Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya


Ko‘rlik va  zaif ko‘rishning  kompensatsiyasi



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

Ko‘rlik va  zaif ko‘rishning  kompensatsiyasi
Ko‘zi  ojiz bolalarning  asosiy ko‘z kasalligi,  ko'zning qo‘shimcha 
kasalliklarini  tuzatish,  qoplashga  (korreksiya,  kompensatsiya)  qara- 
tilgan  davolovchi  xususiyatga  ega  bo‘lgan  maxsus  mashg‘ulotlar 
tashkil  etiladi.  Bu  mashg‘ulotlarni  defektolog,  tiflopedagog  muta- 
xassislar olib  boradilar.  Maxsus maktab-internat  o'quvchilari  davlat 
ta ’minotidadirlar.
Ko‘zi  ojiz  bolalar  oliy  asab  faoliyatining  xususiyatlari  o‘ziga  xos 
tomonlari bilan  ajralib  turadi.
Ko‘zi  ojizlik  nasldan  naslga  o‘tish  yo‘li  bilan  bolaning  ona 
qornida,  ya’ni  embrion  davrida  onaning  turli  og'ir,  yuqumli  kasal- 
liklar  (gripp,  angina  va  b.)  bilan  kasallanishi  oqibatida,  bola  hayoti 
davrida  orttirilgan,  ya’ni  qizamiq,  meningit,  suvchechak va  boshqa 
o‘tkir  yuqumli  kasalliklarga  chalinishi  oqibatida,  turli  tan  jaro- 
hatlari  sababli  yuzaga  keladi.  Bu  davrda  o‘z-o‘zidan  bolaning  asab 
faoliyatidagi  o‘zgarishlar  bolishiga  olib  keladi.  Ko‘rish  ne’matidan 
mahrum  bo‘lgan  bola  injiq,  qaysar,  qo'pol  bo‘lishi  mumkin.  Ba’zi 
bolalarda  ko‘rmaslik  oqibatida  boshni  to‘xtovsiz  chayqash,  ko‘zni 
qo‘l  bilan  ushlab  turish,  gavdani  beixtiyor  tebratish,  yuz  muskul-
212


larini  o‘ynatish,  labni  cho‘chchaytirish,  turgan  joyida  sakrash  va 
boshqa  yoqimsiz  odatlar  yuzaga  keladi.  Albatta,  bu  odatlar  barcha 
ko‘zi  ojiz bolalarga  xos  deyish  noto‘g‘ri,  lekin  to iiq   ko‘zi  ojiz bola- 
larda bu  odatlar tez-tez  yuzaga  keladi,  ko‘p  holatlarda  uchrab tura- 
di.  Ko'zi  ojizlik  bolaning  gavda  muskullariga  ham  ta’sir  ko‘rsatadi. 
Gavdani  bir  tomonga  olib  yurishga  harakat  qilish,  bukchayib  yu- 
rish,  yuzni  bir  tomonga  o‘girib  yurish,  boshni  osiltirib  yoki  orqa 
tomonga  tashlab  yurish,  umurtqa  pog‘onasining  qiyshayishi  va 
boshqa  o‘zgarishlar kuzatiladi.  Toiiq  ko‘zi  ojiz  bolalarda  q o i  silki- 
tish,  ko‘z  olmasini  qo‘l  bilan  ushlab  turib  gapirish,  quloqni  ding 
qilib  turish  kabi  odatlar  tez-tez  uchrab  turadi.  Kattaroq  yoshdagi 
bolalar  o‘z  harakatlarining  ortiqchaligini  tushunsalarda,  bu  ularga 
xalaqit  bermasligini  ta ’kidlaydilar.  Chunki,  bu  odatlarning  yuzaga 
kelishi  ko‘zi  ojiz  bolaning  asab  faoliyati  bilan  bogiiqdir.  Ko‘zi  ojiz 
bolalarda  eshitish  sezgisi  yaxshi  rivojlangan  boiadi.  Bu  analizator- 
lar  bir-birlarining  faoliyatlarini  to‘ldirib  turishi  bilan  izohlanadi. 
Ko‘rish  analizatori  o‘z  faoliyatini  to‘xtatganida  hid  bilish,  eshi­
tish,  teri  sezgilari  faoliyati  kengroq  rivojlanadi.  Kam  harakatlilik, 
hadiksirab  harakatlanish,  o‘ta  ehtiyotkorlik  bilan  qadam  bosish 
kabi  holatlar  kuzatiladi.  Tug‘ma  ko‘zi  ojiz  bolaga  nisbatan,  ort- 
tirilgan  ko‘zi  ojizlikka  uchragan  bolalarda  bu  odatlar,  holatlar  kam 
uchraydi.  Bolaning  tashqi  muhitga  moslashishida  o‘zi  yashayotgan 
muhitga  shart-sharoitlarning  ham  ahamiyati  beqiyosdir.  Ba’zi  bir 
ota-onalar  bola  uchun  hamma  ishlarni  o‘zlari  bajarishga  harakat 
qiladilar.  Ularni haddan  ziyod ehtiyot qilishga  urinadilar.  Ko'zi  ojiz 
bolaning  mustaqil  bo‘lishiga,  o‘z-o‘ziga  xizmat  ko‘rsatishi  uchun 
qilgan  harakatlari,  intilishlarini  so‘ndiradilar.  Ota-ona  bu  harakat- 
lari  bilan  «bolaga  yaxshilik  qilyapman»  deb  o‘ylaydilar.  Aslida  esa, 
bu  g‘amxo‘rlik  ko‘zi  ojiz  bolaning  imkoniyatlarini  cheklab  qo‘yadi. 
Bunday  bolalar  maxsus  maktab-internatga  kelganlarida  bolalar ja- 
moasiga  o‘ta  qiyinchilik  bilan  moslashadilar.  0 ‘z-o‘ziga  xizmat 
ko‘rsatish  ko^nikma-malakalarining  shakllanish jarayoni juda  sust- 
lik bilan  amalga  oshadi.
Kichik  yoshdan  boshlab  mehnat  kolnikm a-m alakalarini  egal- 
lagan  ko‘zi  to‘liq  ojiz  bola  esa  bolalar jamoasiga  osonroq  mosla- 
shadi.  0 ‘quv-tarbiyaviy jarayonlarda  o‘z  imkoniyatlarini  namoyon
213


qilishga  harakat  qila  boshlaydi.  Bolada  o‘z  kuchi,  imkoniyatlariga 
ishonch  paydo  bo‘ladi.  «Men  bu  ishni  bajara  olaman,  bajarishim 
kerak»  —  degan  tushuncha  hosil  bo'ladi.  Ko'zi  to‘liq  ojiz  bolada 
begona  odamlarga  nisbatan  shubha  hissi  kuchli  bo'ladi.  Bu  shub- 
halanish  9—11  yoshlardan  boshlanib  12—14  yoshlarda  kuchaya- 
di,  15—17  yoshgacha,  ba’zan  esa  bundan  ham  ko‘proq  yoshgacha 
davom  etishi  mumkin.  Bu  davrda  bola  o‘ta  hadiksirovchan,  saiga 
xafa bo4ib qoladigan,  ko‘proq yolg'izlikka moyil,  tortinchoq bo iib  
qoladi.  Bolalarga xos bo'lgan o‘tish yoshida  ular o‘z jismoniy kam- 
chiliklarini  yanada  chuqurroq  his  qiladilar,  Ayrim  ko‘zi  ojiz  bo- 
lalarda  esa  bu  holatning  aksi  sodir  bo‘ladi.  lining  axloqida  salbiy 
o'zgarishlar  yuz  beradi.  Sababsiz  shovqin  solish,  keraksiz  talablar 
qo‘yish,  yig‘lashga  moyillik,  qo‘pollik  holatlarini  kuzatish  mum- 
kin.  Bularning  hammasi  ko'zi  ojiz  bolaning  asab  tizimi  bilan 
bogiiqdir.  Bolaning  individual  (yakka)  xususiyatlarida  o‘z  aksini 
topadi.  Tug‘ma  ko'zi  ojiz  bolalarda  ko‘rish  nuqsonining  qay  dara- 
jada  chuqurligi  yoki  ko‘z  nurining  saqlanganligi  ham  bola  asab 
tizimiga  o‘z  ta ’sirini  ko‘rsatadi.  Ko'zi  ojiz  bolalarda  bosh  og‘rig‘i 
xuruji  tez-tez  yuz  beradi,  biror-bir  faoliyatda  tez  charchab  qolish, 
uyquning buzilishi  holatlarini  ham kuzatish mumkin.  Sog'lom bo ­
lalar  tevarak-atrofdagi  voqea-hodisalar  haqidagi  bilimlarni  eshi- 
tishga  nisbatan  30  marta  ko‘p  ko‘rish  analizatori  orqali  qabul  qila­
dilar.  To'liq  ko‘zi  ojiz  bolalar  esa  bunday  imkoniyatga  ega  emas. 
Ularda eshitish qobiliyati,  taktil sezgilar yaxshi rivojlangan bo‘ladi. 
XIX  asrda  yashab  o‘tgan  ko‘zi  ojiz  yozuvchi  Moris  de  Sizeran- 
ning  ushbu  ta ’rifi  so'zlarimizga  isbot  bo‘la  oladi,  deb  o‘ylaymiz. 
«Eshitish  ko‘zi  ojiz  odam  uchun  hayot  demakdir.  Eshitish  orqali 
ko‘zi  ojiz  odam  ongida  daraxt jonlanadi,  tabiatning  buyuk  ovozi 
eshitiladi».
M a’lumki,  inson  nutqi  uning  hissiy va  aqliy  kechinmalari  bilan 
uzviy  bogiiq.  Har  bir  odam  ovozi  o‘zining  takrorlanmas  ohangi, 
nutqining  tuzilishi,  til  boyligi,  ma’lumoti,  saviyasi  bilan  ajralib 
turadi.  Ko‘zi  ojiz  bola  odamlar  nutqidagi  nozik  ohang,  kayfiyatni, 
xarakter,  tafakkur qilish  xususiyatlarini tez ilg‘ab  oladi.  Shu sababli 
ham  ko‘zi  ojiz  odamlar  orasida  musiqaga  bo‘lgan  qiziqish  kuchli. 
Ko‘pIab  buyuk  musiqashunoslar  shular  orasidan  yetishib  chiqqan.
214


Ko‘z  nurining pasayishi,  zaifligi,  bola  diqqatining tarqoqligi,  mah- 
suldorligi  sifatiga  ham  o'z  salbiy  ta’sirini  ko'rsatadi.  Ko'zi  ojiz  bo- 
lada  atrof-muhitdagi  voqea-hodisalar,  buyumlar  haqida  tushimcha, 
tasavvurlar  hosil  bo‘lishida jonli  muloqotning  ahamiyati  nihoyatda 
katta.  Maxsus  maktabdagi  ta ’lim-tarbiya  jarayonida  va  atrofdagi 
katta  kishilarning  yordami  bilan,  turmush  tajribasining  ortishi  tu- 
fayli ko'zi ojiz bolalarda fazo, vaqt,  harakatni idrok qilish imkoniya- 
ti  kengayadi.  O'zlarini  qiziqtirgan  savollarga javob topishga  harakat 
qiladilar.  Darslarda  olgan  nazariy  bilim,  ko‘nikm a  va  malakalarini 
amaliy  faoliyatda  sinab  ko‘rish  orqali  ham  ko'zi  ojiz  bolalarning 
idrok  qilish  faoliyati  rivojlana boshlaydi,  fikrlash  qobiliyati  o‘sa bo- 
radi.  Ko'zi ojiz bolaning aqliy rivojlanishida turli mavzulardagi suh- 
batlar,  savol-javoblar,  fikr  almashuvlar  muhim  rol  o'ynaydi.  Ko'zi 
ojiz bolaning dunyoni tushunishi,  ko'rishida kitoblarning ahamiyati 
beqiyosdir.  Kitoblar ko'zi  ojiz bolani  atrof-muhitdagi  voqea-hodisa­
lar,  odamlar,  fan-texnika  taraqqiyoti,  madaniyati,  san’at  yangi- 
liklari,  ijtimoiy,  siyosiy bilimlarini kengaytiradi,  ma’naviy dunyosini 
boyitadi.  Tafakkur  qilish  uchun turli  boy  manbalarning  mavjudligi, 
o'quv-tarbiyaviy  ishlarning  muntazam  ravishda  reja  asosida  olib 
borilishi  ko'zi  ojiz  bola  aqliy  taraqqiyotida  muhim  ahamiyat  kasb 
etadi.
Bola  hayoti  davomida  orttirilgan  ko'zi  ojizlik  oqibatida  bola 
og'ir ruhiy kechinmalarni  boshidan  kechiradi.  O'z  vaqtida  berilgan 
yordam,  korreksion  ishlarni  erta  boshlash  ko'zi  ojiz  bolaning  ke- 
yingi  hayotida  samarali  iz  qoldiradi.  Ma’lumki,  inson  organizmida 
bir  analizatorning  faoliyati  to'xtaganida,  ikkinchi  bir  analizator 
kompensatorlik vazifasini bajaradi.  Bolalikdan tug'ma  ko'zi ojiz bo­
lalar  shunday  hayot  tarziga  ko'nikib  qoladilarki,  agar  biror  kishi 
uning  bu  nuqsonini  ta ’kidlagan  taqdirdagina  buni  esga  oladilar 
hamda  ko'zi  ojizligini  biladilar.  Aks  holda  bola  o'zining  nuqsoniga 
e’tibor  bermaydi,  uni  eslamaydi  ham.
Chunki,  ko'zi  to iiq   ojiz  bola  ko'rmaslikni  o'zi  uchun  oddiy  hoi 
deb tushunadi.  O'z oldiga  qo'yilgan vazifani  amalga  oshirish  uchun 
duch kelgan qiyinchiliklarni yengib  o'tishga  harakat  qiladi.  Mehnat 
ko'nikma-malakalarini  yaxshi  egallab  olishi  ko'zi  to iiq   ojiz  bola 
hayotini  ancha  yengillashtiradi.
215


Ko‘zi  to‘liq  ojiz  bolalarni  atrof-muhitda  harakatlanish  qoi- 
dalariga  o‘rgatib  borilmasa,  ular  bir  joyda  uzoq  o‘tirib  qolishga 
o'rganadilar.  Natijada jismoniy jihatdan  kuchsiz,  tez  charchab  qo- 
ladigan,  o‘z  harakat  imkoniyatlarini  cheklaydigan  bo‘lib  qoladilar. 
Maxsus  maktablarda  ko‘zi  to‘liq  ojiz  bolalar  uchun  atrof-muhitda 
harakatlanishga  o‘rganib borish  mashg'ulotlari  olib boriladi.  Bu  o‘z 
navbatida  ko‘zi tolliq  ojiz bola  hayotini  ancha  yengillashtiradi,  o‘z- 
o‘ziga  xizmat  qilish  imkoniyatini  kengaytiradi  va  bolani  hayotga 
moslashtiradi.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish