Оилавий муносабатларни тартибга солиш ва фарзанд тарбиясида ҳадислардан фойдаланиш имкониятлари


I BOB. XALQ PEDAGOGIKASIDA OILAVIY MUNOSABATLAR VA



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana20.02.2021
Hajmi0,53 Mb.
#59424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-7 yoshli bolalar bilim va ijtimoiy rivojlanishida oila tarbiyasi metodlarining tasiri

I BOB. XALQ PEDAGOGIKASIDA OILAVIY MUNOSABATLAR VA 

FARZAND TARBIYASI HAQIDAGI QARASHLAR 

 

1.1 SHarq mutafakkirlarining ota-ona va farzandlar o’zaro 

munosabatlariga oid qarashlari 

Inson  bolasi  o’zi  tug`ilib  o’sgan  oilasida  ilk  bor  ijtimoiy  munosabatlarga 

kirishadi.  Uning  ijtimoiylashuvi  avvalo  o’z  oilasidagi  shaxslararo  munosabatlar 

tizimida  amalga  oshadi.  U  bilan  dastlabki  ijtimoiy  munosabatlarga  kirishuvchi 

odamlar:  uning  ota-onasi,  aka-opasi  va  oilasidagi  boshqa  a`zolardir.  Bolaning 

kelajakda  shaxs  sifatida  shakllanib,  etuk  inson  bo’lib  etishuvida,  hayotda  o’z 

o’rnini  topib  ketishida  uning  qanday  oilada  tarbiyalanganligi,  oilada  qanday 

psixologik  iqlim  hukm  surganligi,  o’z  ota-onasi  bilan  bo’lgan  o’zaro 

munosabatlarining qanday tarzda kechganligi muhim ahamiyatga egadir. SHuning 

uchun  ham  insoniyat  madaniyati  tarixining  ilk  davrlaridanoq  shaxslararo 

munosabatlarning  aynan  shu  turiga,  yaoni  oiladagi  shaxslararo  munosabatlarga, 

ayniqsa,  ota-ona  va  farzandlar  munosabatlariga,  oilada  bolalarning  o’zaro 

munosabatlariga alohida eotibor berib kelingan. Bu mavzuning uzoq o’tmishga ega 

ekanligini  biz  deyarli  barcha  millatlar  xalq  og`zaki  ijodiyoti  namunalari  misolida 

ko’rishimiz mumkin. 

Masalan,  xalqimizning  ming  yillik  tarixga  ega  bo’lgan  buyuk  dostoni 

«Alpomish»,  «Go’ro’g`li»,  shuningdek,  SHarq  mamlakatlari  xalqlari  uchun  katta 

maonaviy  manba  bo’lmish  hind  xalq  dostonlari  «Maxobhorat»,  «Ramayana» 

kabilarda  mazkur  munosabatlar  tizimi  yorqin  tasvirlangan.  Ular  ming  yillar 

davomida  xalq  og`zaki  ijodiyoti  namunalari  tarzida  avloddan-avlodga  uzatilib, 

kelajak  avlodlar  maonaviy  dunyosi,  ruhiy  olami,  milliy  qadriyatlarining 

shakllanishida munosib o’rin egallab kelmoqda. 

Xalqimizning shunday maonaviy meroslaridan biri bo’lmish «SHirin bilan 

SHakar»  dostonida  ham  oila,  oilada  bola  tarbiyasi,  bunda  ota-ona  ma`suliyati  va 

burchi,  farzandga  nisbatan  halollik  va  muhabbat,  farzandning  ota-onaga  hurmati, 

ota-ona  qadrini  yuqori  tutishi  kabi  masalalarga  alohida  eotibor  berilgan.  Doston 




 

qahramonlari aka-uka SHirin bilan SHakar obrazi orqali farzandlarning ota-onaga 



muhabbati,  aka-ukaning  bir-biriga  qon-qarindoshlik  munosabati  tasvirlangan. 

SHuningdek,  dostonda  oilaviy  bir  janjal  asosida  ota-bola  mojarosi  maydonga 

chiqadi.  SHoh  Qosimxon  xotini  Kenjaoyning  tuhmatiga  ishonib,  SHirin  bilan 

SHakarni o’limga hukm qiladi. Otasidan jabr ko’rgan SHirin va SHakar undan yuz 

o’giradilar.  Biroq  ular  onalarini  sadoqat  bilan  sevadilar,  uning  farzandlari  uchun 

chekayotgan  iztiroblari,  ko’z  yoshlariga  achinadilar,  ona  diydorini  qo’msaydilar. 

Doston xotimasi  sharqona an`ana va tarbiya qoidalari bilan yakunlanadi. Begunoh 

farzandlarini hech o’ylamay-netmay o’limga hukm qilgan ota jazoga loyiq, albatta. 

Biroq  qadimiy  sharqona  tarbiya  meozonlari  bunga  yo’l  qo’ymaydi.  CHunki  bu 

mezonlar  mazmunida  imon-eotiqod,  hurmat,  muruvvat  kabi  tushunchalar  mavjud 

bo’lib,  odamlarni  kechirimli  bo’lishga  undaydi.  Bunday  sharqona  tarbiya 

talablariga ko’ra, ota-piri buzrukvor, qiblagoh, duogo’y, mo’otabar zot hisoblanadi. 

Farzand  otaga  eotiqodli,  muruvvatli,  samimiy  itoatgo’y  bo’lishi  lozim.  Otaning 

duoibadi, qarg`ishi yomon. Bunga «Ota rozi – xudo rozi» qabilidagi maqollarning 

ko’plab tilga olinishi ham misol bo’ladi. 

Barcha asarlarda ota-onani hurmat qilish, odob bilan ularning xizmatlarini 

bajarish  farzandning  vazifasi  ekanligi  uqtiriladi.  Masalan,  rivoyatlarning  birida, 

ota-onalarning  farzandlariga  insonlarni  ranjituvchi  so’zlar  aytishdan,  yomon 

ishlardan  saqlanish  lozimligi  ta`kidlangan  holda  farzandlarning  ota-onaga  qanday 

xizmat qilishi kerakligini quyidagi tarzda bayon etiladi: «Bir kishi kechasi uyqudan 

uyg`onib o’g`lidan «suv ber» deb so’radi. O’g`li suv keltirguncha, otasi yana uxlab 

qolgan  edi.  O’g`li  «otam  balki  yana  suv  so’rar»,  deb  uxlamasdan  otasinig 

uyg`onishini  kutib  tong  otguncha  o’tirdi».  Bu  kabi  rivoyatlarning  deyarli 

barchasida  farzand  o’z  ota-onasini  hurmat  qilishga,  uning  olqishlarini  olishga 

daovat  etiladi.  Insoniy  g`oyalar  ruhida  tarbiyalangan  farzand  ota-onasi  qilgan 

nasihatlariga amal qilgan, ota-onasi hurmatini joyiga qo’ygan. 

Ota-onaning  farzandlariga  va  farzandlarning  ota-onasiga  mehr-oqibatli 

bo’lishlari,  ularning  ota-onalik  va  farzandlik  burchi,  masouliyatini  his  qilish 

masalalari xalqimiz milliy qadriyatlarining shakllanishida muhim maonaviy manba 



 

10 


bo’lib  xizmat  qilganligi  shubhasiz.  SHariat  qonunlarida,  islom  taolimotida, 

Qurooni  karim  va  Hadisi  shariflarda  oilaviy  munosabat  qoidalari  asosiy  o’rin 

egallaydi.  Zotan,  ota-ona  farzandni  dunyoga  keltiruvchi,  tarbiyalovchi,  hamfikr, 

do’st, hayotda yo’lboshlovchi, oilaning moddiy va maonaviy taominotchisi tarzida 

ulug`lanadi.  SHuning  uchun  ham  Quroon  taolimotiga  ko’ra  oilada  ota-ona  eng 

muqaddas zot. 

Quroonda: «Parvardigoringiz, yolg`iz Uning O’ziga ibodat qilishlaringizni 

hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning birovi yoki har 

ikkisi  sening  qo’l  ostingda  keksalik  yoshiga  etsalar,  ularga  qarab  «uf»  tortma  va 

ularning  (so’zlarini)  qaytarma!  Ularga  (doimo)  yaxshi  so’z  ayt!  Ular  uchun, 

mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut – hokisor bo’l va: «Parvardigorim, meni 

(ular)  go’daklik  chog`imdan  tarbiyalab  o’stirganlaridek,  Sen  ham  ularga  rahm-

shafqat  qilgin,  deb  (haqlariga  duo  qil!)»  (Isro  surasi,  22-24-oyatlar),  deya 

taokidlaydi.  Bu  oyat  mazmuniga  ko’ra:  Alloh  taolo  ota-onaga  yaxshilik  qilishni 

bevosita  o’ziga  ibodat  qilish  bilan  teng  qo’ygan,  ota-onalar  keksayib,  zaiflashib 

qolgan  hollarda  ularga  qanday  muomala  qilish  kerakligini  uqtiruvchi  quyidagi 

jihatlarga urg`u berilgan: 

1. 


Hech qachon ularga «uf» demaslik. 

2. 


Beadablik bilan so’zini qaytarmaslik. 

3. 


Ularga ehtirom bilan xushmuomalada bo’lish, yaxshi gapirish. 

4. 


Ota-ona oldida mehribonlik bilan hokisor bo’lish. 

5. Minnatdorchilik yuzasidan Allohdan ularga rahmu-shafqat so’rash. 

Oilaviy  munosabatlar,  ota-ona  va  farzandlar  hamda  qon-qarindoshlik 

aloqalari  kabi  masalalar  nafaqat  diniy,  balki  boshqa  ijtimoiy  munosabatlar 

doirasida  ham  muhim  o’rin  tutgan.  SHuningdek,  hadislarda  oila  va  oila  a`zolari, 

ota  va  ona,  ota-ona  va  farzandlar,  oilaning  boshqa  aozolari,  ayollar  va  erkaklar, 

shaxs  va  jamiyat  o’rtasidagi  amaliy  muomala  tizimi  imon  talablari  asosida bayon 

etiladi. Hadislarda ota-onaga hurmat, mehr-muhabbat, eozoz, moddiy va ma`naviy 

yordam,  ularning  amriga  bo’ysunish,  ota-ona  dunyodan  ko’z  yumgach,  ularning 

qarindosh-urug`lari,  do’stu-birodarlari  bilan  munosabatlarining  iltifotini  davom 




 

11 


ettirish,  vasiyatlariga  amal  qilish  yoshlar  ongiga  singdirilib  kelingan.  So’nggi 

yillarda bu borada ko’plab asarlar chop etilib, keng kitobxonlar ommasiga, yoshlar 

eotiboriga havola etilmoqda. 

 Xalq og`zaki ijodiyoti namunalari va diniy manbalarda oilaning muqaddas 

ekanligi,  ota-onaning  farzandlari  oldidagi,  bola  va  farzandning  o’z  ota-onasi 

oldidagi burchlari kabi masalalar hamda bolalar (qiz va o’g`il bolalar) tarbiyasida 

shariat  ko’rsatmalarining  aks  etishi  ming  yillar  davomida  oila  instituti 

shakllanishida ijobiy taosir ko’rsatib kelgan. 

 SHarqning  buyuk  allomalari  bo’lmish  Al-Buxoriy,  At-Termiziy, 

Burhoniddin  Marg`inoniy,  Ahmad  YAssaviy,  Mahmud  Qoshg`ariy,  Abu  Nasr 

Forobiy,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Abu  Ali  ibn  Sino,  YUsuf  Xos  Hojib,  Kaykovus, 

Abulqosim  Firdavsiy,  Amir  Temur,  Saodi  SHeroziy,  Alisher  Navoiy,  Bobur, 

Ahmad  Donish,  Mahmudxo’ja  Behbudiy,  Abdurauf  Fitrat,  Abdulla  Avloniy  kabi 

ko’plab  mutafakkirlarimiz  bu  borada  o’zlarining  tegishli  fikr-mulohazalarini 

kelajak  avlodga  meros  qilib  qoldirgan.  Ularning  bu  mavzuga  oid  ilmiy  merosi 

bugungi  kunda  ham  katta  ijtimoiy  va  mafkuraviy  ahamiyatga  egadir.  Ularning 

asarlarida oila va oilaviy munosabatlarga, ota-ona va farzandlar o’rtasidagi o’zaro 

munosabatlarga,  oilada  bolalarning  shaxslararo  munosabatlariga  oid  qarashlari 

taosirchan  obrazlarda  ifodalangan  hamda  ular  xalq  ruhiyatiga,  milliy 

psixologiyasiga chuqur singib ketgan. 

 SHarq mutafakkirlari taolimotlarini g`oyaviy jihatdan birlashtirgan yagona 

asos  shuki,  ular  o’z  asarlarida  shaxs  tarbiyasi  va  shakllanishida  oilaning  o’rniga, 

ota-ona  hamda  yaqin  kishilarning  etakchi  va  tarbiyaviy  funktsiyasiga  alohida 

eotibor  berganlar.  Odamlarning  o’zaro  munosabatlarida  namoyon  bo’ladigan 

yuksak fazilatlar (halollik, poklik, mardlik, mehribonlik va h.) avvalo oilada tashkil 

topadi,  rivojlanadi  va  avloddan-avlodga  uzatiladi.  Umuman,  oilaning  va  oiladagi 

o’zaro  munosabatlarning  jamiyat  taraqqiyotiga  ijobiy  taosiri  masalasiga  oid 

qimmatli fikrlar hamda bu boradagi amaliy ko’rsatmalar SHarq mutafakkirlarining 

falsafiy-etnik va ijtimoiy psixologik qarashlarida o’zining munosib aksini topgan. 



 

12 


Abu  Nasr  Forobiy  (870-950)  va  Abu  Rayhon  Beruniy(973-1048)larning 

oilaviy munosabatlar yuzasidan qarashlari alohida eotiborga loyiq. 

Forobiyning  inson  kamoloti,  baxti,  taolim  va  tarbiyasi,  axloqi  va  dinga 

munosabati  haqidagi  qarashlari  umumfalsafiy  qarashlar  va  tushuntirishlardan 

iborat  o’git  bo’lsa  Beruniyning  "Mineralogiya",    "Hindiston",  "O’tgan  avlodlar 

obidalari" kabi asarlarida inson shaxsi, uning kamoloti, aql-idroki kabilarga taorif 

beriladi.  Masalan,  Beruniy  o’zining  "Mineralogiya"  asarida  bo’lajak  ota-onaning 

farzand  oldidagi  masouliyati  haqida,  onaning  homiladorlik  paytidan  homilasiga 

eotiborni  kuchaytirish,  unga  yumshoq  munosabatda  bo’lish  va  shu  paytdan 

eotiboran uni tarbiyalab borishni uqtirib o’tadi. Bolani tarbiyalashda ota-ona bir xil 

talab va maqsad qo’ymog`i lozimligini taokidlaydi. 

SHuningdek,  Beruniy  bola  tabiat  inoom  etadigan  chiroyga  ega  bo’lishi  va 

sog`lom,  baquvvat  tug`ilishi  uchun  ona  qornidayoq  zamin  tayyorlanishi  lozimligi 

haqida  to’xtalib  o’tadi.  Bola  qiyofasi,  yaoni  uning  tashqi  tuzilishi  go’zal  bo’lishi 

uchun  onani  eozozlab,  ranjitmay  parvarish  qilish  zarurligi,  bolaning  ichki 

maonaviy  go’zalligiga  esa  u  tug`ilgandan  so’ng  tarbiya  orqali  erishilishi  hamda 

unda  xulq-odobni  tarbiyalash  uchun  zarur  muhit  va  tegishli  sharoit  yaratish 

lozimligini aytadi. Beruniy: «Bola xulqini mo’otadillikda saqlashga alohida eotibor 

berish  kerak,  bunga  esa  bolani  qattiq  g`azablanish,  qo’rqish,  xafalik  va 

uyqusizlikdan  saqlash  orqali  erishiladi»,  -  degan  fikrni  bildiradi.  Bolalarning 

yoqtirgan narsasini topib berishga va sevmagan narsasini ko’zidan uzoqlashtirishga 

doimo  tayyor  bo’lib  turish  kerak.  Bu  ishning  ikki  tomonlama  foydasini,  bir 

tomondan – bolaning ruhiyatiga foyda qilishi va bora-bora unga xushxulqlik odat 

bo’lib  qolishini  ko’rsatadi.  Aks  holda  yomon  xulq  turli  mijoz  buzilishini  keltirib 

chiqarishini aytib o’tadi. Masalan, g`azab kuchli qizdiradi, qayg`u kuchli ozdiradi, 

xafsalasizlik  nafsoniy  quvvatni  bo’shashtirib  mijozni  balg`amlikka  moyil  qiladi. 

Ikkinchidan,  xulqning  mo’otadilligi  natijasida  ham  nafas,  ham  badan  sog`lom 

bo’ladi. Demak, xulq mo’`tadilligi bilan odob-axloq tarbiyasini amalga oshirish va 

bolalarda  yaxshi  xulqni  tarbiyalash  mumkinligi,  bu  bilan  ularda  mehr-muhabbat 

hislari ham shakllanib borishini taokidlab o’tadi. SHu bilan birga oilada ota-ona va 




 

13 


farzandlar o’zaro  munosabatining  shakllanishi uchun  ham  ota-ona  o’z  xulq-atvori 

bilan bolalariga namuna bo’lib, ularning bir-birini hurmat qilishini, bir-birining eng 

yaqin  yordamchilari  bo’lib,  farzandlari  oldida  obro’  qozonishi  kerakligini 

taokidlaydi. 

Beruniy qarindosh-urug`chilik munosabatlari to’g`risida shunday deb yozadi: 

"Inson  jamiyatda  o’z  qarindosh-urug`lari  bilan  birgalikda  yashashga  majburdir, 

bundan  maqsad  bir-birini  qo’llab-quvvatlash  hamda  har  bir  kishining  ham  o’zini, 

ham boshqalarini taominlash uchun zarur ishlarni bajarishdir. 

Oilaviy munosabatlar masalalariga oid o’zining diqqatga sazovor qarashlari 

bilan  farqlanib  turuvchi  SHarq  mutafakkirlaridan  yana  biri  Abu  Ali  ibn  Sinodir 

(980-1037).  Ibn  Sinoning  pedagogik  va  psixologik  qarashlari  ijtimoiy  asosda 

qurilgan  bo’lib,  u  bola  tarbiyasida  umuminsoniy  tamoyillarning  qo’llanishini 

yoqlab  chiqib,  ota-onalar  bolani  qattiq  tana  jazosidan  ko’ra,  shaxsiy  ibrati  orqali 

tarbiyalashi samaraliroq ekanligini uqtiradi [73]. 

Ibn  Sino  "Qonun-fit-Tibb"  asarida  yosh  bolalarni  tug`ilganidan  boshlab 

tarbiyalash  masalasiga  alohida  e`tibor  beradi.  Bola  tug`ilganidan  boshlab  oyoqqa 

turguncha  ma`lum  tartibda  tarbiyalanib  borishi  lozim.  Bu  –  o’z  vaqtida 

ovqatlantirish,  cho’miltirish,  yo’rgaklash  kabilardan  iborat.  Bularni  ham  maolum 

qoidalar asosida amalga oshirish darkor. Bola tabiatini mustahkamlashdagi muhim 

vositalar  –  asta-sekin  tebratish,  musiqa  eshittirish,  ashula  aytishdan  iborat  bo’lib, 

ular  tartib  bilan  amalga  oshirilsa,  bola  yaxshi  uxlaydi.  Tebratish  uning  tanasiga, 

musiqa  uning  ruhiyatiga  orom  baxsh  etadi.  Ibn  Sino  yosh  bola  tarbiyasini  turli 

sharoitda maolum izchillik va tartib bilan olib borish haqida onalarga maslahatlar 

beradi. 


SHuningdek, bu asarda otalarning ham burch va vazifalari belgilab beriladi. 

Bola  balog`atga  etguncha  ota  o’z  vazifasini  bajarib  borishi  kerak.  Avvalambor, 

otaning  majburiy  vazifalaridan  biri  o’z  farzandiga  yaxshi  nom  berishdir.  Bolani 

emizish davri tugab, mustaqil ovqatlanish davri boshlanishi bilan ota uning axloqiy 

tarbiyasiga  kirishuvi  zarur.  Maqsadga  erishish  uchun  tarbiyada  o’rni  bilan  bolani 

maqtash, jazolash ham kerakligini ko’rsatib o’tadi.  




 

14 


Ibn  Sino  o’zaro  munosabatlarda  axloqiy  tarbiyaning  roli  katta  ahamiyatga 

ega ekanligini ko’rsatib o’tadi. Unga ko’ra bolaning axloqiy tarbiyasi yoshlikdan, 

bolalikdan  boshlanishi  kerak.  Axloqiy  tarbiyada  eng  muhim  vositalar  bola  bilan 

uning  nafsoniyatiga,  g`ururiga  tegmagan  holda  yakkama-yakka  suhbatda  bo’lish, 

unga  nasihat  qilishdir.  Nasihat  qilishda  suhbatdoshiga  nihoyatda  hurmat  bilan 

yondashish, uni kamsitmaslik kerak. Ortiqcha so’z aytib, uni zeriktirmaslik zarur. 

Bir  xil  nasihatlarni  qaytara  berishlik  uning  taosir  kuchini  yo’qotadi.  Ibn  Sino 

shunday  yozadi:  "Sening  fikrlaring  (bolaning)  yuragiga  etib  borib,  unga  o’ylab, 

fikr yuritib ko’rishga imkon bersin... Agarda sening suhbatdoshing so’zlaringga va 

nasihatingga e`tibor bermayotganini sezsang, suhbatni boshqa vaqtga ko’chir. 

SHuningdek,  Ibn  Sinoning  "Donishnoma",  "Risolai  ishq",  "Uy  xo’jaligi" 

kabi  qator  asarlarida  ham  ota-ona  va  farzandlar  munosabatlari  psixologiyasi  va 

tabobat  masalalariga  oid  qimmatli  mulohazalar  keltirib  o’tilgan.  Ibn  Sino  oilaviy 

munosabatlarning  turli  tomonlarini  yoritar  ekan,  avvalambor,  oila  aozolari  oldiga 

qator  talablarni  qo’yadi.  "Ota-ona,  -  deb  yozadi  u,-  ham  nazariy,  ham  amaliy 

jihatdan  oilada  tarbiya  masalalarini  mukammal  o’zlashtirmog`i  lozim.  Agar  ular 

tajribasiz bo’lsa, o’z oila aozolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi, oxir-oqibat u yaxshi 

ijobiy natijalarga erisha olmaydi. YOmon tarbiya ko’rgan bola nafaqat ushbu oila, 

balki  qo’shnilarga,  mahalla-ko’yga  ham  yomon  zarar  keltirishi  mumkin".  SHu 

sababli  ham  u  oiladagi  bola  tarbiyasi  ota-onaning  jamiyatda  tutgan  mavqeidan 

qatoiy  nazar,  ularning  birlamchi  vazifasidir,  deb  hisoblaydi.  Ota-ona  davlat 

boshlig`imi, yoki oddiy fuqaromi, baribir, u bola tarbiyasi borasida mas`uldir. Ibn 

Sinoning  ushbu  fikrlari  o’sha  davrda  qanchalik  ilg`or  va  dolzarb  bo’lsa,  bugungi 

kunimizda ham u o’z kuchini yo’qotgani yo’q. 

XI asrning buyuk mutafakkiri YUsuf Xos Hojib o’zining "Qutadg`u bilig" 

– "Saodatga boshlovchi bilim" – kitobida o’zining oila va oilaviy munosabatlarga 

oid qarashlarini bayon etadi. Uning fikricha, farzand ko’rish va unga tarbiya berish 

har bir inson uchun buyuk baxtdir, ularsiz hayotning maonosi yo’q. Lekin bu narsa 

ota-onaga  juda  katta  masouliyat  yuklaydi,  uning  uddasidan  chiqmoq,  har  bir  ota-

ona  uchun  ham  farz,  ham  qarzdir.  SHuning  uchun  ham  oilaviy  tarbiyani  YUsuf 




 

15 


Xos  Hojib  bola  axloqiy  taraqqiyotining  asosi,  deb  hisoblagan:  "Agar  bolaning 

xulqi  yomon  bo’lsa,  bunda  bolaning  aybi  yo’q,  hamma  ayb  –  otasida".  SHuning 

uchun ham ota-ona, ayniqsa, ota bunga katta e`tibor bermog`i lozim. 

Kaykovus  Unsurulmaoniy  (1021  y.)  O’rta  Osiyo  va  umuman,  SHarq 

donishmandligiga munosib hissa qo’shgan olimdir. U "Qobusnoma"ni yozib, unda 

o’zining  bola  tarbiyasi,  oilaviy  hayot,  shaxs  kamoloti  masalalariga  oid  fikr-

mulohazalarini bayon etgan. Kitobdagi asosiy g`oya – yoshlarni ota-onani hurmat 

qilishga, e`zozlashga chaqirishdir. Uning bu boradagi fikrlari pandnomaning "Ota-

ona haqqini bilmoq zikrida" nomli bobda bayon etilgan. Olim va alloma Kaykovus 

ota-ona  o’z  farzandi  uchun  hatto  "o’limga  ham  tayyor"  ekanligini  taokidlab,  o’z 

navbatida, ularni aslo ranjitmasliklari, aksincha, shirinsuxanlik bilan munosabatda 

bo’lish lozimligini uqtirib: "Har bir farzandki, oqil va dono bo’lsa, ota-ona mehr-

muhabbatini ado etmakdin bosh tortmagay", - deydi hamda bu fazilat aqlli va dono 

farzandga  xos  narsa  ekanligini  qayd  etadi.  "Qobusnoma"da  bola  dunyoga 

kelgandan  keyin  birinchi  vazifa  unga  eng  yaxshi  nom  qo’yish  deb  ko’rsatiladi. 

Bola o’qish yoshiga etgach maktabga beriladi. 

SHuningdek,  "Qobusnoma"da  ota-onalarning  boshqa  burch  va  vazifalari 

ham belgilab berilgan. "Agar sen, - deydi Kaykovus, - o’g`lingni tarbiyalamasang 

zamon, sharoit tarbiyalaydi." Bu erda Kaykovus kimni ota-onasi tarbiyalamasa, uni 

kechalar,  kunlar  tarbiyalaydi,  degan  hikmatli  so’zni  keltiradi.  Har  bir  ota-ona  o’z 

farzandiga  bilim,  taolim-tarbiya  va  hunarni  meros  etib  qoldirishi  kerak,  chunki 

tarbiyadan  ko’ra  yaxshiroq  meros  yo’qdir.  "Nima  eksang  shuni  o’rasan"-  degan 

o’zbek  va  tojik  xalqlarida  keng  tarqalgan  maqolni  ishlatib,  u  oilada  bola 

tarbiyasining qo’yilishi ana shu muhim maqol asosida qaralsa, maqsadga muvofiq 

bo’lishini taokidlaydi. 

"Qobusnoma"da  ilgari  surilgan  fikrlar  mashhur  hind  masali  "Kalila  va 

Dimna",  Nizomul  Mulkning  "Siyosatnoma",  Nosir  Xisravning  "Saodatnoma", 

Ahmad  YUgnakiyning  "Xibatul  xaqoyiq",  Alisher  Navoiyning  "Mahbub-ul-

qulub",  "Vaqfiya"si  kabi  asarlar  qatorida  hozirgi  kunda  ham  ota-onalar  uchun, 



 

16 


ayniqsa, o’smir va o’spirinlik yoshidagi yigitlarni tarbiyalashda muhim qo’llanma 

vazifasini o’tay oladi. 

XIII  asrda  Eronda  yashab  ijod  etgan  SHayx  Saodi  SHeroziy  o’zining 

"Guliston" va "Bo’ston" asarlarida bola tarbiyasi, ota-ona va farzandlarning o’zaro 

munosabatlari  masalalariga  alohida  ahamiyat  qaratgan.  "Bola  mevadir,  umrning 

lazzati"  –  deydi.  Har  bir  ota-ona  o’z  farzandiga  kichik  yoshdan  boshlab  taolim-

tarbiya berishi va ilm-hunar o’rgatishi zarur. 

"Kimda  kim  yoshlikdan  tarbiya  olmasa,  katta  bo’lgach,  baxtli  bo’la 

olmaydi.  Ho’l  novdani  istagancha  bukish  mumkin,  quruq  novdani  esa  faqat  olov 

bilan  to’g`rilash  mumkin"  –  deb  taokidlaydi  u.  Bu  bilan  Saodi  bolalar  kichik 

yoshidagina  tarbiya  taosiriga  beriluvchan  bo’lishlarini,  shuning  uchun  ularni 

kichiklikdan  boshlab  tarbiyalash  kerakligini  katta  bo’lgach,  tarbiyalash  g`oyat 

qiyin bo’lishligini qayd etadi. 

Alisher Navoiyning (1441-1501) asarlari bu mavzuga oid fikrlarga boydir.  

Har bir oila farzand ko’rmog`i va uni tarbiyalab voyaga etkazmog`i kerak. 

Farzand ota-onaning o’rinbosari. Farzand ko’rmoq, uni tarbiyalab o’stirmoq har bir 

ota  va  onaning  burchidir.  SHuningdek,  inson  uchun  kelajak  avlodni  yaratishdan, 

uni tarbiyalab etuk inson qilib etishtirishdan ko’ra xayrli va lazzatli narsa  yo’qdir. 

Uningcha farzand "mehri anvor" (yorug` quyosh)dir. Uyni yorug`lantirgan va obod 

qilgan  bolani  Navoiy  –  "chu  farzand  erur  jonga  payvand  erur"  –  deydi.  SHuning 

uchun farzand ko’rgan har bir kishi uni sevishi kerak. 

Navoiy  bolaning  rivojlanishida  unga  beriladigan  to’g`ri    tarbiyaning 

ahamiyatiga  alohida eotibor  qaratadi.  Tarbiya  bilan bolaning kelajakda  foydali va 

mukammal kishi bo’lib etishishiga ishonadi. 

Navoiy  ota-onalarni  ulug`lab,  ayniqsa,  onalarni  muqaddas  inson  sifatida 

quyidagicha taoriflaydi: 

Onalarning oyog`i ostidadur 

Ravzai jannatu jinon bog`i 

Ravza bog`in visolin istar esang, 

Bo’l onangning oyog`in tufrog`i. 




 

17 


Ulug` shoirning "Saddi Iskandariy" dostonidagi shox Iskandar onasi bosib 

o’tgan ostonaning tuprog`i bo’lmaganidan afsuslanadi. Joni ajal iskanjasida zo’rg`a 

qalqib turganda o’kinchlarini ifodalab onasiga yo’llagan maktubida shunday deydi: 

"...Esimni  tanigan,  aql  miyamga  borgan  kundan  boshlab  senga  o’g`illik  qilsam, 

yaoni  senga  xuddi  quldek  xizmat  qilsam  bo’lar  ekan,  aslida  sening  oyog`ing 

tuprog`iga aylansamu, uning otini men shoxlik deb bilsam bo’lur ekan...". 

Zahiriddin  Muhammad  Bobur  (1483-1539)  asarlari  etnopsixologiya  va 

oilaviy  munosabatlar  psixologiyasi  taolimotlarini  rivojlantirdi.  "Boburnoma"da 

keltirgan tarixiy voqealarning manzarasi, tarixiy shaxslarning portreti va xarakteri, 

tabiat  lavhalarini  chizib  berish  bilan  birga  shoh  va  amir-amaldorlar  turmushidagi 

ota  va  farzandlarning,  aka  va  ukalarning  o’zaro  munosabatlarini  ro’yi-rost 

ifodalaydi.  Masalan,  ota  va  o’g`illarning,  aka  va  ukalarning  saltanat,  toju-taxt 

uchun  talashishlarini  Sulton  Husayn  Boyqaroning  o’z  o’g`li  Badiuzzamon  bilan 

urushi Abdullatif Mirzoning otasi Ulug`bek Mirzoni shahid qilishi] va boshqa bir 

qancha  misollarda  ko’rish  mumkin.  Bularning  barchasi  bu  tarixiy  manbadan 

tanqidiy foydalanish zarurligini taqozo etadi. Bobur Ulug`bekni buyuk donishmand 

sifatida  taoriflab,  uning  padarkush  o’g`li  Abdullatifni  laonatlaydi  va  "...  bu  besh 

kunlik  o’tar  dunyo  uchun  andoq  donishmand  va  qari  otasini  shahid  qildi.  Bu 

padarkush  podsholikka  munosib  emas,  agar  podsho  bo’lib  qolsa  ham,  5-6  oydan 

nariga o’tmaydi", – deydi.  

Boburning  farzandlariga  otalik  mehri  va  muhabbati  haqidagi  maolumotlar 

uning qizi Gulbadanbegimning "Humoyunnoma"sida batafsil bayon etilgan. Unda 

Boburning mehribon va g`amxo’r padar ekanligi, farzandlarining har birini jonidan 

ham  aziz  ko’rishi;  ayniqsa  o’g`li  Humoyun  betob  bo’lib  qolganida,  Bobur 

"...Xudoyo,  agar  jon  o’rniga  jon  berish  mumkin  bo’lsa,  menki  Boburman,  umri-

jonimni  Humoyunga  bag`ishlayman",  –  deb  nola  qilganligi,  o’zi  o’lim  to’shagida 

yotganida  esa,  lahza  o’tmay  o’g`li  Hindolni  so’rab,  uning  kelishiga  intizor 

bo’lganligi  to’g`risida  gapiriladi.  Bobur  o’g`illarini  hamjihat  bo’lishga,  bir-biriga 

mehribon va sadoqatli bo’lishga undaydi. 



 

18 


XVI-XVIII  asrlarda  yashab  ijod  qilgan  SHarq  mutafakkirlarining  ijodini 

ilmiy  tahlil  qilish  shuni  ko’rsatadiki,  ular  fan  taraqqiyotiga,  jumladan,  ijtimoiy 

fanlar  taraqqiyotiga  o’zlarining  munosib  hissalarini  qo’shib,  axloq-odob,  oila 

masalalari  bo’yicha  qator  ilg`or  fikrlarni  bayon  etganlar.  Ularning  barchasida 

o’ziga  xos  milliylik,  sharqona  dunyoqarash  ko’zga  tashlanadi,  ularda  oilaviy 

munosabatlar borasidagi uyg`unlik targ`ib qilingan. 

Fan  va  ilmu-maorifat  taraqqiyotida  muhim  o’rin  tutgan  XIX  asrning 

ikkinchi  yarmi  va  XX  asr  boshlarida  yashab  ijod  qilgan  olimlar  va 

maorifatparvarlar  –  Ahmad  Donish,  Mahmudxo’ja  Behbudiy,  Abdurauf  Fitrat  va 

Abdulla Avloniy kabilar ham o’tmish mutafakkirlari qoldirgan maonaviy merosga 

asoslangan holda oilaviy munosabatlar psixologiyasiga oid qator asarlar yaratdilar. 

Ularning asarlarida ham xalq hayoti, turmush tarzi, oilaviy hayot, ayniqsa, ota-ona 

va farzandlar munosabati masalalariga alohida ahamiyat berilgan.  

O’rta  Osiyo  xalqlari  ijtimoiy-madaniy  hayotida  chuqur  iz  qoldirgan 

maorifatparvar Ahmad Donish "Navodirul-vaqoe", "Risola yo muxtasare va tarixi 

saltanati xonadoni manitiya", "Muntaqabul-ahkom" kabi asarlarida oila va oilaviy 

munosabatlar to’g`risida falsafiy – axloqiy va maorifiy qarashlarini ifoda etadi. 

Ahmad  Donish  ota-onalar  huquqini  belgilash  haqida  gapirar  ekan,  ular 

bilan  bolalari  o’rtasidagi  o’zaro  aloqalar  haqida  to’xtalib,  o’z  huquqlarini 

suisteomol  qiladiganlarning  chegarasiz  huquqqa  ega  ekanligini  aytib,  ularning 

huquqlarini chegaralashni taklif etadi. Uning fikricha, shunday qilgan taqdirdagina 

ular  hurmatga  sazovor  bo’ladilar  va  agarda  bolalarini  to’g`ri  yo’lga  yo’naltira 

olmasalar,  bolalar  ularning  topshiriqlarini  bajarmaslikka  haqlidirlar.  SHuningdek, 

Ahmad  Donish  barcha  oilaviy  kelishmovchiliklarni  ota-ona  huquqi  bilan  bolalar 

huquqining  chegarasi  aniq  bo’lmaganligidan,  bolalarning  o’z  ota-onasiga  qachon 

va  qanday  vaqtda,  qanday  masalada  itoat  qilishi  kerakligi,  oilada  ichki  hayot 

qoidalari to’g`ri belgilanmasligidan kelib chiqadi, - degan fikrni bildiradi. 

YUqorida  keltirilgan  barcha  mutafakkirlar  singari  Mahmudxo’ja 

Behbudiyni ham ota-ona va farzandlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, oilada bola 

tarbiyasi,  taolim-tarbiya  sohasida  ota-onaning  roli  kabi  muammolar  qiziqtirib 




 

19 


kelgan. Behbudiy yashayotgan davrdagi oilaviy muhit va ota-o’g`il munosabatlari 

"Padarkush"  asarining  yaratilishiga  asos  bo’ldi.  Asardagi  voqea  Boy  bilan  uning 

o’g`li Toshmurod (ota-bola) o’rtasidagi oddiy bir muomaladan boshlanadi. Asarda 

boy  o’zi  savodsiz  bo’la  turib,  o’g`li  Toshmurodni  ham  o’qitmaganligi,  uning 

tarbiyasiga befarqligi, natijada bola odobsiz, maqtanchoq, o’jar, mol-dunyoga o’ch 

bo’lib  voyaga  etayotganligi  tasvirlanadi.  Asarning  ichiga  chuqurroq  kira  borgan 

sari  bolaning  otaga,  otaning  bolaga  o’zaro  juda  mos,  bir-biriga  juda  munosib,  bir 

olmaning  ikki  pallasiday  o’xshash  ekanini  idrok  etamiz.  Asar  Toshmurodning 

ichkilikbozlikka  va  maishiy  buzuqchilikka  berilib  ketishi,  Boyning  o’z  o’g`li 

qo’lida  o’ldirilishi  bilan  yakunlanadi.  Behbudiy  asardagi  bu  voqeani  tasvirlash 

bilan  bola  shaxsining  shakllanishida  asosan  oila,  ota-ona  masoul  ekanligini 

ko’rsatib o’tadi. 

YUqoridagi  tahlillarimiz  shuni  ko’rsatadiki,  musulmon  olami,  SHarq 

mutafakkirlari orasida oila muammolari bilan qiziqqan va shu xususda o’zlarining 

qimmatli fikrlarini kelgusi avlodlar uchun qoldirgan olimlar juda ko’p bo’lgan. Biz 

ularning ayrimlariga to’xtaldik, xolos. Ular SHarqning boy  madaniyati, maonaviy 

qadriyatlari 

borligidan, 

har 

bir 


millatda 

insonning 

ruhiy 

qiyofasi 



takrorlanmasligidan darak beradi. Bu fikrlar va qarashlarni zamon talablari asosida 

o’rganib chiqish katta psixologik va pedagogik ahamiyatga egadir. 

 


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish