Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya


  Ухтомский  A.A.  Танланган  асарлар.  — ТДУ.  220-бет



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

1  Ухтомский  A.A.  Танланган  асарлар.  — ТДУ.  220-бет.
223


Idrok ruhiy va asab tizimida o‘ta murakkab jarayon bo‘lib,  uning 
maxsus markazi bosh miyada joylashgan.  Shaxsning hayot tarzi,  ish 
faoliyatining harakatiga qarab biror analizator dominant  — yetakchi 
bo‘ladi.  Ushbu  shaxsda  o‘sha  idrok  turi  kuchli  bo‘ladi.  Ko‘pgina 
sog‘lom kishilarda ko‘ruv idroki yetakchidir. Ammo, ko'ruv o‘tkirligi 
jiddiy pasayganda (0,03—0,02 gacha va undan past) va total ko‘rlarda 
teri-mexanik,  harakat  analizatorlari  yoki  teri  sezgi  idroki  yetakchi- 
lik  qiladi.
Ammo,  kuzatishlar shuni  ko‘rsatadiki,  ko‘ruv  o‘tkirligining  eng 
past darajasida ham,  ko‘rlar ko‘p hollarda ko‘ruv idrokidan faol foy- 
dalanadilar.
Total  ko'rlarda  atrof-olamni  idrok  etish  asosan  eshituv  analiza­
torlari  yordamida  amalga  oshadi.
Lekin,  eshituv  sezgisi  va  idroki  tashqi  olam  va  undan  narsalar 
haqida  bir  tomonlama,  ya’ni  ularning  fazodagi  holati  va  fizikaviy 
mohiyati  haqida  juda  tor  tushuncha  beradi.  Insonning  tashqi 
olamni  sezishini  —  idrok  etish jarayoni  polisensor  tarzda  hamma 
mavjud  sezgi  analizatorlari  va  idrok  turlari  qatnashgan  holda  ke- 
chadi.  Faqat,  shunday  holatda  narsa  va  hodisalarni  butunligicha, 
ongli  — tushunib,  umumlashgan  holda,  tanlab  idrok  etish  yuz  be­
radi.  Masalan:  ko'rlarda  tashqi  olamdagi  narsalar  va  obyektlarni 
tanlab  idrok  etishning  chegaranlanganligi,  yo‘qligi,  narsalarning 
go'zalligidan hissiy ta ’sirlanishning kamligi  natijasida his-tuygbu va 
qiziqishlar doirasining torligi  kelib  chiqadi.
Ko'rlarda predmet va obyektlarni  keng va  chuqur idrok etish teri 
va  harakat  analizatorlari  yordamida  amalga  oshadi.  Bu  esa  idrok 
etilayotgan  narsalarning  mohiyati,  tarkibi,  hamma xossalari  haqida 
yetarli,  keng  ma’lumot  olishga  kamlik  qiladi.  Natijada,  ko‘rlarda 
sensor  tajriba  kam  boiib,  predmet  va  hodisalarni  ongli  va  butun­
ligicha  idrok  etish  buziladi.
Ko‘zi  ojizlarda  ko‘ruv  idroki  ko‘rish  a’zolari  nuqsonining  dara- 
jasiga  va  narsalarning  katta-kichikligi,  uzoq-yaqinligi,  xonaning 
yorug‘ligiga  bog'liq,  sog'lom  inson  atrofidagi  narsalarni  ikkala 
ko‘zi  bilan  ko‘rganda  (binokulyar  ko'ruv)  obrazlar  —  idroki  to‘liq 
bo‘ladi,  ammo  ko‘zi  ojizlarda  ko‘zning  ko‘rish  o‘tkirligi  past  yoki
224


bir  ko‘zi  umuman  ko‘rmas]igi  mumkin.  Bunday  holatda  narsa  va 
obyektlarning  fazoda  tom onlarini  aniq  ko'rish  buziladi.
Ko‘zi  ojizlar  narsalarni,  rasmlarni  tanishga  qiynaladilar.  Ko‘zi 
ojizlar  rasmlarni,  ayniqsa  murakkab  rasmlarni  butunligicha  idrok 
eta  olmaganlari  uchun,  rasmdagi  narsalar,  personajlar  o‘rtasidagi 
bog‘liqlik  buziladi.  Rasmning  muhim  qismini  ko‘ra  olmaganligi- 
dan tasvirning asosiy  (asl) mazmuni haqida xato fikr paydo bo‘lishi 
mumkin.  Rasmni butunligicha (fazodagi  narsa va obyektlarni  ham) 
idrok etish uchun uni uzoqdan, yaqindan, keyin har tomondan turib 
tomosha  qilinadi.  Shunday  tomosha  qilinganda  narsa  va  obyektlar 
(rasmlar)  haqida,  ularning  muhim  qismlari  yetarli  darajada  aniq 
idrok  qilinadi.  Ko'zi  ojizlarda  ko‘ruv  o'tkirligining  pastligi,  ko\ruv 
doirasining  torligi  uchun  ham   bu jarayon  qiyin  kechadi.  Natijada 
ularda  harf va  bo‘g‘inlarni,  sonlarni,  geometrik  figuralarni  idrok 
etish tezligi  keskin  kamayadi.
Ayniqsa,  ko‘r  va  ko‘zi  ojizlar  uchun  fazoda  harakat  qilayotgan 
narsalarni  (qush,  samolyot  va  boshqalar)  idrok  etish  ancha  qiyin. 
Bu kamchiliklar ularning  o‘qish,  yozish  malakalarini  egallash lari ni 
qiyinlashtiradi.
Ular  ko‘pincha  daftardagi  chiziqni  yaxshi  ko‘rmaganliklari 
uchun  qiyshiq  yozadilar,  harflarning  elementlari  tushib  qoladi,  ba- 
land-past  yoziladi  va  hokazo nuqsonlarni  ko‘plab uchratish  mumkin.
Narsalarning  shaklini  va  hajmini  idrok  etish.  Narsalarning  asosiy 
belgisi — sensor mazmuni uning shaklidir.  Shakl — narsa, uning m o­
hiyati  va  mazmuni  haqida  ko‘p  ma’lumot  beradi  (Yer  sharining  ki- 
chik shakli — globusni eslang).  Narsalarning katta-kichikligi, hajmini 
bir  vaqtning  o‘zida  ko‘ra  olish  idrokning  sifatiga  ta’sir  etadi.  Ko‘zi 
ojiz  bolalar  va  kattalar  narsa  va  obyektlarni  tekshirayotgan  vaqtda 
uni  hamma  tomondan  ko‘ra  olmasliklari,  ko‘z  soqqasini  predmetni 
tartib  bilan  —  tizimli  ko‘rib  chiqishga  xalaqit  berishi,  shuningdek, 
ko'zning tez charchab qolishi natijasida olingan axborot  kam,  noaniq 
bo‘lishi  mumkin.  Narsalarning  shakli,  hajmi,  proporsiyasi  haqidagi 
ma’lumotlar ham  ko‘zi  ojiz bolalarda  aniq  bo‘lmasdan  qoladi.
Rang  va  tuslarni  idrok  etish.  Insonning  diqqatini  o‘ziga jalb  qi- 
luvchi  narsa bu rangdir.  Rang yordamida  narsalar haqidagi bilimla- 
rimiz boyiydi,  mazmun  kasb  etadi.
225


Ayniqsa,  rang  insonda  his-tuyg‘uni  uyg‘otadi.  Ko‘zi  ojiz  bola­
larda  rangni  idrok  etish  qiyinlashgan  bo'ladi.  Ayniqsa,  ular  qizil, 
ko‘k,  yashil  ranglarni qiyinchilik bilan idrok etadilar.  Tuslarni  idrok 
etish  katta  qiyinchilik tug‘diradi.
Ko‘zi ojizlar aniq yaqqol chiziqlar bilan chizilmagan ko'rgazmali 
qurol,  rasmlarni  farqlashga  qiynaladilar.  Shuning  uchun  ham  ko‘zi 
ojizlar  uchun  chiqariladigan  ko‘rgazmali  qurollar,  chizma va  rasm- 
lar  murakkab  ranglarda  boim asdan,  balki  qora-qalin  chiziqlar  bi­
lan  chizilgan  aniq  va  yaqqol bo‘lishi  shart.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish