Tabiatda uchrashi. Bor tabiatda erkin holatda uchramaydi, ko'pincha uning kislorod bilan hosil qilgan birikmalari uchraydi. Bor vulqonlarning otilishi natijasida vujudga kelgan issiq suvlar tarkibida H3BO3 holida uchraydi. Tabiatda esa shu kislota hosil qilgan minerallar holida keng tarqalgan. Bunday birikmalarga bura Na2B4O7- 10H2O, boratsit Mg3B3O11 * MgCl2, pardermit Ca2B6O11 -3H2O, kolemanit Са2B6О11 • 5H2O, kernit Na2B4O7- 5H2O va boshqalar misol bo'la oladi.
D elementlar MATN.
Metallarning umumiy xossalari. D. M. Mendeleev davriy sistemasidagi 106 elementning 83tasini metallar tashkil qiladi. Metallarning 12 tasi s- elementlar, 34 tasi F elementlar, 28 tasi f-elementlar va dolgan 10 tasi p-elementlardir. p- elementlardan germaniy, vismut, poloniy, qalay metallmas xossalarini ham namoyon qiladi.
Metallarning o’ziga xos belgilari quyidagilardan iborat.
1. Har qanday metall o’ziga xos yaltiroqlikka ega, buning sababi shuki, ular yorug’lik nurini spektrning ko’zga ko’rinuvchan sohasida qaytarish xususiyatiga ega.
2. Metallar issiqlik va elektrni yaxshi o’tkazadi. Metallarning elektr o’tkazuvchanligi temperatura ortishi bilan pasayadi va aksincha qarshiligi temperatura ortuvi bilan ortadi.
3. Ko`pchilik metallar odatdagi sharoitda kristall holatda bo’ladi, ularning koordinasion soni katta qiymatga ega (8 va 12 ga teng).
4. Metallar chuziluvchan va yassilanuvchan bo’ladi.
5. Metallar elektr musbat elementlardir, ya'ni ularning oksidlari ko’pincha suv bilan birikib asoslar hosil qiladi.
Metallarda bu besh xususiyatning borligiga asoslanib, metallning ichki tuzilishi haqida ma'lum tasavvur yaratish mumkin. Masalan, metallar yorug’likni qaytarish xususiyatiga ega bo’lgani uchun, juda yupqa metall plastinka ham shaffof (tiniq) bo’lmaydi. Bunga asoslanib, metall juda zich tuzilgan deyish mumkin.
Metallarning oson deformasiyalanishiga ko’ra ularning kristall panjarasi u qadar mustahkam emas, panjaraning bir tekisligi uning ikkinchi tekisligiga nisbatan oson harakatlana oladi, degan xulosaga kelish mumkin.
Metallarning issiqlik va elektrni yaxshi o’tkazishi-zaryadlangan zarrachalar metall kristallari orasida oson xarakatlanishi haqida ma'lumot beradi. Nihoyat, metallarning elektr musbat elementlar jumlasiga kirishi-valent elektronlarning metall atomidan osongina chiqib keta olishini o’ursatadi. Bu besh xususiyat oddiy moddalarni "metall" yoki "metallmaslar" sinfiga ajratish uchun asos bo’la oladi, lekin oddiy moddalarni "metall" yoki "metallmaslar"ga ajratish uchun kimyoviy bog’lanish tipini asos qilib olish afzal. Demak, zarrachalari orasida metall bog`lanishli oddiy moddalarni metallar jumlasiga, kovalent bog’lanishli oddiy moddalarni esa metallmaslar jumlasiga kiritish mumkin.
Oddiy moddalarni bunday ikki turkumga ajratish bir 'tomondan mutlaq va ikkinchi tomondan nisbiy xarakterga ega. Ayni sharoitda oddiy moddalarni metall va metallmaslarga ajrata olamiz, lekin ba'zi oddiy moddalarning "metallar" yoki “metallmaslar" turkumiga kiritilishi tashqi sharoitning o’zgarishiga bog’lik, bo’ladi. Masalan, surmaning elektr o’tkazuvchanligi temperatura ortishi bilan kamayadi, shuning uchun uni "metallar" turkumiga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |