1 Коваленко Б.И. и др. Тифлопедагогика. — М.: 1962.
209
haqida adekvat tasavvurlar, tushunchalar shakllantirish mumkin.
Turli ko'nikmalar, odatlar, irodaviy sifatlarni tarbiyalash mum kin-
ligini tajribalar ko‘rsatdi. Shu kabi natijalarga erishish uchun uzoq
yillar talab etiladi. «Atrof-muhitni idrok qilish odam ning yerdagi
hayotga moslashishining natijasidir. L. Feyerbax ta ’kidlashicha,
inson atrof-muhitni butunligicha idrok qilish uchun unda shun-
cha sezgilar mavjuddir». Demak, odamdagi mavjud sezgilarning
kamayishi atrof-muhitni to'la idrok qilishga qarshilik qila bosh-
lar ekan. Hatto aralash nuqson, ko‘r-karlarda ham atrof-muhitni
adekvat, mos qabul qilish saqlanar ekan. Lekin, gnostik bilishning
3 ta turi: ko‘rish, eshitish va sezish sezgilari birgalikda kelganda-
gina bilish jarayoni birmuncha izdan chiqar ekan. I.M.Sechenov
davridan buyon psixologik adabiyotlarda bayon etilishicha, ko‘rish
va sezish tasavvurlari o‘xshash bo‘lib, ko‘z va qo‘l predmetlari-
ning bir xil xususiyatlarini ochib berar ekan. Buning isboti sifatida
mashhur fiziolog P.K.Anoxin fikrlarini keltirish mumkin. Uning
ta ’kidlashicha, atrof-muhit turli o‘lchovlarda, shakllarda, obrazlar
tarzida miyada va ongda aks etar ekan. Bunga misol qilib ko‘r, kar,
soqov odamlarning xulqini ko‘rsatish mumkin. Ko‘rish nuqsoniga
ega kishilarning atrof-muhitni idrok qilishlaridagi, tasavvurlari-
dagi farqlarga qaramasdan, me’yorda idrok etilayotgan narsalarga
mos kelar ekan. Normal ko‘ruvchi bolalar bilan zaif ko'rmaydigan
bolalar tasavvurlarida qat’iy farqlar deyarli yo‘q.
Ushbu mavzuda asosan ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar maktab-
larida ta’lim-tarbiya oluvchi bolalar tarkibi haqida so‘z yuritiladi.
Qaysi kasallikni boshidan kechirgan, qanday asoratlar qoldirgan,
ko‘z nurining o'tkirlik darajasi to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. Shu
bilan birga murakkab nuqsonlilar: ko'rlik, zaif ko‘rish nuqsoni bi
lan birga aqli zaiflik, harakat tizimining buzilishi va boshqa ruhiy-
jismoniy nuqsonlarning qo‘shilib kelish hollari haqida tushunchalar
beriladi. Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘quvchilar maxsus maktab-
internatida o'quvchilarga faqatgina umumta’lim ma’lumoti berilib
qolinmasdan, o‘quv-tarbiyaviy ishlar olib borilmasdan, balki ko‘zi
ojizlikni to‘ldiruvchi, qoplovchi, davolovchi muassasa ham hisob-
lanadi. Bu o‘quv muassasasida o‘quvchilar, bolalar davolovchi
shifokor-pediatr, oftalmolog, nevropatolog, tibbiyot hamshirasi-
210
ning doimiy nazoratida bo‘ladilar. Ko‘zi ojizlar uchun maxsus
maktab-internatga o‘quvchilar maxsus tashkil etilgan tibbiy-peda-
gogik komissiya ko'rigidan o'tkazilib, ushbu komissiya xulosasiga
binoan qabul qilinadi. Tibbiy-pedagogik komissiya viloyat, shahar
xalq ta ’limi bo‘limlari qoshida tashkil etiladi. Respublikamizning
turli tumanlaridagi oftalmolog shifokorlarning xulosasiga asosan
tum anlar xalq ta ’limi bo‘limi ushbu tibbiy-pedagogik komissiyaga
yo‘llanma-murojaatnoma bilan murojaat qiladilar. Hozirgi kunda
Respublikamizda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun maxsus
m aktab-internatlar ishlab turibdi. Bu maxsus maktab-internatlarga
har bir tuman hududida yashovchi, maxsus tiflopedagogik ta’limga
muhtoj o‘quvchilar jalb qilinadi:
a) ko‘zi ojizlar uchun maxsus maktab-internatiga 0 dan — 0,4
gacha ko‘z o'tkirligi (nuri)ga ega bo‘lgan bolalar qabul qilinadi-
lar;
b) tuzatish (korreksiya) bilan ko‘z nuri 0,05—0,08 bo‘lgan, glou-
koma, yaqindan ko‘rish, xoreoretinit, gidroftalm, qorachiqlarda
qoplanish-katarakta, ko‘z olmasining zararlanishi kasalliklari bilan
kasallangan bolalar qabul qilinadilar.
Zaif ko‘ruvchi bolalar uchun maxsus maktab-internatlariga
ko‘rish nuri 0,054—4 gacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi, bunda ka-
sallikning xuruj qilishi, shakli, turi ham inobatga olinadi. Ko‘z nuri
0,2 dan yuqori bo‘lgan bolalar umumta’lim maktablarida o'qishlari
lozim. Bog‘cha bo‘limiga 3—7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qili
nadi. M aktab-internatning 1-sinfiga bolalar 7 yoshdan qabul qilina
dilar.
Aqli zaif bo‘lgan ko‘zi to‘liq ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar yor-
damchi dastur asosida ta’lim-tarbiya beriladigan maxsus sinf-
larda o‘qitiladi. Ko‘zi ojiz, zaif ko'ruvchi bolaning o‘zlashtirish
me’yorlarini aniqlash uchun aqli zaif deb topilgan bola kamida 1 yil
maxsus maktab-internatning umumta’lim dasturi asosida o‘qitiladi.
0 ‘quv-tarbiyaviy jarayon kuzatib boriladi, faqat shundan keyin-
gina tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga asosan yordamchi
dastur asosida 8 yil o‘qitiladigari to‘liq ko‘zi ojiz va zaif ko'ruvchi
o‘quvchilarga maxsus bilimga ega bo‘lgan defektolog-o'qituvchilar
ta ’lim-tarbiya beradilar.
211
Quyidagilar ko‘zi ojiz bolalar maxsus maktab-internatiga qabul
qilinmaydilar:
a) imbetsil, idiot darajasida bo‘lgan aqli zaif bolalar;
b) organik xususiyatlarga ega, xulqida chuqur buzilishlarga ega
bo‘lgan bolalar (his-tuyg‘ulari buzilgan);
d) harakat-tayanch a’zolarining chuqur buzilishi. Mustaqil ra-
vishda harakatlana olmaydigan, o‘z-o‘ziga xizmat qila olmaydigan
bolalar;
e) ko‘r va kar-soqov bo‘lgan bolalar qabul qilinmaydilar.
Bunday kasalliklarga uchragan bolalar xalq ta ’limi bo‘limlari
qoshida tashkil qilingan tashxis markazlarining hamda maxsus tib-
biy-pedagog komissiyaga yuboriladilar. Ularning xulosasiga asosan
sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi va maishiy ta’minot vazirligi qoshi-
dagi maxsus bolalar muassasalariga yuboriladilar.
Ko‘zi ojizlar uchun maktablarda, maxsus maktab-internatlarida
ta ’lim maxsus nuqtalardan tashkil topgan Brayl tizimida olib bori-
ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |