Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya


Ko‘rgazma-obrazli  tafakkur



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

Ko‘rgazma-obrazli  tafakkur
Bola  anglash  faoliyatini  shakllantirish  va  rivojlantirishda  tafak­
kur  muhim  rol  o'ynaydi.  Bola  rivojlanishining  ma’lum  bir  bos- 
qichida  unga  m a’lum  turdagi  faoliyat xos bo'ladi.
Ilk  yoshda  tafakkur  shakllanishida  asosiy  o'rinni  m ulo­
qot,  predmetli  faoliyat  egallaydi  (L.S. Vigotskiy,  A.V. Zoporo- 
jets,  A.N.Monstev,  D.B. Elkonin).  Hozirgi  vaqtda  m ashhur 
psixologlarning  ta ’kidlashicha,  bolalarda  maktabgacha  yoshda 
ko'rgazmali-harakat,  ko'rgazmali-obrazli  va  so'z-m antiq  tafak­
kuri  rivojlanadi.  Bu  tafakkur  shakllari  ontogenez jarayonida  bir- 
biri  bilan  almashinadi,  ammo  birinchi  ko'rgazmali-obrazli  tafak­
kur  hisoblanadi.  U  bola  rivojlanishi  jarayonida,  ular  tom onidan 
ijtimoiy  malakalarni  egallash  orqali  shakllanadi.  Bola  tafakkur 
rivojlanishida  kattalar  asosiy  o'rinni  egallaydi,  ular  tafakkurni 
o'qitish  va  tarbiyalash  orqali  rivojlantirishi  kerak.  Bolalarda  ilk 
yoshda  ko'rgazmali-obrazli  tafakkurni  o'rganish  bilan  L.S. N o ­
voselova  shug'ullangan.  U  bola  tafakkurining  rivojlanishi  butun- 
lay  uni  predmetli  faoliyati  shakllanishi jarayoni  bilan  bog'liq  deb 
ko'rsatgan.  Bolada  predm etlilikning  paydo  bo'lishi  ular  tom oni­
dan  insoniy  faoliyat  usullari  va  amalga  oshirish  motivlarini  egal­
lash  yo'li  orqali  amalga  oshadi.
Aqli zaif bolada aks ettiruvchi faoliyatning farqli xususiyati unda 
bilish  faoliyatlarining  buzilmaganligi  hisoblanadi.  Bu  eng  avvalo 
umumiy va  vositali bilimning buzilishidir.
Maqsadga  qaratilgan faoliyat  sifatida tafakkur har doim  ma’lum 
muammoning  yechimi  sifatida  yuzaga  chiqadi.
Aqliy  masalalarni  yechish jarayoni  bir  nechta  bosqichlarga  ega: 
masala  shartini  tushunish,  savol  qo'yish,  yechim  ehtimoli  farazini 
yaratish,  yechimni  topish  va  uning  to'g'riligini  tekshirish.  Barcha 
fikrlash jarayonlari  o'zida  shaxsning qobiliyatlari,  bilim va malaka- 
larini  ochib  beruvchi  ixtiyoriy,  maqsadga  qaratilgan  faoliyatlari- 
ni  amalga  oshiradi.  Aqliy  masalalarni  yechish  aqli  zaif  bolalarda 
boshlang'ich  davrdayoq  muhim  qiyinchiliklarga  olib  keladi.  Ular 
ko'pincha masalani  noto'g'ri  anglaydi,  uni  qisqartiradi  yoki  buzadi. 
Shu  tariqa,  avval  boshdanoq,  maqsadga  qaratilgan  tafakkur  buzil-
32


gan va u boshqaruvchi vazifani boshqara olmay qoladi.  Yechishning 
keyingi  bosqichlarida  kamchiliklar  kuzatiladi.  Qo‘llanilayotgan 
yechish  usullari  noto‘g‘ri  va  samarasiz  boiadi.  Masalani  yechish 
jarayonida qo‘yilgan maqsaddan chetga chiqish,  muammoning qay- 
sidir xususiy tomonida to‘xtab  qolish  kuzatiladi.  Yechish jarayonida 
ko‘pincha xatolar va tekshirishlar majmuyiga  olib keladi.  Tekshirish 
zarur bosqich  sifatida  qabul  qilinmaydi.
Olingan  natijalar  boshlang‘ich  m a’lumotlar  bilan  bogliq 
bolm aydi.  Tafakkurning past mahsulligi aqliy masalalarni yechish­
ning barcha bosqichida  ko'rinadi.
Yuqorida  keltirilgan  ma’lumotlar  asosida  aqli  zaif bolalarga  o‘z 
faoliyatini  tashkil  etishga,  aqliy  jarayonning  bosqichi  to‘laqonli 
o'tishiga  yordam  berish  kerak.
Ko‘rgazmali-obrazli  tafakkur  uchun  obrazlar  bilan  aqliy  faoli­
yat  natijalari,  tasavvuri  orqali  aqliy  masalalarni  yechish  xarakterli 
hisoblanadi.
Haqiqiy  hayotdagi  predmetlar  obrazini  tahlil  qilish,  ichki  nutq 
yordamida  amalga  oshiriladi.  M e’yorda  rivojlanayotgan  bolalarda 
ko‘rgazmali-obrazli  tafakkur asosan maktabgacha yoshda rivojlana- 
di.  Aqli  zaif o'quvchilarda  tasavvur  etilayotgan va  idrok etilayotgan 
predmetlarni  analiz  va  sintez  qilishning  rivojlanganligi  kuzatiladi. 
Ularning diqqatini predmetlarning mavjud boim agan xususiyatlari, 
yorqin ko‘zga tashlanadigan belgilari tortadi.
Maxsus  maktab  o'quvchilarida  alohida  predmetlar va  predmetli 
holatlarni  so‘z  bilan  tavsiflashda  qiyinchiliklar  kuzatiladi.  Bu  toi­
fa  o‘quvchilar  o‘zlariga  tanish  predmetlarni  qarama-qarshi  qo‘yib, 
ularni  taqqoslashda  ularning  umumiy  xususiyatlaridan  asosiysini 
aniqlash  imkoniyatiga  ega  emas.  Ularda  tasavvurga  ko‘ra  taqqos­
lash  vazifasini  tushunmaslik  kuzatiladi.  0 ‘quvchilar  so‘zni  erkin 
ravishda  qoilay  olmaydi.  T.A. Pratsko  aqli  zaif  bolalarda  topish- 
moq  materiali  asosida  so‘zli-obrazli  masalalarni  yechish  xususiyat­
larini  o‘rgangan.  Uning  aniqlashicha,  topishmoqni  tushunishning 
boshlang‘ich  bosqichida  o'quvchilar uning javoban ifodasini topgan 
so‘zlarni  ajratadi.  Nutqning  tasviriy  vositasi  ular  uchun  tushunar- 
sizligicha  qoladi.  Ammo  aqli  zaif o ‘quvchilarning  aqliy  faoliyatini 
ko‘rgazmali  vositalar  yordamida  faollashtirish  mumkin.  Maktab
33


sharoitida  o‘qitish  jarayonida  ko'rgazmali-obrazli  tafakkur  rivojla- 
nadi.  Obyektlarni  aqliy  analiz  qilish  maydoni  kengayadi,  tasav­
vur  roli  kengayadi,  mavhumlashtirish  qobiliyatining  rivojlanishida 
ahamiyatli  siljishlar  kuzatiladi,  1-sinfdan  5-sinfgacha  ko'rgazmali- 
obrazli  tafakkur  rivojlanishida  ijobiy  dinamika  kuzatiladi.  Shu  bi­
lan  birga  aqli  zaif  o'quvchilarning  ko'rgazmali-obrazli  tafakkuri 
sog'lom  tengdoshlarinikidan  baribir  pastligi  aniqlangan.  Ko'pgina 
aqli  zaif  o'quvchilarda  murakkab  hayotiy  malakalar  bilan  bog'liq 
bilim va tasavvurlari  orqali  amalga oshiriladigan aqliy faoliyatlarida 
yetarli  darajada  umumlashtirishga  erishmaydilar.  Buning  oqibatida 
ular  aqliy  masalalarni  yechishda  so'z  ma’nolaridan  erkin  foydalana 
olmaydi.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish