Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

Savol  va  topshiriqlar
1.  Eshitish  buzilishlarining  omillari  deganda  nimani  tushu- 
nasiz?
2.  Biologik omillarga  misol  keltiring.
3.  Kar  va  zaif  eshituvchi  bolalarning  ruhiy  rivojlanishi  qay 
tarzda  kechadi?
4.3.  Eshitishida  nuqsoni  bo'lgan  bolalarning 
pedagogik tasnifi
Eshitishida  nuqsoni  bo'lgan  bolalarni  tasniflash  tarixi  bir  ne- 
cha asrlarga teng.  Jumladan,  birinchi tasniflash XVI  asrlarga to'g'ri 
keladi.  Undan  Italiya  olimi  D.Kardano  3  guruh  karlarni  ajratgan, 
karlikni vujudga kelish vaqtiga bog'liqligi va nutqiy rivojlanish dara- 
jasiga  asoslangan:
1)  tug'ma  karlar;
76


2)  erta  kar boigan  (nutqi  rivojlangunga  qadar);
3)  kech  kar boiganlar  (nutqi  saqlanib  qolganlar).
XVIII  asr  fransuz  pedagogi  R.A. Sikar  eshitish  nuqsoni  har 
xil  boigan  bolalarni  guruhlarga  boiishni  va  ularni  bo iak   holda 
o'qitishni  taklif qilgan.  XIX  asrning birinchi  yarmida  rus  surdope- 
dagogi V.I. Fieri kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarni,  kech kar b oiib 
qolganlarni va zaif eshituvchini bo iak  holda o'qitishni taklif qilgan. 
Parijdagi  kar  va  zaif  eshituvchi  o'quvchilar  instituti  vrachi  J. Itar 
besh  guruh  karlarni,  ularning  tovushlari  va  nutqlarning  eshitishiga 
qarab  ajratgan:
1)  yuqori  nutq  va  tovushlarni  qulogining  yaqinida  eshituvchi-
lar;
2)  unli  va  undoshlilarni  ajratuvchilar;
3)  ayrim unli  va undoshlarni  ajratuvchilar;
4)  nutqlarni  eshitmaydigan,  lekin  baland  tovushlarni  eshitadi- 
ganlar;
5)  umuman  eshitishida  nuqsoni boiganlar.
Karlik  —  eshitishning  mutlaqo  yo'qligi  (mutlaqo  eshitmaslik) 
yoki  pasayishining  shunday  shakliki,  unda  og'zaki  nutq  faqat  qis­
man,  eshitish  apparatlari  (moslamalari)  yordamida  idrok  etiladi.
Zaif  eshitish  —  har  ikkala  quloq  bilan  eshitishning  pasayishi, 
unda  nutqni  idrok  etishda  qiyinchiliklar  yuzaga  keladi,  biroq  ovoz 
kuchaytirilganda  uni  idrok  etish  mumkin  boiadi.  Eshitishning  bu­
zilishi  sabablarini ta’riflashda turlicha qarashlar mavjud.  Ko'pincha 
eshitish  patologiyasini  keltirib  chiqaradigan  sabab  va  omillarning 
3-guruhi  farqlanadi  (D.I. Tarasov  va  boshq.).  Sabab  va  omillarning 
1-guruhi  nasliy  xarakterga  ega.  Bu  kabi  sabablar  eshitish  analiza­
tori  strukturasida  buzilishlarga  va  nasliy  karlikning  rivojlanishiga 
olib  keladi.  Bolalarda  karlikning  nasliy  omillari  hissasiga  barcha 
holatlarning  30%  dan  50%  igacha  to'g'ri  keladi.  Nasliy  karlik  yoki 
zaif eshitish  organizmdagi  boshqa  a’zolar va  tizimlardagi  anomali- 
yalar  (ko'rish  a’zolarining  kasallanishi,  suyak-mushak,  asab  tizimi, 
endokrin  tizim  patologiyasi  va  sh.k.)  bilan  birga  kechishi  mum ­
kin.  Nasliy  karlik  masalalari  bilan  shug'ullanadigan  genetiklar 
ta’kidlashicha,  odam  gametalarida  eshitish  o'tkirligiga  ta ’sir  eta- 
digan  50  tagacha  turli  genlar  bo'lishi  mumkin.  Ota-onalardan  biri
77


nasliy karlik bilan  og‘riganida kar yoki  zaif eshituvchi bola tug'ilish 
ehtimoli  keskin  ortib  ketadi.  Ota-onalarning  har  ikkisida  nasliy 
karlik  kuzatilsa,  eshitishida  nuqsoni  boigan  bola  tug'ilishi  ehti­
moli  50%  dan ortadi.  Sabab va  omillarning  2-guruhiga homilaning 
eshitish  a’zolariga  tug‘ma  karlikka  olib  keladigan  (nasliy  murak- 
kablashishsiz)  endogen  va  ekdogen  ta ’sirlar  kiritiladi.  Homiladorlik 
paytida  onaning  kechirgan  kasalliklari  katta  ahamiyat  kasb  etadi. 
Bu  kabi  kasalliklarga  qizilcha,  gripp,  parotit  kiradi.  Homiladorlik 
paytida  homila  va  bo‘lg‘usi  ona  rezusiga  mos  kelmaydigan  ototok- 
sik  dorilar  iste’mol  qilish  ham  ta ’sir  ko‘rsatishi  mumkin.  Bolaning 
eshitishi  rivojlanishida  patologiyaning  paydo  bo'lishiga  homilador 
ayolning alkogol, giyohvand vositalarni iste’mol qilishi,  shuningdek, 
chang  ko'p  bo‘lgan  va  boshqa  kasbiy  zararlar  mavjud  korxonalarda 
ishlashi  ham  ta’sir o‘tkazadi.
3-guruh  omillari  rivojlanishning turli  bosqichlarida  sog'lom bo­
laning  eshitish  a’zosiga  ta’sir  etadi  va  orttirilgan  zaif  eshituvchi- 
likning  yuzaga  kelishiga  sabab  bo'ladi.  Eshitishning  buzilishi  eti- 
ologiyasida  yuqumli  (infeksion)  kasalliklarning  roli  katta.  Bu  kabi 
kasalliklarning  eng  xavflilari  epidemik  meningit,  sil  (tuberkuloz) 
meningiti,  skarlatina  va  boshqalar.  Eshitish  ototoksik  dori  vosita- 
lari  (kanamitsin,  stireptomitsin,  neomitsin  va  boshqa)  ta’sirida  za- 
rarlanadi.  Bolalarda  orttirilgan  zaif eshituvchilikning  qariyb  50%i 
ototoksik  antibiotiklar  iste’molidan  keyin  kuzatiladi  (D.l.Tarasov). 
Bu preparatlar bilan  davolashda xavflilik omili  chala tug'ilish,  bola­
ning  umumiy  somatik  zaifligi  sanaladi.  Eshitishning  buzilishiga 
olib keladigan sabablarga tug'ilish paytidagi jarohatlar, tug'ilayotgan 
bolaning  boshiga  qisqichlar  qo'yilishi,  o'rta  quloqqa  operativ  tegi- 
nishlar  (operatsiyadan  keyingi  asoratlar),  jarohat  chog'ida  eshitish 
suyakchalari zanjirining uzilishi, adenoid vegetatsiyalar va boshqalar 
kiradi.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish