Sath deb texnologik apparatning ishchi muhit – suyuqlik yoki sochiluvchan jism bilan to‘ldirish balandligiga aytiladi.Ishchi muhit sathi texnologik parametr hisoblanadi, u haqdagi axborot texnologik apparatning ish rejimini nazorat qilish uchun, ayrim hollarda esa ishlab chiqarish jarayonini boshqarish uchun zarur. Sathni o‘lchash vositalari sath o‘lchagichlari deb ataladi.Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Sathni o‘lchash moddaning idishdagi miqdorini aniqlash va texnologik jarayonda ishtirok etayotgan ishlab chiqarish uskunasida sath holatini nazorat qilishdan iborat.Ishlash xarakteri jihatidan sathni o‘lchagichlar uzluksiz va uzlukli (releli) bo‘ladi. Releli sath o‘lchagichlar moddaning sathi ma'lum balandlikka yetganda ishlay boshlaydi, ular signalizatsiya maqsadida ishlatiladi va sath signalizatori deyiladi.
Bu asboblar ishlash prinsipi va tuzilishi jihatidan bir biridan farq qiladi. Masalan, suyuqlik sathni o‘lchashga mo‘ljallangan asboblarning ko‘pi sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash uchun yaroqsiz, usti ochiq (atmosfera bosim) idishlarda ishlatiladigan asboblar esa yuqori bosimda ishlaydigan idishlar uchun yaroqsizdir va hokazo.
Sathni nazorat qilish asboblari shkalali va shkalasiz bo‘ladi. Shkalasiz asboblar, odatda, ikkilamchi asboblar bilan birga ishlaydi, yoki sathning chegarasi haqida mustaqil signal beradi. 1.1– jadvalda o‘lchash diapazoniga ko‘ra sath o‘lchagichlar keltirilgan.
O‘lchash diapazoniga ko‘ra sath o‘lchagichlar 1.1 jadval
|
|
Elektr sath o’lchagichlarining ishlash printsipi suyuqliklar va gazlarning turli elektr xossalariga asoslangan. Bunda sathi o’lchanayotgan suyuqliklar o’tkazgichlar ham, dielektriklar ham bo’lishi mumkin; suyuqliksiz bo’shliqdagi gazlar esa doim dielektriklardir. O’tkazgichlarni elektr xossalarini belgilaydigan asosiy parametr – bu ularning elektr o’tkazishi, dielektriklarni esa – moddadagi elektr zaryadlari orasidagi o’zaro ta’sir kuchi vakuumdagiga nisbatan necha barobar kamayishini ko’rsatuvchi nisbiy dielektrik o’tkazuvchanligidir. Sathni o’zgarishiga birlamchi o’zgartirgichning qaysi parametri (qarshilik, idish yoki induktivlik) ta’sir qilishiga qarab, elektr sath o’lchagichlari quyidagi turlarga bo’linadi: sig’imli (hajmli), konduktorometrik va vibratsion.
Do'stlaringiz bilan baham: |