Qimmatbaho komponent deb foydali qazilmalar tarkibidagi alohida kimyoviy element yoki mineralga aytiladiki, u element qayta ishlash va boytitish jarayonlarida kerak bo'lsin va xalq xo'jaligida ham foydali bo'lsin.
Foydali qo'shimcha deb foydali qazilmalar tarkibida ozroq miqdorda uchraydigan alohida kimyoviy element yoki tabiiy birikmaga aytilib, ular asosiy qimmatbaho komponent bilan birga ajratib olinadi va asosiy komponentni boyitadigan qo'shimcha hisoblanadi.
Yo'ldosh komponent deb foydali qazilmalar tarkibida oz miqdorda uchraydigan alohida qimmatbaho kimyoviy element yoki minerall bo'lib, foydali qazilmalarni boyitilganda bir yo'la mustaqil ajralishi va boyitilishiga aytiladi.
Zararli qo'shimcha - alohida kimyoviy element yoki tabiiy birikmalar bo'lib, foydali qazilmalar tarkibidagi asosiy qimmatbaho komponentlarni sifatiga salbiy ta'sir qiladi.
Chiqindi deb mahsulotlar tarkibidan foydali komponentlar va boyitmalarni ajratib olgandan keyin qoladigan keraksiz mahsulotga aytiladi.
Ruda - minerallardan tashkil topgan bo’lib, tarkibida har xil minerallar, ma'danlar yoki birikmalari bo'lgan tog jinsi.
Yer kurasida tarqalgan minerallar quyidagicha: silikatlar-25%, oksidlar va gidroksidlar - 12,5%, sulfidli birikmalar va ularning analoglari - 14%, fosfatlar va ularning analoglari - 18%.
Rudalar tarkibi va tuzilishiga qarab oddiy va murakkab bo'ladi. Oddiy rudalarda bitta qimmatbaho komponent bo'ladi. Murakkab rudalar esa har xil xususiyatlarga ega bo'lgan mireallardan tashkil topadi. Bitta qimmatbaho komponenti bo'lgan rudalarni monometalli, ikkita va undan ortiq qimmatbaho komponenti bo'lsa - bimetalli yoki polimetalli rudalar deyiladi.
Tarkibidagi ma'dan turiga qarab, misli ma'dantosh, ruxli ma'dantosh va x.k. deb yurutiladi. Tarkibida qimmatbaho komponenti bo'lmagan mainerallga puch tog’ jinsi deyiladi. Qayta ishlash jarayonlarida ular zararli qo'shimchalar bilan birga chiqindiga chihariladi. Boyitish natijasida foydali qazilmalar asosan 2 ta mustaqil mahsulotga bo'linadi: boyitish natijasida ajratib olingan boyitmalar va chiqindi.
Boyitish fabrikalari yoki gidrometallurgiya zavodlariga tashib kelinadigan foylali qazilmalarni ularning tarkibi va fizik-kimyoviy xususiyatlariga qarab boyitiladi. Masalan, navoiy viloyatining Qizilqum regionlaridagi sochma oltin konlaridagi rudalarni asosan gravitatsiya usulida (zarralarni fizikaviy xususiyatlariga asoslanib suvli muhitda yuvib) boyitiladi.
Rudalarni tarkibi o'zgargan sari boyitishning texnologik tizimlari va usullari o'zgarishi tabiiy hol, aks hollda ko'zda tutilgan maqsadlarga erishib bo'lmaydi, masalan, foydali minerallarni rejada belgilangan miqdordagi darajada olib bo'lmaydi. Rudalarning turlari va xususiyatlariga asoslanib ularni bir-necha xil usullarda boyitish mumkin, masalan: gravitatsiya; flotatsiya; magnit usulida; elektr usulida; maxsus kimyoviy usulda va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |