“Oilaviy qadriyatlar Davlat rivoji va taraqqiyoti uchun mustahkam asosdir”


O‘ZBEKISTON VA QIRG‘IZISTON PREZIDENTLARI IKKI TOMONLAMA HAMKORLIKNING DOLZARB MASALALARINI MUHOKAMA QILDILAR



Download 168,38 Kb.
bet6/7
Sana23.06.2022
Hajmi168,38 Kb.
#696469
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
36 HAFTA AXBOROT SOATI UCHUN MATERIALLAR.

O‘ZBEKISTON VA QIRG‘IZISTON PREZIDENTLARI IKKI TOMONLAMA HAMKORLIKNING DOLZARB MASALALARINI MUHOKAMA QILDILAR


19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Turli darajalarda o‘zaro muloqot va almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik kengayib bormoqda – yil boshidan tovar ayirboshlash 30 foizga oshdi.
Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda beshta muhim yo‘nalish – Davlat chegarasiga oid masalalarda, savdo-sotiqni ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, transport va energetika sohalarida qo‘shma infratuzilma loyihalarini ilgari surish borasidagi amaliy hamkorlikda aniq natijalarga erishishga alohida e’tibor qaratildi.
Mintaqaviy muloqot masalalari muhokama qilinar ekan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi kun tartibini har tomonlama tayyorlash muhimligi qayd etildi.


GEOLOGIYA-QIDIRUV ISHLARI BO‘YICHA DASTUR ISHLAB
CHIQISH VAZIFASI QO‘YILDI


Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-may kuni geologiya sohasini yanada rivojlantirish, foydali ma’danlar va yerosti suvi zaxiralarini kengaytirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
So‘nggi yillarda yurtimiz geologiyasi ham ilm, ham texnologiya jihatidan kuchaytirilgani natijasida qidiruv ishlarining qamrovi kengaydi, yerosti boyliklarining yangi zaxiralari aniqlandi. Ularga asoslanib, yirik korxonalar qurilmoqda, istiqbolli loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Xususan, uran bo‘yicha 27 ta yangi kon ochilib, barqaror xomashyo bazasi yaratildi. Lekin sohadagi imkoniyatlar ancha ko‘p. Shu bois davlatimiz rahbari nodir va noyob metallar qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.
Taqdimotda mutasaddilar shu borada ishlab chiqilgan rejalar yuzasidan axborot berdi. Unga ko‘ra, umumiy qiymati 182 million dollarlik 14 loyiha shakllantirilgan. 
Prezidentimiz bu loyihalar bilan chegaralanmasdan, yuqoriroq marra olish kerakligini ta’kidladi.
Shu maqsadda, 2022-2026-yillarda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Bu dasturda 8 ta yangi kon va 18 ta istiqbolli maydon hisobiga uran zaxirasini oshirish, zamonaviy burg‘ilash uskunalarini olib kelish, raqamli geologiya modelini yaratish ko‘zda tutiladi.
Shuningdek, “Navoiyuran” davlat korxonasini transformatsiya qilish, xorijiy mutaxassislarni jalb etib, texnologik jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Uran zaxirasini xalqaro standartlarga muvofiq baholash, so‘nggi texnologiyalar asosida rudadan uranni ajratib olish darajasini oshirish muhimligi qayd etildi.
Taqdimotda istiqbolli konlarni tayyorlash va ularga investorlarni jalb qilishga oid taklif ham ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi huzurida “Yangi kon” loyiha ofisi tashkil etish, uning ustav kapitaliga 15 million dollar ajratish mo‘ljallangan. Bu loyiha ofisi litiy, alyuminiy, magniy, grafit va boshqa nodir metallarni ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshiradi.
Davlatimiz rahbari jahon bozorida uran narxi barqaror o‘sib borayotgani, yangi loyihalarda bu xomashyoni qayta ishlash va qo‘shilgan qiymat yaratishga alohida e’tibor qaratish kerakligini ta’kidladi.
Albatta, buning uchun malakali kadrlar ham zarur. Shu bois Prezidentimiz tashabbusi bilan Geologiya fanlari universiteti tashkil etilgan edi. Navoiy konchilik institutiga universitet maqomi berildi. Italiyaning Piza hamda Rossiyaning Sankt-Peterburg konchilik universitetlari bilan qo‘shma dasturlar tuzildi.
Lekin, zamonaviy bilimga ega, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtirgan o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarinini tayyorlash sust. Jumladan, birgina Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida yiliga 300 dan ortiq o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarga ehtiyoj bor.
Shu bois Zarafshon, Angren va G‘uzordagi texnikumlarda geologiyaga ixtisoslashgan yo‘nalishlarni ko‘paytirib, malakali ishchilar tayyorlash zarurligi ta’kidlandi.
O‘tgan yili mamlakatimizda mis sanoati klasteri tashkil etilgan edi. Dasturga ko‘ra, mis ishlab chiqarishni yagona “zanjir” asosida 2 baravarga ko‘paytirib,
8 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish reja qilingan.
Taqdimotda shu borada amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ham hisobot berildi.
Ma’lumki, mintaqamizdagi eng dolzarb muammolardan biri bu – suv tanqisligi. Bunday sharoitda yerosti suvidan aql bilan foydalanish zarur. Afsuski, so‘nggi yillarda yerosti suvining sathi yurtimizdagi 13 ta tumanda 5 metrgacha, 9 ta tumanda 20 metrgacha pasaygan.



Download 168,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish