Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

Savol va  topshiriqlar
1.  Xotira psixologik jarayonini  izohlab bering.
2.  Aqli  zaif o'quvchilarning  qisqa  muddatli  xotirasi.
3.  Aqli  zaif o'quvchilarning uzoq  muddatli xotirasi.
4.  Aqli  zaif o'quvchilarning xotira  xususiyatlarini tekshirish  us- 
lubiyatlari  mazmunini  yoriting.
40


2.4.  Aqli  zaif o'quvchilarning  diqqati
Diqqat  ongning  ma’lum  manbani  toTaroq  aks  ettirishi  uchun 
o‘sha  manbaga  qaratilishidir.  O'sha  manbalarga  diqqatni  qara- 
ta  bilish  esa,  shaxsning  faolligini  bildiradi.  Diqqat  hayotda  ruhiy 
faoliyatning  bir  tomoni  bo‘lib  ko‘zga  tashlanadi.  Shu  bilan  birga 
muvaffaqiyatli  bilim,  ko‘nikma,  malaka  egallashning  asosi  hisobla­
nadi.  Ixtiyoriy  diqqat  ruhiy  hayotning  xususiyati  sifatida  mehnat 
faoliyatida yuzaga  kelgan.  Diqqatning fiziologik mexanizmlari juda 
ham  murakkabdir.  Mutaxassislarning  ta’kidlashlaricha,  diqqatning 
mexanizmi  reflektor  faoliyat  bilan  bog'liq.  Diqqatning  namoyon 
bo'Iishini,  yuz berishini kishining holatidan,  yuz mimikasidan ham 
bilsa  bo'ladi.  K.D. Ushinskiy  diqqatni  inson  qalbining  eshigi  deb 
bejiz  ta ’riflamagan  bo'lsa  kerak.  Insonning  faollik  darajasiga  ko'ra 
diqqatning  3  turini  ajratish  mumkin:
1.  Ixtiyorsiz  diqqat.
2.  Ixtiyoriy  diqqat.
3.  Ixtiyoriydan  so‘nggi  diqqat.
Ko'pincha  tadqiqotchilarning  ta’kidlashlaricha,  mo'ljal  olish 
faoliyati  hamda  yangi  tasavvurlarga  ehtiyoj  hammadan  ko‘ra  bosh 
miya po‘stlog‘i to'laqonli bo'lmagan go'daklarda zaiflashgan bo'ladi 
(S.S.Korsanov,  G.Y. Suxaryova).  G.Y. Suxaryova  ta ’kidlashicha, 
«Oligofren  bo'lgan  bolalarda  sog'lom  bola  uchun  xarakterli  bo'lgan 
atrof-muhitni  o'rganishga  shiddat  bilan  intilish  mavjud  bo'lmaydi».
Aqli  zaif bolalar  diqqatining  o'ziga  xosligi  anchagina  faktorlarga 
bog'liqdir.  Oliy nerv faoliyatining xususiyatlari aqli zaiflikning o'zak 
belgilari  (nerv  jarayonlarining  kam  harakatliligi,  dominantaning 
zaifligi,  mo'ljal  olishning  buzilishi)  uning  butun  shaxsiy  rivojla­
nishining  borishida  chuqur  iz  qoldiradi,  diqqatning  tahliliga  olib 
keladi.  Bu  esa  o'z  navbatida  psixik  faoliyatning  mazmuniga  kirar- 
kan,  uning jarayoniga hamda natijasiga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Xusu­
san,  bu bolaning analiz va sintez jarayonlarining nisbatan yuqoriroq 
darajasini  talab  etuvchi vazifalarni bajarayotganida  ayon bo'ladi.
Diqqatning kamchiliklari nutqda o'z asoratini qoldiradi.  Bunday 
bolalar o'zlarining va o'rtoqlarining nutqiga e’tibor berishmaydi.  Bu 
esa  harakatlarning  parokandaligiga  sabab  bo'ladi.  Diqqat  kamchi-
41


liklari  xususan  notanish  materialni  o‘tishda,  qiyinchiliklarga  duch 
kelganda  namoyon  boiadi.  Aqli  zaif bolalar  qiyinchiliklarni  yengib 
emas,  uni  chetlab  o‘tishga  urinadi.  Aqli  zaif bolalarning intilishlari 
mushohada  va  muhokamalari  bilan  asoslanmagan boiadi.
Aqli  zaif bolalarda iroda jarayonlarining yetarli rivojlanmaganli­
gi hamda hislarini  intellektual boshqarishning zaifligi tufayli yorqin 
va  kuchli  qo'zg'atuvchilardan  foydalanib  ixtiyoriy  diqqatni  tez  va 
osongina keltirib chiqarish mumkin.  Lekin ular diqqatini tutib turi- 
shi juda  mushkul  boiadi.
Uyg‘onish  jarayonlarining  buzilishi  hamda  ichki  tormozlanish 
aqli  zaif bolaning  ish  qobiliyati  buzilishiga  olib  keladi.  Asab  tizi- 
mining  kam  harakatliligi,  ulardan  birining  qotib  qolishi  aqli  zaif 
bolalarga  o‘z diqqatini bir obyektdan boshqasiga ko‘chirishni  qiyin- 
lashtiradi.  Shuningdek, bu faoliyatning boshqa turiga qiyinchilik bi­
lan ko‘chishga olib  keladi.  Tanaffusdan so'ng  aqli  zaif bolalar o‘quv 
materialining  mazmuniga  o'zlarini  qayta  jalb  etolmaydilar,  o‘quv 
jarayoniga  kirishib  ketolmaydilar.  Bu  xususan  lanj,  tormozlangan 
bolalar  uchun  xarakterlidir.  To'satdan  berilgan  savolga  bola,  garchi 
materialni  bilsa  ham  darhol  javob  bera  olmaydi.  Unga  diqqatini 
yangi  mazmunga ko'chirish  uchun  muayyan vaqt  kerak.
Sogiom rivojlanayotgan quyi sinf o'quvchilari bilan aqli zaif bo­
lalar orasidagi  keskin  farq  diqqatni  taqsimlashda  namoyon boiadi.
T aiim   olish  jarayoni  diqqat-e’tiborni  bir joyga  to'plashni  talab 
qiladi.  Lekin  aqli  zaif bolalarda  asosiy  g'oya  zaifdir.  U  qiyinchilik 
bilan  shakllanadi  va  yengil  soiadi.  Tez  yo'qoluvchi  bir  g'oyaning 
o'rniga  ikkinchisi  yuzaga  keladi.  Bu  diqqatning patologiyasiga,  faol 
diqqatning  buzilishiga,  diqqatning  noixtiyoriy  tebranishida  o'z  ifo- 
dasini topgan ortiqcha  chalg'uvchanlikka olib keladi.  Bunday paro- 
kandalikda  bola  o'z  faoliyatini  ko'ziga  nima  ko'rinsa  shunga  sarf- 
lab  hech  bir  ishini  oxiriga  yetkaza  olmaydi,  o'z  diqqatini  o'rganish 
obyektiga jamlay  olmaydi.
Diqqatning  chalg'uvchanligi  uning  parishonxotirligida  o'z  ifo- 
dasini  topadi.  Bu  esa  diqqatning  barqarorligiga  batamom  ziddir. 
Toliqish,  asablarning  bo'shligi,  asab  tizimining  holdan  toyishi 
natijasida  tashqi  qo'zg'atuvchilarni  kuchaytiruvchi  chalg'uvchanlik 
sodir boiadi.
42


Chalg'uvchanlikning oldini olish uchun m a’lum bir vaqtda faoli­
yat  turini  o‘zgartirib  turgan  m a’qul.  Agar bunday  qilinmasa  bolalar 
tormozlanish holatiga tushib  qolishib,  mehnatdan  chiqib  ketishadi.
Aqli  zaif bolalar irodaga  bog'liq  ishlarni  har doim  deyarli  qoni- 
qarsiz  bajaradilar.  Bu  o'rinda  mashhur  fransuz  pedagogi  E.Segen- 
ning  ushbu  fikrlari  e’tiborga  loyiq:  «Chuqur  aqli  zaif  bola  hech 
narsa qila olmaydi,  hech narsa bilmaydi,  eng kerakligi  esa  — u hech 
narsani  xohlamaydi».  Demak,  aqli  zaif  bolalardagi  asosiy  nuqson 
xohish,  istakning  yetishmasligidir.
Shu narsa ma’lumki,  aqli zaif bolalar dars jarayonlarida tez char- 
chaydilar.  Bu  bolalarning  diqqatlari  uzoq  muddat  biror  nuqtaga, 
ta ’limga  qaratilmaydi.  Shuning  oqibatida  bu  bolalar  tez-tez  dars- 
dan  chalg'ib turadilar.  Aqli  zaif bolalarning dars vaqtlarida chalg'ib 
turishlari,  ularning  o'z  xohish-istaklari  bilan  emas,  balki  bosh  mi- 
yalarida  yuz  bergan  kasallikning  natijasidir.  Shu  sababli  yordam- 
chi maktablarning xodimlari bunday holatlarga to'g'ri munosabatda 
bo'lishlari  kerak.
Ta’lim  jarayonlarida  ixtiyoriy  diqqatning  vaqti-vaqti  bilan  ixti­
yorsiz  diqqatga  o'tib  turishi  yaxshi  samara  beradi,  ya’ni  bolaning 
ixtiyoriy  diqqatlari  muddati  cho'zilib  boradi.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish