Maqsadni qo‘yishni o‘rgatish bo‘yicha maslahatlar:
Bir necha kun ichida farzandingizga oz miqdordagi pulni berib borishingiz va kerakli miqdor yig‘ilganida o‘zi xohlagan narsani sotib olishi uchun u bilan birga do‘konga borishingiz mumkin.
Farzandingizga kunlik xarajati yoki bayramlar orqali sovg‘a qilingan pullarning ma'lum bir foizini tejab qo‘yish maslaxatini bering.
O‘zbekistonda ota-onalar farzandlari uchun ularning tug‘ilgan kunidan boshlab bank hisob raqamini ochishlari va unga ma'lum miqdorda mablag‘ qo‘shishlari mumkin. Ushbu mablag‘ ota-ona yoki 14 yoshga to‘lgan farzand (bu yoshda hisob raqamdan qisman foydalanish huquqiga yega bo‘ladi ) tomonidan ishlatish istagi bo‘lmagunga qadar jamg‘arish muddati davomida ko‘payib boradi. Bu farzandingiz uchun tejash mohiyatini anglash va belgilangan maqsadga yerishishda mavjud pulni ko‘paytirish uchun ajoyib namunadir.
Pullarni saqlash uchun joy ajratib bering. Bolalarni yoshligidan pullarni tartibli saqlashga o‘rgatish muhim. Farzandlaringiz biron narsaga pul to‘plashni maqsad qilganlarida, ularga pulni saqlashga yordam beradigan buyum as qotadi. Ancha kichik bolalar uchun siz pul soladigan qutini (kopilka) sotib olishingiz mumkin.
Bankning moliyaviy vositalari haqidagi bog‘cha yoshidanoq farzandingizga tushunchalarni berishni boshlashingiz mumkin. To‘lovni bank kartasi orqali amalga oshirish vaziyatida, farzandingizga to‘lovni qanday amalga oshirayotganingizni va pulni nimaga sarflayotganingizni albatta ko‘rsating. Ko‘pincha bolalar ota-onalari nimanidur bank kartalari orqali yoki onlayn tarzida sotib olishayotganlarini ko‘rib, xoxlagan narsani istalgan vaqtda, xaqiqiy pullarni sarflamay olish mumkin degan noto‘g‘ri fikr paydo bo‘ladi.
Buni oldini olish uchun ularga banklar va bank kartalari tizimi haqida gapirib bering. Siz ishlab topayotgan pulingiz avtomatik tarzda sizning hisob raqamingizga kelib tushushini tushuntiring.
Bankomatlardan olayotgan naqd pullaringiz bank kartangiz hisob raqamidan yechib olinishini ham tushuntirishingiz muhimdir. Bundan tashqari siz bir oylik xarajatlaringizni to‘planishini bank kartasi xarajatlar ma'lumotnomasi orqali ko‘rsatishingiz mumkin.
Bugungi kunda O‘zbekistondagi tijorat banklari bolalar uchun plastik kartalarini ochish xizmatini taklif qilmoqda. Aslini olganda, ushbu kartalar ota-onalarning bank hisob raqamiga bog‘langan qo‘shimcha kartalardir. O‘z pasportlariga yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarga ega balog‘at yoshidagilar uchun banklar kartani mustaqil ravishda ochishni taklif qiladi. Ammo shu bilan birga, ota-onalarning yozma roziligi ham talab qilinishi mumkin.