- Asosiy o’lchash sohalariga quyidagilar kiradi:
- Geometrik kattaliklar -burchak, uzunlik, yuza, hajm va hokazolarni o’lchash;
- Mexanik kattaliklar -massa, kuch, mustahkamlik, cho’zilish, bosim va hokazolarni o’lchash;
- Moddalarning oqimi, hajmi, sathi va hokazolarni o’lchash;
- Fizik-kimyoviy-gaz, suyuqlik zichligi, yopishqoqlik, jismlarning namligi va hokazolarni o’lchash;
- Issiqlik -harorat, issiqlik va hokazolarni o’lchash;
- Vaqt, chastotani o’lchash;
- Elektr va magnit kattaliklari-tok kuchi, kuchlanish , quvvat, elektr qarshiligi, magnit maydonini va hokazolarni o’lchash;
- Radioelektron-signallarni o’lchash;
- Akustik kattaliklar-havo, gaz, suv va qattiq jismlarda, shovqin darajasi va hokazolarni o’lchash;
- Optik kattaliklar-materiallarning optik xususiyatlari (oqligi, tiniqligi, rangi, yaltiroqligi) ni o’lchash;
- Ionli nurlanishni va yader doimiyliklarini o’lchash, ionli nurlanishning dozimetrik ko’rsatkichlari, ionli nurlanishning spektral ko’rsatkichlari, radionuklidlarning faolligini o’lchash.
Do'stlaringiz bilan baham: |