O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni https://uza.uz/oz/posts/dorivor-osimliklar-xomashyo-bazasidan-samarali-foydalanish-qayta-ishlashni-qollab-quvvatlash-orqali-qoshimcha-qiymat-zanjirini-yaratish-chora-tadbirlari-togrisida_374130 O‘ZBEKISTON PREZIDENTI BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARI PREZIDENTI BILAN UCHRASHDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti, Abu Dabi amiri Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning vafot etgani munosabati bilan ta’ziya bildirish uchun 15-may kuni tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.
Abu Dabi shahridagi Prezident majmuasida davlatimiz rahbari Birlashgan Arab Amirliklarining yangi saylangan Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida mamlakatimiz yetakchisi Amirliklar Prezidenti va do‘st xalqiga Prezident Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning bevaqt vafot etgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Shayx Xalifa mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgani alohida qayd etildi.
Shuningdek, Prezidentimiz Shayx Muhammad Ol Nahayonni oliy davlat lavozimiga saylangani bilan tabriklab, kelgusi faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Yetakchilar O‘zbekiston va Amirliklar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Davlatimiz rahbari BAA tashqi ishlar vaziri Abdulla bin Zoid Ol Nahayon hamda Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vaziri Mansur bin Zoid Ol Nahayon bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi.
O‘ZBEKISTON PREZIDENTI TURKMANISTON BILAN PARLAMENTLARARO HAMKORLIKNI KENGAYTIRISH MUHIMLIGINI TA’KIDLADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-may kuni Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Sermahsul parlamentlararo muloqot, shu jumladan mintaqaviy formatda ham rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Davlatimiz rahbari Turkmaniston tomonini joriy yil 12-13-may kunlari Ashxobod shahrida xalqaro tadbirlar - Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyaning birinchi Parlamentlararo forumi hamda Xotin-qizlari muloqoti muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy qutladi.
Forum ishini muntazam yo‘lga qo‘yish, uning doimiy faoliyat yuritadigan kotibiyatini tuzish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
Xalqaro kun tartibi yuzasidan, mintaqaviy hamkorlikni davom ettirish va ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi samarali sheriklikni rivojlantirish, shu jumladan Afg‘onistonda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga, uning iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.