Оилавий муносабатларни тартибга солиш ва фарзанд тарбиясида ҳадислардан фойдаланиш имкониятлари



Download 381 Kb.
bet1/8
Sana16.12.2022
Hajmi381 Kb.
#888996
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-7 YOSHLI BOLALAR BILUV VA IJTIMOIY RIVOJLANISHIDA OILA TARBIYASI METODLARINING TA`SIRI


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI


Pedagogika fakulteti


Pedagogika va psixologiya ta’lim yo`nalishi


YAHYOEVA GULHAYO MUROTQIZINING
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Mavzu: 5-7 YOSHLI BOLALAR BILUV VA IJTIMOIY RIVOJLANISHIDA OILA TARBIYASI METODLARINING TA`SIRI
Ilmiy rahbar B.J.Umarov
ped.fan.nomzodi, dotsent
Rasmiy opponent G.N.Najmiddinova -
ped.fan.nomzodi, dotsent


Buxoro - 2015
5-7 YOSHLI BOLALAR BILUV VA IJTIMOIY RIVOJLANISHIDA OILA TARBIYASI METODLARINING TA`SIRI


Reja




Kirish
I bob. Xalq pedagogikasida oilaviy munosabatlar va farzand tarbiyasi haqida gi qarashlar

    1. SHarq mutafakkirlarining ota-ona va farzandlar o’zaro munosabatlariga oid qarashlari

    2. 5-7 yoshli bolalarni oilada tarbiyalash masalalari.



II bob. YOshlarni oilaDA TARBIYALASHDA METODLARNING O’RNI VA shart-sharoitlari

2.1. O’zbek oilalarida yoshlarning oilaviy tarbiya haqidagi tasavvurlarini shakllantirish

2.2. 5-7 yoshli bolalarni tarbiyalashda xalq pedagogikasining o’rni va hadislardan foydlanish imkoniyatlari


Xulosalar
Adabiyotlar ro’yxati


kIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda yangilanish jarayoni kechayotgan hozirgi davrda shu jamiyatning fuqarolari bo’lgan ma`naviy boy, axloqan etuk, intellektual rivojlangan, yuqori bilimli, jismonan baquvvat, har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Bunday xislatlarga ega bo’lgan barkamol shaxs esa oilada shakllanadi. SHuning uchun ham jamiyat mustahkam, sog`lom oila bo’lishidan manfaatdordir.


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning nutq va risolalarida oila va barkamol avlodni oilaviy hayotga tayyorlash masalasi eng muhim davlat ahamiyatiga ega masalalardan qilib qo’yilmoqda: «Bola tug`ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an`analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi... Ota-onaning farzand oldidagi burchlari, o’zlarining oxiratini obod etuvchi qarzlari bor. Dinu-diyonatli xonadon oqsoqollaridan so’rasangiz, ularni lo’nda qilib sanab beradi: yaxshi nom qo’yish, yaxshi muallim qo’liga topshirib, savodini chiqarish, ilmli, kasbli-hunarli qilish, boshini ikki va uy-joyli qilish», - deb o’zbek xalqining milliy xususiyatlarini ko’rsatib beradi.
Haqiqatan ham, har bir shaxs dastlab oilada shakllanadi va o’zi tarbiya topgan oila an`analari uning hayotida jamiyat taraqqiyotida o’z o’rniga ega bo’lishida katta ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun ham oilani mustahkamlash, bolalarni tarbiyalash davlat ahamiyatiga ega bo’lgan muammolardan hisoblanmoqda. Zero, oila har bir xalqning an`analari, milliy qadriyatlarini avloddan-avlodga etkazib, ularning rivojlanishiga yordam beradigan, avlodlar uzviyligini ta`minlaydigan, unda kamol topayotgan har bir yoshni zamon talabi darajasida barkamol etib tarbiyalaydigan ijtimoiy institutdir.
SHuning uchun ham hukumatimiz, shaxsan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan «Oila» (1998), «Ayollar» (1999), «Sog`lom avlod» (2000), «Ona va bola» (2001) yillari deb e`lon qilinishi va shu munosabat bilan Davlat dasturlarining tuzilishi hamda uning amalga oshirilishi ham oilada yuksak ma`naviy-axloqiy muhitni yaxshilash uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan. Bu bilan davlatning asosiy negizini mustahkamlash bilan bog`liq bo’lgan xalqimizning qon-qoniga singib ketgan va mustaqillik sharofati bilangina vujudga kelgan azaliy intilishi yuzaga chiqdi. CHunki oila mustahkamligi bir-ikki yilda amalga oshadigan jarayon emas.
O’zbekiston Respublikasining «Oila kodeksi»da: «Ota-ona o’z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart. Ota-ona o’z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o’z bolalarining sog`ligi, jismoniy, ruhiy, ma`naviy va axloqiy kamoloti haqida g`amxo’rlik qilishlari shart», - deyiladi.
Oilada kamolga etayotgan har bir shaxsni mustaqil fikr yuritadigan, aql-idrok sohibi qilib etishtirish muhim hisoblanadi. Haqiqatan ham, mustaqil insongina har qanday qiyinchiliklarga bardosh berib, hayotda o’ziga to’g`ri yo’l topa oladi va boshqa oila a`zolarining ham haqiqiy yuksak inson bo’lib etishishiga zamin yaratadi.
Lekin oila va oilaviy tarbiyaga doir barcha olib borilayotgan ishlar maktabgacha va maktab yoshidagi o’quvchilarga qaratilgan bo’lib, asosan balog`at yoshiga etgan talaba-yoshlar nazardan chetda qolayapti. Aynan ularning oilaviy hayotga tayyor bo’lishlari bu davrda oilaviy hayot haqidagi mavjud bilimlari hamda tarbiyalanganlik darajalariga bog`liq bo’lib, bu bilim va tushunchalarni rivojlantirish, mustahkamlash zarur.
CHunki, aynan talabalik yillarida g`oyaviy-mafkuraviy sohada ham yoshlarning moslashuvchanligi, o’ziga yo’l topa olishga intilishi ko’proq namoyon bo’lib, ular ongiga yot g`oya va mafkura ta`sir etishi mumkin. YOshlarni bu davrda oilaviy hayotga tayyorlash ularning oiladek muqaddas dargohga, bu orqali o’z Vataniga sodiq bo’lish, har qanday yot ta`sirlarga berilmay, g`oyaviy mustahkam inson bo’lib shakllanishiga olib keladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning: «YUrtimizda har bir inson uchun Vatan tushunchasi avvalo oiladan boshlanadi. SHu bois, oila va mafkura tushunchalari chambarchas bog`liqdir. Oilaning jamiyatdagi o’rni, tarbiyaviy-axloqiy ahamiyati, qadr-qimmatini anglab etmasdan, oilaga millat manfaati nuqtai nazaridan yondoshmasdan turib, xalqchil mafkura yarata olmaymiz», - degan fikrida ham xuddi ana shu maqsad ifodalangan.
Zero, oila - mafkuraviy tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omillaridan biridir. CHunki oila-jamiyat negizi bo’lib, ko’p asrlik mustahkam ma`naviy tayanchlarga ega. Milliy mafkuramizga xos bo’lgan ilk tushunchalar, avvalo oila muhitida singadi. Bu jarayon ajdodlarimiz tajribasini o’zlashtirish orqali amalga oshadi.
Oiladagi sog`lom muhit – milliy mafkurani shakllantirish manbaidir. Jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi, farovonligi, o’zaro hurmat va ahillikni ta`minlash – milliy mafkurada ko’zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirishda tayanch bo’ladi.
Ma`lumki, keyingi yillarda mamlakatimizga kirib kelgan turli oqimlar yoshlarni chalg`itish, ularning ongi va qalbiga salbiy ta`sir ko’rsatib, o’z tomonlariga olish uchun harakat qildilar. Ba`zi yoshlar bu ta`sirga berilganligining sabablaridan biri ko’pchilik ota-onalar bu oqimlarga qarshi bo’la turib, uning mohiyatini o’z farzandlariga tushuntira olmaganlar. CHunki farzand tarbiyasi har doim jamiyat ijtimoiy hayotidagi muhim masalalardan biridir. Ota-ona farzandlarining kelajakda jamiyatda tutadigan o’rnini aniq his eta olsa, uni to’g`ri tarbiyalashga harakat qiladi. Jamiyatdagi o’zgarishlar oilaviy hayotni ham chetlab o’tmaydi. U farzandlar tarbiyasiga ham ta`sir etib, uning shakllanishi, kerak bo’lganda Vatan ravnaqi, oila sha`ni uchun kurashib, illatlarga murosasiz, mard va jasur insonlar bo’lib etishishiga imkoniyat yaratadi. Ana shunda farzandlar tarbiyasida ota-onalarning xalq pedagogikasiga tayanishlari maqsadga muvofiqdir.
O’zbek xalqi ham boshqa xalqlar kabi avloddan-avlodga o’tib kelgan o’ziga xos tarbiya tizimiga ega. Xalq donishmandligining yosh avlod ta`lim-tarbiyasida qo’llanib kelingan usul, vosita, ko’nikma va malakalar majmuidir. Bu malaka va ko’nikmalar xalqning urf-odatlari va an`analarida sayqallana borib, uning eng yaxshi orzu-umidlari namunasida ta`lim-tarbiya beradi. SHu jihatdan xalq pedagogikasi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda o’ziga xos tamoyillarga tayanadi:
- oilaning muqaddasligi;

  • oila a`zolari o’rtasidagi munosabatlarning mehr-muhabbat va sadoqatga asoslanganligi;

  • bolajonlik va serfarzandlik;

  • bolalarni yoshlikdan oilaviy mehnat muhitida tarbiyalash;

  • ota-ona va boshqa katta yoshlilarga hurmat kabilardan iborat.

Mazkur tamoyillar oila a`zolarining qon-qoniga singib ketgan va vatanparvarlik g`oyasi bilan uyg`undir. Bundan tashqari oilalarda o’zaro bir-biriga, keksalar, qarindoshlar, beva-bechoralarga mehr-oqibat, muruvvat ko’rsatish farzandlar ongiga singib ketgan. Ayniqsa, sog`lom turmush tarzi: haromdan hazar qilish, oila sha`ni uchun kurashish, o’z farzandlarini halol luqma bilan boqish ham bolalikdan singdiriladi.
Ta`lim tizimida hayot ostonasida turgan yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda yuqorida qayd etilgan tamoyillar xalq pedagogikasining asosi sifatida xizmat qiladi. Zero, xalq pedagogikasi katta tarbiya maktabi bo’lib, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda asosiy manba hisoblanadi. Bu manbadan o’rinli foydalanish esa milliy istiqlol g`oyasi va milliy mafkuramiz shakllanayotgan sharoitda ayniqsa muhimdir.
YOsh avlodni oila va oilaviy hayotga tayyorlash muammosi Z.F.Mirtursunov, A.Munavvarov, G`.SHoumarov, V.M.Karimova, O.Musurmonova va boshqalar tomonidan o’rgpnilgpn.
V.M.Karimova esa o’zbek oilasi to’g`risidagi ijtimoiy tasavvurlarning turli guruh vakillarida namoyon bo’lishini empirik jihatdan o’rgangan. Empirik tadqiqot jarayonida oilaviy-ijtimoiy tasavvurlarning turli yosh va jins vakillarida o’ziga xos tarzda namoyon bo’lishi hamda ularning shaxs va guruhlarning hayot tarzi, ma`lumot darajasi, kasb-kori va hayotiy tajribasiga bog`liqligi asoslangan. Unda birinchi marta o’zbek ayollari va erkaklarining oiladagi ijtimoiy-psixologik mavqei, er-xotin munosabatlarining bolalar tarbiyasi va oila muhitiga ta`siri, yoshlarda to’g`ri, maqbul oilaviy-ijtimoiy tasavvurlarning shakllanish shart-sharoitlari va psixologik omillari ishlab chiqilgan bo’lsa, G`.B.SHoumarov oila munosabatlarida ota-ona va farzandlar o’rtasidagi bog`liqlik, o’zbek oilalarining o’ziga xos xususiyatlari, er-xotin o’rtasidagi kelishmovchiliklarning asosiy sabablari va uni hal etish yo’llari, o’smir-yoshlarni oilaga tayyorlashning psixologik, jinsiy, axloqiy jihatlari, oiladagi axloqiy-psixologik muhit, qaynona-kelin, qaynona-kuyov o’rtasidagi kelishmovchiliklar va ularning oldini olish, Musurmonova oila maqomi milliy g`urur va iftixor darajasiga ko’tarilishi munosabati bilan mustaqillik sharoitida uning kamoloti, tinchligi va farovonligi, haq-huquqlarini himoyalash kabi muhim muammolar o’z o’z echichini topgan. .

Download 381 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish