mashhur yozuvchilarning asarlarini topishimiz mumkin.

Kitob tayyor bo`lganda undagi kamchiliklar ko`zga tashlandi. Ispaniya, Vengriya, Portugaliya, Gretsiya kabi Yevropa mamlakatlaridan, Afrika yurtlaridan, Chilidan boshqa Janbiy Amerika mamlakatlaridan, Osiyoning Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Koreya kabi qator davlatlaridan, Avstraliyadan bolalar adabiyoti namunalari yo`qligi, bu yurtlarning tillarini biluvchi mutaxasislar uchun hali keng maydon ochiq qolganligini ko`rsatadi.


Tanlangan millatlarning bolalar adabyoti namoyondalari va ularning faoliyati haqida to`laroq tasavvur uyg`otish va kitobning o`qishli bo`lishini ta’minlash maqsadida, kamida 5-6, ko`pida 10-15 she’r, ba’zan 1-2 bosma taboq hajmida 1-2 hikoya yoki bir necha ertak, doston va afsonalar tanlab tarjima qilindi.





Download 444,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish