CoinKeeper — boylik yo‘liga birinchi qadam
CoinKeeper budjetni nazorat qilish va uni rejalashtirish uchun eng qulay dasturlardan biri bo‘lib, mobil telefonlar va planshetlar uchun maxsus ishlab chiqilgan. Ushbu ilovada turli xil qurilmalar orqali qo‘shma budjetni yuritish imkoni mavjud. Daromad va xarajatlarni tezlikda qo‘shish imkonini beradigan ilova interfeysi dasturning ajoyib imkoniyati bo‘lib hisoblanadi.
Foydalanuvchi oylik budjetlarni o‘rnatishi, xarajatlarni rejalashtirishi, mablag‘lar hisobini hamkorlikda yuritishi, hisobni yuritish uchun bir nechta qurilmalardan foydalanishi, kerakli xaridlar uchun pulni yo‘naltirishi, boshqa valyutalarga ayirboshlashi va boshqalarni amalga oshirishi mumkin.
CoinKeeper ixtiyoriy bank tomonidan yuborilgan SMS-xabarlarni avtomatik tarzda qabul qiladi. Ushbu ilova Android platformasida ishlaydi va uni Play market elektron ilovalar do‘konidan yuklab olish mumkin.
Ilovalar uchun muqobil variantlar
Agar siz oila budjetini tuzish ishiga endi qadam qo‘ygan bo‘lsangiz, uy ro‘zg‘ori buxgalteriyasini yuritish uchun kuchli va pulli vositalarni ishlatishdan oldin siz oila budjetini oddiy Microsoft Excel jadvalida yuritib ko‘ring.Ushbu qarorning foydali tomonlari aniq ko‘rinib turibdi, ya'ni siz dastur uchun pul xarajat qilmaysiz va siz o‘z kuchingizni mablag‘larni boshqarish sohasida sinab ko‘rasiz.
Microsoft Excel dasturida tayyor namunalar mavjud, buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:
«Fayl» menyusiga kirish;
«Sozdat'» bo‘limini tanlash;
Berilgan namunalardan birini tanlang (odatiy oila budjeti, oila budjeti, xarajatlarning sodda budjeti, shaxsiy budjet va boshqalar);
«Sozdat'» ni bosish;
Tanlangan namuna bo‘yicha ishlash.
Pul haqida bolalar bilan qanday gaplashish kerak
Oxirgi yangilanish: 11 Fev 2021 11:59
1503
8
O‘zbekistonda aksariyat ota-onalar, ayniqsa bolalar haqida gap ketganda, moliyaviy savodxonlikning inson hayotidagi ahamiyatiga yetarlicha e'tibor bermaydilar. Farzandini pulga bo‘lgan munosabatini noto‘g‘ri shakllanishidan qo‘rqqan ota-onalar, ularning moliya to‘g‘risidagi bilimlarini minimal darajaga tushirib ikkita mutloq farqli tushuncha: “G‘amxo‘rlik” va” “moliyaviy savodxonlik”ni adashtirayotganliklarini sezmaydilar.
Darhaqiqat, bolalar maktabga borishlari, matematika, fizika, tarix kabi fanlaridan bilim olishlari va dunyoni o‘rganishlari kerak, biroq u yerda hayotiy muhim darslardan biri hisoblangan “pul bilan to‘g‘ri muomala qilish” kerakligi o‘rgatilmaydi. Axir ota-onalar bolalarini ma'lumotli tarbiyalashga harakat qilib, ularni real hayotga moliyaviy mustaqillikning asosiy vositasi bo‘lmish - moliyaviy savodxonlikka oid bilimlarni bermasdan turib tayyorlamoqda.
Bolalarni kelajakda moliyaviy mustaqil bo‘lishlari uchun ularga yoshliklaridan pul bilan qanday to‘g‘ri muomalada bo‘lish kerakligini o‘rgatish lozim. Bolalarni 4-5 yoshligidan boshlab ular bilan moliyaviy savodxonlik to‘g‘risida gaplashish mumkin va zarur. Sabab, bu yoshda bolalarda o‘zlarini o‘rab turgan barcha narsalar haqida juda ko‘p savollar paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |