Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

Mantiqiy tafakkur
Fikrlash  qobiliyati  aqli  zaif bolalarda 
0
‘ziga  xos  tarzda  amalga 
oshadi.  Aqliy  faoliyat jarayoni  o'zaro  bog‘liq  aqliy  operatsiyalar bi­
lan amalga oshiriladi.  Predmet  va hodisalarni  tahlil qilish jarayoni­
da aqli  zaif bolalar sogiom  tengdoshlariga  qaraganda  kam,  m aium  
qismlarni  aniqlaydi.  Sintez  qilish  jarayonida  umumlashtirish  ja ­
rayonining  pastligi  kuzatiladi.  Obyektlarning  o'xshash  va  farqli 
belgilarini  aniqlashda  yordam  beradigan  taqqoslash  operatsiyalari 
ham  maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  o‘ziga  xos  tarzda  kechadi. 
Ko'pincha  yo‘q belgilari  taqqoslanadi.
Mavhumlashtirish  —  aqli  zaif  bolalar  uchun  ancha  qiyin  ope- 
ratsiya  hisoblanadi.  Mavhum tafakkurning buzilishi  aqli  zaiflikning 
asosiy  belgisini  tashkil  etadi.  Aqli  zaif  bolalar  tomonidan  umum­
lashtirish situativ xarakterda boiadi.  Tafakkur bilishning bosh quroli 
hisoblanadi.  U  analiz,  sintez,  umumlashtirish,  mavhumlashtirish, 
aniqlashtirish  kabi  operatsiyalar  shaklida  kechadi.  Tadqiqotlar- 
ning  ko'rsatishicha,  bu barcha  operatsiyalar  aqli  zaiflarda  yetarlicha 
shakllangan  va  o'ziga xos tomonlarga ega.  V.G. Petrova,  B.I.Tinskiy,
I.M. Solovyova,  N.M.Stadnenko,  J.I.Shif maiumotlariga  ko'ra,  aqli 
zaif bolalar predmetlarni tushunadi, tahlil qiladi,  qator zarur xususi- 
yatlarni qoldirib,  faqatgina yaqqol aniq qismlarinigina hisobga oladi. 
Bunday tahlil natijasida ular predmetlarning qismlari bilan aloqasini 
o'rnatishda  qiynalishadi.  Odatda,  ular  faqat  predmetlarning  ko'ruv 
xususiyatlariga  tayangan  holda  rangini  aniqlashadi.  Predmetlarni 
tahlil  qilishda  ularning  individual  belgilarini  emas,  umumiy  bel­
gilarini  aniqlaydi.  Analizning  takomillashganligi  uchun  predmet­
larni  sintez  qilish  qiyinlashadi.  Predmetlarning  alohida  qismlarini 
ajrata  turib,  ular  orasidagi  aloqani  o'rnata  olmaydi,  shuning  uchun 
predmetlar  haqida  butun  tasavvurga  ega  boiishda  qiynaladi.  Aqli 
zaif bolalarda taqqoslash operatsiyasida tafakkurning sifatlari  yorqin 
namoyon boiadi,  unda maxsus qo'yilgan analiz va sintez o'tkaziladi. 
Ular predmetlar va hodisalardagi asosiy narsani ajrata olmay, mavjud 
bo'lmagan  belgilarni,  ko'pincha  mos  kelmaydigan  belgilar  taqqos- 
laydilar.  Aqli  zaif bolalar  o'xshash  va  farqli  predmetlarning  farqini 
aniqlashda  qiynaladilar.  Ayniqsa  ular  uchun  o'xshashlikni  aniqlash 
qiyin.  Ruchka  va  qalamni  taqqoslab,  ular:  «ular  uzunligiga  ko'ra


o‘xshash,  yana  ularning  terisi  bir xil»  deb javob  berishadi.  Aqli  zaif 
bolalar tafakkurining farqli  tomoni  tanqidiy qarashning yo'qligi,  o'z 
ishlarini  mustaqil  baholay  olmasligidadir.  Ular  ko'pincha  o'z  xato- 
larini  belgilashmaydi,  bu  ayniqsa  ruhiy  kasallangan  bolalarda  bosh 
miyaning  peshana  qismi jarohatlangan  bolalarda va og'ir darajadagi 
aqli  zaif  bolalarda  yorqin  namoyon  bo'ladi.  Ko'ruv  idroki  asosida 
idrok etilgan fikrlash  natijasidagi  tasvir kambag'alligi,  bog'liq emas­
ligi,  oddiyligi  bilan  ajralib  turadi.  O'quvchi  obyektga  qarab,  uning 
nomini  bilsa  ham,  qismlarini  to'liq  aytolmaydi.  Odatda,  shakllar- 
ning umumiy konturlari  qismlarini tartibsiz bayon  etadi.
Kichik  maktab  yoshidagi  aqli  zaif bolalar uchun  2  va  undan  or- 
tiq  predmetni  solishtirish  qiyinchilik  tug'diradi.  Solishtirishda  I—II 
sinf  o'quvchilari  bir  obyektni  ikkinchisidagi  ajratuvchi  xususiyat- 
lariga  e’tibor  beradilar.  Bu  obyektlarning  o'xshash  xususiyatlarini 
hisobga  olmaydilar.
Bolalar  obyektlar  o'rtasidagi  farqni  solishtirib  bo'lmaydigan 
xususiyatlar  bilan  qiyoslaydilar.  Masalan,  bu  piyola  katta,  bunisida 
esa  ko'k gul rasmi bor.  Ular har xil.  Birinchi predmetning kattaligi, 
ikkinchi predmetning guli  taqqoslangan.
Ayrim  hollarda  o'quvchilar  vazifani  oson  yengil  vazifalar  bilan 
almashtiradi  yoki  obyektni  solishtirish  o'rniga  ulardan  birini  analiz 
qila  boshlaydilar.  Yoki  solishtirishni  boshlab,  o'z  harakatlarini  na­
zorat  etolmaydi.  Bola  o'zi  uchun  qiyin  bo'lgan  vazifada  to'xtay  ol­
maydi  va o'z aqliy  faoliyatini  yengillashtirib  boshqa vazifaga o'tadi.
Aqli  zaif bolalar tafakkurini  tahlil  qilib,  bu jarayonning  stereo- 
tipligi,  qiyin  harakatligi  va  umuman  to'liq  egiluvchan  emasligini 
ta ’kidlash joiz.  Shuning  uchun  mavjud  bilim  va  malakalarni  yangi 
sharoitda  qo'llash  aqli  zaif bolalarda  qiyinchilik  tug'diradi  va  vazi­
fani  xato bajarishga  olib  keladi.
Aqli  zaif  o'quvchilar  tafakkurini  o'rganish  va  to'g'ri  tashxis 
qo'yish  uchun  «Kesma  rasmlar»  metodikasi,  «To'rtinchisi  ortiq- 
cha»  metodikasi,  «Klassifikatsiyalar»  va  «Yetishmaydigan qismlarni 
aniqlash»  metodikalarini  tavsiya  etish  mumkin.
Savol va topshiriqlar
I.  Tafakkur  operatsiyalarini  aytib  bering.
36


2.  Aqli  zaif bolalarning ko‘rgazma-obrazli  tafakkur xususiyatlari.
3.  Aqli  zaif bolalarning ko‘rgazma-harakatli  tafakkur xususiyat­
lari.
4.  Aqli  zaif bolalarning  so‘z  — mantiq  tafakkuri  xususiyatlarini 
ochib bering.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish