O‘lchash vositasi chiqish signali (ko‘rsatishi)ning variatsiyasi uning muhim xarakteristikasi hisoblanadi. Тashqi sharoit o‘zgarmagan holda o‘lchanayotgan kattalikning bitta qiymatini qayta o‘lchashda yuzaga keladigan farq o‘lchash vositasi ko‘rsatishining variatsiyasi deb ataladi. Amalda variatsiya tekshirilayotgan asbob shkalasining bir belgisiga to‘g‘ri keladigan, o‘lchanayotgan kattalikning ortuvchi va kamayuvchi tomonlari bo‘yicha o‘lchab aniqlangan haqiqiy qiymatlari farqi bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |