Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya


  Nutqida  kamchiligi  bo'lgan  bolalar tasavvuri



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

9.4.  Nutqida  kamchiligi  bo'lgan  bolalar tasavvuri
Inson  ongida  ilgari  eshitish,  ko'rish,  sezish  orqali  idrok  qilin­
gan obyektlar to‘g‘risidagina emas, balki idrok qilinmagan obyektlar 
(narsalar,  voqealar,  shaxslar,  joylar  va  sh.k.)  to'g'risida  ham  tasav­
vurlar bor.  Xayol  (tasavvur)  boshqa psixik jarayonlarning faoliyatini 
boyitadi.
Tasavvur qilishning  asosiy  vazifalari  quyidagilardan  iborat:  bor- 
liqni tasavvurlarda  ko'rish va turli  hayotiy muammolarni  yechishda 
ulardan  foydalanish  imkoniyatini  ta ’minlaydi;  hissiy  munosabatlar- 
ni  boshqaradi;  bilish jarayonlari  va  inson  holatini  ixtiyoriy  boshqa- 
radi;  insonni  ichki jihatdan  shakllantiradi;  faoliyatni  rejalashtiradi 
va  dasturlashtiradi.
Hozirgi  kunda  korreksion-logopedik  ishni  bolalarda  bilish  ja- 
rayonlarining  rivojlanishidagi  kamchiliklarni  hisobga  olgan  holda 
tashkil  etish  zarurligi  defektologiya  fanining  dolzarb  masalalaridan 
bo'lib  qolmoqda.  Bu  esa  nutq  kamchiliklariga  ega  bo'lgan  bola­
larda turli psixik jarayonlarning o'ziga xos xususiyatlarini maqsadga
173


yo‘naltirilgan  holda  chuqur  o‘rganish  masalasining  muhimligini 
belgilab beradi.  Hozirgacha bunday bolalarda idrok, xotira, tafakkur 
bilan  bir qatorda tasavvurning rivojlanishiga tegishli ancha-muncha 
ilmiy va  eksperimental  material to‘plandi.
Me’yorda 
rivojlangan 
bolalar 
tasavvurini 
o‘rganishga 
bag‘ishlangan  tadqiqotlarda  tasavvur  va  nutq  o‘rtasida  yaqin  aloqa 
borligi  ta ’kidlanadi.  «Tasavvurning  rivojlanishi  ustida  olib  borilgan 
kuzatishlar,  —  deb  yozgaj^  edi  L.S. Vigotskiy,  —  bu  funksiyaning 
nutq  rivojlanishiga  bogliqligini  ko‘rsatdi.  Nutq  rivojlanishidagi 
kamchiliklar tasavvur rivojlanishiga  ham  to‘sqinlik  qiladi».
Nutqi  to‘liq  rivojlanmagan  maktabgacha  yoshdagi  bolalarda 
tasavvur  xususiyatlari  bir  qator  metodikalar  asosida  olib  borilgan 
eksperimental  kuzatuvlar  natijasida  tekshirildi  va  tadqiq  etildi. 
Tadqiqotlarda  bolalarning  ijodiy  tasavvurini  o‘rganishda  ko‘proq 
«Berilgan  geometrik  shakl  bo‘yicha  rasm  yaratish»,  Rorshax  testi, 
«Boshi  bor  rasmni  tugallash»  metodlari  qo‘llanadi.  Bunda  eksperi- 
ment  individual va guruhiy shaklda olib borilishi mumkin.  Eksperi- 
mentning  borishida  bolalarning  berilgan  vazifani  bajargan  vaqti, 
ular faoliyatining  sifat jihatdan  tahlili  o'tkazildi.
Nazorat  va  eksperimental  guruhlar  birinchi  metodika  bo‘yicha 
tekshirilganda  shu  narsa  ayon  boldiki,  bajarilgan  rasmlarning  soni 
bo‘yicha  nutqi to‘liq  rivojlanmagan  bolalar guruhi bilan  me’yordagi 
bolalar  guruhi  o‘rtasida  uncha  sezilarli  tafovut  kuzatilmadi.  Biroq 
me’yordagi  bolalar rasmlarida  yaratilgan  obrazlar soni  eksperimen­
tal  guruh  bolalarinikidan  o‘rta  hisobda  beshtaga  ko‘proq  ekani 
ma’lum  boldi.  Nutqi  me’yorda  rivojlangan  bolalar  figuralarni  fa- 
zoda joylashtirishda ham nutq kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalarga 
qaraganda  ancha  erkin  ish  tutishi  ma’lum boldi.
Shunday  qilib,  nutqida  kamchiligi  bor  bolalar  chizgan  rasmlar 
obrazlarning  qashshoqligi,  fazoviy  tasavvurlarning  noaniqligi  bilan 
ajralib  turadi.
Ma’lumki,  o‘yin  —  bolalarning  tabiiy  holati.  Nutqi  to liq  
rivojlanmagan  bolalar  turmush  mavzusiga  oid  o‘yinlarni  ko'proq 
yaxshi  ko‘radilar,  chunki  ular uncha keng tasavvurni talab etmaydi 
va  har kuni  kuzatiladigan  tanish  sahnalardan  iborat  bolladi.  Biroq 
ko‘p  holda  ularning  o‘yinlari  o‘zining bir xilligi,  mazmuni  deyarli
174


boyitilmasligi  bilan  xarakterlanadi.  O'ylab  qo'yilgan  fikr  mus­
tahkam   bo'lmaydi  va  o'yin  ayrim  hollarda  tugallanmay  to'xtatib 
qo'yiladi.  Nutqiy  nuqsonga  ko'ra  o'zaro  muloqot  imkoniyatl^ri 
cheklangan  bo'ladi.  Xulosa  qilib  aytganda,  nutqi  to'liq  rivojlan­
magan  bolalarda  o'yin  faoliyati  me’yorda  nutq  rivojlanishiga  ega 
tengdoshlariga  nisbatan  ancha  sust  bo'ladi,  o'yin  yangi  detallar 
bilan  boyitilmaydi.
Nutqi  to'liq  rivojlanmagan  bolalar  uchun  ijodiy  topshiriqlarni 
bajarish  qiyinchilik  tug'diradi:  masalan,  pedagog  hikoyasini  qayta 
gapirib  berish,  shaxsiy  tajribadan  olingan  hodisalarni  gapirib  be_ 
rish.  Ular  so'zning  ko'chm a  ma’nosini  metaforalarni  yaxshi  tu~ 
shunmaydi.  Bu  muammolarni 

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish