Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tift opsixot ogtya


Tiflopsixologiya fanining vazifasi quyidagilardan iborat



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/113
Sana21.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#834348
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   113
Bog'liq
fayl 432 20210423

Tiflopsixologiya fanining vazifasi quyidagilardan iborat:
1. K o'r va zaif ko'ruvchi va sog'lom bolalar psixik rivojlanishini 
taqqoslab o'rganish.
2. H a r xil darajadagi ko'ruv nuqsonida psixik rivojlanishning 
bosqichlarini o'rganish.
3. Ko'r va zaif ko'ruvchi shaxslardagi psixik jarayonlar, indi­
vidual xususiyatlarning o'ziga xos tom onlarini o'rganish.
4. Ko'rish nuqsoni mavjud bolalarning psixologik, ijtimoiy, 
pedagogik korreksiyasini aniqlash.
5. Ko'r va zaif ko'ruvchi bolalarning har xil muhitga moslashi- 
shi, ular bilan olib boriladigan abilitatsion va reabilitatsion ishlar 
yo'nalishi aniqlanadi.
200


Tiflopsixologiyasining obyekti ko'zi ojiz, zaif ko'ruvchi shaxslar 
sanaladi.
Tiflopsixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Tiflopsixologiya um um iy psixologiya, yosh va pedagogik-psi- 
xologiya, tiflotexnika va boshqa fanlar bilan c h am barchas bog'langan 
bo'lib, tiflopsixolog o 'zining amaliy va nazariy ish jarayonida 
yuqoridagi fanlarga tayanishi bilan birga yangi yuzaga kelayotgan 
soha - amaliy psixologiyaning y u tuqlaridan h a m foydalanadi.
H a m m a ta ’lim va tarbiya m uassasalarida bo'lgani kabi, ko'r 
va zaif ko'ruvchilar m aktab -in tern atlarid a h a m amaliy psixolog 
bo'lishi shart. M axsus maktabdagi amaliy psixologning ish vazifasi 
u m u m ta ’lim m aktabidagidan farq qilmaydi. A m m o , maxsus m ak­
tabdagi psixologning eng asosiy vazifasi:
— nogiron 
bolalarning 
maktabga 
tayyorgarlik 
darajasini 
aniqlash;
— m aktabda ko'r va zaif ko'ruvchi o 'q uvchilarning bilim, hissiy- 
iroda sohasidagi va boshqa kamchiliklariga psixologik tashxis 
qo'yish;
— m axsus m a k ta b d a psixolog, m ad a n iy -o q a rtu v ishlarini olib 
borish;
— m axsu s m a k ta b o 'q u v c h ila rin in g psixologik, ijtimoiy, p e d a ­
gogik sohadag i a n iq la n g an k a m c h ilik la rin i korreksiyalash tad b ir 
va vositalarini belgilaydi va m a k ta b jam o a s i bilan am alga oshi- 
radi;
— nuqsonli o'quvchilarning o'quv jarayonida ruhiy va asab kam - 
c hiliklarining paydo bo'lishi va kuchayishini o'z vaqtida aniqlash va 
oldini olishning chorasini ko'radi.
Tiflopsixologik tadqiqotlarning m etodologik asosini d e te rm i­
n izm , ong va faoliyatning birligi, ruhiy atn ing faoliyatda rivojlanishi 
tashkil etadi.
Ta’kidlab o'tish joizki, tiflopsixologiya fani fan sifatida shakl- 
lanishida turli qarashlar, fikrlar, g'o yalar mavjud bo'lgan.
1.P. Pavlov bir necha bor t a ’kidlagan «Ko'rlik va boshqa n u q ­
sonlarni o'rganish asosida nafaqat nuqsonli ruhiyatga chuqurroq 
kirib borishga, balki m e ’yoriy ruhiyat holatlarini h am chuqurroq


tushunishim izga imkon beradi». Tiflopsixologiyaning taraqqiyoti- 
da LS. Vigotskiyning nuqsonli bola rivojida «Madaniy va biologik» 
om illarning buzilishi, chetga chiqishi haqidagi fikrlari m u h im o ‘rin 
egallaydi.
Shu bois, qator m etodlar um um iy psixologiyadan olinadi. 
M e ’yoridan nuqsonga qarab va nuqsondan m e ’yorga qarab tadqiqot 
ishlarini olib borish ishlarini V.M.Bexterev samarali usul sifatida 
ta n olgan edi. Maxsus psixologiyada A.A. Krogius, G .l.T ro s h in to ­
m onidan nisbiy o'rganish keng qo'llanilgan edi. Nisbiy tadqiqotga 
L.S. Vigotskiy ham alohida e ’tibor bilan qaragan edi.
Tiflopsixologiya fani umumpsixologiya fanining determ inizm , 
ong va faoliyat birligi, psixikaning faoliyat jarayonida rivojlanishi 
kabi metodologik prinsiplariga amal qiladi. Inson ruhiy olami bilan 
bog'liq har qanday ilmiy-tadqiqot, tekshirishlarining m etodologik 
asosini uchta yo'nalish belgilaydi.
Birinchidan, ko'rish nuqsoni mavjud bolaning har xil yosh bos- 
qichlarida yuz beradigan o 'zgarishlarni va ruhiy rivojlanish qo- 
nuniyatlarini sog'lom bolalar bilan taqqoslab tekshirish. Defek­
tologiya fani asoschilaridan L.S. Vigotskiy sog'lom va nuqsonli 
bolalar ruhiy rivojlanishini taqqoslab tekshirishga katta e ’tibor b er­
di. «Nuqsonli rivojlanishga to'g'ri t a ’sir va ta s n if berish m u m k in , 
qachonki norm al rivojlanish bilan uni taqqoslab o'rganilganda», 
degan edi olim.
lkkinchidan, ruhiy rivojlanishni faqat faoliyat jarayonida h ar to- 
m onlam a va chuqur o'rganish m um kin. llmiy tadqiqot ishlarida 
o'rganilayotgan obyektni (nuqsonli bolani) qaysi faoliyat jarayonida 
tekshirishni aniqlab olishning nazariy va amaliy ahamiyati n ih o - 
yatda katta.
Uchinchidan, o'tkazish rejalashtirilayotgan ilmiy-tadqiqot q a t’iy 
tizim asosida: tadqiqotning bosqichlari, metodlari, shart-sharoitlari, 
qatnashchilarini aniqlash va belgilash bilan olib boriladi.
Tiflopsixologiya fani um u m iy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, 
yosh va pedagogik psixologiya va boshqa fanlarning m etodlaridan 
foydalanish bilan birga, maxsus psixologiyada va tiflopsixologiya 
fanida yaratilgan maxsus tadqiqot uslub va usullaridan ham foydala- 
niladi. Ilm, fan-texnikaning yutuqlari ko'r va zaif ko'ruvchilarning
202
N


sezgi, idrok, tasavvur va boshqa ru h iy jarayonlarini tekshirish s o ­
hasida yangi, maxsus m etodikalar, texnik vositalar yaratishga im- 
kon b erm oqda. Shunday a n iq o'lchash texnik vositalariga elektron 
taxistoskop, anamaloskop, proyeksiyali perim etr, elektroensefalograf 
va boshqalar kiradi. Shular tufayli b izning bu toifa bolalar ruhiyati 
haqidagi bilim larim iz to'la va aniq bo'lishi m u m k in. Ilmiy tadqi- 
q o tn in g asosiy shartlaridan biri: ko‘r va zaif ko'ruvchi bola o'sib, 
tarbiyalangan ijtimoiy m u hit bilan h a r to m o n lam a tanishish tad- 
qiqotchiga ko'p narsa beradi. N uqsonli b olaning qanday sharoitda 
tarbiyalanayotgani, o ta-o n a va b o sh q alarn ing bolaga munosabati, 
oiladagi intellektual, m ad an iy va m a ’naviy m u hit bola ruhiy rivojla­
nishida hal qiluvchi o m illaridan hisoblanadi. Shu bilan birgalikda 
bolanin g oila a’zolariga, sinfdoshlariga, pedagoglarga m unosabat- 
larini aniqlash zarur. Ikkinchi shart: tadqiqotchi nuqsonli bolani 
o'rganishni rejalashtirishdan oldin o'zi uchun quyidagi savollarga 
javob berishi shart:
1. N uqsonli bola ruhiyatining qaysi sohasini o'rganish lozim?
2. Ruhiyatning bu sohasini o 'rg an ish d a n maqsad n im a, ya’ni 
n im a n i aniqlam oqchim an?
3. Nuqsonli bola ruhiyatini va ayni ru hiyatning men tanlagan 
sohasini qaysi uslub bilan o'rganish eng qulay?
4. Urii o'tkazish tartibi va qoidalarini b ilam anm i?
5. Rejalashtirilayotgan ilm iy-tadqiqotni qayerda (sinfda, alohida 
xonada, m eh n a t yoki o'y in jarayonida), qaysi vaqtda, qaysi sharoitda 
va qanday holatda o 'tkazam an ?
U chinchi shart: nuqsonli bola bilan olib boriladigan so'rov yoki 
an keta savollari, shuningdek, suhbat davom ida beriladigan savol­
lar h a r to m o n lam a puxta o'ylangan, nuqsonli bolaning shaxsiyatiga 
tegmaydigan, odob-axloq doirasida bo'lishi shart. Ba’zan o'rinsiz 
berilgan savol nuqsonli bola bilan m unosabatni buzib qo'yishi 
m u m k in .
To'rtinchi shart: nuqsonli bolalarni sog'lom bolalar bilan taqqos- 
lab tekshirishning o'zi chiqarilgan ilmiy xulosaning xato bo'lishiga 
olib kelishi m umkin. 
Nuqsonli bolaning ruhiy rivojlanishini 
uning oldingi tekshirishlardagi olingan natijalar bilan taqqoslab xulo- 
sa chiqariladi. Ya’ni nuqsonli bolaning o'zini o'ziga taqqoslaniladi.
203


Beshinchi shart: nuqsonli bolaning individual, yosh va psixologik 
xususiyatlari hisobga olingan holda ilmiy tadqiqot o'tkaziladi va 
uning natijalari e’tiborga olinadi.
Oltinchi shart: nuqsonli bolalarning o'ziga xos xususiyatlari­
ni hisobga olib (begona joydan va odam lardan hadiksi rash lari va 
hokazolar) ilmiy-tadqiqot ishlari asosan tabiiy sharoitda o'tkaziladi 
(bog'cha, m aktab va boshqa joylarda).
Yettinchi shart: tiflopsixologiyada keng qo'llanilayotgan m etod- 
lardan biri - ilmiy-tadqiqot natijalarining miqdoriy ko'rsatkichlarini 
matematik-statistik qayta ishlash uslubi bo'lib, o'tkazilgan tek- 
shirishlarning obyektivligini, haqqoniyligini, ishonchliligini, va- 
lidliligini ta ’minlaydi. Statistik metod har xil ruhiy hodisalar va 
tadqiqot natijalari va ularning o'rtasidagi korreksiyani — bog'liqlikni 
aniqlashga yordam beradi.
A m m o , matematik-statistik hisoblash natijalariga ehtiyotkorlik 
bilan yondashish, bu uslub bilan olingan m a ’lumotlarga had dan
oshiq e ’tibor berish xato xulosalar chiqarishimizga sabab bo'lishi 
m u m k in.
Shuningdek, har qanday katta yoki kichik ilmiy-tadqiqot 
o'tkazish jarayoniga bayonnoma yoziladi. Bayonnom ada o'quvchi 
haqidagi h a m m a m a ’lumotlar, vaqt, tekshirishda qo'llanilgan uslub- 
larning nomi keltiriladi.
Ilmiy tadqiqot metodlari tadqiqotchining o'z oldiga qo'ygan 
maqsad va vazifalariga qarab quyidagi turlarga bo'linadi:
1. 
Noeksperim ental metodlarga kuzatuv, so'rov (anketa), s u h ­
bat, o'quvchining faoliyat mahsulotlarini tahlil qilish kiradi.
1.1. 
Kuzatuv, m a ’lum bir reja va tizim asosida o'tkazilib, tadqi- 
qotchidan kuzatilayotgan ruhiy jarayonga (hodisaga) odilona 
(obyektiv) yondashish talab qilinadi. Tadqiqotchi o'zi istagan nar- 
sani «ko'rmasligi», balki haqiqiy m a ’lumotlarni, xatti-harakatlarni 
qayd qilishi zarur.
Kuzatuvning qo'shilgan holda va qo'shilm agan holda kuzatish 
usullari mavjud bo'lib, ilmiy adabiyotlarda kuzatuv turlari bayon 
etilgan. Keyingi vaqtlarda bolalarning o'zaro m unosabatlarini, 
xulq-atvorini va boshqalarni kuzatishda Beylis m etodidan keng foy- 
dalanilm oqda.
204


1.2. So'rov (anketa). So'rovdagi savollar och iq va yopiq shakl- 
da berilishi m u m k i n . O c h iq savollarga javob o 'q u v c h in in g o 'z
istagicha berilishi m u m k in . Yopiq shakldagi so'rovlarda javob 
tayyor holda (ha, yo'q, b a ’zan, b ilm ay m a n va boshqalar) berilgan 
b o'ladi.
1.3. Suhbat. Bu m etod tekshiruvchi uchun eng qulay uslub 
bo'lishi bilan birga, u n d a n katta mohirlik ham talab qilinadi. S u h ­
bat oldindan tuzilgan savollar yordamida o'tkaziladi. Bolalarning 
xarakter xususiyatlari, xulq-atvor va uning motivlari, atrofdagilarga 
va o'ziga m unosabati, bahosi va boshqa ju d a ko'p m a ’lum otlar bi­
lan birga tarjimayi holga oid m a ’lumotlarni ha m to'plash m u m ­
kin. Bolalar bilan o 'tkaziladigan suhbatning asosiy shartlaridan 
biri, m uloqotni bolaga yoqimli yoki neytral savollardan boshlash 
zarurdir. Bunday b oshlangan suhbat o'zaro aloqani va m unosabatni 
yaxshilaydi. Savollar bolaning yoshiga, individual va milliy xususi­
yatlariga qarab tuziladi. Bolalarning tez charchab qolishini hisobga 
olib, 10-20, ba ’zan 30—40 m in u td an oshmasligi kerak. Suhbatni 
tinch, yakka holda o'tkazish erkin m uloqotni t a ’minlaydi. Suhbat 
jarayonida axloqiy-etik shartlarga q a t’iy rioya qilinadi. M asalan, 
o'quvchining m atem atika o'qituvchisiga m unosabatini bilish uchun 
birinchidan «Sen m atem atik a o'qituvchisini yoqtirasanmi?» deb 
so'rash, odobsizlik bo'ladi. Ik kinchidan, o'quvchilar bunday savolga 
odatda to'g'ri javob bermasligi m um kin.
1.4. Bolalarning 
faoliyat 
m ah sulotlarinin g 
tahliliga 
bag'ishlangan. Rasm lar, h a r xil m ahsulotlardan (plastilin, loy va 
boshqalardan) yasalgan narsalar, bolalar yasagan o'yinchoqlari, eng 
m u h im i o 'q uvchilarnin g h a r xil fanlardan yozgan yozma ishlari, 
nazorat ishlarining tahlili kiradi. Noeksperim ental m eto d la r bilan 
ko'r va zaif ko'ruvchilar orasida ilm iy-tadqiqot ishlarini o'tkazish 
qulaydir.
2. 
Eksperimental metodlar. Eksperimental m etodlar yordam i­
da har xil ruhiy jarayon, h odisalarning rivojlanishini o 'z im iz ista- 
gan vaqtimizda takro rlashim iz, unga faol ravishda aralashishim iz, 
o'zgartirishim iz m u m k in . Ilmiy adabiyotlarda tabiiy va laboratoriya 
eksperimental xillariga t a ’r if berilgan. Keyingi vaqtlarda eksperi- 
m entni m odellashdan keng foydalanilmoqda. Eksperim ent u yoki
205


bu psixologik hodisa, vaziyat su n ’iy yuzaga keltiriladi va shu vazi- 
yatda o'quvchi (o'quvchilarning) o'zini tutishi, m unosabatlari, javob 
reaksiyasi kuzatiladi.
Shuningdek, pedagogika va psixologiya fanida shakllantiruvchi 
m etodlardan ham keng foydalaniladi. Shakllantiruvchi metodlar- 
ning samaradorligi shundaki, bola ruhiyatining rivojlanishini, ruhiy 
hodisalarning mohiyatini o'rganish bilan shug'ullanm asdan, balki 
eksperiment natijasida t a ’lim-tarbiya berish ko'zda tutiladi.
3. 
Diagnostik m etodlar shaxs yoki jam o a n in g ruhiy va shaxsiy 
xususiyatlarini aniqlashda miqdoriy va sifat jih a td a n aniq tasnif- 
lashga imkoniyat yaratganligi uchun psixologiya fanining h a m m a
sohasida keng qo'llanilm oqda. Asosan bular testlardir. «Test» ingliz 
tilidan olingan bo'lib, sinov, tajriba degan m a ’noni bildiradi. Hozirgi 
amaliyotda bir necha m ingdan oshiq testlar mavjud bo'lib, afsuski, 
ularning ko'p qismi milliy xususiyatlar e ’tiborga olinib o'zbek tiliga 
tarjim a qilinmagan. Chet el, asosan g'arb psixologiyasida testlar bi­
lan ishlash keng ommalashgandir. Testlar yordam ida bolalarning 
aqliy rivojlanish darajasi (intellektual koeffitsienti), iqtidorlilik d ara­
jasi, ruhiy holati, shaxs xususiyatlari, o'ziga va boshqalarga bahosi, 
kasb qiziqishlari va kasbga yaroqliligi aniqlanadi.
Yuqorida keltirilgan ko'pgina m etodikalarni tiflopsixologi­
yada, ko'r va zaif ko'ruvchi o'quvchilarni psixologik tekshirishda 
qo'llashning m urakkab tom oni shundaki, o'quvchilar anketa va test 
savollarini o'zlari o'qishlari shart. Savollarni o'qib berish test nati- 
jalariga salbiy t a ’sir etmaydimi, degan fikr mavjud. Tiflopsixologi­
yada ilmiy-tadqiqot o'tkazish uchun yangi m etodlar yaratish, mav­
ju d m etodlarni moslashtirish, takomillashtirish shu k u n n in g eng 
dolzarb m asalalaridan biridir.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish