Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tift opsixot ogtya



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/113
Sana21.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#834348
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   113
Bog'liq
fayl 432 20210423

Savol va topshiriqlar
1. Logopsixologiyaning nazariy va metodologik asoslarini yo- 
ritib bering.
2. Logopsixologiya fani predm eti, m aqsadi, vazifalari va t a m o -
yillari n im a la rd a n iborat.
3. N orm al va nuqsonli rivojlanishning um u m iy va o'ziga xos 
qonuniyatlarini ochib bering.
5. 
Nutq kamchiligi bo'lgan b o lalarning um um iy psixologik tav- 
sifnomasini tuzing.
i6i


IX bob. N U T Q K A M C H IL IG I B O ‘L G A N B O L A L A R N IN G
B IL IS H FAOLIYATI
9.1. Nutq kamchiligi bo‘lgan bolalar idroki
Idrok sezgi a ’zolarimizga ta’sir qilib turgan narsalarni ongda be- 
vosita aks ettirishdir. Biz narsa va hodisalarni yaxlit holicha idrok 
qilamiz, ayrim xossalarni esa sezamiz. Masalan, quyoshni biz idrok 
qilamiz, uning yorug'ini esa sezamiz. Idrok qilish his qilish bilan 
birgalikda bilish jarayonida teng ishtirok etadi.
Bilish jarayonining sharti sifatida, idrok qilish jarayoni fikrlash 
jarayoni bilan birga keladi. Idrok qilishning bir necha xil turlari 
mavjud bo'lib, ular muayyan shakllari bo'yicha farqlanadi: anali- 
zatorlarning ishtirokiga ko'ra (ko'ruv idroki, eshituv idroki, sezish 
idroki, hid bilish idroki, kinestetik idrok va h.k.); materiyaning mav- 
judligi shakliga ko'ra: atrof-borliqni idrok etish, vaqtni idrok etish, 
harakatlarni idrok etish; psixik faolligiga ko'ra: oldindan o'ylangan, 
oldindan o'ylanm agan idrok etish.
Ulug' qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy «Minerologiya» asari- 
da sezgi va idrok haqida quyidagi fikrlarni keltirib o'tgan: «Sezgilar 
beshta bo'lib, ... ular quloq bilan eshitish, ko'z bilan ko'rish, burun 
bilan hidlash, til bilan tatib ko'rish va teri bilan tegib bilishdan ibo- 
ratdir... ilm va m a ’rifat faqatgina o'shalar orqali hosil bo'ladi».
«Sezgilar o'z qo'zg'atuvchilari orqali qo'zg'aladi. Agar ular 
m e ’yorida bo'Isa, yoqimli va zararsiz bo'ladi, m e’yoridan ortiq 
bo'Isa, dardli va halokatli bo'ladi.
Ko'rish sezgisini n ur qo'zg'atadi, eshitishni havo orqali keluvchi 
ovozlar qo'zg'atadi, hidlash havo bilan b urunga uriladigan hidlar 
orqali paydo bo'ladi, ta ’m o zuqaning mazasi bilan vujudga keladi. 
A m m o nam lik bunda shartdir. Bu to'rt sezgini his etuvchi maxsus 
organlar mavjuddir. Beshinchi sezgi — sezish esa butun badanda 
voqedir, a m m o dastavval uni teri sezadi».
Sezgilar bilganlaridan bir bo'lagini fikrga yetkazsa, fikr uni yang- 
lishlardan tozalab aqlga topshiradi. Aql uni umumiy ishga aylantiradi. 
Faqatgina sezgi organlari yordamida o'zlashtirilgan bilimlar xatolarga 
olib kelishi m um kin. Agar inson sezgilardan fikrlash va xulosa chiqa-
162


rish yordamida foydalansa, ana shu sezgilar orqali idrok qilinadigan 
narsalarni o'rganishda ju d a katta yutuqlarga erishmog'i mumkin.
Shunday qilib, Abu Rayhon Beruniy o'sha davrdayoq sezgi va 
idrokning faoliyat ko'rsatish m ex anizm larini, b u n d a analizatorlar- 
ning rolini, sezgi va idrokning xususiyatlari va o 'zaro bog'liq jihat- 
larini aniq ko'rsatib berdi.
Idrokning o'ziga xos xususiyatlari quyidagicha tasniflanadi:
1) aralash va um umlashtirish: predmet va hodisalarni idrok etar 
ekan, inson nim a la rni idrok etayotganini tushunadi va anglaydi;
2) predmetlilik: predm etlarning obrazlarini real predm etlar sifatida 
anglaydi; 3) yaxlitlilik: borliqdagi predmet va hodisalarning alohida 
sifatlari va belgilari doimiy m u stahk am bog'Iiqlikda bo'ladi; 4) ti- 
zimlilik: kishi turli predm etlar yoki hodisalarning belgilarini yaxlit 
va m u stah k am tizim sifatida anglaydi; 5) tanlash: bir necha pred­
metlar va k o'rinishlar orasidan inson faqat bir nechtasinigina ajratib 
oladi, bu uning qanday faoliyat bilan shug'ullanayotganiga, muayyan 
vaqtda unga qanday narsalar kerak ekaniga va qiziqishlariga bog'liq 
bo'ladi; 6) o'zgarmaslik: xuddi o'sha predm etlar inson tom onidan 
o'zgargan sharoitlarda h am bir xil qabul qilinadi (turli xil yoritilishi- 
da, turli xil qarashlarda, turli masofalarda). Lekin predm etlarning 
obyektiv xususiyatlari o'zgarmagan holda qabul qilinadi.
Sezgilar o da tda sodda, elem entar jarayonlar bo'lib hisoblanadi, 
idrok esa m urakk ab psixik jarayondir. Biz idrok qilayotgan narsalar 
g'oyatda xilma-xildir. Bular jumlasiga avvalo turli b u y u m la r (bino- 
lar, daraxtlar, m ashinalar, uy jihozlari va h.k.) kiradi. Biz sa n ’at 
asarlari, musiqa, rasm larni idrok qilamiz. Og'zaki va yozma nutqni 
idrok qilamiz. Bu narsalar va hodisalar bir-biridan ajralgan holda 
emas, balki boshqa ko'plab narsalar bilan m akon va vaqt jihatdan 
bir-biri bilan bog'langan holda idrok qilinadi.
Bola dunyoga kelganda sezgilari shakllanib bo'lgan bo'ladi. Le­
kin ushbu sezgilarning m e ’yordagi funksiyasi atrof-borliqni idrok 
etishlarini t a ’minlaydi.
Idrok etish jarayoni to'g'ri shakllanishi uchun, maqsadga 
yo'naltirilgan pissiy tarbiya zarur va m uhim dir. Bolaga ko'rishni, 
barm oqlar bilan paypaslashni, obyektlarni eshitishni o'rgatish ke­
rak, ya’ni u nd a idrok qilish harakatlarini shakllantirish kerak.


Idrok qilish jarayonida bolada asta-sekinlik bilan ko'rish, eshi­
tish, harakat, bilish obrazlarini o rttirib boradi. Lekin bun d a bola 
p redm etlarning m unosabatlari va belgilarini idrok qilishi ja ra y o ­
nida, bu m unosabatlar va belgilar so'zlar bilan izo hlangan bo'lishi 
kerak. Bu esa p red m etn ing obrazlari haqida tasavvurlarni mus- 
tahkam laydi, ularni yana ham aniqlashtiradi. Agar idrok qilin- 
gan obrazlar so'zlar bilan m u sta h k a m lan g a n bo'Isa, bir qancha 
vaqt o 'tg an id a n keyin ham bu obrazlar bola tasavvurida tiklanishi 
m u m k in .

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish