Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad


-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni



Download 233,29 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana22.06.2022
Hajmi233,29 Kb.
#690600
1   2   3
Bog'liq
ПҚ-55 карор 20.12.2021(1)

2022-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni 
moliyalashtirishning hududlar kesimidagi 
MAQSADLI PARAMETRLARI 
mlrd soʻm 
T/r
Hudud nomi
2022-yilda 
yoʻnaltiriladigan 
mablagʻlar
Shundan:
avval berilgan 
kreditlarning 
soʻndirilishi 
hisobidan
qoʻshimcha 
mablagʻlar ajratilishi 
hisobidan
JAMI:
10 000
6 170
3 830
1. 
Qoraqalpogʻiston 
Respublikasi 
650 
386 
264 
2. 
Andijon viloyati
855 
586 
269 
3. 
Buxoro viloyati 
915 
573 
342 
4. 
Jizzax viloyati 
540 
327 
213 
5. 
Qashqadaryo 
viloyati 
800 
566 
234 
6. 
Navoiy viloyati 
540 
346 
194 
7. 
Namangan 
viloyati 
865 
577 
288 
8. 
Samarqand 
viloyati
900 
503 
397 
9. 
Surxondaryo 
viloyati 
850 
586 
264 
10. 
Sirdaryo viloyati 
480 
272 
208 
11. 
Toshkent viloyati 
720 
366 
354 
12. 
Fargʻona viloyati 
900 
490 
410 
13. 
Xorazm viloyati 
695 
382 
313 
14. 
Toshkent shahri 
290 
210 
80 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-son 
qaroriga 
 
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va 
qoʻshimchalar 
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon 
xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar 
toʻgʻrisida”gi PQ-3680-son 
qarorida

a) 9-bandning 
“b” kichik bandida
:  
ikkinchi xatboshi
 quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
“fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga 3 yilgacha muddatga, shu jumladan 
1 yillik imtiyozli davr bilan, bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 7 
yilgacha muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan 2019-yilning 31-dekabriga qadar 
yillik 7 foizlik stavkada, bankning 2 foizlik marjasini hisobga olgan holda kreditlar ajratish uchun 
resurslarni «Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB, “Turonbank” ATB hamda AT “Xalq 
banki”ga joylashtirish. 2020-yil 1-yanvardan boshlab resurslarni joylashtirish Oʻzbekiston 


Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foizlik bandni chegirib 
tashlagan holda, 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa, yillik 10 foiz stavkada amalga oshiriladi; 
uchinchi xatboshi
 “4 foizlik bandni chegirib tashlagan holda” soʻzlaridan keyin “ , 2022-yil 
1-yanvardan boshlab esa, yillik 10 foiz stavkada” soʻzlari bilan toʻldirilsin; 
yettinchi xatboshidan
 “,savdo” soʻzlari chiqarib tashlansin; 
oʻn uchinchi xatboshi
 quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
“2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
asosiy stavkasida, 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa, tijorat banklari tomonidan yillik 14 foiz 
stavkada beriladi”; 
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin: 
“Kreditlar bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 3 yilgacha 
imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga, chorvachilik (qoramol, qoʻy, echki), baliqchilik va 
parrandachilik (tuxum yoʻnalishi) uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga har 
bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq tuman (shahar) Oilaviy 
tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazining asoslantirilgan va natijadorligi aniq hisob-kitob 
qilingan holdagi qarori asosida beriladi”; 
b) 9-bandning 
“v” kichik bandi
 quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
“v) Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan kreditlar hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va 
tomorqa yer egalari kengashlari bilan kelishilgan holda beriladi, tomorqa yer egalari — jismoniy 
shaxslarga 33 million soʻmgacha, fermer, dehqon xoʻjaliklari va boshqa tadbirkorlik subyektlariga 
225 million soʻmgacha miqdorda ajratiladigan kreditlar bundan mustasno. Ushbu summadagi 
kreditlar har bir mahallaga mahallabay ishlash boʻyicha biriktirilgan hokim yordamchisi tomonidan 
beriladigan tavsiyalar asosida ajratiladi”. 
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi “Har bir oila — tadbirkor” 
dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida»gi PQ-3777-son 
qarorida

a) 9-bandning 
ikkinchi — beshinchi xatboshilari
 quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
«33 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda — tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy 
shaxslarga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalari;
225 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda — hokim yordamchisining tavsiyalari asosida 
belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan kichik tadbirkorlik subyektlariga uchinchi shaxs 
kafilligi, sugʻurta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Jamgʻarmaning 
kafilligi va qonun hujjatlari doirasidagi boshqa taʼminot turlari;
225 million soʻmdan ortiq miqdorda — hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq 
tadbirkorlik subyektlarining investitsiyaviy loyihalarini kreditlashda qonun hujjatlari doirasida 
belgilangan taʼminot turlariga asosan ajratiladi. 
Bunda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB 
va “Agrobank” ATB orqali Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi boʻyicha, 
2022-yil 1-yanvardan — tijorat banklari tomonidan yillik 14 foiz stavkada beriladi»; 
b) 10-bandning 
birinchi xatboshisi
 quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
“10. Hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari zimmasiga tuman va 
shaharlarda kichik tadbirkorlik subyektlarining samaradorligi yuqori, barqaror ish oʻrinlari 
yaratishga qaratilgan loyihalariga 225 million soʻmdan ortiq miqdorda Dastur doirasidagi resurslar 
hisobidan kredit ajratishga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi tomonidan berilgan 
tavsiyaga muvofiq tuman (shahar) markazlarining qarori asosida qaror qabul qilish vazifasi 
yuklatilsin”; 
v) 
11-banddagi
 “1,5” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin. 
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi “Aholi bandligini 
taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida”gi PQ-3856-son qarori 6-bandining 
“v” kichik bandida

birinchi 
va 
ikkinchi xatboshilar
 quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
“mikrokreditlar 225 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda har bir mahallaga biriktirilgan 
hokim yordamchisining tavsiyalari asosida 3 yilgacha muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan:”; 


uchinchi — oltinchi xatboshilar
tegishincha ikkinchi — beshinchi xatboshilar deb 
hisoblansin: 
toʻrtinchi xatboshi
 quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
“2022-yil 1-yanvardan — tijorat banklari tomonidan yillik 14 foiz (shundan 4 foiz bank 
marjasi) stavkada ajratiladi”. 
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini 
tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-
tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4231-son 
qarorida

a) 
4-bandda

uchinchi xatboshidagi
“bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan 
stavkalarda” soʻzlari “yillik 14 foiz stavkada” soʻzlari bilan almashtirilsin; 
oltinchi xatboshidagi
 “sektor rahbarlari va” soʻzlari “har bir mahallaga biriktirilgan hokim 
yordamchisining tavsiyalariga muvofiq” soʻzlari bilan almashtirilsin; 
b) 6-bandning 
birinchi xatboshisidagi
“Q.X. Taparov” soʻzlari “D.Sh. Sultanov” soʻzlari 
bilan almashtirilsin. 
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktyabrdagi “Oilaviy 
tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash 
tartibini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4498-son qarorining 
2-
bandida

ikkinchi xatboshi
“qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha” soʻzlaridan keyin “, 2022-yil 
1-yanvardan boshlab yillik 14 foiz stavkada” soʻzlari bilan toʻldirilsin; 
uchinchi xatboshidagi
“Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat jamgʻarmasi” 
soʻzlari “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi” soʻzlari bilan 
almashtirilsin; 
toʻrtinchi xatboshi
 quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
“Dasturlarni moliyalashtirish uchun resurslar ajratadigan Oʻzbekiston Respublikasining 
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda Jamgʻarmalar resurslarining 2020 — 2022-yillarda 
soʻndiriladigan qismi har oyda vakolatli banklarga Dasturlar doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish 
uchun yoʻnaltiriladi, bunda resurslar boʻyicha foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy 
banki qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foiz past qilib, 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa yillik 
10 foiz stavkada belgilanadi”. 
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Hunarmandchilikni 
yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar 
toʻgʻrisidagi”gi PQ-4539-son qarori 9-bandining 
uchinchi xatboshisi 
quyidagi tahrirda bayon 
etilsin: 
“AT Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB ushbu manbalar 
hisobidan “Hunarmand” uyushmasi aʼzolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, 
ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish 
markazlari, “usta-shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu 
maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun 36 oygacha muddatga hamda aylanma 
mablagʻlarini toʻldirish uchun 18 oygacha muddatga, 2022-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshmagan holda, 2022-yil 1-yanvardan 
boshlab, yillik 14 foiz stavkada 225 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda kreditlar ajratsin». 
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktyabrdagi “Aholini 
tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir 
qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4862-son 
qarorida

a) 
5-bandda

uchinchi xatboshidagi
“mikrofirma va kichik korxona taʼsis etgan shaxslarga” soʻzlari 
“kichik tadbirkorlik subyektlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin; 
toʻrtinchi xatboshi
 quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
“Bunda, mikrokreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga hokim 
yordamchisining oʻziga biriktirilgan mahallada istiqomat qilayotgan (joylashgan) qarz oluvchiga 


beradigan tavsiyasi asosida, bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 3 
yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga, chorvachilik (qoramol, qoʻy, echki) uchun 1 
yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga har bir mahallaga biriktirilgan hokim 
yordamchisining tavsiyalariga muvofiq tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash 
markazining asoslantirilgan va natijadorligi aniq hisob-kitob qilingan holdagi qarori asosida yillik 
14 foiz stavkada ajratiladi”; 
b) 6-bandning 
toʻrtinchi xatboshisidagi
“Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz 
bandga past foiz stavkasida yoʻnaltirilsin” soʻzlari “yillik 10 foiz stavkada yoʻnaltirilsin” soʻzlari 
bilan almashtirilsin. 
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-
quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5020-son qarorining 
5-bandida

“a” kichik banddagi
 “Markaziy bankning asosiy stavkasida yoʻnaltiradi” soʻzlari “yillik 10 
foiz stavkada yoʻnaltiradi” soʻzlari bilan almashtirilsin; 
“b” kichik bandning 
birinchi xatboshisi
 quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
“b) quyidagi dasturlarni muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan xotin-qizlarga mazkur mablagʻlar 
hisobidan har bir mahallaga mahallabay ishlash boʻyicha biriktirilgan hokim yordamchisining 
tavsiyasiga koʻra, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun 3 yilgacha muddat va 6 oygacha 
imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda kreditlar 
ajratiladi:”; 
“v” kichik band
 quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) ajratiladigan kreditlar, istisno tariqasida, 2022-yil 1-yanvarga qadar Markaziy bankning 
asosiy stavkasi doirasida, 2022-yil 1-yanvardan tijorat banki tomonidan yillik 14 foiz stavkada 
beriladi”; 
quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan toʻldirilsin: 
“d) kreditlar bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 3 yilgacha 
imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga, chorvachilik (qoramol, qoʻy, echki) uchun 1 yilgacha 
imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining 
tavsiyalariga muvofiq tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazining 
asoslantirilgan va natijadorligi aniq hisob-kitob qilingan holdagi qarori asosida beriladi”. 
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi “Oilaviy tadbirkorlikni 
rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 
PQ-5041-son qarorining 
6-bandi
 quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
«6. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarorga muvofiq: 
tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkalari, istisno tariqasida, 
2022-yil 1-yanvarga qadar Markaziy bankning asosiy stavkasi doirasida, 2022-yil 1-yanvardan 
boshlab yillik 14 foiz stavkada belgilanadi; 
tijorat banklariga kredit resurslari Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz past 
darajada, 2022-yil 1-yanvardan boshlab yillik 10 foiz stavkada ajratiladi». 
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son) 

Download 233,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish