O‘lchash vositasining o‘zgartirish funksiyasi yoki statik xarakteristikasi. O‘lchash vositasining o‘lchash ma’lumotini beruvchi kirish va chiqish kattaliklari orasidagi funksional bog‘lanish uning o‘zgartirish funksiyasi yoki statik xarakteristikasi deb ataladi.
O‘lchash vositalarining kirish va chiqish to‘la qarshiliklari ham uning metrologik xarakteristikasi turkumiga kiradi. Kichik quvvatli zanjirlarda o‘lchash vositasi zanjirining ish rejimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi va qo‘shimcha xatoliklarni yuzaga keltiradi. O‘lchash vositasining chiqish to‘la qarshiligining qiymatiga qarab unga ulanish mumkin bo‘lgan yuklama qiymati belgilanadi.