Oilada yoShlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishning ilmiy nazariy asoslari



Download 47,59 Kb.
bet24/28
Sana31.12.2021
Hajmi47,59 Kb.
#264801
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
tolerantlik

Tadbirdan maqsad: bolani o’z oilasi tarixini bilish, avlodlar ishlari bilan qiziqish, o’tganlarni ruhini eslash, ularga hurmat va izzat bilan munosabatda bo’lish, barcha mavjud qarindoshlarini yaxshi bilishga o’rgatish.

Tadbir natijasi: bolaning o’z oilasini to’la idrok etishiga imkon yaratiladi, bola o’z oilasi tarixini yaxshi bilib oladi, bolada oilasidan g’ururlanish xissi paydo bo’ladi.
  1. Oilamga ochiq murojaat xat” tadbirini o’tkazish. Tadbirda bolaning o’z oilasi ravnaqi va kelajagi borasidagi orzu va xavaslarini bayon qilinishiga erishish. Bola kim bo’lmoqchi, qayerlarda ishlamoqchi, buning uchun unga kimlarning yordami kerak, shu bilan birga bola kimlarda ko’makka kelmoqchi, kimlar uning fikriga ko’ra oilasi va oilasidan tashqarida yordamga muhtoj v.b. Murojaat xatni ota-onalar davrisida muhokama qilinadi, muhokama davrida xuddi shunday ota-onalarning ham orzu va xavaslari bolalarga oshkora etiladi.




Tadbirdan maqsad: bolani o’z fikr va o’ylarini o’z ota va onasiga ochiq bayon qilishga o’rgatish, oilada hamkorlik va o’zgalar fikriga quloq tutishga o’rgatish, oilada fikr almashish muhitini shakllantirish.

Tadbir natijasi: bolada o’z ota va onasiga ishonch tuyg’usi shakllantiriladi, bola o’z xavaslarini nazorat qilishga, ularni tahlil qilishga o’rganadi, shu bilan birga bola va ota-ona o’rtasida fikr almashish va bir-birini adekvat anglash muhiti yaratiladi.
  1. Men tolerantlikni qanday tushunaman” tadbirini o’tkazish. Mazkur tadbirni ham ota-onalar, ham bolalar, ham oila tasarrufida, ham oiladan tashqari, ya’ni maktablarda o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Chunki aynan tolerantlik mazmunini to’laqonli tushunish va anglab yetish uchun mazkur tadbirning ahamiyati juda katta. Ko’pchilik hollarda oilalarda mazkur tushunchaning mazmunini anglash yetarli darajada bo’lmay, mazkur tadbirdan so’ng oilalardagi bilim va malaka darajalari keskin oshganligi seziladi. Tadbirni savol-javob, viktorina, guruhli o’yin, intervyu kabi shakllarda o’tkazish mumkin.




Tadbirdan maqsad: bolani tolerantlik borasidagi bilim va malakalarga egallashga rag’batlantirish, oilaning tolerantlik borasidagi bilim darajalarini kuchaytirish, ta’lim jarayonini maqsadli olib borilishiga erishish.

Tadbir natijasi: bolada tolerant bo’lishga ichki qiziqish uyg’otiladi, tolerant bo’lish zarur ekanligini anglatiladi, oilada tolerantlikdan kelib chiqadigan tinch va osuda hayotni qadrlash, shu bilan birga barcha boshqa insonlarga nisbatan ham tolerantlik tamoyillariga amal qilish tarbiyalanadi.

Mana shunday tartibda oilada, maktabda, turli nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Fuqarolik bayrami”ni tashkil qilish“Mening oilam yangi an’analari”, “Men kimman, va kimga kerakman”, “Diniy ekstremizm tahdidi”, “Diniy e’tiqod nima?”, “Mening hayotimda diniy e’tiqod o’rni?”, “Men nima uchun ro’za tutdim”, “Oiladagi majburiyatlar”, “Gunoh ishlar chin insonga yarashmaydi”, “Men va jamiyat: birgalikda kelajak sari”, “Mening ijtimoiy majburiyatlarim”, “Men – fuqaro bo’lganimda”, “Ona vatanim – jonu tanim» kabi tadbirlarni tashkillashtirish tolerantlikni shakllantirishda samarali vositalardan hisoblanadi.

Yoshlar bilan o’tkazilgan savolnomalarda bolalar oiladagi majburiyatlar, oilaviy an’analar, oilada kimning xo’jayin ekanligi borasidagi savollarga shunday javoblar berganlar:

“Oilamizda onam ko’proq oilaga e’tibor qaratadi. Chunki onam har doim ovqat pishiradi, har xil narsalarni ko’tarib olib keladi. Onam ko’proq uyda bo’ladi. Shuning uchun opam bizlardan ko’ra oilani yaxshi biladi. Davlatda esa hamma haqida o’ylaydigan odam bu – prezident hisoblanadi”.

“Ba’zan ota-onamni hafa qiladigan ishlar qilaman. Ammo hyech qachon uzr so’ramaganman. Ular ham uzr so’rashga majbur qilishmagan. Ular meni yaxshi ko’radi. Men ham ularni shuning uchun yaxshi ko’raman”.

“Men katta bo’lib, dada bo’lganimda, hyech qachon bolalarimni urmayman. Bolalarni urilsa, ular o’z dadasidan qo’rqadigan bo’ladi. Men bolalarimni mendan qo’rqishini istamayman”.

“Agar mening pullarim juda ko’p bo’lsa, hamma bolalarga koka-kola olib bergan bo’lardim. Oyimga ko’p kiyim, dadamga mashina olib berardim. Akamni o’qishga kiritib qo’yardim”.

“Men dadam bilan oyimga har doim “xo’p” bo’ladi deyishim shart. Agar bu narsa menga yoqmasa ham. Dadam bilan oyim mendan sen nimani istaysan, deb so’rashmagan. Har doim o’zlari hal qilishadi, nimani kiyaman, nimani yeyishni xoxlayman. Ko’pincha, pul yo’q, deyishadi”.

“Men yangi yil bayramlarini yaxshi ko’raman. Bayramlarda dadam ham, oyim ham mehribon bo’lib qolishadi. Ko’p turli shirin ovqatlar pishiriladi. Hamma yig’iladi. Birga televizor ko’ramiz. Qarindoshlar keladi. O’yinga tushishadi. Hammaga yaxshi bo’ladi.”

“Men ota-onam so’zlarini bo’lmayman, ammo meni gapirtirishga qo’yishmaydi. Sen nimani bilarding, deyishadi. Mening fikrim ular uchun qiziqarli emas.”

“Biror ayb ish qilib qo’ysam, dadam meni jazolaydi. Sanksiyalar beradi. Pul bermay qo’yadi, ko’chaga chiqarmaydi, telefonni olib qo’yadi, bolalar bilan gaplashishga qo’ymaydi. Darslarni qilishga majbul qiladi. Men hafa bo’lib ketaman. Mening huquqim qani?! Ammo ularni baribir yaxshi ko’raman”.

“Men ota-onamni adolatli deya olmayman. Chunki judayam ko’p urishishadi. Urishish – tarbiyalash deb tushunishadi. Ko’pincha nohaq urishishadi. Nima bo’lganini bilmay turib, baqirib ketishaveradi.”

Oilada yoshdlar tolerantligi shakllantirishda darsdan tashqari faoliyatdan unumli foydalanish yaxshi natijalar beradi. Darsdan tashqari faoliyat jarayoniga muzeylarni va muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish, birgalikda toqqa chiqish, sumalak pishirish, xudoyi qilish tarbirlaridan foydalanish, audio va video materiallar, kinolentalarni birgalikda ko’rish va muhokama qilish, har bir farzandga individual yondashuvni tashkil qilish pedagogik jarayon samaradorligini oshiradi.

Shunday qilib, oilada yoshlarning tolerantlik tafakkurini shakllantirishning o’ziga xos mazmuni, samarali shakl va metodlari mavjud bo’lib, ularni mutanosib ravishda tanlab, oilaga hayotiga joriy qilinganda, bola tarbiyasining samaradorligi ta’minlanadi.






    1. Download 47,59 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish