Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya


Emotsional  rivojlanish  xususiyatlari



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

Emotsional  rivojlanish  xususiyatlari
Ma’lumki,  aqli  zaif  o‘quvchilarning  asosiy  kontingentini  ota- 
onasiz,  to iiq   oilaga  ega  boim agan  bolalar  tashkil  etadi.  Bunday 
bola  o‘z  oilasi  bilan  to‘liq  muloqotdan  m ahrum  boiadi,  bu  uning 
shaxsi  shakllanishiga salbiy ta’sir ko'rsatadi.
Kech  tashxis  qo'yish,  maxsus  bog‘chalarning  notoiiq  tizimi, 
ichki  oilaviy murakkabliklar qator qiyinchiliklarni  yuzaga  keltiradi. 
Bu  aqli  zaif bolaning  atrofdagi  kattalar va tengdoshlari bilan  mulo- 
qotiga  ham  o'z  ta’sirini  ko'rsatadi.
Inson shaxsi ijtimoiy-tarixiy rivojlanish mevasidir.  U  atrof-muhit 
bilan  aloqadorlikdagi  bir  qancha  munosabatlar  jarayonida  shakl­
lanadi.  Aqli  zaif  bola  shaxsi  aqliy  toiiqsizlik  hisobiga  o'ziga  xos 
shart-sharoitni  talab  etadi.
Shaxsning ko'p qirrali jihatlaridan biri emotsiyalardir,  u har qan­
day  insoniy  faollikka  ijobiy  ta’sir  ko'rsatadi.  L.S. Vigotskiy  intellek­
tual  va  emotsional  doiraning  o'zaro  munosabati  va  ichki  birligini 
e’tirof etadi  va  aqli  zaiflikda  normaga  qaraganda  intellekt va  affekt 
o'rtasidagi  aloqa  o'ziga  xos  boiadi,  deb  ta’kidlaydi.
Aqli zaif bolada emotsiyaning yuzaga kelishi uning yoshi, kamchi- 
likning  chuqurligi  va  o'ziga  xosligi  ijtimoiy  muhitga  bogiiq  boiadi. 
Bog'cha  yoshidagi  bolalar  maqtov,  ma’qullash,  erkalashga  moyil 
boiadi.  Erkalash  va  qo'pol  intonatsiyani  ajratadilar.  O'z  munosaba­
tini  ular insonlarga  yaqinlashish, jilmayish  bilan bayon  etadilar.
Bolalar  kattalar  bilan  qiziqib  o'ynaydilar  va  shunga  mos  ovoz 
chiqaradilar.  Masalan,  bola mashinani o'ynaganda  «bi-bi»  deb ovoz 
chiqaradi.
Katta  bog'cha  yoshidagi  bolalar  atrofdagi  sharoitni  adekvat 
tushunadilar.  Ular  kichik  yoshdagi  bolalarga  nisbatan  nutqga  ega 
bo'ladilar,  o'z  emotsiyalarini  baqiriq  yoki  xulq-atvori  bilan  bayon 
etadilar.  Bu  bolalar qiziqish  bilan  sodda  matnlarni  eshitadilar.  Mi- 
mika,  imo-ishoralar,  so'zlar orqali matn qahramonlariga o'zlarining 
ijobiy  yoki  salbiy  munosabatlarini  bayon  etadilar.  Odatda,  bu  bola­
lar o'z  yaqinlari  va  o'rtoqlarini  yaxshi  ko'radilar.
Nuqsonning  klinik  xarakteriga  ko'ra  bog'cha  yoshidagi  bolalar 
o'z  emotsiyalarini  ko'rsatib,  o'zlarini  turlicha  tutadilar.  Ularning
6 i


harakatlari  qat’iy,  emotsional,  reaksiyalari  yuzaki  bo'ladi.  G ‘azab, 
xafagarchilik,  g'am  impulsiv  namoyon  bo‘ladi  va  o‘zi  tomonidan 
nazorat  etilmaydi.
Aqli  zaif bog'cha  yoshidagi  bolalarda  emotsiyalarini  rivojlanti­
rish,  ular hayotini,  maxsus pedagogik ta’sir ko'rsatish  asosida  amal­
ga  oshiriladi.  Aqli  zaif  bolalarda  emotsional  doirani  rivojlantirish 
tashqi shart-sharoitlarga bog'liq bo'ladi.  Bu maxsus ta’lim va bolalar 
hayotini  to'g'ri  rejalashtirishdir.  Bunday  o'quvchilarga  g'am,  alam, 
xafagarchilik va xursandchilikning impulsiv ko'rinishlari xosdir.  Bu 
holatlar  ta’lim-tarbiya  jarayonida  silliqlashadi,  bolalarda  ijtimoiy 
adaptatsiya uchun  zarur xulq-atvor shakllanadi.
Aqli  zaif o'quvchilar  asosan kichik yoshdagi  o'quvchilar rasmda 
tasvirlangan  personajlarning  emotsional  holatini  tushunmaydilar. 
Bu  o'quvchilar  rasm  personajlarining  harakatlari  va  imo-ishorala- 
rini  noto'g'ri  qiyoslaydilar,  noaniq,  ba’zan  noto'g'ri  tasavvurga  ega 
bo'ladilar  (E.A. Yevlaxova).  Maxsus  maktab  o'quvchilari  ijtimoiy- 
m a’naviy xarakterdagi murakkab tuyg'ularni,  nozik hislarni tushun­
maydilar.  Lekin xursandchilik yoki g'am,  xafagarchilik tuyg'ularini 
to'g'ri  tushunadilar va  nomlaydilar.
Maxsus maktab ta’lim sharoitining birinchi yillarida o'quvchilarda 
embrional dezoptatsiyaga moyillik kuzatiladi, bu ayni kategoriyadagi 
bolalarni  ta’limga  emotsional  va  shaxsiy tayyor  emasligidan  dalolat 
beradi.  Yuqori  sinflarda ular  ijtimoiy  moslashuvda  muvaffaqiyatlar- 
ga  erishadilar.  Bu  ularning  oiladagi,  maktabdagi  xulqida  namoyon 
bo'ladi.  Aqli  zaif o'smirlar turli jamoalarda  muloqotga  kirishadilar. 
Bu  maxsus  ta’lim  jarayonida  aqli  zaif  o'quvchilarning  emotsional 
rivojlanishida  ijobiy  o'zgarishlar  ro'y berishidan  dalolat beradi.
Aqli  zaif  bolalarning  hissiy-irodaviy  doirasi  rivojlanishning 
boshlang'ich bosqichlari bo'ladi.  Uning shakllanishi nutqning paydo 
bo'lishi  bilan  bog'liqdir.  Lekin  xulqni  nazorat  qilish  malakasining 
shakllanishi  aqli  zaif  bolalarda  ma’lum  murakkablikka  ega.  Oli- 
gofren maktabgacha yoshidagi bolalar o'z xulqini,  xohishini nazorat 
qila  olmaydi.  Aqli  zaif bolalar  uchun  xulq-atvorning  buzilishi  ham 
xosdir.  Ularda o'quv,  o'yin,  mehnat faoliyatida motivatsiyaning past 
darajadaligi,  ichki  his-tuyg'ularning  zaifligi,  o'z  xatti-harakatlariga 
javobgarlik  hissi  yo'qligi  namoyon bo'ladi.
62


Maxsus  maktabdagi  ta ’lim jarayonida  aqli  zaif o‘quvchilarning 
irodaviy  regulatsiyasi  rivojlantiriladi;  o‘z  impulsiv  reaksiyalarini 
boshqarish  va shart-sharoit  talablariga bo‘ysunish malakasi shaklla­
nadi  (M.G.Sarsidze).  Korreksion  yo‘naltirilgan  ta’lim  ta ’siri  ostida 
shakllanuvchi  irodaviy  faollik  m aiu m   darajada  bu  turdagi  bolalar­
ning  aqliy,  nutqiy va shaxsiy rivojlanishiga  ijobiy ta’sir ko'rsatadi.
Diqqat  hajmi,  uning  qat’iyligi  ortadi,  xotira  doirasi  kengayadi, 
uning  samaradorligi  oshadi,  o'z  navbatida  tafakkur,  nutq,  xotirani 
rivojlantirish  oligofren  o'quvchilar shaxsining  irodaviy xususiyatlari 
shakllanishiga  ijobiy  ta ’sir  ko'rsatadi.  Kichik  yoshdan  yuqori  mak­
tab  yoshigacha aqli  zaif bolalarda  ixtiyoriy  ruhiy jarayonlarning ix­
tiyoriy rivojlanishi  kuzatiladi.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish